Авторы

  • Муниса Кадамова
    Urganch davlat pedagogika instituti

Биография автора

  • Муниса Кадамова , Urganch davlat pedagogika instituti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84523

Ключевые слова:

milliy g'urur tarixiy meros an'ana qadriyatlar o'zlikni anglash kelajak avlod ma'naviy yuksalish

Аннотация

Ushbu maqolada o'sib-ulg'ayib kelayotgan yoshlar tarbiyasida milliy o'zlik,milliy ong,milliy g'urur va asrlar davomida shakllangan,o'zining uzoq yillik chuqur ildizlariga ega tarixiy xotiraning o'rni,ularning faxrlansa arzigulik buyuk ajdodlariga mos yetuk va barkamol avlod kamol topishidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.


background image

120

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MILLIY G’URUR VA TARIXIY XOTIRANING YOSHLAR TARBIYASIGA

TA’SIRI

Qadamova Munisa Arslonbek qizi

Urganch davlat pedagogika instituti talabasi

munisaqadamova58@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o'sib-ulg'ayib kelayotgan yoshlar tarbiyasida

milliy o'zlik,milliy ong,milliy g'urur va asrlar davomida shakllangan,o'zining uzoq
yillik chuqur ildizlariga ega tarixiy xotiraning o'rni,ularning faxrlansa arzigulik buyuk
ajdodlariga mos yetuk va barkamol avlod kamol topishidagi ahamiyati haqida fikr
yuritiladi.

Kalit so'zlar.

milliy g'urur, tarixiy meros, an'ana,qadriyatlar, o'zlikni anglash,

kelajak avlod, ma'naviy yuksalish


Kirish.

Milliy

g'urur-bu

xalqning

o'zligini,tarixini,madaniyatini,tili,anana

va

qadriyatlarini ulug'lash,ularga nisbatan g'urur,iftixor, hurmat va faxr tuyg'ulari.U
millatning o'ziga xosligini,mustaqilligini,erkini va o'z kelajakiga ishonchni
shakllantiradi.Tarixiy xotira esa yoshlarni o'z tarixini,o'z xalqining bosib o'tgan
yo'li,erishgan yutuqlari,orzu-intilishlari va buyuk qahromonlari haqida bilishga
undaydi.Shunday ekan,yosh avlodning kelajakda o'z xalqiga,davlati va jamiyatiga
foyda keltiradigan inson sifatida yetishishi uchun bularni anglashi zarur.

Asosiy qism:

"Har qanday sivilizatsiya ko'pdan-ko'p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va

samarali ta'sirining maxsulidir.Bir so'z bilan aytganda, ko'chmanchilar, bosqinchilar
kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi"[1,52-
53bet].Har qanday millat,xalq bor ekan,u o'zining madaniyatiga,o'z erki va
mustaqilligiga,hamjihatlik asosida birlashgan mafkurasiga ega bo'lishi kerak.Agar biz
bunyodkor Vatan qurishni xohlasak,dastlab,o'sha yerdagi aholini ilmli,ma'rifatli,har
tomonlama mustahkam iroda kuchiga ega bo'lgan ustunlarini yaratishimiz
lozim.Poydevor mustahkam bo'lsagina imorat uzoq yil yashaydi.

Bolani onani qornidaligadayoq uning kelajaki haqida ota-ona,nafaqat oilasi balki

mahalla,jamiyat qayg'urishi,bolaning kelajakdagi istiqbolini belgilaydi.Yoshligidan
unga o'z Vatani qayerligi, yurtini qanday sevish kerakligi,nega yurti-eli uchun
kurashishi, uni asrab avaylashi, kerakligini uqtirish, millatining g'ururini o'zida aks


background image

121

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ettirishi kerakligini, o'z xalqining madaniyati,qadriyat,- o'zligini qo'riqchisi
ekanliklarini anglatish kerak.Muhtarama Prezidentimiz,Shavkat Mirziyayev ta'kidlab
o'tganidek:

"Bugun

ma'naviyat

boshqa

sohalardan

o'n

qadam

oldinda

yurishi,ma'naviyat yangi kuch,yangi harakatga aylanishi kerak"[2].

Avvalo,davlatni rivojlantirish,jamiyatni yuksaltirish,o'zgalarga qaram qilmagan

holda erkin hayot tarzini surishi uchun yoshlar nafaqat yoshlar balki har birimizda
milliy

g'urur,milliy

birlikning

qandachalik

katta

kuchga

ega

ekanligini,o'zligimiz,aslida nimalarga qodir ekanligimizni chuqur his qilishimiz
lozim.Bu ajralmas,yuraklarga qandaydir huzur, xurlik,faxr beruvchi tuyg'uni
barchamiz ich-ichimizdan tuyishimiz,xalqimizni eng baland cho'qqilarga olib
chiqishimizni,yurt iftixorini baralla ayta olishimizni ta'minlaydi."Negaki, g'urur va
iftixor bilan yashash o'zlikni asrash, bu dunyoda hech kimdan kam bo'lmasdan,
barchaga teng munosabatda bo'lish deganidir.Bunday hayot tarziga hamma ham
erishavermaydi.O'zbek xalqining bag'rikenglik, mehr-oqibat, saxovatpeshsalik kabi
ko'plab chin insoniy fazilatlari qatorida yana shunday ulug' xususiyat borki,u hech
qachon,hech kimning oldida bosh egmagan"[3,115-116bet].

Millat o'zining buyuk tarixini,ajdodlarining erishgan yutuqlaridan,qoldirgan

madaniy,tarixiy meroslarini o'rgangan holda ularga hurmat faxr tuyg'ularini tuyadi.Va
ularni hurmat bilan e'zozlaydi.O'z tarixini,ajdodlari kimligi,ularning qanday
bilimlarga, mahoratga ega ekanliklarini,moziy sahnasida ko'rsatgan jasoratlarini
bilmasa,demak,uning

kelajagi

mavhumlikdadir.Chunki

sen

aslingni

bilmagungcha,yetarlicha o'zingga baho berolmaysan,o'tmishdan kerakli xulosa
chiqara olmaysan,va kelajakingda ulardan samarali foydalana olmaysan.Miliy g'urur
yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqatga undaydi.

Tarixiy xotirani mustahkamlash,ajdodlarimizning merosini avlodlarga yetkazish

va yoshlarga tarixiy merosni avlodlarga yetkazish va yoshlarni tarixiy merosni
qadrlashga undash,tarixiy yodgorliklarni asrab-avalylash,yurtimizdagi tarixiy va
madaniy obidalarni o'rganish,milliy g'urur va milliy birlikni shakllantirish uchun
"Tarixiy xotira va yurtimizning madaniy merosini asrab -avaylash bo'yicha chora-
tadbirlar to'g'risidagi" Prezident qarori qabul qilindi[4]. Bu orqali buyuk kelajak
poydevori nima ekanligini chuqur anglash va yagona maqsad yo'lida jipislikda
harakat qilishimiz ta'kidlangan.Demak,biz faxrlansa, g'urirlansa arzigulik o'z
tariximiz, o'z merosimiz,o'ziga bek xalqimizning buyuk madaniyati bor.Bularni biz
jamiyatimizga tadbiq etishimiz,har bir insonda shakllantirishimiz ularning ongiga
singtirishimiz kerak. Bularni yoshlar tarbayasida aks ettiribgina qolmay,ularni fikr
yuritishga,foydali amallarga undashimiz lozim.


background image

122

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

"Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib

bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu
tarix bilan qurollantirishimiz zarur.Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor
qurollantirishimiz zarur"[5,57-58bet]. Birinchi Prezidentimiz aytib o'tganidek, tarixiy
merosni asrash bilan bir qatorda,ularni har bir fuqaro ongiga singdirish shu bilan
millatni istiqbol yo'liga olib chiqishimiz mumkin.

Xulosa o'rinida shuni ta'kidlashimiz lozimki,tarixiy xotiramiz mustahkam

bo'lmas

ekan

va

milliy

dunyoqarashimiz

to'liq

shakllanmagan

o'zida

xurlik,iftixor,istiqbollarni namoyon qilmas ekan, bunday tarbiya olgan jamiyatni
qulatish juda oson.Demak,milliy g'ururni his qila olsak,o'zlikni anglay olsakgina biz
yoshlarni yengib bo'lmaydi.


Foydalangan adabiyotlar:

1.Karimov.I.A. "Adaolatli jamiyat sari"-Toshkent :O'zbekiston,1998-yil.(52-53-

b)

2.Shavkat Mirziyayev. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining

kengaytirilgan yig'ilishi (2023.12.22)

3.Karimov.I.A "Ona yurtimiz baxt-uiqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat

qilish-eng oliy saodatdir"-Toshkent:O'zbekiston,2015.(115-116-b)

4.Prezident qarori.(2019)
5.Karimov.I.A "Adolatli jamiyat sari"-Toshkent :O'zbekiston,1998.(57-58-b)

Библиографические ссылки

Karimov.I.A. "Adaolatli jamiyat sari"-Toshkent :O'zbekiston,1998-yil.(52-53-b)

Shavkat Mirziyayev. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishi (2023.12.22)

Karimov.I.A "Ona yurtimiz baxt-uiqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir"-Toshkent:O'zbekiston,2015.(115-116-b)

Prezident qarori.(2019)

Karimov.I.A "Adolatli jamiyat sari"-Toshkent :O'zbekiston,1998.(57-58-b)