129
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TIL VA MADANIYAT ALOQASI: INGLIZ TILINING TURLI
MADANIYATLARGA TA’SIRI
Murodova Odina Zafarjon qizi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil
qilinadi. Xususan, ingliz tilining turli madaniyatlarga ta’siri va global til sifatidagi
o‘rni muhokama qilinadi. Shuningdek, ingliz tilining keng tarqalishi natijasida
yuzaga keladigan madaniy o‘zgarishlar va kommunikatsion qiyinchiliklar tahlil
qilinadi. Maqolada ingliz tilining foydalari va ehtimoliy xavflari haqida ham fikr
yuritilib, til va madaniyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimligi ta’kidlanadi. Til
faqat aloqa vositasi emas, balki u xalqning tafakkuri, tarixi va turmush tarzining
aksidir. Maqolada turli xalqlarning tilida aks etgan madaniy qadriyatlar misollar
asosida
ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, globalizatsiya sharoitida madaniy
identifikatsiyani saqlashda tilning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot til va
madaniyatning o‘zaro aloqasi orqali madaniyatlararo muloqotni yaxshilashga xizmat
qiladi.
Kalit so’zlar
: til, madaniyat, madaniyatlararo muloqot, globalizatsiya, milliy
qadriyatlar, tafakkur, til o‘rganish, ingliz tili, kommunikatsion qiyinchiliklar,
lingviatik, imperializm, mahalliy tillar, madaniy xilma- xillik.
Til madaniyatni qanday aks ettiradi?
Til madaniyatni aks ettiradi va uning bir qismi hisoblanadi. Odamlar
ishlatadigan so'zlar va iboralar ularning hayot tarzi va dunyoqarashini ko'rsatadi.
Masalan, daniyaliklarda "hygge" so'zi mavjud bo'lib, u qulaylik va xotirjamlik hissini
ifodalaydi. Bu tushunchani ingliz tiliga aynan tarjima qilib bo'lmaydi. Xuddi
shunday, zulu tilida "ubuntu" so'zi jamiyatdagi birdamlik va insoniylikni
anglatadi.Ingliz tili dunyo bo'ylab keng tarqalgan bo'lib, u orqali g'arb madaniyati
ham yoyilmoqda. Masalan, "time is money" iborasi G'arbda vaqtning qadrli ekanini
va samaradorlik muhimligini ko'rsatadi. Boshqa madaniyatlarga qaraganda, G'arb
mamlakatlarida shaxsiy yutuq va mustaqillikka ko'proq e'tibor qaratiladi. Shu sababli,
til odamlarning dunyoni qanday qabul qilishiga ham ta'sir qiladi.
Bugungi kunda, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi hayotimizda juda muhim rol
o‘ynaydi. Til, faqatgina so‘zlarni almashish vositasi emas, balki u insoniyatning
madaniyati, tarixiy o‘tmishi va qadriyatlarini aks ettiruvchi omildir. Til orqali, bir
130
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jamiyatning madaniyati boshqa jamiyatlarga tarqaladi, o‘rganiladi va qo‘llaniladi.
Shunday
qilib,
til
nafaqat
kommunikatsiya
vositasi,
balki
madaniyatni
shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida turli millatlar
va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tobora kuchayib bormoqda. Bu jarayonda
til asosiy vosita sifatida alohida o‘rin tutadi.
Har bir xalqning tili uning madaniyatini, dunyoqarashini va hayot tarzini o‘zida
mujassam etgan bo‘ladi. Shuning uchun ham tilni o‘rganish – bu faqat grammatikani
emas, balki shu til egalarining tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotini anglash
demakdir. Ushbu maqolada til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ular bir-
birini qanday to‘ldirishi va o‘zaro ta’sir etishi xususida tahliliy fikrlar yuritiladi.
Maqolaning dolzarbligi shundaki, u bugungi yosh avlodda madaniyatlararo muloqot
madaniyatini shakllantirish va o‘z milliy qadriyatlarini anglashga xizmat qiladi. Til
va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Til faqatgina muloqot vositasi
emas, balki u xalqning qadriyatlari, an’analari va dunyoqarashini ham aks ettiradi.
Bugungi kunda ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan til bo‘lib, ko‘plab
madaniyatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.Globalizatsiya tufayli turli xalqlar ingliz
tilida muloqot qilmoqda, ammo bu jarayon mahalliy tillar va madaniyatlarga qanday
ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ham savollar tug‘ilmoqda.Ushbu maqolada til va
madaniyat o‘rtasidagi aloqalar o‘rganiladi. Asosiy e’tibor ingliz tilining madaniy
o‘ziga xoslik, muloqot va ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir qilishiga
qaratiladi.Shuningdek, ingliz tilining keng tarqalishi natijasida yuzaga keladigan
muammolar ham muhokama qilinadi.
Til madaniyatni aks ettiradi va uning bir qismi hisoblanadi. Odamlar
ishlatadigan so‘zlar va iboralar ularning hayot tarzi va dunyoqarashini ko‘rsatadi.
Masalan, daniyaliklarda "hygge" so‘zi mavjud bovlib, u qulaylik va xotirjamlik
hissini ifodalaydi. Bu tushunchani ingliz tiliga aynan tarjima qilib bo‘lmaydi. Xuddi
shunday, zulu tilida "ubuntu" so‘zi jamiyatdagi birdamlik va insoniylikni
anglatadi.Ingliz tili dunyo bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, u orqali g‘arb madaniyati
ham yoyilmoqda. Masalan, "time is money" iborasi G‘arbda vaqtning qadrli ekanini
va samaradorlik muhimligini ko‘rsatadi. Boshqa madaniyatlarga qaraganda, G‘arb
mamlakatlarida shaxsiy yutuq va mustaqillikka ko‘proq e’tibor qaratiladi. Shu
sababli, til odamlarning dunyoni qanday qabul qilishiga ham ta’sir qiladi.Masalan,
ingliz tili bugungi kunda dunyodagi eng keng tarqalgan tilga aylangan. Ingliz tili
ko‘plab davlatlarda ikkinchi til sifatida o‘qitilmoqda, va bu til orqali Yevropaning
madaniyatiga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda.
131
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ingliz tilini o‘rganish nafaqat tilni bilish, balki uning orqasida yotgan
madaniyatni tushunish hamdir. Yani, ingliz tilini o‘rganish, bizni faqatgina inglizlar
bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega qilmaysiz, balki Evropaning umumiy
madaniy va ijtimoiy tuzilmalarini o‘rganish imkoniyatini beradTil nafaqat fikrni
ifodalash vositasi, balki fikrni shakllantiruvchi omildir.
Ingliz tilining turli madaniyatlarga ta'siri
Shunday bo‘lsa-da, til o‘rganish jarayonida, biz ba’zan o‘z milliy
madaniyatimizdan uzoqlashib ketishimiz mumkin. Ingliz tili yoki boshqa xorijiy
tillarni o‘rganish, ayniqsa yoshlar orasida, o‘z madaniyatini unutish, orqaga chekinish
va boshqa xalqning urf-odatlarini qabul qilishga olib kelishi mumkin. Bu jarayon,
ba’zida o‘z milliy kiyimlarimiz, an’analari va qadriyatlarimizni yo‘qotishga olib
keladi. Masalan, bugungi kunda, ko‘plab yoshlar o‘zbekcha kiyimlarni kiymaslikni
afzal ko‘radi va ingliz yoki boshqa yirik madaniyatlarning kiyimlariga e’tibor
qaratadi. Ya’ni, agar til orqali madaniyat buzilsa, tabiiyki madaniyat ham tilni
bevosita buzishi mumkin. Ingliz tili ta’lim, ishbilarmonlik va ommaviy axborot
vositalarida katt ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Ko‘plab mamlakatlar ingliz tilini
maktablarda va ish joylarida ishlatishga harakat qilmoqda, hatto ba’zan uni ona
tilisidan ham ustun qo‘yishmoqda.
Bu
jarayon
"inglizlashtirish"
(Englishization)
deb
ataladi.
Ayniqsa,
universitetlarda
ilmiy
maqolalar
va
darsliklar
ko‘pincha ingliz tilida
bo'ladi.Shuningdek, ingliz tili global media orqali ham keng tarqalmoqda. Gollivud
filmlari, G‘arb musiqasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali inglizcha so‘zlar va iboralar
ko‘plab mamlakatlar tiliga kirib kelmoqda. Ayniqsa, yoshlar ingliz tilidan so‘z va
iboralarni o‘z ona tillariga aralashtirib gapirayotgani kuzatilmoqda.Biroq ingliz
tilining keng tarqalishi bilan bog‘liq muammolar ham bor. Ba’zi mutaxassislar
mahalliy tillarning o‘rni kamayib borayotganidan xavotir bildirishmoqda. Chunki
yosh avlod ko‘pincha ingliz tiliga ko‘proq e’tibor qaratib, ona tilini kamroq ishlata
boshlaydi. Bu esa mahalliy tillar va madaniyatlarning yo‘qolib ketish xavfini
tug‘diradi.
Ingliz tilidan foydalanishda madaniy qiyinchiliklar
Ingliz tili xalqaro muloqotni osonlashtirsa ham, ba’zan tushunmovchiliklarga
sabab bo‘lishi mumkin. Bunga tarjima va ma’no yo‘qolishi muammosi misol bo‘la
oladi. Ba’zi so‘zlar yoki iboralar boshqa tilga to‘liq tarjima qilinmaydi. Masalan,
yapon tilidagi "wabi-sabi" tushunchasi kamtarinlik va mukammal bo‘lmagan
go‘zallikni ifodalaydi. Biroq, bu tushunchani ingliz tilida aniq ifodalash
qiyin.Shuningdek, turli madaniyatlarda muloqot uslublari farqlanadi. Ba’zi
132
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jamiyatlarda odamlar muloyim va bilvosita gapirishadi, ingliz tilida esa ko‘proq aniq
va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish odatiy hisoblanadi. Shu sababli, xalqaro
suhbatlarda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.Bundan tashqari, lingvistik
imperializm tushunchasi ham muhim masala hisoblanadi. Bu atama ingliz tilining
boshqa tillardan ustun qo‘yilishi holatini ifodalaydi.
Ko‘plab mamlakatlarda odamlar ingliz tilini mukammal bilmasa, yaxshi ta’lim
olish yoki yaxshi ish topish qiyin bo‘lishi mumkin. Bu esa kichik tillarning
yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.Shunday qilib, til va madaniyat o‘rtasidagi aloqani
to‘g‘ri tushunish zarur. Har bir xalq o‘zining tilini o‘rganishi va saqlashi kerak,
chunki bu nafaqat tilni, balki o‘sha xalqning madaniyatini ham asrashga yordam
beradi. Yurtimizda o‘zbek tilining ahamiyati katta, va biz uni boshqa til va
madaniyatlarni o‘rganish orqali ham boyitishimiz mumkin. Ammo, shu bilan birga,
o‘z milliy madaniyatimizni, an’analarimizni saqlab qolishimiz kerak. Chunki til- biz
biladigan eng keng qamrovli va katta san’atdir va bu g’ayri ihtiyoriy ravishda yuzlab
bizdek yosh avlodning namunasidir. Til va madaniyat aloqasi, nafaqat yirik dunyo tili
va madaniyatlari bilan aloqalar o‘rnatishda, balki o‘zimizni anglash va
rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Til va madaniyat o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro chambarchas bog‘liq. Tilni
o‘rganish orqali biz faqat boshqa xalqning so‘zlarini bilib qolmaymiz, balki ularning
madaniyatini ham tushunamiz. Ammo, bu jarayonda o‘z milliy til va
madaniyatimizni yo‘qotmaslik muhimdir. Bizga kerak bo‘lgan narsa — boshqa
madaniyatlarni o‘rganish va qabul qilish, lekin o‘z milliy identitetimizni saqlab
qolishdir. Til va madaniyat aloqasi har doim o‘zaro bog‘liq bo‘lib qoladi va bu
aloqaning tahlili bizga dunyoqarashni kengaytirishda yordam beradi.
Prezident Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, milliylikni saqlash, o‘zligimizni
yo‘qotmasdan, zamon talablariga moslashish biz uchun juda muhimdir.
“Milliyligimizni saqlash uchun har Juma kuni milliylik kuni sifatida e’lon qilindi. Bu
kun, nafaqat til va madaniyatimizni hurmat qilish, balki avlodlar o‘rtasidagi madaniy
bog‘lanishni mustahkamlashga xizmat qiladi.” – deydi Prezident.
Xulosa.
Bu qaror, faqatgina milliy til va madaniyatni rivojlantirishni emas, balki
har bir fuqaro va yosh avlodning o‘zini milliy madaniyatiga, urf-odatlariga va
qadriyatlariga hurmat bilan qarashini ta’minlaydi. Milliylikni saqlash, o‘zligimizni
anglash va o‘z madaniyatimizga bo‘lgan e’tibor, til orqali madaniyatni ifodalashning
eng muhim shaklidir. Til va madaniyat bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ingliz tili butun
dunyoda katta ta’sir kuchiga ega. Bir tomondan, ingliz tili odamlar o‘rtasidagi
muloqotni osonlashtiradi va global imkoniyatlar yaratadi.Boshqa tomondan esa, bu
133
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jarayon mahalliy tillar va madaniyatlarning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.Shu
sababli, xalqaro muloqot va mahalliy madaniyatni saqlash o‘rtasida muvozanat topish
muhimdir. Odamlar ingliz tilini o‘rganish va undan foydalanish bilan birga, o‘z ona
tilini ham qadrlashi va rivojlantirishi kerak. Shunday qilib, biz global muloqotning
afzalliklaridan foydalangan holda, madaniy xilma-xillikni ham saqlab qolishimiz
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:
1.Franz Boas (1979) - Language, culture and personality” page 70,
2. George Owrell (1946) - Politics and the English languages” page143 - -
Horizon magazine,
3. Edward Sapir (1951) - “Language: An Introduction to the Study of speech”
page 8,
4. G. Geutscher (2010) – Throught the Language Glass; Why the World Looks
Different in Other Languages – Metropoliten Books
5. Jane C. Miller (1997) – The Culturel Dimension of language Teaching –
Routledge nashriyoti
– Til va madaniyat ruhning ifodasidir.)
