Авторы

  • Xилола Каримжонова
    OXU

Биография автора

  • Xилола Каримжонова , OXU
    1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84744

Ключевые слова:

Zamonaviy hujjatlar rasmiy uslub elektron hujjatlar hujjat madaniyati rasmiy xat bayonnoma hisobot til me’yorlari E-hujjat raqamli texnologiyalar.

Аннотация

Mazkur maqolada davlat tilida ish yuritish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy hujjat turlari, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Hujjatlarning rasmiy uslubda tuzilishi, ularning elektron shaklga o‘tayotganligi va texnologik imkoniyatlar asosida yuritilishi kabi jihatlarni qamrab oladi. Shuningdek, zamonaviy ish yuritishda duch kelinayotgan muammolar, til madaniyati va uslubiy xatolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida mulohazalar bayon qilinadi. Maqola hujjat madaniyatini oshirish va davlat tilida ish yuritish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.


background image

164

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

DAVLAT TILIDA ISH YURITISHDA ZAMONAVIY HUJJATLAR

Karimjonova Hilola Dilshodovna

OXU 1-kurs magistranti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada davlat tilida ish yuritish jarayonida

qo‘llanilayotgan zamonaviy hujjat turlari, ularning mazmun-mohiyati va amaliy
ahamiyati tahlil qilinadi. Hujjatlarning rasmiy uslubda tuzilishi, ularning elektron
shaklga o‘tayotganligi va texnologik imkoniyatlar asosida yuritilishi kabi jihatlarni
qamrab oladi. Shuningdek, zamonaviy ish yuritishda duch kelinayotgan muammolar,
til madaniyati va uslubiy xatolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida
mulohazalar bayon qilinadi. Maqola hujjat madaniyatini oshirish va davlat tilida ish
yuritish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar bilan
yakunlanadi.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy hujjatlar, rasmiy uslub, elektron hujjatlar, hujjat

madaniyati, rasmiy xat, bayonnoma, hisobot, til me’yorlari, E-hujjat, raqamli
texnologiyalar.

Abstract:

This scholarly article examines the contemporary types of official

documents utilized in state-language-based administrative correspondence. Particular
attention is given to the structural and stylistic features of such documents, their
transition to electronic formats, and the role of modern technological tools in
document management. Furthermore, the study identifies current challenges in
official correspondence practices, such as deviations from language norms and
stylistic inconsistencies, offering practical solutions to address these issues. The
article concludes with a set of scientific and practical recommendations aimed at
enhancing document culture and increasing the overall effectiveness of administrative
procedures conducted in the state language.

Keywords:

Modern documents, official style, electronic documents, document

culture, official letter, minutes, report, language norms, e-document, digital
technologies.


Ijtimoiy munosabatlarda insonlar, tashkilot va muassasalar, korxonalar o‘rtasida

ish yuritishning muayyan bir huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjat va
normalarni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya
hujjatlari bilan bog‘liq ishlar davlat tilida yuritiladi Davlat tilida ish yuritish – bu


background image

165

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

muassasa va tashkilotlarning rasmiy yozishmalarini, hujjatlarini O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili hisoblangan o‘zbek tilida yuritilishidir. O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga ko‘ra, barcha rasmiy idoralar,
korxonalar va muassasalar hujjat ishlarini o‘zbek tilida olib borishga majburdirlar.
Davlat tilida ish yuritishning zamonaviy hujjatlar orqali amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy rivojlanishida
muhim omil hisoblanadi. Ushbu jarayon davlat tilining nufuzini oshirish bilan birga,
jamiyatning barcha sohalarida samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

17

Zamonaviy hujjatlar bugungi kunda jamiyatning turli sohalarida muhim

ahamiyat kasb etib bormoqda. Ular nafaqat huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarni tartibga solishda, balki zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni
joriy etishda ham asosiy vosita hisoblanadi. Zamonaviy hujjatlar nafaqat davlat
boshqaruvi, balki xususiy sektor va xalqaro munosabatlarda ham o‘z o‘rnini topib
bormoqda. Ular orqali yangi texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotni rivojlantirish
va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash mumkin. Zamonaviy hujjatlar davlat, nodavlat
tashkilotlarida keng qo‘llanilayotgan, elektron shaklda ham tuzilishi mumkin bo‘lgan
hujjatlar hisoblanadi. Ish yuritish jarayoni tashkilotda va muassasalarda hujjatlar
bilan ishlash, ularni rasmiylashtirish, tayyorlash, saqlash va kerakli joyga yetkazish
faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar hujjatlar aylanmasida asosiy qismini tashkil etadi.
Quyida ularning davlat tilida ish yuritishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratamiz:

1.

Huquqiy

tartibga

solish:

Zamonaviy

hujjatlar

qonunchilikni

rivojlantirish va huquqiy tizimni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular orqali
davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi.

2.

Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash:

Innovatsion texnologiyalarni

joriy etish va rivojlantirishda zamonaviy hujjatlar muhim ahamiyatga ega. Ular
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi.

3.

Ta’lim va ilm-fan:

Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar

zamonaviy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Bu esa jamiyatning intellektual
salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

4.

Xalqaro hamkorlik:

Zamonaviy hujjatlar xalqaro munosabatlarda

davlatning mavqeyini mustahkamlash va global miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga
imkon yaratadi.

Inson o‘z fikrini aniq, izchil va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan

xabardor bo‘lishi, kunlik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy — ish yuritish tilini ham

17

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni.

1989-yil 21-oktabr.


background image

166

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir,
hech bo‘lmaganda, ariza, tilxat, bildirgi yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U
yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish
yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham “Davlat tili
haqida”gi qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga
aloqador jihatlari qoidalashtirilgan

18

. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil

qiladi. Mazmunan, shaklan va hajman xilma-xil bo‘lgan hujjatlar barcha mehnat
jamoalarining, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan oddiy narsa emas, kishilik jamiyati
shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim
holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Hujjatlar bilan
ishlash madaniyati, nafaqat huquqiy tizimni rivojlantirish, balki jamiyatning
intellektual va madaniy salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
madaniyat jamiyatning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida ahamiyatlidir.
Ushbu madaniyat hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash, rasmiylashtirish, saqlash va ulardan
samarali foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, muayyan bir hujjat turi
turli xizmat vaziyatlarida turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi, garchi bunda ularning
zaruriy qismlari o‘zgarmasa-da, axborotning bayon tarzi mazkur xizmat vaziyatiga
muvofiq ravishda qisman o‘zgaradi.

Davlat tilida ish yuritishda til me’yorlariga rioya qilish davlat boshqaruvi,

huquqiy tizim va ijtimoiy munosabatlarning samaradorligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega.

19

Til me’yorlari hujjatlarning rasmiy-idoraviy uslubda yozilishini,

grammatik, orfoepik va stilistik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini talab qiladi. Til
me’yorlariga rioya qilish davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha sohalarida
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

20

Til me’yorlariga amal qilishning ahamiyati quyidagilarda ko‘riladi:

1.

Huquqiy aniqlik:

Hujjatlarning mazmuni aniq va tushunarli bo‘lishi

uchun til me’yorlariga qat’iy rioya qilish zarur. Bu huquqiy noto‘g‘ri talqinlarning
oldini oladi.

2.

Rasmiy-idoraviy uslub:

Davlat tilida ish yuritishda rasmiy-idoraviy

uslubning talablariga mos ravishda hujjatlarni tuzish muhimdir. Bu uslub
hujjatlarning rasmiyligini va huquqiy kuchini ta’minlaydi.

18

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni.

1989-yil 21-oktabr.

19

Eshonqulov A. (2021).

Hujjatshunoslik asoslari

. Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti.

20

Karimov Z. (2020).

Til madaniyati va rasmiy uslub.

Toshkent.


background image

167

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3.

Madaniy va milliy qadriyatlar:

Til me’yorlariga amal qilish milliy

madaniyat va qadriyatlarni saqlashga xizmat qiladi. Bu davlat tilining nufuzini
oshiradi.

E-hujjat — bu axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan,

an’anaviy qog‘oz hujjatlarning raqamli muqobili hisoblanadi. U axborotni raqamli
shaklda yaratish, tahrirlash, saqlash, uzatish va himoyalash imkonini beradi. E-
hujjatlar zamonaviy boshqaruv tizimining ajralmas elementi bo‘lib, ularning joriy
etilishi hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish, vaqt va resurslarni tejash, hamda
axborot xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. E-hujjatlarning asosiy afzalliklaridan
biri ularning ko‘p funksiyaliligidir. Ular nafaqat ma'lumotni saqlaydi, balki tezkor
izlash, filtrlash, yangilash va tahlil qilish imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Ayniqsa,
hujjat yuritish, arxivlash va ma’muriy boshqaruvda ularning ahamiyati beqiyosdir.
Ilmiy nuqtayi nazardan, e-hujjatlar yangi turdagi hujjatshunoslik konsepsiyasini
shakllantiradi. Ular an’anaviy hujjat turlaridan farqli ravishda dinamik tuzilishga ega
bo‘lib, turli dasturiy platformalarda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu esa hujjatlarning
formatga bog‘liq holda turlicha talqin qilinishiga olib keladi, shu bois e-hujjatlarning
huquqiy kuchi, standartlari va arxivlash masalalari ilmiy tahlilni talab qiladi.
Shuningdek, e-hujjatlar axborot jamiyati taraqqiyotining belgilaridan biri sifatida
namoyon bo‘ladi. Ular yordamida hujjatlar tezkor muomala vositasiga aylanishi,
raqamli imzo, shifrlash texnologiyalari orqali huquqiy jihatdan mustahkamlanishi
mumkin.An’anaviy qog‘oz hujjatlardan farqli ravishda, e-hujjatlar kompyuterlar,
mobil qurilmalar va boshqa raqamli vositalarda o‘qilishi, tahrir qilinishi va
tarqatilishi mumkin. E-hujjatlar tarkibida matn, rasm, grafik, audio va video
ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ularni yaratish nuchun maxsus dasturiy vositalar kerak
bo‘ladi (masalan, MS Word, PDF formatlar, XML, HTML hujjatlar).

E-hujjatlar quyidagi afzalliklarga ega:

Axborotning tezkor va qulay tarqatilishi;

Hujjatlarni saqlash va arxivlashda joy tejash;

Ma’lumotlarga tezkor kirish imkoniyati;

Ekologik jihatdan foydali, ya’ni qog‘oz sarfi kamayadi;

Axborot dahlsizligini ta’minlash va foydalanuvchi huquqlarini nazorat qilish

imkoniyati.

Raqamli texnologiyalar deganda axborotni raqamli formatda yaratish, uzatish,

saqlash va boshqarishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnik hamda dasturiy vositalar
tushuniladi. Bu texnologiyalar informatika, telekommunikatsiya, elektronika, sun’iy


background image

168

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

intellekt va bulutli xizmatlar kabi ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda
raqamli texnologiyalarning qo‘llanilish sohasi juda keng — ular iqtisodiyot va
sanoatdan tashqari, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, arxiv ishi va hujjatshunoslik kabi
yo‘nalishlarda ham faol foydalanilmoqda. E-hujjatlar aynan shu texnologiyalar
negizida shakllanib, ularning yordamida yuritiladi.

E-hujjat tizimi va raqamli texnologiyalar bugungi axborot jamiyatining muhim

qismlaridan biridir. Ularning tez sur’atlar bilan rivojlanishi hujjatlar aylanishi
jarayonlarini yengillashtiradi, boshqaruvda samaradorlikni oshiradi va axborot
xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi. Shu bois davlat muassasalari, ta’lim
tashkilotlari va ilmiy markazlar bu texnologiyalarni o‘z ish jarayonlariga faol tatbiq
etmoqda.

Davlat tilida ish yuritish jarayonida zamonaviy hujjatlarning ahamiyati tobora

ortib bormoqda. Ushbu maqolada zamonaviy hujjat turlarining mazmun-mohiyati,
ularning rasmiy-idoraviy uslubda tuzilishi, elektron shaklda yuritilishi va raqamli
texnologiyalar bilan uzviy bog‘liqligi yoritildi. Shuningdek, til madaniyati, stilistik
xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikrlar bildirildi. E-hujjatlar va raqamli
texnologiyalarning joriy etilishi ish yuritish samaradorligini oshirib, hujjat
madaniyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Maqolada keltirilgan ilmiy-amaliy
tavsiyalar davlat tilida ish yuritish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni. – Toshkent, 1989

(2020-yilgi o‘zgartirishlar bilan).

2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,

2008.

3. Jo‘rayev N., Axmedova G. Ish yuritish: nazariya va amaliyot. – Toshkent:

Akademnashr, 2019.

4. Qodirov A., To‘xtaboyev B. Rasmiy hujjatlar turlari va ularni

rasmiylashtirish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

5. Turaqulov A. Davlat tilida ish yuritish asoslari. – Samarqand: SamDU

nashriyoti, 2021.

6. Xaitova M. Elektron hujjatlar va raqamli texnologiyalar. – Toshkent:

Innovatsiya, 2022.

7. G‘afurov D. Rasmiy-idoraviy uslub xususiyatlari. // Filologiya masalalari. –

Toshkent, 2020. – №2. – B. 45–50.


background image

169

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030”

strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori. – 2020-yil.

9. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy-huquqiy

hujjatlar milliy bazasi.

10. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy

sayti.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni. – Toshkent, 1989 (2020-yilgi o‘zgartirishlar bilan).

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

Jo‘rayev N., Axmedova G. Ish yuritish: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Qodirov A., To‘xtaboyev B. Rasmiy hujjatlar turlari va ularni rasmiylashtirish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

Turaqulov A. Davlat tilida ish yuritish asoslari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.

Xaitova M. Elektron hujjatlar va raqamli texnologiyalar. – Toshkent: Innovatsiya, 2022.

G‘afurov D. Rasmiy-idoraviy uslub xususiyatlari. // Filologiya masalalari. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 45–50.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori. – 2020-yil.

www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar milliy bazasi.

www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti.