216
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
AEROPORT TERMINLARINING LINGVOKULTUROLOGIK ASOSLARI
Xaydarova Zulfiniso Zaylobidin qizi
Farg‘ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada aeroport faoliyati bilan bog‘liq terminlarning
lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘zaro aloqadorligi
kontekstida, xalqaro aviatsiya atamalarining milliy madaniyatlarga qanday
moslashtirilishi hamda ularning madaniy-ma'naviy konnotatsiyalari o‘rganiladi.
Shuningdek, ingliz, rus va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan aeroport terminlarining
semantik, pragmatik va madaniy jihatlari solishtirma tahlil asosida yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
aeroport terminlari, lingvokulturologiya, aviatsiya leksikasi,
tarjima, madaniyatlararo muloqot, til va madaniyat.
Globallashuv jarayonida xalqaro aloqalar, xususan, transport va aviatsiya
sohalarining jadallik bilan rivojlanishi natijasida turli tillarda qo‘llaniladigan aeroport
terminlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Ayniqsa, aeroport tizimida
ishlatiladigan terminlar nafaqat professional sohada, balki kundalik hayotda ham faol
qo‘llanila boshladi. Bu esa ushbu terminlarning lingvistik va madaniy jihatdan chuqur
o‘rganilishini taqozo etadi [1].
Aeroport terminlari til va madaniyatning uzviy bog‘liqligi asosida shakllanadi
va turli xalq madaniyatlarining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Har bir xalq tilida
bu terminlar o‘ziga xos semantik va pragmatik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning
tarjima jarayoni, qo‘llanish shakllari ham lingvokulturologik omillar ta’sirida yuzaga
keladi.
Lingvokulturologiya – bu til va madaniyat o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan
sohasidir. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar til
birliklarining madaniy konnotatsiyalarini, ularning milliy ong va tafakkurdagi
ifodasini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot doirasida aeroport
terminlarining lingvokulturologik tahlili o‘ziga xos yo‘nalish sifatida ajralib turadi.
Xususan, transport va aviatsiya sohalarida qo‘llaniladigan leksik birliklar til va
madaniyatning kesishgan nuqtasida shakllanadi [2].
C. Kramsch (1998) o‘zining “Language and Culture” asarida til va madaniyat
o‘rtasidagi uzviy aloqani tahlil qilib, har bir til birliklarining ortida ma’lum madaniy
kod mavjudligini ta’kidlaydi. Bu fikr aeroport terminologiyasiga ham to‘liq
taalluqlidir. Xalqaro aviatsiya terminlari ko‘p hollarda ingliz tilidan boshqa tillarga
217
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjima
qilinadi,
bu
esa
ayrim
hollarda
madaniy
moslashmovchiliklarga olib keladi.
V. V. Vorobyov (2003) lingvokulturologiyani mustaqil ilmiy soha sifatida qaror
toptirib, til birliklarining madaniyat kontekstidagi ma’nosini tahlil qilishni ilmiy
yondashuv sifatida asoslab bergan. Uning ishlarida tilning leksik-semantik qatlamlari
bilan milliy ong, tarixiy-madaniy kontekstlar o‘rtasidagi aloqalar alohida o‘rin
egallaydi [3].
Aviatsiya terminologiyasini o‘rganishda O. B. Sukhikh va I. V. Ivanova kabi
tadqiqotchilarning ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Ular professional sohalardagi
terminlarning ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini tahlil qilish orqali ularning
lingvistik strukturasi va kommunikativ funksiyalarini ochib bergan. Ushbu
yondashuv aeroport terminlari misolida qo‘llanganda, ushbu terminlarning har bir
tilga xos fonetik, morfologik va semantik o‘zgarishlari kuzatiladi [4].
O‘zbek tilshunosligida esa lingvokulturologik yondashuv hali rivojlanayotgan
yo‘nalish hisoblanadi. Shunga qaramay, O. Jo‘rayev, Z. Mirzayeva, M. Jo‘raev kabi
olimlar tomonidan til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, leksik birliklarning milliy
mentalitetdagi o‘rni haqida qator izlanishlar olib borilgan. Ushbu izlanishlar doirasida
transport, texnika va ijtimoiy xizmat sohalaridagi terminlarning o‘zbek tiliga
moslashtirilishi, ularning o‘zbek madaniyatidagi o‘rni haqida fikrlar ilgari surilgan
[5].
Aeroport terminlarini lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilishda shuningdek,
tarjima
nazariyasi,
terminshunoslik,
pragmalingvistika
va
madaniyatlararo
kommunikatsiya nazariyasining ilmiy asoslari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, E. A. Nida (Eugene Nida) va P. Newmark tarjima nazariyasi asosida
terminlarni madaniy moslashtirish jarayonlarini tahlil qilgan bo‘lsa, G. Hofstede va
E. Hall madaniyatlararo farqlarni til orqali qanday ifodalanishini o‘rgangan [6].
Xulosa qilib aytganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aeroport
terminlarini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish ko‘p fanli yondashuvni talab
qiladi. Bu borada mavjud ilmiy manbalar til va madaniyat uyg‘unligini ochib
berishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, o‘zbek tilida ushbu
mavzuda tadqiqotlar cheklangan bo‘lib, bu sohada mustaqil ilmiy izlanishlar olib
borish dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotda aeroport terminlarining lingvokulturologik jihatlarini
o‘rganish maqsadida kompleks yondashuv asosida bir nechta zamonaviy lingvistik,
tarjima nazariyasi va madaniyatlararo kommunikatsiya uslublari qo‘llanildi.
Tadqiqotning metodologik asoslarini quyidagi yondashuvlar tashkil etadi:
218
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1. Deskriptiv-tahliliy usul-
Bu usul orqali aeroport terminlarining o‘zbek, rus
va ingliz tillaridagi variantlari yig‘ilib, ularning lug‘aviy va semantik xususiyatlari
o‘rganildi. Har bir til birliklari tarkibiy jihatdan (morfologik va sintaktik) tahlil
qilinib, ularning kontekstual qo‘llanilishi ko‘rib chiqildi. Misollar matnli materiallar
(aeroportlar saytlaridagi matnlar, e’lonlar, texnik hujjatlar va foydalanuvchi
interfeyslari) orqali tahlil qilindi.
2. Lingvokulturologik tahlil-
Tadqiqotning asosiy yondashuvi sifatida
lingvokulturologik tahlil tanlandi. Bu usul aeroport terminlarining faqat leksik
ma’nosini emas, balki ular orqali aks ettirilgan madaniy kodlar, mentalitet va ijtimoiy
qadriyatlarni aniqlashga yordam berdi. Terminlar qanday madaniy konnotatsiyalarga
ega ekani, qanday hollarda bir tilning elementi boshqa tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima
qilinmaydi, balki adaptatsiya qilinishiga ehtiyoj tug‘ilishi aniqlashtirildi.
3. Taqqoslov tahlil (komparativ usul) -
Ushbu usul yordamida uch til (o‘zbek,
rus va ingliz) o‘rtasidagi terminlarning fonetik, morfologik va semantik farqlari
aniqlab chiqildi. Terminlarning tarjima usullari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima, semantik
moslik, ekvivalent qidirish) bo‘yicha qiyosiy tahlil olib borildi. Bu yondashuv til
birliklarining milliy xususiyatlari va ularning madaniy sharoitda qanday aks etishini
ko‘rsatishga yordam berdi.
4. Semantik-tarixiy yondashuv -
Terminlarning shakllanishi, ularning lug‘aviy
asoslari va tarixiy ildizlari tahlil qilindi. Aeroport terminlarining ba’zilari umumxalq
tiliga nisbatan nisbatan yangi bo‘lgani bois, ularning ilk paydo bo‘lishi, ingliz tilidan
boshqa tillarga qanday o‘tganligi ham o‘rganildi. Bu orqali terminlar evolyutsiyasi
kuzatilib, ularning madaniyatga moslashish bosqichlari aniqlab berildi.
5. So‘rovnoma va kuzatuv metodlari -
Empirik ma’lumotlar to‘plash
maqsadida, aeroport xodimlari, tarjimonlar va xalqaro yo‘lovchilar o‘rtasida
so‘rovnomalar tashkil etildi. Savollar terminlarni tushunish darajasi, ularning
madaniy anglashuvi va tarjima qilinishidagi qiyinchiliklarga qaratildi. Bu
ma’lumotlar asosida ayrim terminlar noto‘g‘ri qabul qilinayotganligi, yoki madaniy
noaniqliklar yuzaga kelayotgan holatlar aniqlandi.
6. Pragmalingvistik tahlil -
Terminlarning real muloqotdagi (komunikatsion)
ishlatilishi, ayniqsa, aeroportlar, chek-in nuqtalari, xavfsizlik punktlari, axborot
e’lonlaridagi roli tahlil qilindi. Bu usul orqali til birliklarining amaliy funksiyasi,
ularning maqsadli auditoriya bilan qanday kommunikativ ta’sirga ega ekani
baholandi.
Tadqiqotda tanlangan metodologik yondashuvlar o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llanilib,
lingvokulturologik jihatdan aeroport terminologiyasining o‘ziga xosliklarini chuqur
219
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ochib berishga xizmat qildi. Yondashuvlar kombinatsiyasi natijasida terminlarning
madaniy mazmuni, milliy tafakkurdagi akslanishi va tarjima jarayonidagi
murakkabliklar aniqlab berildi.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari til va madaniyatlararo muloqotning har
qachongidan-da dolzarb bo‘lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, xalqaro aloqalar va
transport tizimlarida, jumladan aeroportlarda qo‘llaniladigan til birliklari - terminlar
muloqotning aniqligi, tezligi va madaniy kontekstdagi to‘g‘ri qabul qilinishi uchun
nihoyatda muhimdir. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, aeroport terminlari
nafaqat lingvistik birlik sifatida, balki o‘zida muayyan madaniy qadriyatlar, til
tizimidagi o‘ziga xosliklar va kommunikativ strategiyalarni mujassam etgan ko‘p
qirrali hodisadir [7].
Tahlillar davomida aniqlanishicha, ingliz tilida shakllangan ko‘plab aeroport
terminlari rus va o‘zbek tillariga bevosita (transliteratsiya yo‘li bilan) yoki ma’nosiga
mos ekvivalentlar orqali o‘tgan. Biroq bu o‘zlashtirish jarayonida ba’zi terminlar
o‘zining dastlabki madaniy mazmunini yo‘qotgan yoki noto‘g‘ri talqin etilgan.
Masalan, “boarding gate” atamasi ko‘plab hollarda “chiqish eshigi” deb tarjima
qilinadi, ammo bu ibora madaniy kontekstda yo‘lovchi psixologiyasida noaniqlik
tug‘dirishi mumkin, chunki “gate” aeroport terminologiyasida reysga chiqish nuqtasi
degan aniq funksiyaga ega.
Lingvokulturologik yondashuv asosida o‘tkazilgan tahlillar aeroport terminlari
o‘zbek tilida ko‘proq funksional yondashuv orqali tarjima qilinishini ko‘rsatdi. Bu
esa, til birliklarining faqat lug‘aviy emas, balki funksional va kommunikativ
qiymatini e’tiborga olish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ayrim terminlar o‘zbek
tilida hali standartlashtirilmagan bo‘lib, bu tarjimonlar va soha mutaxassislarida
ikkilanishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, “baggage claim,” “arrival,” “check-in
desk” kabi iboralarning turli manbalarda turlicha tarjima qilinayotgani amaliyotda
yagona yondashuv yo‘qligidan dalolat beradi [8].
Muhokama jarayonida so‘rovnomalar va kuzatuvlar orqali olingan empirik
ma’lumotlar ham muhim o‘rin tutdi. Aeroport xodimlari va yo‘lovchilarning
javoblariga ko‘ra, ayrim inglizcha terminlar tushunilmay qolmoqda yoki noto‘g‘ri
talqin qilinmoqda. Bu esa, faqatgina tarjimaning texnik jihatlari emas, balki madaniy
moslik, tilga moslashtirish va o‘rgatish mexanizmlarining mavjudligiga ehtiyoj
tug‘diradi.
Shuningdek, rus tilida aeroport terminologiyasi ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘zlashtirish asosida qo‘llanilishi kuzatildi, bu esa inglizcha terminlarga nisbatan
ko‘proq sodiqlikni ta’minlaydi. Ammo o‘zbek tilida bu jarayon hali to‘liq
220
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
shakllanmagan, bu esa til siyosati, terminologik qo‘mitalar faoliyati va amaliy tarjima
tajribasining nisbatan kamligini ko‘rsatadi.
Shu boisdan, ushbu tadqiqot aeroport terminologiyasini lingvokulturologik
yondashuv asosida chuqur o‘rganish zarurligini, shuningdek, bu terminlarni madaniy
muhitga moslashtirish va standartlashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab
chiqish lozimligini isbotlaydi. Shuningdek, tarjima nazariyasiga doir darsliklar, soha
mutaxassislari uchun qo‘llanmalar va onlayn platformalarda ushbu terminlarning
aniq, madaniy kontekstda izohlari bilan berilishi muloqot sifatini oshirishda muhim
rol o‘ynaydi.
Ushbu ilmiy ish davomida aeroport terminlari lingvokulturologik jihatdan har
tomonlama tahlil qilinib, ularning shakllanishi, boshqa tillarga o‘zlashtirilishi va
madaniy kontekstda talqin etilishi chuqur o‘rganildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
xalqaro aeroport tizimida qo‘llaniladigan terminlar tilning faqat texnik jihatini emas,
balki madaniy-ma’naviy, ijtimoiy va kommunikativ xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Shunday qilib, aeroport terminlarini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish
ularning til va madaniyat oralig‘idagi aloqadorligini ochib beradi hamda xalqaro
kommunikatsiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Karimov A. “Aviatsiya terminlarining lingvistik xususiyatlari”, –
Toshkent: Fan, 2021.
2.
G‘ofurova M. “Til va madaniyat: lingvokulturologik yondashuv”, –
Samarqand: Ilm ziyo, 2019.
3.
Ахманова О.С. “Словарь лингвистических терминов”, – М.:
Советская энциклопедия, 1966.
4.
Тер-Минасова С.Г. “Язык и межкультурная коммуникация”, – М.:
Слово, 2000.
5.
Crystal, D. English as a Global Language. – Cambridge: Cambridge
University Press, 2003.
6.
Беляевская Е.Г. “Авиатранспортная терминология в свете
лингвокультурологии”, – Вестник МГЛУ, №4, 2018.
7.
Rahmonova D. “Tarjimada lingvokulturologik muammolar: terminlar
misolida”, – O‘zDJTU ilmiy jurnali, 2020.
8.
Kabakchi V.V. “Лингвокультурология и лингвострановедение:
учебное пособие”, – СПб.: Изд-во СПбГУ, 2001.
