Авторы

  • Низомиддин Абдухомитов
    Nizomiy nomidagi TDPU

Биография автора

  • Низомиддин Абдухомитов , Nizomiy nomidagi TDPU
    kechgi bo’lim Tarix fakulteti 301-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84754

Аннотация

Miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarimida Murg’ob vohasini qadimgi dehqonchilik jamoalari tomonidan o’zlashtirishi va ushbu makonda Auchintepa, Kelelitepa, Gonurtepa kabi qator aholi punktlarini paydo bo’lishi Avetoda,,mouri’’ debnomi zikr etilgan viloyatni tarkib topishiga olib keldi. Uning o’troq aholisi esa margush nomi bilan tarixda o’z o’rnini topadi. Ayni zamonda xuddi shunday tarixiy jarayon Murg’obdan shimoli-sharqda, shimoliy Afg’onistonning Axcha daryo quyi havzalarida va janubiy O’zbekistonning Ulanbuloqsoy va Bo’stonsoy havzalarida ham yuz beradi. Bu zamindor Sopollitepa va Jarqo’ton kabi o’troq aholi punktlari qad ko’tardi. Avestoda “muqaddas Baxdi” deb nomi ketirilgan madaniy-xo’jalik viloyati - Qadimgi Baqtriya, uning o’troq aholisi Bohtariylar edi. Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy hududlarida Baqtriya va Marg’iyona qadimgi Sharq sivilizatsiyasining ikkita madaniy o’chog’i, yangi madaniy-xo’jalik markazlari tashkil topib, dehqonchilik mintaqalarining hududiy chegarasi kengayadi, margush va bohtar elatlari shakllana boshlaydi.


background image

221

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SOPOLLITEPA YODGORLIGI VA UNING O’RGANILISH TARIXI

Abduxomitov Nizomiddin Xolbobo o’g’li

Nizomiy nomidagi TDPU kechgi bo’lim Tarix fakulteti 301-guruh talabasi

Miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarimida Murg’ob vohasini

qadimgi dehqonchilik jamoalari tomonidan o’zlashtirishi va ushbu makonda
Auchintepa, Kelelitepa, Gonurtepa kabi qator aholi punktlarini paydo bo’lishi
Avetoda,,mouri’’ debnomi zikr etilgan viloyatni tarkib topishiga olib keldi. Uning
o’troq aholisi esa margush nomi bilan tarixda o’z o’rnini topadi. Ayni zamonda xuddi
shunday tarixiy jarayon Murg’obdan shimoli-sharqda, shimoliy Afg’onistonning
Axcha daryo quyi havzalarida va janubiy O’zbekistonning Ulanbuloqsoy va
Bo’stonsoy havzalarida ham yuz beradi. Bu zamindor Sopollitepa va Jarqo’ton kabi
o’troq aholi punktlari qad ko’tardi. Avestoda “muqaddas Baxdi” deb nomi ketirilgan
madaniy-xo’jalik viloyati - Qadimgi Baqtriya, uning o’troq aholisi Bohtariylar edi.
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy hududlarida Baqtriya va Marg’iyona
qadimgi Sharq sivilizatsiyasining ikkita madaniy o’chog’i, yangi madaniy-xo’jalik
markazlari tashkil topib, dehqonchilik mintaqalarining hududiy chegarasi kengayadi,
margush va bohtar elatlari shakllana boshlaydi.

1960-yillarda Shimoliy Baqtriyada hozirgi O’zbekistonning janubiy hududi

bo’lgan Sherobod cho’lining o’zlashtirilishi munosabati bilan qadimgi dehqonchilik
madaniyatining noyob yodgorligi Sopollitepa topiladi. 1968-yilda arxeolog L.
Albaum tomonidan topilgan. 1969-1974- yillarda A.Asqarov tomonidan yodgorlik
o’rganiladi. Akademik A.Asqarov tomonidan 20 ta yodgorlik topiladi.

Bugungi kunda sopollitepa madaniyatining rivojlanishi 5 ta xronologik

bosqichga bo’linadi. O’zbekiston arxeologlarining keying yillarda olib borgan
tadqiqotlari natijasida Sopollitepa madaniyatining xronologik sanasi ancha
aniqlashtirdilar.

1.

Sopolli davri - miloddan avvalgi 2150 -1900 yillar

2.

Jarqo’ton davri – miloddan avvalgi 1900 – 1600 yillar

3.

Ko’zali davri -miladdan avvalgi 1600 - 1450 yillar

4.

Mo’lali davri - miladdan avvalgi 1450 – 1250 yillar

5.

Bo’ston davri - miloddan avvalgi 1250 - 1000 yillar.

Sopollitepa Amudaryo yaqinida, Ko’hitang tog’I oralig’ida tarkib topgan

Pashkurt mikrovohasidan Sherobod cho’liga olib chiquvchi daralardan birida otilib
chiqqan Qaynarbuloq asosida tarkib topgan Ulonbuloqsoy yoqasida joylashgan. Ana


background image

222

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shu soy suvlari asosida miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi choragida
Ulonbuloqsoy quyi havzasida qadimgi bobodehqonlarimizning qishlog’i qad ko’tardi.
Ana shu qishloq xarobalari mahalliy aholi orasida Sopollitepa deb nom olgan.
Sopollitepa maydoning katta qismi mahalliy aholi tomonidan o’zlashtirilib, faqat
uning markaziy qal’a qismigina saqlangan. Qal’a atrofidagi yodgorlik maydonida
sochilib yotgan sopol parchalari, tosh yorg’uchoqlar, urchuqtosh va hayvon suyaklari,
turli xil mehnat qurollariga qaraganda, Sopollitepaning umumiy maydoni o’z davrida
4-5- gektardan kam bo’lmagan .

Qal’a kvadrat shakldagi 82X82 metr bo’lgan istehkomdir. Qal’a mudofa

devorlari qalinligi 2 metr bo’lib, somon qo’shilgan xom g’ishtdan qurilgan. Mudofa
devorlari to’lg’ama tuzoq usulida ishlanib, aniq o’lchamli koridorsimon bloklarga
bo’lingan. Tashqi bloklar yo’laklar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan.
Ichki bloklar mudofa tizimi sifatida qopqon vazifasini bajargan. Tashqaridan
qaraganda ularqal’a olib kiradigan darvozalarga o’xshaydi. Lekin qal’aga bitta
darvoza orqali kirilgan. U qal’aning janubiy tarafida joylashgan. Qolganlari “yolg’on
darvoza” bo’lgan. Bu narsa aholini dushman hujumidan qanchalik puxta
himoyalangan ekanligini ko’rsatib turadi. Bunday himoya usulini ishlab chiqqan kishi
juda aqilli bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Shu asosda biz xulosa chiqaradigan bo’lsak,
bu yerda yashagan aholi mohir me’mor bo’lganligini ko’rsatadi.

Bu juda murakkab me’moriy reja edi. Mudofa tizimidagi ichki va tashqi bloklar

Sopollitepaning keyingi bosqichlarida urug’ xilxonasi, uy-joy, kulolchilik ustoxonasi
sifatida foydalanishgan.

Sopollitepada 3 ta qurilish bosqichi aniqlangan. Birinchi ikki bosqichida qurilish

materiallari bir xil bo’lgan. Uchinchi bosqichga kelganda esa ba’zi o’zgarishlarro’y
beradi. Bu o’zarish Jarqo’ton yodgorligining quyi qatlami materiallaria o’xshaydi.
Shunin uchun Sopollitepadagi 2 ta quyi qatlam “sopolli bosqichi”, uning yuqori
qatlami “Jarqo’ton” bosqichi deb yuritiladi. Ayni Jarqo’ton bosqichiga kelganda
avvalgi ikki bosqichga nisbatan me’moriy jihatdan murakkablashib qurilish
materiallari ham o’zgaradi.

Sopollitepadagi uy-joylar 8 ta kvartallarga bo’lingan. Kvartallar urug’ jamoasi

asosida shakllangan. Dastlab uy-joy komplekslari qal’a ichki devorlariga yopishtirib
qurilib, kuzatilgan uchta qurilish davomida ular qal’a markaziy maydoni bilan
bog’langan tor ko’chalar bo’ylab kengayib borgan. Qazishmalar jarayonida topilgan
turli xil arxeologik materiallar taxlili hamda yodgorlikni aniq rejasiga ko’ra,
Sopollitepa 8 ta bronza davri patriarxal urug’ – jamoalarining qishlog’i bo’lgan. Har
bir kvartaldan 2-3 yoki undan ortiq xumdon va non pishiriladigan maxsus tandirlar,


background image

223

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

uy-joy qoldiqlari va 158 ta qabr topilgan. Boshqa bir manbada ham shunga yaqin
bo’lgan raqamlar keltrilib o’tiladi. Olimlarning fikricha, qishloq aholisi 155-315
kishidan iborat bo’lgan. Har bir oilaning o’z uyi bo’lgan. Uylar xom g’ishtlar
yordamida qurilgan. Ustidan esa bir necha marta somonli loy bilan suvalgan. Pollarga
albastr aralashgan loy yoki spool siniqlari yotqizilgan. Shu sababli o’choq va
sandalizlari sqlanib qolgan. Bundan tashqari har bir xonadonning omborxonasi
bo’lgan. Uy ichidan toshdan, suyakdan, bronzadan yasalgan turli xil mehnat qurollari,
sopol idishlar, turli taqinchoq va bezaklar, urug’ va qabilalarning muhrlari, tamg’alari
topilgan. Ular mahorat bilan ishlangan. Topilmalar o’sha davr aholisining yuksak
madaniy- xo’jalik rivojiga erishganligidan dalolat beradi.

Sopollitepa aholisi Janubiy O’zbekiston hududining eng qadimgi dehqonlari edi.

Bu yerdan topilgan juda boy va xilma-xil materiallar tahlili, ularning boshqa o’lka va
tarixiy madaniy viloyat yodgorliklari bilan qiyosiy o’rganish Sopollitepa aholisining
Qadimgi Baxtriyaga qo’shni Marg’iyonadan dehqonchilikka qulay yangi yer qidirib
kelib o’rnashgan qabilalar ekanligini ko’rsatdi. Dehqonchilikda asosan paxta
ekishgan, ipakchilik, bog’dorchilik rivojlangan. Takroriy sug’orma dehqonchilik
iqtisodiyot xo’jaligining asosini tashkil etgan.

Sopollitepa aholisi dastlab vafot etgan urug’doshlarini o’zlari yashagan uy-joy

xonalariningpoli ostiga, ayollarni ko’p hollarda o’choq qarshisiga, erkaklarni esa
xonaga kirish eshigi ostonasi oldiga, mudofa va xona devorlari ostiga ko’mganlar.

Sopollitepada topilgan 138 ta ta qabrlarga o’z davrida nima qo’yilgan bo’lsa,

ularga qo’yilgan barcha narsalar to’laligicha saqlanganligi arxeologik tadqiqotlar
davomida aniqlanadi.

Qabrlar asosan ayvonli lahad tuzilishida bo’lib, qabrlarning ayvoni doimo

sharqda, uning g’arbiy devori ostida lahadga kiruvchi eshigi bo’lgan. Qabr to’riga
murdalar yotqizilgan. Qabr lahadining ayvon tomoniga esa sopol idishlarda turli xil
ovqatlar, marhum va marhumaga tegishli shaxsiy buyumlari, mehnat va uy-ro’zg’or
asboblari, aniqrog’i hayotlik davrida kasb- koriga yaragan barcha buyumlar
qo’yilgan. “Narigi dunyo” tushunchasi ularda kuchli bo’lgan ko’rinadi. Qabrga
o’lgan kishini o’z shaxsiy mulki va urug’doshlari keltirgan idish- tovoqlardagi
ovqatlar bilan kuzatganlar. Qabrlardagi ashyoviy dalillarning tarkibiga qarab,
marxumning duradgor usta, mato to’quvchi, kulol, podachi, ovchi, ziroatchi, janchi,
tabib, chilangar, doya, mubod (kohin), boy va kambag’alligini aniqlash mumkin
bo’lgan. Ba’zi qabrlarda bedarak yo’qolgan jamoa azosining ruhi ko’milgan. U holda
qabrga bedarak yo’qolgan shaxsning sxematik haykalchasi(loy, matodan yasalgan
figura) yoki boyroq bo’lsa, uning o’rniga qo’y yoki echki ko’milgan. Bunday qabrlar


background image

224

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

fanda “kenotaf” deb atalgan. Kenotaf qabrlarda lahadga qo’yilgan ashyoviy dalillar
faqat dafn marosimiga qatnashgan urug’doshlar tomonidan sopol idishlarda
keltirilgan ovqatlardan iborat bo’lgan. Shu bois,kenotaf qabrlarda sopol idishlardan
boshqa hech bir ashyo uchramaydi.

Qabrda erkaklar o’ng tomoni bilan, ayollar esa chap tomoni bilan, ona qornida

yotgan holatda, oyoq-qo’llari bukilgan, boshlari shimolga, shimoli-g’arbga qaratilib
ko’milgan. Qabrlardan topilgan ashyoviy dalillarning boyligi yoki kamligi, ularning
hayotlik davrida jamoada tutgan o’rni bilan bog’liq bo’lgan. Bundan ko’rinib
turibdiki, o’sha davrda ham ijtimoiy tengsizlik bo’lganini va o’sha davrida ham boy
va kambag’al singari tushunchalarning bo’lganligidan dalolat beradi. Bu esa
insonlarning tabaqalashuvi o’sha davrda ham bo’lganini ko’rsatadi.

Sopollitepa aholisi otashparast bo’lgan. Olov ularda asosiy sig’inish, topinish

ob’ekti bo’lgan. Bundan kelib chiqib biz bu otashparastlik dini zardushtiyli dining
ildizlaridan biri hisoblasak bo’ladi.

Sopollitepada sopol buyumlar kulolchilik charxida ishlanib, ikki yarusli

xumdonlarda pishiriIgan. Sopol idishlar jarangdor, yupqa qilib ishlangan. Ularning
turli xil shakllari - oyoqli vazalar, qadahlar, jo’mrakli choynaklar,ko’zalar,
xumchalar, koussimon kosalar, tog’oralar, xumlar, sopol tagkursi, qozonlar topilgan .
Ayniqsa kulolchilik charxida shaklining yetukligi, nihoyatda nozikligi, yaxshi
pishirilganligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi va bu xususiyatlari bilan sopolli
madaniyati idishlari boshqa davr sopollarida ajralib turadi. Sopol buyumlarda
naqshlar yo’q, faqat ko’zali bosqichining ko’zalarida gorizontal chiziqlar uchraydi

Sopollitepada hayot taxminan 200 yil davom etgan. Boshqa bir manbada esa

200-250 davom etgan deyiladi. Qishloq aholisi yildan-yilga ko’payib borgan. Yer va
ekinzorlar uchun suv tanqisligi sezila boshlagach, Sopollitepa aholisining bir qismi
yangi yerlar qidirib, hozirgi Sherobod daryosi quyi havzalariga kelib joylashganlar.
Bu joy tog’ daralaridan oqizib kelgan unumdor tuproq hisobiga hosil bo’lgan keng va
tekis, ekinbop yerlardan tarkib topgan. Bu joylarni Sherobod daryosining quyi
irmog’i Bo’stonsoy suv resurslari bazasida sug’orish mumkin bo’lgan. Hozirgi kunda
mahalliy aholi bu joyni Jarqo’ton deb ataydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1

. Asqarov A. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T.: 2015

2

. Аскаров А. Сапаллитепа. Изд.,,Фан”,Т.: 1973

3

. Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга

Узбекистана. Изд.,,Фан”, Т.: 1977

4

. N.A.Egamberdieva. Arxeologiya.- T.:”Fan va texnologiya”, 2011,

5

. M.Isomiddinov “Sopolga bitilgan tarix” Toshkent-Fan nashriyoti. 10-12

betlar 2022-yil iyun

Библиографические ссылки

. Asqarov A. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T.: 2015

. Аскаров А. Сапаллитепа. Изд.,,Фан”,Т.: 1973

. Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. Изд.,,Фан”, Т.: 1977

. N.A.Egamberdieva. Arxeologiya.- T.:”Fan va texnologiya”, 2011,

. M.Isomiddinov “Sopolga bitilgan tarix” Toshkent-Fan nashriyoti. 10-12 betlar 2022-yil iyun