Авторы

  • Мухаббат Ибрагимова
    Yangi asr universiteti

Биография автора

  • Мухаббат Ибрагимова, Yangi asr universiteti
    “Mumtoz sharq filologiyasi” kafedrasi arab tili o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84755

Аннотация

Insoniyat tarixida O‘rta Osiyo fani va madaniyati bashariyat sivilizatsiyasining muhim va ajralmas qismi bo‘lib kelgan. IX-XI asrlarda fan va madaniyat rivoji Xuroson hamda Amudaryoning ortidagi o‘lka, Movarounnahrga yoki zamonaviy istiloh bilan aytganda, O‘rta Osiyoga ko‘chib o‘tdi va bu zaminda ko‘plab allomalar mana shu fan va madaniyat ichida yetishib chiqdilar.

O‘rta Osiyo ilm-ma’rifatiga nazar solinadigan bo‘lsa, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan movarounnahrlik tarixchi alloma va mutafakkirlardan katta hajmdagi noyob qo‘lyozma manbalar meros bo‘lib qolganiga guvoh bo‘linadi. O‘zbekiston kitob fondlarining o‘zida yuz mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Ularning asosiy qismi “YUNESKO”ning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining hali tadqiqotga jalb etilmagan qo‘lyozma asarlari nafaqat O‘zbekistonning, balki Aqsh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Eron kabi ko‘plab xorijiy mamlakatlardagi kutubxonalarning ham “oltin fondi”ini tashkil etadi.


background image

225

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MU’INIDDIN FAROHIY VA UNING “MA’ORIJ AN-NUBUVVA” ASARI

Muhabbat Ibragimova

Yangi asr universiteti “Mumtoz sharq filologiyasi” kafedrasi arab tili o‘qituvchisi

Insoniyat tarixida O‘rta Osiyo fani va madaniyati bashariyat sivilizatsiyasining

muhim va ajralmas qismi bo‘lib kelgan. IX-XI asrlarda fan va madaniyat rivoji
Xuroson hamda Amudaryoning ortidagi o‘lka, Movarounnahrga yoki zamonaviy
istiloh bilan aytganda, O‘rta Osiyoga ko‘chib o‘tdi va bu zaminda ko‘plab allomalar
mana shu fan va madaniyat ichida yetishib chiqdilar.

O‘rta Osiyo ilm-ma’rifatiga nazar solinadigan bo‘lsa, o‘rta asrlarda yashab ijod

etgan movarounnahrlik tarixchi alloma va mutafakkirlardan katta hajmdagi noyob
qo‘lyozma manbalar meros bo‘lib qolganiga guvoh bo‘linadi. O‘zbekiston kitob
fondlarining o‘zida yuz mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Ularning
asosiy qismi “YUNESKO”ning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. O‘rta asrlar
Sharq allomalari va mutafakkirlarining hali tadqiqotga jalb etilmagan qo‘lyozma
asarlari nafaqat O‘zbekistonning, balki Aqsh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya,
Rossiya, Fransiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Eron kabi ko‘plab xorijiy
mamlakatlardagi kutubxonalarning ham “oltin fondi”ini tashkil etadi.

XIV-XV asrlarda temuriylar davrida yashab ijod etgan xurosonlik alloma

Mu’iniddin Farohiy va uning ilmiy merosi o‘sha davrning ilm-fan va madaniyatiga
o‘z hissasini qo‘shdi. Manbalarda olimning hayoti va ilmiy faoliyati haqida kam
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Mu’iniddin Farohiy haqida hirotlik tarixchi Xondamir
(tav.1473-1476) o‘zining “Habib as-siyar” asarida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:
Temuriylar davrida islom va kalom ilmi asoslari kuchaygan bir davr edi. Kalom
ilmining eng yirik namoyondalaridan biri qozi Nizomiddin Muhammadning ukasi
Mavlono Mu’iniddin Farohiydir. Muiniddin Farohiy xattot ham bo‘lib, o‘z davrining
ko‘pgina mohir xattotlari uning san’atiga qarshi tura olmas edilar. U Hirotning jome’
masjidida har juma kuni namozdan so‘ng va’z qilar hamda Qur’oni karimdan oyatlar
va hadisi shariflardan o‘qir edi. Akasi vafotidan so‘ng Shoxruh Mirzo taklifiga
binoan bir yil qozilik qiladi. Uning “Maorij an-Nubuvva” asari xalq orasida mashhur
bo‘lgan. Bu asar fors tilida bo‘lib, unda Muhammad (alayhissalom)ning tarjimayi
holi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli hikoyalar o‘rin olgan. Mavlono Mu’iniddin
907/1502-yilda vafot etgan. U Xoja Abdulloh Ansoriy qabristonida akasi qozi
Nizomiddin yonida dafn etilgan [ Xondamir. Habib as-Siyar. – Tehron nashr. IV-tom.
– B. 340. ]. Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lot (1500-1551) “Tarixi


background image

226

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Rashidiy” nomli asarida Mavlono Mu’iniddin haqida shunday deydi: “Mavlono
Mu’iniddin Voiz Mavlonozoda Farohiy nomi bilan mashhurdir. Uning muridlari va
shogirdlari ko‘p. Xuroson ahlinig barchasi uning buyukligini e’tirof qilar edi”[ Mirza
Muxammad Xaydar. Tarix-i Rashidi. –1996. – B. 249].

Bundan tashqari olim “Hadaiqul haqaiq fi kashfi asraru daqaiq”, “Ahsanul qasas

(Tafsiri surayi Yusuf)”, “Bahrud-durar”, “Ravzatul Voizin fi ahodisi sayyidil
mursalin”, “al-Voziha fi asrari (tafsiri)l-Fotiha”, “Tafsiru suratil-Fotiha”. Bu asar
yuqoridagi asarga qo‘shimcha ravishda yozilgan, “Me’rojnoma (Qissai me’roj)”,
“Devon” va Payg‘ambarlar hayotiga doir ishlarining davomi o‘laroq 904/1498-1499-
yilda bitilgan. Muso (alayhissalom)ning hayotiga bag‘ishlangan, “Moʻjizayi
Musaviy” (“Muso moʻjizasi”) yoki “Tarixi Musaviy” (“Muso tarixi”) yoki “Qissasu
Musaviy” (“Muso qissasi”) va Yusuf (alayhissalom) va Zulayhoga doir “Ahsanul
qisos” (“Qissalarning eng go‘zali”) kabi asarlar ta’lif etgan. Muallif 907/1501-1502-
yil vafot etgan[Д. Юсупова. Жизнь и труди Хондамира. –2006.– B. 110.].
Olimning o‘z zamonasining mashhur asarlaridan biri “Ma’orij an-Nubuvva fi madorij
al-futuvva” asari bo‘lib Rasulullohning hayot yo‘llari, siyratlari va islom tarixini
bayon qilgan asardir. Bu asar O‘rta Osiyo xalqlari uchun siyratni o‘rganishda muhim
manba bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik hind, fors va turk xalqlarining ham e’tiborini
tortgan. Shu sababli mazkur asarning dunyoda bir necha nusxalari mavjuddir.
Shuningdek, O‘zRFASHI asosiy fondida 13 ta nusxasi saqlanadi. Turkiya, Pokiston
va Eron respublikalari kutubxonalarida ham bir necha nusxalari saqlanmoqda.
O‘zRFASHI asosiy fondida bu asarning eng qadimgi nusxasi ш raqami ostida
saqlanmoqda.

Muallif asar muqaddimasini o‘ziga xos uslub bilan tasnif etgan. Muqaddima

Allohga hamd va Rasululloh (alayhissalom)ga salovotlar va Alloh hamda Rasulining
fazli haqida bo‘lib, bularni keltirishda Farohiy she’riy uslubdan foydalangan. Shu
bilan birga ruboiy va munojotlar hamda ularning izohlari ham keltirilgan.

Asar: kirish, muqaddima va to‘rt rukn (qism)

dan iborat [“Ma’orij an-Nubuvva fi

madorij al futuvva” – 6

b

O‘zFASHI asosiy fond 11028 raqamli nusxa. Bundan keyin

Ma’orij an-Nubuvva]. Har bir bob xos mavzular bilan nomlangan. Asarning
muqaddima qismi besh fasldan iborat bo‘lib, har bir faslda ularning mavzulari bayon
qilingan. Aynan muqaddima qismida Payg‘ambar (alayhissalom)ga bag‘ishlangan
qirq

hadis

bayon

qilingan.

Hadislarning

umumiy

ma’nosi Payg‘ambar

(alayhissalom)ning fazilatlari va xislatlariga bag‘ishlangan. Muqaddimada keltirilgan
hamd-u sano, munojot va salovotlarning birma-bir hadislar va rivoyatlar asosida,
belgilangan sanoqda keltirilishi Ibn Is’hoq, Ibn Hishom va boshqa klassik siyrat


background image

227

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kitoblaridan farq qiladi. Asarning muqaddima qismi quyidagi fasllarni o‘z ichiga
olgan:

Birinchi fasl “Fasli avval dar Tamhidi isno asharo [O‘sha asar:– 6

b

] (“Birinchi

fasl o‘n ikki hamd haqida”) deb nomlangan bo‘lib, 12 hamdni o‘z ichiga oladi.
Muallif har bir hamdda ruboiy, bayt, g‘azal va nazmdan foydalangan. Ruboiylarning
izohlarini ham berib o‘tgan. Gʻazallarda aks ettirilgan ma’no Allohga bo‘lgan ishq va
sevgi mazmunini o‘z ichiga oladi.

Hamd-u sano qismida keltirilgan hadislarda Allohga hamd aytish va ularning

yuksak ma’noni ifodalaydiganlari qaysi kalimalar bilan ifodalanishi bayon qilingan.
Masalan, Sahihi Muslimdagi Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan
quyidagi hadis keltiriladi: Rasululloh (alayhissalom) aytdilar: “Ikki kalima borki, ular
tilga yengil, taroziga og‘ir va Alloh taoloning huzurida sevimlidir. Bu ikki so‘z
“Subhanallohu va bihamdihi. Subhanallohil Azimdir”. Farohiy bu hadisni izohlab:
“Bu kalimani har bir moʻmin har zamonda aytishi va ma’nosini saqlamog‘i lozimdir,
chunki bu ikki kalimaning ichida muborak ilmlar va chuqur ma’nolar bordir.
“Subhanalloh” deb aytmoqlik “Ey Allohim sen butun ayb va nuqsonlardan pokdirsan.
Senda hech bir ayb, qusur va nuqson yo‘qdir. Sendan buzuq aqidalardan va buzuq
e’tiqodlardan panoh tilayman” degan ma’noni bildiradi…” degan [Ma’orij an-
Nubuvva – 15

а

].

Asarda keltirilgan o‘n ikki hamdda hadislar bilan birgalikda ba’zi rivoyatlar ham

keltirilgan bo‘lib ularda tasavvufiy yondashuvlarni ko‘rish mumkin.

Ikkinchi fasl: “Fasli duvvum dar az muqaddimatul kitob dar Munojoti bar Allohi

ta’oloi va taqaddus” [O‘sha asar: –15

b

] “Kitob muqaddimasining ikkinchi fasli Alloh

taologa bag‘ishlangan munojotlar va uni ulug‘lash” deb nomlangan. Вu fasl (26

a

-52

a

)

varoqlari oralig‘ida berilgan bo‘lib 12 ta munojot keltirilgan. Mu’iniddin Farohiy
asarni o‘ziga xos uslubda Allohga bo‘lgan muhabbatining timsolini yoritib berish
Allohga qay tarzda iltijo va duo qilish holatlarini ham ba’zi rivoyatlar orqali bayon
qilgan. Masalan, Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslimda Abu Hurayra (roziyallohu
anhu)dan rivoyat qilingan quyidagi hadisni keltiradi: Payg‘ambar (alayhissalom) shu
duoni o‘qir edilar va ummatlarini uni o‘qishga buyurar edilar. Duo budir: “Ey
Allohim ishimdagi mening xatolarimni va johillik va isrofgarligimni afv etgin. “Ey
Robbim jiddiy va qasddan qilgan gunohlarimni, hazil qilgan gunohlarimni va
xatolarimni kechir,bularning barchasi mendandir. Ey Allohim, oldin qilgan va keyin
qilgan gunohlarimni, yashirin va oshkor qilgan gunohlarimni mag‘firat qilgin. Sen
har narsaga qodirsan”. Har bir moʻmin buni ertalab va kechqurun hamda har doim
o‘qib yurishi lozimdir[O‘sha asar: –15

b

].


background image

228

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Munojotdan maqsad muallifning Alloh taologa bo‘lgan muhabbati va unga

qanday murojaat qilish kerakligini bayon qilib, munojotlar oxirida muallif o‘z ismini
keltirib “Qola a’bdu az-Za’if Miskin fi munojati” jumlasini keltirib o‘tadi. Asar
o‘zining bu uslubi bilan arab diyorlari va boshqa diyorlarda yozilgan siyrat va islom
tarixi kitoblaridan farq qiladi. Umrining muhim qismining vaaz va tasavvufiy hayot
bilan bog’liqligi e’tiborga olinsa, asarda tez-tez oyat va hadislar, hikmatli so‘zlar kabi
iboralardan, hamda tasavvufiy tuyg‘ularga ega bo’lgan fikrlardan foydalangan. Bu
muallifning Muqaddas Zotning nomi va shaxsiga bo‘lgan e’tiqod va hurmatning
muqaddasligini ko‘rsatishini yaqqol namoyon qiladi.

Uchinchi fasl: Bu faslni muallif “Fasli sevvum dar na’ati Sayyidi Koinot alayhi

afzali koinot va akmali tahhiyyot”

24

ya’ni “Koinotlarning Sayyidi va afzali va

salomlarning akmalining sifatlari” bunda Farohiy Payg‘ambar (alayhissalom)ning
sifati va fazllarini bayon qilib, unda 12 ta na’at (sifat) lari, manoqiblarni keltirgan.
Ba’zi na’atlarda g‘azallar va nazm usulubidan ham foydalangan.

To‘rtinchi fasl:

Bu faslda Rasululloh (alayhissalom)ning fazilatlari haqida

ma’lumotlar beriladi. Farohiy uni quyidagicha nomlaydi: “Faslu chohorum dar
xasoisu va fazoilu Hazrati Risolati s.a”, ya’ni, “ To‘rtinchi fasl Hazrati Risolotning
xislatlari va fazilatlari”. Muallif bunda nimalarni bayon qilishini quyidagicha aytadi:
“Bu maqolada Hazrat payg‘ambar a.s.ning fazl-u kamoliga atalgan xasois va
fazoillarini bayon qilurman. Ular shundan iboratki, unda 15 xasoisni keltirib o‘taman.
Maqolalar Hazrati koinotning bashariyat, anbiyolar va maloikalardan fazilatli
jihatlarini o‘z ichiga olgan” [ Ma’orij an-Nubuvva. – 28

а

].

Bu faslda ikkita maqola mavjud bo‘lib, uning birinchisida Rasululloh
(alayhissalom)ning xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Ikkinchi maqolada esa
Rasululloh (alayhissalom)ning fazilatlari haqida ma’lumotlar beriladi. Faslda 15
xasoisni (xususiyatlar)ni keltiradi. Ularning birini misol tariqasida keltiramiz:
To‘rtinchi xususiyat. “Nabiylar sarvari Payg‘ambar a.s. ga Alloh taolo bir oyatni
nozil qildiki, bu ummatlarga U zot Hazratlariga murojaat qilish asnosida ba’zilari

ba’zilariga murojaat qilgan kabi chaqirishlari joiz emas. Bunga dalil ushbu oyatdir.

لا

ولعجت

ءاعد

مكضعب

اضعبب

(Пайғамбарнинг орангиздаги даъватини бирбирингизнинг даъватингизга

ўхшатманг.) [Nur surasi. 62-oyat Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад
Юсуф.Тафсири Ҳилол- 2008, 206].

.


background image

229

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bu oyatning sababi sahobai rizvonullohlardan bo‘lgan ibn Abbos r.a U zotga

xitob qilgan vaqtlarida “ey Muhammad, ey Abo Qosim” deb xitob qildi. Haq taolo
buni man etib, u zotga ta’zim bilan xitob qilmoqlikni buyurdi va U zotga “ey
Nabiyalloh, ey Rosulalloh” deb xitob qilinadigan bo‘ldilar[Ma’orijun Nubuvva. – B.
41

а

.].

Muallif asarda keltirgan oyatlarning qaysi suradan ekanligi keltirmaydi. Shu

bilan birga Odam (alayhissalom)dan boshlab ba’zi payg‘ambarlar bilan Muhammad
(alayhissalom)ning fazilatlarini solishtirib keltiradi. Asar Muhammad (alayhissalom)
davriga kelguncha bir necha jihatdan payg‘ambarlar tarixiga o‘xshaydi. Matnda
boshqa payg‘ambarlarning hayotidan ham so‘z yuritiladi. Asar ustida olib borilgan
tadqiqotda, 550 ta atrofidagi oyatlardan foydalanilganlik aniqlandi. Ba’zi joylarda
oyatlarning bir qismi olingan. Shu bilan birga, ba’zi oyatlarga ishora qilingan so‘zlar,
voqealar, ifodalar ham mavjud.

Farohiy asarni yozishda xalqning qimmatli bir asardan oson foydalana

olishlarini maqsad qilib, oson tushuniladigan bir uslubda yozgan va Adabiy
san’atlardan va balag‘atdan foydalangan. Asarda adabiylikning alohida o‘rin tutgan
joylar ko’p.

Beshinchi fasl: Ushbu faslda Rasululloh (alayhissalom) ga salovot-u salomlar,

munojotlar, u zotning oliy sifatlarini e’tirof etib maqtovli so‘zlar aytishning fazilati
va savobi haqida ma’lumotlar berilgan. Farohiy bu fasl mavzusini asarda quyidagicha
nomlagan: “Dar fazoilu solovotu bar Hazrati Sayyidi Koinot a.s fazlu solovot va
akmalul hadis” deb nomlaydi va yana aytadiki: “Мen bu faslda to‘rt vazifani
keltirdimki, ularning avvali salovot aytishning fazilati to‘g‘risidagi hadislarning
zikridir. Bu zikrda, inshaalloh, qirq hadisning zikrini bayon qilaman.” Bu faslda
salovot aytishning xususiyatlarini va fazilatlarini, 40 ta hadisni keltirib o‘tadi. Bu
hadislar asarning 58

b

-betidan boshlanib, 61

a

-betigacha davom etgan. Farohiy

hadislarni keltirishda “Riyozi muzakkirin” [Ma’orijun Nubuvva. –41

а

.], “Tojul

muzakkirin” [O‘sha asar- 60

b

. 31- hadis], “Ihyou u’lumiddin”[O‘sha asar-61

а

. 35-

hadis], “Zahrotur riyoz”[ O‘sha asar.–60

а

. 25- hadis] va “Ravzatul Ulama” [

O‘sha

asar .–60

b

. 26- hadis] asarlaridan rivoyat keltirgan. Tojul Islom Sulaymon ibn Dovud

rahmatulloh alayhdan, Muhammad Hakim Termiziy [ O‘sha asar .– 60

b

. 26- hadis]

r.a. dan, Imom Gʻazzoliy [Ma’orijun Nubuvva. –60

b

.31- hadis] va boshqalardan

rivoyatlar keltiradi. Hamda ba’zi sanadi yo‘q rivoyatlarni ham qo‘shgan.

Hadislarda Payg‘ambar (alayhissalom)ga salovot aytishning fazli kabi mavzular

aks ettirilgan. So‘ng ba’zi oyatlar ham keltirilgan. Odatda muallif oyatlarning qaysi


background image

230

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

suradan ekanligi va raqamini keltirmaydi. Masalan, asarning 62-betida keltirgan
oyatning qaysi suradan ekanligini ta’lif etmagan[Ma’orijun Nubuvva– 62

а

].

Farohiy hadislarni zikr qilgandan so‘ng, keyingi qalamga olgan mavzusi

payg‘ambarlarning

xususiyatlari

bo‘lib,

Payg‘ambar

(alayhissalom)ning

payg‘ambarardan fazilatli jihatlariga to‘xtaladi.

Asarda kelgan latoif (nozik va daqiq rivoyatlar) va hadislardan so‘ng muallif

alifbo harflarinining har birini payg‘ambar (alayhissalom)ga nisbatan u zotning
sifatlariga bag‘ishlab, alifbo harflarining har birini bayt tarzda keltiradi. Asarning
birinchi muqaddimasini tugatib, ko’chirgan xattot quyidagi jumlalarni yozib
qoldiradi: “Tammat Muqoddamatu kitobi ma’orijun Nubuvva fi Madorijul Futuvvah
fi shahril Muharromul Harom Muntazim fi sanati tis’a a’sharo va alfi hijriy” [ O‘sha
asar. – 68а.] ya’ni “Bu Ma’orij an-Nubuvva kitobining muqaddimasi hijriy 1019-yil
Muharram oyida yozib tugatildi” deb yozadi. So‘ng undan keyin xattot o’zining
nomini to‘liq yozadi. ya’ni “Mirmoh ibn mir Arab Birodarzoda Mir Kalonkiy kotib
Buxoriy g‘ofarAllohu lahum va jami’il mu’minin val mu’minot val muslimin val
muslimot omin” duosi bilan yakunlaydi va past tomonda maxsus muhr bosilgan.
Lekin, muhrda 1218 raqamlari ko‘rsatilgan.

Asar muqaddimasidan so‘ng asarning asosiy qismi, ruknlar bayon qilingan.
Birinchi qism: Payg‘ambar (alayhissalom) ga mansub nur (nur-i Muhammad)

ning onasi Ominaga o‘tishi davrlari va boshqa payg‘ambarlarning qisqa hayot yo‘li
bayon qilingan. Asarda Muhammad (alayhissalom)ning nurining yaratilishiga doir
rivoyatlar keltiriladi. Odam alayhissalomning tuproqdan yaratilgandan keyin, uning
tanasiga ruhning puflanishi, yer yuzida xalifa etib tayinlanishi, so‘ngra uning
zurriyodlarining chiqarilishi, payg‘ambar etib tayinlanishi, shuningdek, Shis, Idris,
Nuh, Hud, Ibrohim va Ismoil nasab orqali nuru Muhammadning ikki otasiga ko‘chib
o‘tishi haqida ma’lumotlar beriladi [Ma’orij an Nubuvva –96b.].

Ikkinchi qism: Rasulullohning tavalludlaridan oldingi voqealar, u zotning

dunyoga kelishidan to vahiy kela boshlagan davrlarigacha bo‘lgan payg‘ambarlik
bashoratlariga bag‘ishlangan. Shu bilan birga Payg‘ambar (alayhissalom)ning
payg‘ambarligi haqidagi xabarlar, oldingi ilohiy kitoblarda mavjud bo‘lgan
bashoratlar tasvirlanadi. Rasululloh (alayhissalom) ning ism va laqablari, tavallud va
bolalik davrlarida sodir bo‘lgan qiziqarli voqealar, payg‘ambarlikdan oldingi
hayotlari, savdo-safarlari, Ka’ba qurilishi haqida so‘z yuritiladi.

Uchinchi qism: Rasulullohning Makkadagi davrlariga bag‘ishlangan. Vahiyning

boshlanishi, birinchi musulmonlar, mushriklarning payg‘ambar va u zotning
sahobalariga yetkazgan zararlari, Habashiston hijrati, Qurayshliklarning Rasulullohni


background image

231

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o‘ldirish borasida kelishuvi, Me’rojning yuz berishi, hamda birinchi va ikkinchi
Aqaba bay’atlari haqida so‘z yuritiladi.

To‘rtinchi qism: Payg‘ambar (alayhissalom) ning Madinaga hijrat qilishlaridan

tortib, vafotlarigacha bo‘lgan hayotlarini o‘z ichiga oladi. Hijrat safari, Badr, Uhud va
Xandaq janglari, Makkaning fath qilinishi, o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilgan
kishilarning paydo bo‘lishi, Rasulullohning vafotlari va undan keyin paydo bo‘lgan
voqealar haqida ma’lumotlar berilgan.

Muallif asarda tasvirlangan mavzulardan ba’zilarida "ey dervish" deb mavzu

avvalida murojatlar ishlatgan. Bu esa Musulmon manbalarida biror bir mavzuni
o‘quvchiga bayon qilishdan avval ba’zi o‘rinlarda “nido” uslubidan foydalanish
a’na’na ekanligini ko‘rsatadi. Chunki keltirilayotgan mavzuning muhimligi va
o‘quvchining diqqatini jalb qilish, shuningdek, voqeani yanada qiziqarli va hissiy
jihatdan ta’sirchan shaklda singdirish. maqsadida qo‘llanilganligini ko‘rsatadi.
Masalan asarning 76b varog’ida quyidagicha keltirilgan: “Ey darvesh, sen Nuh
alayhissalomning ne’matlarini ko‘rgansan va kema va to‘fan haqida eshitgansan.
Endi Xojayi kavnayn (ikki olam xojasi) Muhammad sallallohu alayhi va sallamning
ne’matini ko‘rishing kerak va unga oid kema va tofan haqida eshitishing kerak. La
ilaha illalloh deb aytib, ko‘r, kemalar harflarning taxtlaridan ustunroqdir, ular bir-
birlari bilan tartiblagan.”

Bu uslubni Qur’oni karim uslubida ham ko‘rish mumkin.
Kitobning oxirgi qismida payg‘ambarimizning moʻjizalari haqida so‘z yuritiladi.
(“Maorij an-Nubuvva” asari 898-yil 24-muharram /1489-yil 5-yanvar

chorshanba kuni tong paytida yozib tugatilgani qayd etilgan)

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Muhammad (alayhissalom) siyratini

to‘liq va aniq o‘rganish islom tarixini to‘g‘ri talqin qilish imkonini beradi. Hozirgi
kunda siyratshunoslikka oid manbalarni o‘rganishda faqatgina arab tilida yozilgan
manbalarni emas, balki boshqa til va geografik hududlarda yozilgan manbalarni ham
o‘rganish muhimdir. Markaziy Osiyo hududida bu mavzuga bag‘ishlangan ko‘plab
manbalar mavjud, ammo, ular hozirgacha deyarli o‘rganilmagan. Ushbu manbalar
ustida tadqiqotlar olib borish va ularni keng jamoatchilikka sodda va tushunarli tilda
taqdim qilish muhim ilmiy ehtiyojga aylanmoqda. Ilmiy jamoatchilikka kam ma’lum
bo‘lgan temuriylar davrida ilmiy faoliyat olib borgan Mu’iniddin Muhammad ibn
Muhammad Farohiyning fors tilida yozgan “Ma’orij an-Nubuvva fi madarij al-
futuvva” asari payg‘ambar alayhissalom siyratlarini o‘rganishda muhim manbalardan
biri hisoblanadi. Shuningdek, bizning hududda yozilgan ushbu asarni ilmiy


background image

232

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

muomalaga kiritish milliy madaniyatimiz tarixining yangi jihatlarini o‘rganishga
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Xondamir. Habib as-Siyar. – Tehron nashr. IV-tom. – B. 340.
2. Mirza Muxammad Xaydar. Tarix-i Rashidi. – Tashkent: Fan, 1996. – B. 249
3. Д. Юсупова. Жизнь и труди Хондамира. – Tashkent: Fan, 2006. – B. 110.
4. O‘zFASHIning asosiy fondidagi 11028 raqamli nusxa.
5. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсири Ҳилол. – Тошкент-

2008

Библиографические ссылки

Xondamir. Habib as-Siyar. – Tehron nashr. IV-tom. – B. 340.

Mirza Muxammad Xaydar. Tarix-i Rashidi. – Tashkent: Fan, 1996. – B. 249

Д. Юсупова. Жизнь и труди Хондамира. – Tashkent: Fan, 2006. – B. 110.

O‘zFASHIning asosiy fondidagi 11028 raqamli nusxa.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсири Ҳилол. – Тошкент-2008