Авторы

  • Шабона Тошмуродова
    Qarshi davlat universiteti

Биография автора

  • Шабона Тошмуродова , Qarshi davlat universiteti
    Filologiya fakulteti Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84773

Аннотация

This article explores the evolving role of the Internet language as a key tool in modern communication. It analyzes how online platforms, particularly social media, transform the structure, speed, and content of interpersonal exchange. Emphasis is placed on the emergence of “netspeak,” its linguistic features, and its impact on traditional language norms. The study also discusses how virtual discourse fosters new forms of cultural and social interaction, while introducing challenges such as anonymity and emotional detachment. Ultimately, the paper argues that Internet language is not only a new linguistic form but also a reflection of global communication shifts in the digital age.


background image

345

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

INTERNET TILINING MULOQOT VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI

Toshmurodova Shabona Tolmas

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti Lingvistika: o‘zbek tili

yo‘nalishi 2-kurs magistranti

tosmurodovasabona@gmail.com

THE IMPORTANCE OF INTERNET LANGUAGE AS A MEANS OF

COMMUNICATION


Abstract:

This article explores the evolving role of the Internet language as a

key tool in modern communication. It analyzes how online platforms, particularly
social media, transform the structure, speed, and content of interpersonal exchange.
Emphasis is placed on the emergence of “netspeak,” its linguistic features, and its
impact on traditional language norms. The study also discusses how virtual discourse
fosters new forms of cultural and social interaction, while introducing challenges
such as anonymity and emotional detachment. Ultimately, the paper argues that
Internet language is not only a new linguistic form but also a reflection of global
communication shifts in the digital age.

Keywords:

Internet language, netspeak, virtual communication, online

discourse, social media, digital interaction, linguistic change.


XXI asr boshlari muloqot jarayonining yangi bosqichga ko‘tarilganligi bilan

ahamiyatlidir. Texnologiyalarning takomillashuvi natijasida jamiyatda axborot
tushunchasi yangi maqomga ega bo‘ldi, ta’sir doirasi kengayib, ommaviy axborot
vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kishilarga psixologik ta’sir o‘tkaza boshladi.
Bugungi zamonaviy jamiyatda onlayn muloqot aloqa almashinuvning yangi vositasi
emas, balki munosabat o‘rnatish, o‘zini ko‘rsatish va axborot almashish imkonini
beruvchi muhim omildir.

30

Ilk yaratilgan davridan farqli o‘laroq bugun internetning

asosiy vazifasi faqatgina axborot olish emas, bugungi internet muloqot qilishda eng
muhim vosita hamdir. Virtual muloqot madaniyatlararo muloqotda ham muhim omil
sifatida e’tirof etilmoqda.

31

U milliy chegaralarni chetlab o‘tgan holda axborot

30

Thurlow C, Lengel L.B, Tomic A. Computer-mediated communication: social interaction and the internet. Thousand

Oaks, CA: Sage Publication. 2004. P 137.

31

Turkle S. The Second Self: Computer and the Human Spirit. The MIT Press Cambridge. Massachusetts, London.

2005. P. 118.


background image

346

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

resurslarini bir joyga to‘plab, global vositaga aylanib bormoqda. Muloqot qilishda
ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlar muloqot
shakli va tezligiga ta’sir etish bilan bir qatorda til leksik tarkibini ham o‘zgartirmoqda
va yangi leksik birliklar bilan boyitmoqda.

32

Shuningdek, muloqotning bu ko‘rinishi

ko‘plab sohalarni qamrab olishi natijasida tarmoq foydalanuvchilari global miqyosda
yildan yilga o‘sib bormoqda. Internet tarmoqlaridan foydalanishning barqaror
ravishda ortib borayotganligi bois virtual muloqotning ahamiyati oshmoqda, bu holat
insonlarning real hayotdan uzoqlashishiga va voqelikni virtualizatsiya qilishga
urinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bugun onlayn muloqot turli
madaniyat vakillari uchun o‘zaro ta’sir maydoniga aylanib ulgurdi.

Muloqotning virtual shakli ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ulardan birinchisi

shaxsga yo‘naltirilgan muloqot bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlardagi chat yozishmalarida
yoki elektron pochta orqali xabar almashishda namoyon bo‘ladi. Ikkinchisi esa
ommaga yo‘naltirilgan muloqot hisoblanib, onlayn muloqotning bu ko‘rinishiga blog
va kanallardagi xabarlarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. U nutq turlarining
ilmiy, pedagogik, reklamaga asoslangan, siyosiy, kundalik muloqotga moslashgan,
biznesga oid kabi ko‘plab xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Yillar davomida Internetdan foydalanish ko‘lami kengayishi natijasida global

axborot va kommunikatsiya makoni vujudga keldi. Virtul muloqotning barcha
darajalari

o‘zaro

tizimli-funksional

bog‘langan

bo‘lib,

ko‘p

darajali

kommunikatsiyani shakllantiradi.

33

Shu tarzda elektron ommaviy axborot vositalari

tili bo‘lgan Internet tili paydo bo‘ldi va u xabarlar, onlayn jurnallar, chatlar, bloglar
va Internetga aloqador bo‘lgan kontent tilidir. Shu sababli Internet tilini tilning yangi
shakli sifatida baholashimiz mumkin.

Internet jamiyat va shaxslarga muloqot qilish qulayliklarini yaratib beruvchi

global kommunikatsion va ijtimoiy kompyuter tarmog‘i hisoblanib, uning tili
moslashuvchan va dinamik, jamiyatdagi o‘zgarishlarga reaksiya bildira oladi. Onlayn
muloqotning rivojlanganligi hamda odamlar uning bir bo‘lagiga aylanib ulgurganligi
bois tilshunoslikda Internet tilining takomillashuvi uchun sharoit yaratildi.

Internet tili ingliz tilshunosi Devid Kristal tomonidan “netspeak” termini bilan

atalgan bo‘lib, olim “Language and the Internet” (“Til va Internet”) nomli kitobida
netspeak (Internet tili) haqida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Internetga oid bo‘lgan,
o‘ziga xos xususiyatlarga ega til shakli. Bu til global va interaktiv vosita sifatida

32

Castells M. The Internet Galaxy: Reflection on the Internet, Business and Society. Oxford University Press. 2001. P.

37.

33

Barlow J.P. A Declaration of the Independence of Cyberspace. 2022.


background image

347

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Internetning o‘ziga xos tabiatidan kelib chiqadi. Yangi til paydo bo‘lganining aniq
belgisi uning boshqa tillarga ham ta’sir o‘tkaza boshlashidir”.

34

Internetni muloqot vositasi sifatida qo‘llashning asosiy sabablaridan biri uning

real hayotdagi muloqot bilan to‘la ta’minlanmaganligidir.

35

Devid Kristal netspeak

(onlayn muloqot yoki Internet tili) va an’anaviy muloqot haqida fikr bildirar ekan,
ularning bir nechta farqli jihatlarini keltiradi. Birinchi farq texnologiyaning o‘ziga
xosligida namoyon bo‘ladi, ya’ni netspeakda bir vaqtning o‘zida fikr bildirish imkoni
yo‘q. Kompyuter orqali yuborilgan xabarlar to‘liq holatda va bir yo‘nalishda
bo‘lganligi sababli xabar yuborish jarayonida harflarni bittalab terishimiz qabul
qiluvchining

kompyuterida

ko‘rinmaydi.

Faqatgina

“yuborish”

tugmasi

bosilgandagina xabar suhbatdoshimizning kompyuterida namoyon bo‘ladi, ya’ni
aytilajak barcha fikrlar bir butun holatda suhbatdoshga yetkaziladi, qabul qiluvchi
xabar yozilish jarayonida, unga javob qaytara olmaydi. Chunki ko‘p hollarda u xabar
kelayotganligini bilmaydi ham. Shu bilan birga xabar yuborilganda va keyingilari
yozilayotganda unga suhbatdoshning reksiyasini, xabar mazmuniga tushungan yoki
tushunmaganligini bilish ham imkonsiz. Bu paytda jonli muloqotda ishlatiladigan
bosh qimirlatish yoki audio-vizual reaksiyalar qilishning elektron ko‘rinishi hamma
kompyuterda ham mavjud emas. Tashqi tomondan qaraganda bu kabi dialoglar real
vaqt rejimida amalga oshirilayotgandek tuyulishi mumkin, biroq bunday emas,
chunki bunda xabar kelishi va unga javob yozib yuborish uchun ma’lum vaqt talab
etiladi.

Netspeak va an’anaviy yuzma-yuz muloqotning ikkinchi katta farqi ham tabiiy

texnologik nuqtayi nazardan kelib chiqadi. Virtual muloqot ritmi og‘zaki nutq shakli
bilan taqqoslanganda juda sekinlik bo‘ladi va muloqotning ayrim muhim
xususiyatlarini cheklaydi. Elektron pochta va asinxron chat-guruhlarida xabarga
javob berish vaqti bir necha soniyadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Muloqotning davomiyligi va ritmi quyidagi omillar bilan bog‘liq:

Qabul qiluvchining kompyuteri yoki telefoni (yangi xabar kelganini bildiruvchi

ogohlantirish funksiyasining yoqilgan yoki o‘chirilganligi)

Muloqot ishtirokchilarining shaxsiy odatlari (xabar kelgan vaqtning o‘zidayoq

unga javob yozish yoki keyinroq, o‘ziga qulay paytda javob qaytarish)

34

D. Crystal. Language and the Internet. Cambridge University Press. 2004. P. 24-25.

35

Thurlow C, Lengel L.B, Tomic A. Computer-mediated communication: social interaction and the internet. Thousand

Oaks, CA: Sage Publication. 2004. P 133.


background image

348

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Suhbatdoshning sharoiti (onlayn muloqot qilish uchun, albatta, Internetga

kirish imkoniyati bo‘lishi lozim, suhbatdoshimizda har doim ham buning imkoni
bo‘lmasligi mumkin)

Internet tarmog‘ining uzilishi natijasida xabarga javob qaytarolmaslik asosiy

omillardan biri sanaladi.

Shuningdek, tarmoqdagi ayrim uzilishlar, ortiqcha bosim natijasida serverning

yaxshi ishlamasligi, xabarni yuboruvchi yoki uni qabul qiluvchi qurilmasidagi ayrim
muammolar ham suhbat jarayonida kechikishlar yuzaga keltiradi. Shu sababli onlayn
muloqotda aloqa ritmi telefon orqali yoki yuzma-yuz suhbat qilishdagi kabi tezlik va
suhbatning keyingi yo‘nalishini oldindan bilish imkoniga ega emas. Suhbatdoshning
imo-ishoralari, o‘zini tutishi, ko‘z qarashlarini real vaqtda ko‘rish imkoniyatining
yo‘qligi bois u aslida nima demoqchi ekanligini virtual muloqot jarayonida har doim
ham bilish mushkul.

Umuman olganda, Internetdagi muloqot real vaqtda interaktiv tarzda amalga

oshiriladi va asosan, yozma shaklda ifodalanganligi bois jonli muloqotga qaraganda
muloqot jarayonining me’yordan uzayib ketishi kuzatiladi, suhbatdoshning
emotsiyasini bilish imkoniyati ayrim hollarda cheklanishi mumkin. Shuni

alohida

ta’kidlash lozimki, Internet tili yangi, lingvistik qoidalarga bo‘ysunmaydi hamda
odatdagidan farqli leksik-semantik hodisalarga boy. Ijtimoiy tarmoqlar muloqotida
shaxs o‘z individual xarakterini namoyon qilishi, real hayotda bajarib bo‘lmaydigan
harakatlarni amalgan oshirishi mumkin. Shuningdek, virtual muloqotga xos quyidagi
jihatlarga ham e’tibor berish lozim:

a)

qat’iy me’yorlarning mavjud emasligi;

b)

adabiy til me’yorlariga bo‘ysunish shart emasligi;

c)

anonimlik;

d)

ma’lum his-tuyg‘ularni tajriba qilish istagi;

e)

yangi leksik birliklar (neologizmlar, abbreviaturalar, emojilar) yaratilishi

uchun keng imkoniyatlar mavjudligi va hokazo.

Onlayn muloqot tabiiy tilning boyishiga, leksik jihatdan o‘zgarishiga, yangi

ifoda vositalarining vujudga kelishiga yordam beradi. Neologizmlarning paydo
bo‘lishi, abbreaviaturalarning yangi ko‘rinishlari vujudga kelishi, turli grafik belgilar,
jumladan, emoji va stikerlarning leksik vosita sifatida qo‘llanilishi tilshunoslikning
o‘rganish sohasiga yangi yo‘nalishlarni olib kiradi.

Onlayn muloqot natijasida kishilarda savodxonlik darajasining tushishi va

fikrlarini o‘ylamasdan bildirish holatlari bo‘lishi mumkin, sababi Internet muloqotida
foydalanuvchilarning anonimligi ta’minlanadi. Bu esa, tabiiyki, qilinayotgan


background image

349

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

harakatlar va muomala uslubiga erkinlik beradi. Chunki virtual muloqotda
boshqalardan salbiy fikr olish yoki qilgan noto‘g‘ri harakatining fosh bo‘lish ehtimoli
minimal darajada bo‘ladi. Oqibatda, Internetda ijtimoiy va psixologik xavflarni
kamaytiruvchi emotsional erkinlik, qo‘pol so‘zlarni ko‘p ishlatish, haqorat qilish va
ayrim hollarda suhbatdoshning fikrlarini e’tiborsiz qoldirish kabi holatlar kuzatiladi.

36

Internetning keng ko‘lamda yoyilishi muloqotning an’anaviy yozma va og‘zaki

shakllariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqa
almashinuv shakli rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi. Internet sababli ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchilarining katta qismi ko‘p hollarda bir-birini shaxsan tanimaydi va
bunga ehtiyoj ham sezmaydi. Shunga asoslanib aytishimiz mumkinki, yaqin
kelajakda onlayn muloqot rivojlanishi natijasida an’anaviy kommunikatsiya shakllari
va

psixologiyasida

o‘zgarishlar

ko‘zga

tashlanishi

mumkin.

Virtual

kommunikatsiyaning ommalashuvi onlayn uyushmalar va jamiyatlar yuzaga kelishiga
ham turtki bermoqda. Virtual jamiyat jamiyatning zamonaviy ko‘rinishi bo‘lib,
shaxslarni umumiy qadriyat va manfaatlar atrofida birlashtiradi, uning an’anaviy
jamiyat shaklidan farqi shundaki, bunda odamlar ma’lum joyda emas, onlayn kanal
yoki guruhlarda birlashadi va muloqot shakli ham onlayn bo‘ladi. Bu orqali Internet
ijtimoiy hamkorlik darajasini ham oshirishga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, virtual
muloqotning ommalashuvi natijasida jamiyatda internet diskursi paydo bo‘ldi. Rus
tadqiqotchisi O.K. Melnikova ushbu atama turli tilshunoslar tomonidan turlicha
nomlanganligini ta’kidlaydi, shu sababli termin bugungi kundaa virtual diskurs,
onlayn diskurs, elektron muloqot, tarmoq diskursi singari ko‘rinishlarda
ishlatilmoqda. Bizningcha, atamani Internet diskursi deb atash eng ma’qul variant,
sababi yuqoridagi nomlarning barchasini birlashtirib turuvchi, ma’no ottenkalarini
o‘z ichiga qamrab oluvchi yagona narsa Internetdir.

Internet diskursi muloqotning eng zamonaviy ko‘rinishi sifatida jonli

muloqotdan bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘llaniluvchi lingvistik vositalari,
muloqotning yangicha shakllari bilan farqlanadi. Jonli muloqotda (diskursda) ohang,
mimika hamda imo-ishoralar bilan fikrimizni yanada tushunarliroq qilsak, Internet
diskursida ushbu paralingvistik vositalar o‘rnini grafik belgilar, tinish belgilari hamda
tasviriy vositalar egallaydi, ular ham muloqot jarayonini osonlashtirish hamda ta’sir
kuchini oshirishga xizmat qiladi. Internet diskursida vaqtni va kuchni tejash
maqsadida yozma nutq shaklidan tashqari audionutqdan ham foydalaniladi.

36

Craig D. Instant Messaging: The Language of Youth Literacy. The Boothe Prize Essays. 2003. P. 123.


background image

350

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bugun tilshunoslar Internetga nutq yaratish imkoniyatlarini kengaytiruvchi

hamda tilda yangi hodisalarni yaratuvchi vosita sifatida qaraydilar. “Internet
muloqotining asosiy belgilari sifatida giperintellektuallik hamda so‘zlashuv
uslubining yozma shaklini ko‘rsatish mumkin. To‘g‘ridan to‘g‘ri gapiriladigan
og‘zaki nutq internetda muqarrar ravishda yozma (aniqrog‘i, bosma) shaklda
uzatilishi kerak”.

37

Shu tariqa jahon tilshunosligida diskursning yangi turi, ya’ni

so‘zlashuv nutqi vujudga keldi. Og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos leksik, fonetik va
grammatik muvofiqlikning buzilish holatlari internet diskursining yozma ko‘rinishi
uchun ham xos bo‘lib qolmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Internet odamlarni butun dunyo bo‘ylab

bog‘lashga xizmat qiluvchi vosita sifatida korxonalar, individual shaxslar va ayrim
ijtimoiy guruhlarga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar o‘zaro suhbat qilish imkoniyatini
yaratadi. Ular suhbatni amalga oshirish uchun ijtimoiy tarmoq chatlari, guruhlar
orqali yozma yoki og‘zaki muloqot qilishlari, elektron pochta yordamida xabar
almashishlari yoki video qo‘ng‘iroqdan foydalanishlari mumkin. Har qanday holatda
Internet suhbatdoshlar o‘rtasida muloqot qilish samaradorligini ta’minlaydi. Shu bilan
birga Internet xalqaro miqyosda ham katta ahamiyatga ega. U turli millat va elatlar,
til va dini farqli bo‘lgan, urf-odatlari tubdan farq qiluvchi kishilarni bir joyga
to‘plashga va madaniy almashinuvni rivojlantirishga yordam beradi. Natijada turli
millatlar o‘rtasida hamkorlik va muloqot qilish jarayoni osonlashadi, dunyoning turli
burchaklaridan turib bir-birini tushuna olish imkoniyati paydo bo‘ladi, empatiya
rivojlanadi.


37

Madaminova M.S. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni. Monografiya. – Toshkent. Bookmany print.

2023. B. 62.