Авторы

  • Максуд Кенжаев
    Toshkent davlat yuridik universiteti,

Биография автора

  • Максуд Кенжаев , Toshkent davlat yuridik universiteti,
    Davlat boshqaruvi huquqi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84976

Ключевые слова:

O‘zbekiston Dunyoviylik Ta’lim tizimi Davlat boshqaruvi Islohotlar Vijdon erkinligi Diniy bag‘rikenglik Demokratik jarayonlar Inklyuziv ta’lim Ilmiy yondashuv Xalqaro tajriba Konstitutsiya

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat sifatida shakllanishi, ayniqsa, ta’lim tizimi va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar va demokratik o‘zgarishlar kontekstida tahlil etiladi. Mamlakatda vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik va davlatning diniy tashkilotlardan ajratilishi tamoyillari mustahkamlanayotgani ta’kidlanadi. Dunyoviylik prinsiplarining ta’limda aks etishi, ilmiy asoslangan yondashuvlar, ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni rivojlantirish orqali jamiyat barqarorligi va fuqarolik erkinliklarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot, xususan, Fransiya va Finnlandiya kabi davlatlar bilan solishtirilgan holda yoritiladi.


background image

366

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

YANGI O‘ZBEKISTON DUNYOVIY DAVLAT

Kenjayev Maqsud Negmat o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat boshqaruvi huquqi magistranti


Anotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat

sifatida shakllanishi, ayniqsa, ta’lim tizimi va davlat boshqaruvi sohalarida amalga
oshirilgan islohotlar va demokratik o‘zgarishlar kontekstida tahlil etiladi.
Mamlakatda vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik va davlatning diniy tashkilotlardan
ajratilishi

tamoyillari

mustahkamlanayotgani

ta’kidlanadi.

Dunyoviylik

prinsiplarining ta’limda aks etishi, ilmiy asoslangan yondashuvlar, ijtimoiy adolat va
inklyuzivlikni rivojlantirish orqali jamiyat barqarorligi va fuqarolik erkinliklarini
mustahkamlashga xizmat qilayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston
tajribasi xalqaro amaliyot, xususan, Fransiya va Finnlandiya kabi davlatlar bilan
solishtirilgan holda yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston; Dunyoviylik; Ta’lim tizimi; Davlat boshqaruvi;

Islohotlar; Vijdon erkinligi; Diniy bag‘rikenglik; Demokratik jarayonlar; Inklyuziv
ta’lim; Ilmiy yondashuv; Xalqaro tajriba; Konstitutsiya

O‘zbekistonning so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan islohotlar va demokratik

jarayonlar, ayniqsa, ta’lim tizimi va davlat boshqaruvi sohalaridagi yangilanishlar,
mamlakatning dunyoviy davlat sifatida shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Dunyoviylik - bu davlat va diniy tashkilotlar orasida qat’iy ajratish, har bir shaxsning
vijdon erkinligini ta’minlash va umumjamiyat manfaatlarini himoya qilish
tamoyilidir. Bu tamoyillar, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy
adolatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada O‘zbekistonning
dunyoviy davlat sifatida shakllanish jarayonida ta’lim tizimi va davlat boshqaruvi
yo‘nalishida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va istiqboldagi imkoniyatlar
tahlil qilinadi.

Dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari, shaxsiy huquqlar va erkinliklar,

ijtimoiy adolat, barqarorlik va hamjihatlikni ta’minlash orqali erishiladi.
O‘zbekistonning Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq, davlat shaxsiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning amalga oshirilishini
ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Bunda har bir fuqaroning teng huquqliligi, ijtimoiy
tenglik va adolat, moddiy ne’matlar va imkoniyatlarni teng taqsimlash orqali
jamiyatda barqarorlikni shakllantirish maqsad qilib qo‘yiladi.


background image

367

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bundan tashqari, diniy e’tiqodga erkinlik ta’minlash ham muhim ahamiyatga

ega. Dunyoviy davlatda fuqarolar o‘z diniy qarashlarini ifodalashda, ibodatlarni
o‘tkazishda erkin bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, din va siyosatning ajratilishi,
ijtimoiy-siyosiy makonda diniy qarashlarni tarqatish, siyosiy maqsadlarda
ishlatishning oldini olish uchun qonunchilikda qat’iy chora-tadbirlar ko‘riladi.

Davlat boshqaruvi yo‘nalishidagi dunyoviylik bu

— davlat boshqaruviga oid

qarorlarni qabul qilish hamda amalga oshirishda Konstitutsiya va qonunlarga
muvofiq umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarni va madaniy merosni hurmat
qilgan holda, umumjamiyat manfaatlarini ko‘zlash, ilmiy asoslangan yondashuvlarga
tayanishdir

38

.

O‘zbekistonning davlat boshqaruvi tizimi dunyoviylik prinsiplariga

asoslanadi. Bu prinsipga ko‘ra, davlat boshqaruvi jarayonida ilmiy asoslangan
yondashuvlar, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar hurmat qilinadi. Davlat
boshqaruvi sohasidagi dunyoviylikni ta’minlash uchun asosiy mexanizmlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1.

Normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda

umumjamiyat manfaatlari va ilmiy asoslangan yondashuvlar ta’minlanadi. Bu, davlat
boshqaruvining shaffofligini va samaradorligini oshiradi.

2.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb qilish, ular

bilan maslahatlashish orqali qarorlar qabul qilinadi. Bu, demokratik islohotlarning
yanada chuqurlashishiga olib keladi.

3.

Diniy qarashlarning davlat ishlariga aralashmasligini ta’minlash, diniy

tashkilotlarning siyosiy faoliyatdan chetda turishini nazorat qilish uchun zarur chora-
tadbirlar ko‘riladi.

Bularning barchasi davlat boshqaruvini adolatli va murosasiz shakllantirishga,

shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Ta’lim sohasida dunyoviylikni ta’minlash

— bu nafaqat ilmiy bilimlarni

shakllantirish, balki insonparvarlik, axloqiy mas’uliyat, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni yosh avlodga singdirishdir. O‘zbekiston ta’lim tizimi, dunyoviylikni
ta’minlash orqali, shaxslarning diniy e’tiqoddan xoli tarzda ilmiy va mantiqiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim tizimida dunyoviylikni ta’minlashning asosiy
mexanizmlari quyidagilardan iborat:

1.

Ilmiy bilimlar va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarni o‘rgatish, turli qarashlar va nuqtai nazarlarga nisbatan bag‘rikenglikni
ta’minlash.

38

https://www.lex.uz/docs/-7404923


background image

368

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2.

Diniy betaraflikni saqlash va ta’limda diniy e’tiqodlarni majburan

singdirishga yo‘l qo‘ymaslik. Bu, o‘quvchilarda tenglik, hurmat va adolat
prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi.

3.

Pedagog kadrlarni tayyorlashda diniy bag‘rikenglikni saqlagan holda bilim

berish, axloqiy va estetik qadriyatlarni o‘stirish.

4.

Ilmiy izlanishlar va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek,

ta’lim tizimining inklyuzivligi va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar
yaratishga alohida e’tibor qaratish. Ta’lim tizimining dunyoviyligi jamiyatda ilmiy,
axloqiy va ijtimoiy normalarga hurmatni shakllantiradi va fuqarolarni jamiyatdagi
mas’uliyatli va adolatli shaxslar sifatida tarbiyalaydi.

O‘zbekistonning dunyoviy davlat sifatida shakllanishi, uning ta’lim tizimi va

davlat boshqaruvi sohalaridagi islohotlar, jahondagi dunyoviylik tamoyillari bilan
qiyoslashni talab etadi. Bu tahlilning maqsadi O‘zbekistonning dunyoviy davlat
sifatida o‘rganilishi, ta’lim tizimi va davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan
islohotlarning xalqaro tajribalar bilan qiyoslanishidir. Bunda O‘zbekistonning hozirgi
holati

va

xalqaro

olimlarning

fikrlarini

birlashtirish,

bu

tizimlarning

muvaffaqiyatlarini va kamchiliklarini tahlil qilish muhimdir. O‘zbekistonning
dunyoviy davlat sifatida shakllanishi, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va
demokratiya yo‘lida qilingan sa’y-harakatlar bilan bog‘liqdir. 2017-yildan boshlab,
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarligida boshlangan islohotlar,
asosan, jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash, ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqarish va
fuqarolarning diniy e’tiqodlarini erkin ifodalash imkoniyatlarini yaratishga
qaratilgan.

O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik va dunyoviylik prinsiplarini qo‘llab-

quvvatlashi

, xalqaro miqyosda ta’kidlangan asosiy yo‘nalishlarga mos keladi.

Bunday nuqtai nazar, Max Weberning (1864–1920) "dunyoviylik" konsepsiyasiga
o‘xshaydi, unda davlatning diniy tashkilotlar bilan aloqasining ajratilishi,
hukumatning diniy yoki konfessiyaviy qarashlarga asoslanmasdan, ijtimoiy va
iqtisodiy siyosatni olib borish zarurligi ta’kidlanadi. Shu o’rinda O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini o’rinli deb o’ylayman
“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib oladi”.

O‘zbekistonning dunyoviylikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari,

ayniqsa,

ta’lim tizimi

da aniq ko‘rinadi. O‘zbekiston hukumati 2017-yildan boshlab,

ta’limni yanada dunyoviy va ilmiy asosda rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Ma’rifatparvar jadid bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’kidlaganidek

,

“Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur”.


background image

369

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xalqaro miqyosda dunyoviylik tamoyili davlatlar boshqaruvida muhim

ahamiyatga ega deb hisoblanadi. Ayniqsa, Yevropa va Amerika mamlakatlaridagi
amaliyotlar, dunyoviy davlat tuzilmalari o‘rganilishida keng tarqalgan. Xalqaro
olimlar dunyoviylikni ta’riflashda asosan, diniy tashkilotlarning davlat ishlariga
aralashmasligini va davlatning diniy e’tiqodlardan mustaqil bo‘lishini ta’kidlaydilar.

John Rawls

(1921-2002), dunyoning eng mashhur siyosatshunoslaridan biri,

"Adolat nazariyasi" asarida, jamiyatda adolat va tenglikni ta’minlashda dunyoviylikni
ahamiyatli deb hisoblagan

39

. U, diniy e’tiqoddan xoli siyosiy tizimni, fuqarolarni teng

huquqlikda va erkinlikda boshqarish zarurligini ta’kidlagan. Rawlsning fikricha,
dunyoviy davlatda jamiyatdagi barcha fuqarolarning diniy yoki mafkuraviy qarashlari
bir xil darajada hurmatga sazovor bo‘lishi kerak, lekin davlat qarorlari faqat ilmiy va
manbaalarga asoslangan bo‘lishi lozim.

Yevropa miqyosida

, masalan, Fransiyada, davlatning dunyoviyligi va diniy

tashkilotlarning ajratilishi, 1905-yildagi "Laiklik qonuni" orqali mustahkamlashgan.
Fransiya shuni ta’kidlaydiki, davlat barcha diniy e’tiqodlarni teng ko‘rishi kerak,
biroq diniy tashkilotlar davlat ishlarida ishtirok etmasligi lozim.

Fransuz olimi Jean

Baubérot

, dunyoviylikning asosiy maqsadi, dinning davlat ishlariga aralashmasligi

va fuqarolarga erkin fikrlarni ifodalash imkoniyatini berish ekanligini ta’kidlagan

40

.

Ta’lim Sohasida Dunyoviylik,

O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyoviy tamoyillarga

asoslangan ta’limni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan. 2017-yildan boshlab,
ta’lim tizimida diniy qarashlarning ta’sirini kamaytirish va faqat ilmiy
yondashuvlarni qo‘llashga e’tibor qaratilgan. Bu, ayniqsa,

ta’limning inklyuzivligi

ni

ta’minlash va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liqdir.

Xalqaro miqyosda

, dunyoviy ta’limni rivojlantirishda

UNESCO

ning ta’limga

doir ilg‘or tavsiyalariga e’tibor qaratilgan. UNESCO tomonidan ta’kidlanishicha,
ta’lim tizimi diniy yoki siyosiy ta’sirlardan xoli bo‘lishi kerak va uning asosiy
vazifasi — ilmiy bilimlarni oshirish va barcha yoshdagilarni tanqidiy fikrlashga
o‘rgatishdir. Misol uchun,

Finlandiya

ta’lim tizimi dunyoviylikni ta’minlashda

muvaffaqiyatli model sifatida e’tirof etiladi. Finnlandiya ta’limi diniy ta’limni davlat
tizimidan ajratadi va ilmiy ta’limga, mantiqiy fikrlashga, va barcha dinlarga teng
yondashuvga asoslanadi.

O‘zbekiston hali ham diniy ta’limni davlat ta’lim tizimidan ajratish jarayonida

bo‘lib, diniy qarashlarning ta’sirini kamaytirishga intilmoqda. Xalqaro miqyosda esa,
ko‘plab mamlakatlar, masalan, Fransiya, aniq va qat’iy dunyoviylikni ta’minlashda

39

Rawls, John

. "A Theory of Justice." Harvard University Press, 1971.

40

Baubérot, Jean

. "La Laïcité, C’est Quoi?" Presses Universitaires de France, 2010.


background image

370

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yirik tajribaga ega. O‘zbekiston ta’lim tizimi ijtimoiy tenglikni va inklyuziv ta’limni
rivojlantirishga intilmoqda, lekin bu jarayon hali davom etmoqda. Boshqa
mamlakatlarda, masalan, Finnlandiya, ta’lim tizimi dunyoviylik tamoyillariga
asoslangan va o‘zgarishlar yuqori darajada amalga oshirilgan. Bundan

tashqari,

O‘zbekistonning dunyoviylik tamoyili Konstitutsiyada

aniq aks etgan bo‘lib,

1-

modda

davlatning respublika shakliga ega ekanligini, demokratik, huquqiy, ijtimoiy

va dunyoviy ekanligini ta’kidlaydi. Bu, avvalo, davlat va diniy tashkilotlarning
ajralishidan iborat bo‘lib, davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi,
ularning faoliyatini erkin olib borishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekistonning ta’lim
tizimida ham dunyoviylik tamoyillari kuchli aks etgan.

Ta’lim olish huquqi

(50-

modda) har bir fuqaro uchun kafolatlangan bo‘lib, davlat ta’lim tizimining
uzluksizligi va uning barcha turlari va shakllarining rivojlanishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar davlat
nazoratida bo‘lib, ta’lim tizimi ijtimoiy adolat, inklyuzivlik va ilmiy yondashuv
asosida rivojlanmoqda.

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasining so‘nggi yillardagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti,

ayniqsa ta’lim tizimi va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar
mamlakatning dunyoviy davlat sifatidagi shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. Dunyoviylik prinsipi davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi qat’iy ajratish,
fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va ilmiy asoslangan ijtimoiy taraqqiyot
modelini ilgari surish orqali namoyon bo‘lmoqda. Bu, ayniqsa, Konstitutsiyaning
tegishli moddalari bilan mustahkamlangan bo‘lib, davlatning barcha sohalarda,
xususan, ta’lim va boshqaruv tizimida diniy betaraflikni ta’minlashga qaratilgan
siyosatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ta’lim tizimida dunyoviylikni mustahkamlash
nafaqat ilmiy bilim va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, balki ijtimoiy adolat,
inklyuzivlik va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarga singdirish orqali
jamiyatning barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Davlat boshqaruvida esa,
ilmiy va huquqiy asoslangan yondashuvlar, xalq bilan ochiq muloqot va qarorlar
qabul qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish orqali
demokratik qadriyatlar kuchaymoqda. Xalqaro tajriba bilan solishtirganda,
O‘zbekistonning yo‘nalishi, xususan Fransiya, Finlandiya va boshqa dunyoviy
davlatlar amaliyoti bilan uyg‘unlikda bo‘lib, o‘ziga xos milliy xususiyatlar asosida
shakllanmoqda. Shuningdek, Max Weber va John Rawls kabi yetuk olimlarning
dunyoviylik haqidagi nazariyalariga asoslanilgan holda, O‘zbekiston modelining
xalqaro standartlarga yaqinlashayotganini ko‘rish mumkin. Biroq, diniy e’tiqodning


background image

371

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ta’lim yoki siyosiy sohalarga bevosita ta’sirini kamaytirish yo‘lidagi islohotlar hanuz
davom etmoqda. Bu esa, ushbu jarayonning bosqichma-bosqich va tizimli amalga
oshirilayotganini anglatadi. Shu bilan birga, dunyoviylik va diniy erkinlik o‘rtasida
muvozanatni saqlash, jamiyatda hamjihatlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda
strategik ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, O‘zbekistonning dunyoviy davlat sifatida shakllanish yo‘li —

bu ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va madaniy islohotlarning uyg‘unligiga asoslangan
murakkab va barqaror taraqqiyot jarayonidir. Mazkur yo‘nalish, nafaqat zamonaviy
davlat boshqaruvining poydevorini mustahkamlash, balki inson huquqlari va
erkinliklari asosida demokratik jamiyat barpo etishga xizmat qilmoqda.


Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi

2.

Rawls, John. "A Theory of Justice." Harvard University Press, 1971.

3.

Baubérot, Jean. "La Laïcité, C’est Quoi?" Presses Universitaires de

France, 2010.

4.

UNESCO. "Education for Sustainable Development Goals." UNESCO,

2017.

5.

Weber, Max. "The Protestant Ethic and the Spirit of Capitalism." Charles

Scribner’s Sons, 1958.

6.

Fransiya Konstitutsiyasi (1905-yil). "Laiklik qonuni"

7.

Lex.uz

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi

Rawls, John. "A Theory of Justice." Harvard University Press, 1971.

Baubérot, Jean. "La Laïcité, C’est Quoi?" Presses Universitaires de France, 2010.

UNESCO. "Education for Sustainable Development Goals." UNESCO, 2017.

Weber, Max. "The Protestant Ethic and the Spirit of Capitalism." Charles Scribner’s Sons, 1958.

Fransiya Konstitutsiyasi (1905-yil). "Laiklik qonuni"

Lex.uz