Авторы

  • Хуршидабону Журабоева
    О‘zMU

Биография автора

  • Хуршидабону Журабоева , О‘zMU
    Psixоlоgiyа yо‘nаlishi 1-bоsqiсh mаgistrаnti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84978

Ключевые слова:

Xavotirlanish xavotirlanish xususiyatlari hissiy komponentlar profilaktik ishlar ijtimoiy-psixologik omillar Ijtimoiy sharoitlar xususiyatlar xavotir omillari global muammolar iqtisodiy holat texnologik taraqqiyot madaniy qadriyatlar.

Аннотация

Mazkur maqolada xavotirlanish va uning xususiyatlariga alohida etibor qaratilgan. Hamda uning omillari va xavotirlanishni bartaraf etish uchun bir qancha bishqarish hamda kamaytirish uslublari keltirilgan. Bundan tashqari X, Y va Z avlodlari o‘rtasida xavotirlanishni namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda har bir avlodning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, madaniy va texnologik sharoitlar o‘rganiladi. X avlodining urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik sharoitida shakllangan psixologik xususiyatlari, Y avlodining raqamli texnologiyalar va globalizatsiya davridagi ijtimoiy moslashuvlari, shuningdek, Z avlodining raqamli bog‘liqlik va ijtimoiy izolyatsiyadan kelib chiqadigan xavotir holatlari tahlil qilinadi. Hamda zamonaviy sharoitda xavotirni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishga hissa qo‘shadi. Ushbu tadqiqot psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va avlodlar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarni o‘rganishga qiziquvchi boshqa mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.


background image

378

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

X ,Y Z AVLODLAR O’RTASIDA XAVOTIRLANISHNI NAMOYON

BO’LISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI

Juraboyeva Xurshidabonu Ahrorjon qizi

О‘zMU Psixоlоgiyа yо‘nаlishi 1-bоsqiсh mаgistrаnti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada xavotirlanish va uning xususiyatlariga alohida

etibor qaratilgan. Hamda uning omillari va xavotirlanishni bartaraf etish uchun bir
qancha bishqarish hamda kamaytirish uslublari keltirilgan. Bundan tashqari X, Y va
Z avlodlari o‘rtasida xavotirlanishni namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik
omillarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda har bir avlodning shakllanishiga
ta’sir etuvchi ijtimoiy, madaniy va texnologik sharoitlar o‘rganiladi. X avlodining
urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik sharoitida shakllangan psixologik
xususiyatlari, Y avlodining raqamli texnologiyalar va globalizatsiya davridagi
ijtimoiy moslashuvlari, shuningdek, Z avlodining raqamli bog‘liqlik va ijtimoiy
izolyatsiyadan kelib chiqadigan xavotir holatlari tahlil qilinadi. Hamda zamonaviy
sharoitda xavotirni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishga hissa qo‘shadi. Ushbu
tadqiqot psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va avlodlar o‘rtasidagi ijtimoiy-
psixologik o‘zgarishlarni o‘rganishga qiziquvchi boshqa mutaxassislar uchun foydali
bo‘ladi.

Kalit so’zlar

: Xavotirlanish,xavotirlanish xususiyatlari, hissiy komponentlar,

profilaktik ishlar,ijtimoiy-psixologik omillar,Ijtimoiy sharoitlar, xususiyatlar, xavotir
omillari, global muammolar, iqtisodiy holat, texnologik taraqqiyot, madaniy
qadriyatlar.

Аннотация:

В данной статье уделено особое внимание тревожности и её

особенностям.

Рассмотрены

факторы,

влияющие

на

возникновение

тревожности, а также методы управления и снижения её уровня. Кроме того,
статья посвящена изучению социально-психологических факторов проявления
тревожности среди поколений X, Y и Z. В исследовании анализируются
социальные, культурные и технологические условия, влияющие на
формирование каждого поколения. Психологические особенности поколения X,
сформировавшиеся в условиях экономической и политической нестабильности
послевоенного периода, социальная адаптация поколения Y в эпоху цифровых
технологий и глобализации, а также состояния тревожности у поколения Z,
связанные с цифровой зависимостью и социальной изоляцией, подвергаются
тщательному анализу. Также исследование вносит вклад в разработку


background image

379

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

стратегий управления тревожностью в современных условиях. Это
исследование будет полезным для психологов, социологов, педагогов и других
специалистов, интересующихся социально-психологическими изменениями
между поколениями.

Ключевые

слова:

тревожность,

особенности

тревожности,

эмоциональные

компоненты,

профилактическая

работа,

социально-

психологические факторы, социальные условия, характеристики, факторы
тревожности,

глобальные

проблемы,

экономическое

состояние,

технологический прогресс, культурные ценности.

Аbstrасt:

This article focuses on anxiety and its characteristics, as well as

factors contributing to anxiety and various methods for managing and reducing it.
Additionally, it is dedicated to studying the socio-psychological factors of anxiety
manifestation among generations X, Y, and Z. The research examines the social,
cultural, and technological conditions influencing the formation of each generation. It
analyzes the psychological traits of Generation X shaped by post-war economic and
political instability, the social adaptation of Generation Y during the era of digital
technologies and globalization, and the anxiety states of Generation Z resulting from
digital dependency and social isolation. Furthermore, the study contributes to
developing strategies for managing anxiety in modern conditions. This research will
be beneficial for psychologists, sociologists, educators, and other specialists
interested in exploring socio-psychological changes across generations

.

Kеy wоrds:

Anxiety, characteristics of anxiety, emotional components,

preventive measures, socio-psychological factors, social conditions, features, factors
of anxiety, global issues, economic situation, technological development, cultural
values.


Eng avvalo savolni quyidagicha berish lozim. Xavotirlanish nima? Xavotirlanish

— bu shaxsning kelajakdagi noma’lum voqealardan yoki tahdidli vaziyatlardan
qo‘rqish natijasida yuzaga keladigan psixologik holati. Bu his-tuyg‘u insonning
evolyutsion rivojlanishi davomida hayotiy xavflardan saqlanish vositasi sifatida
shakllangan. Ammo zamonaviy jamiyatda xavotirlanish faqat biologik funksiyani
emas, balki ijtimoiy va psixologik jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. "Xavotir
yo‘qlikka qarshi kurashdir"[1]

Xavotirlanishning asosiy xususiyatlarini quyidagicha keltirishimiz mumkin.

Hissiy komponent bunda noma’lumlik, tashvish, qo‘rquv yoki asabiylik hissi kiradi.


background image

380

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Kryingi komponent jismoniy komponent , yurak urishining tezlashishi, terlash, nafas
olishning tezlashishi kabi simptomlar kuzatiladi. Kognitiv komponent salbiy fikrlash,
xavf-xatarga haddan tashqari e’tibor qaratish natijasida yuzaga keladi. Xulq-atvor
komponenti, xavotir manbalaridan qochish yoki ularga haddan tashqari sezgirlik
ko‘rsatishkabi holatlar namoyon bo'ladi.

Ijtimoiy-psixologik omillari turlicha ularni quyidagicha keltirilishi mumkin.

Xavotirni shakllantiruvchi omillar shaxsning ijtimoiy muhitdagi o‘rniga va uning
psixologik xususiyatlariga bog‘liq tarzda yuzaga keladi va quyida asosiy ijtimoiy va
psixologik omillar keltirish mumkin. Bunda asosan xavotirlanishning ijtimoiy
omillari shaxsning jamiyatdagi sharoitlari va u bilan o‘zaro munosabatlaridan kelib
chiqadi. Ijtimoiy o‘zgarishlar odatda tezkor o‘zgaruvchanlik, zamonaviy jamiyatda
texnologik taraqqiyot, globalizatsiya va iqtisodiy o‘zgarishlar xavotirni oshiradi.
Masalan, mehnat bozoridagi raqobat va malaka talablarining oshishi ko‘pchilikda
o‘zini barqaror his qilishga to‘sqinlik qiladi. Urbanizatsiya bu yirik shaharlarda
yashovchi insonlar turli ijtimoiy bosimlarga duch keladi, bu esa xavotirni
kuchaytirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalar va boshqa
jihatlar esa insonni ijtimoiy taqqoslash ijtimoiy tarmoqlardagi mukammallik tasvirlari
shaxsning o‘zini past baholashiga olib keladi. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi
ham negativ yangiliklarning ko‘pligi doimiy xavotir hissini uyg‘otadi. Ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash darajasida oilaviy muhit qo‘llab-quvvatlovchi oila xavotirni
kamaytiradi, konfliktli muhit esa uni kuchaytiradi. Do‘stlik va jamiyat, inson ijtimoiy
ko‘makka ega bo‘lmasa, uning xavotirlanishga moyilligi ortadi. Psixologik omillar
qatoriga esa xavotir shaxsning ichki psixologik xususiyatlari bilan ham chambarchas
bog‘liq. Shaxsiy xususiyatlarga ya'ni tashqi stressga sezgirlik ayrim shaxslar genetik
va biologik sabablarga ko‘ra stressga sezgirroq bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglash o'z-o'ziga
shaxsiy bahosi o‘z-o‘ziga ishonchi past bo‘lgan shaxslar xavotirga ko‘proq moyillik
yuzaga keladi. Hattoki perfektsionizm mukammallikka intilish odamni ortiqcha
xavotirlanishga olib kelishi mumkin. Stressni boshqarish qobiliyatini qanday yuzaga
keltirish mumkin bunda moslashuv strategiyalarini tuzib olishimiz lozim. Stressli
vaziyatlarda samarasiz strategiyalarni qo‘llaydigan odamlar xavotirga ko‘proq moyil
bo‘ladi. Masalan, muammolarni inkor qilish yoki ulardan qochish xavotirni oshiradi.
Stressga chidamlilik esa stressni boshqarishga muvaffaq bo‘lgan shaxslar xavotirni
kamroq sezadi. Travmatik tajribalar esa bolalikda olingan travmatik tajribalar yoki
negativ voqealar xavotirlanishning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, oiladagi
zo‘ravonlik yoki iqtisodiy qiyinchiliklar uzoq muddatli xavotirni keltirib chiqarishi
mumkin. Xavotirni boshqarish va uni kamaytirish yondashuvlari bir qancha ulani


background image

381

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

quyidagicha keltirishimiz mumkin. Bunda psixoterapevtik yondashuvlar shaxsni
salbiy fikrlashdan qutqarish va konstruktiv fikrlashga o‘rgatadi. Hissiy boshqaruv
usullariga esa nafas olish mashqlari, meditatsiya va relaksatsiya xavotirni
kamaytirishga yordam beradi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash. Ijtimoiy
aloqalarni kuchaytirish do‘stlar va oila bilan munosabatlarni yaxshilash xavotir
darajasini pasaytiradi. Hattoki jamoatchilik faoliyatiga qatnashish insonni ijtimoiy
muhitda qulayroq his qilishiga yordam beradi. Profilaktika choralari tadbiriga,
psixologik tarbiya xavotir sabablarini tushunish va uni boshqarish usullarini
o‘rgatish. Sog‘lom turmush tarzi esa jismoniy faollik, uyqu rejimi va muvozanatli
ovqatlanish xavotirni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Bularning barchasi inson
hayotida davomida uchraydigan duch keladigan vaziyatlar har qanday holatda ham
insonni o'z bo'lsada xavotirga stressli vaziyatlarga soladigan jarayonlarni. Bu nafat
katta shaxslar balkim yosh avlodlar uchun yuqori ko'rsatkichi ta'sirlardir. Bunday
vaziyatlarda insonning shaxsiy individual xususiyatlari ham muhim rol o'ynaydi.
Sabab, bazi toifadagi insonlar har qanday tashqi ta'sirlarga chidamli o'zida kuch topa
oladigan shaxslar bo'lsa ba'zi toifadagi shaxslar esa aksincha oddiy vaziyatlarga ham
tushkun kayfiyatda va hayotga bo'lgan muhabbat, intiluvchanligi past bo'ladi.
Manashu vaziyatlar insonni hayot davomida yashashi uning kelajagini avlodlarga
o'zidagi qaysilar xislatlarni genetik tarzda qoldirishi tufayli avloddan avlodga otib
kelishi mumkin. Aynan shu xolatlarni ham xisobga olib inson o'zida irodaviy kuchli
shakllantirishi hayotga bo'lgan fikrlashini tog'irlashi lozim. Sog‘lom fikrlovchi
shaxslardan sog'lom fikrlovchi jamiyatdan, tuzumdan sog'lom fikrlovchi shaxslar
dunyoga keladi va rivojlanadi.

"Tashvishlik to'plangan kuchlanishning o'zgarishidan kelib chiqadi" deydi

Zigmund Freyd.[2]

Avlodlararo farqlar ijtimoiy psixologiyaning dolzarb mavzularidan biridir. Har

bir avlod o‘ziga xos ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning
shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik sharoitlar bilan
chambarchas bog‘liq.Bugungi kunda X, Y va Z avlodlari o‘rtasidagi xavotirni
namoyon bo‘lishini o‘rganish nafaqat ilmiy tadqiqotlar uchun, balki jamiyatning
psixologik barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xavotirlanish inson psixologiyasining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, u odatda
noma’lumlik, xavf yoki barqarorlik yo‘qligi hissi bilan yuzaga keladi. Xavotirlanish
insonning stress yoki noma’lumlikka bo‘lgan tabiiy reaktsiyasidir. Biroq bu holat har
bir avlodda turli shakllarda va o‘ziga xos omillar ta’sirida yuzaga keladi. Masalan, X
avlodida iqtisodiy barqarorlik yo‘qligi xavotirni keltirib chiqarsa, Y avlodida bu


background image

382

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ijtimoiy muvaffaqiyat va kasbiy raqobat bilan bog‘liq. Z avlodida esa xavotir
texnologik taraqqiyot va ijtimoiy tarmoqlar bosimi ta’sirida shakllanadi. X avlodi
uchun iqtisodiy barqarorlikning yo‘qligi asosiy xavotir manbasi bo‘lsa, Y avlodining
xavotiri ijtimoiy muvaffaqiyatga erishish zarurati va mehnat bozoridagi raqobat bilan
bog‘liq. Z avlodida esa xavotir asosan texnologik rivojlanish, ijtimoiy tarmoqlardagi
bosim va kelajakdagi noma’lumlik tufayli yuzaga keladi. Mazkur mavzuni
o‘rganishning ahamiyati shundaki, xavotirlanish darajasining oshishi nafaqat shaxsiy
salomatlikka, balki jamiyatning umumiy psixologik barqarorligiga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Bugungi globalizatsiya davrida texnologiya, iqtisodiy o‘zgarishlar va
ijtimoiy bosimlar har bir avlodga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’sirlarni tahlil
qilish xavotirni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhimdir.
Xavotirning ijtimoiy-psixologik omillari haqida gapirganda, har bir avlodning
shakllanish davriga e’tibor qaratish kerak. X avlodi sovet davri va uning qulashidan
keyingi ijtimoiy o‘zgarishlar davrida shakllangan. Bu avlod an’anaviy qadriyatlarga
sodiq va barqarorlikka intiladi, ammo iqtisodiy o‘zgarishlar ularning xavotir
darajasini oshirgan. Y avlodi esa globalizatsiya, raqobat va texnologik taraqqiyotning
shiddatli davrida voyaga yetgan. Ular muvaffaqiyatga erishish va ijodkorlikka
intilishlari bilan ajralib turadi, ammo yuqori kutilmalar ularning xavotir manbalaridan
biridir. Z avlodi esa raqamli dunyo ta’sirida shakllanib, ularning asosiy xavotir
manbasi ijtimoiy tarmoqlardagi ideal hayotga moslashish bosimi va global
muammolar bo‘lgan.Ushbu jarayonlarni o‘rganish xavotirning manbalarini chuqurroq
tushunishga va uni boshqarishning samarali usullarini ishlab chiqishga yordam
beradi. Biz o'rganayotgan har bir avlodlararo xavotir tafovutlarini quyidagicha
keltirishimiz mumkin.

X avlod. X avlodning ijtimoiy sharoitlari haqida gap borganda Sovet Ittifoqi

davridagi iqtisodiy cheklovlar va uning qulashidan keyingi muammolar bu avlodda
xavfsizlik va barqarorlikni asosiy ehtiyoj sifatida shakllantirdi. Ulardagi xavotir
omillari sifatida esa barqaror ish o‘rni yo‘qligi, oilaviy mas’uliyat yuki, iqtisodiy
mustaqillikni saqlash va boshqa jarayonlarni o'z ichiga qamrab oladi. Xususiyatlariga
to'xtalsak u yani X avlod konservativ qarashlarga ega shaxslardir, xavotirni an’anaviy
usullar bilan boshqarishga moyil hamda stereotiplar orqali yashaydigan insonlar
sirasidandirlar.

Y avlod. Ijtimoiy sharoitlar globalizatsiya va raqobat sharoitida voyaga yetgan

bu avlod individual muvaffaqiyatga erishishga yuqori e'tibor qaratadilar. Y avlodlar
uchun xavotir omillari asosan kasbiy muvaffaqiyatga kasbiy yutuqlarga erisha
olmaslik, ijtimoiy mavqesi hamda o'z hayoti davomida qaror qabul qilishdagi bosim


background image

383

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

asosiy omillardandir. Ularning o'ziga xos xususiyatlarini quyidagicha keltirish
mumkin: ular xavotirni boshqarish uchun kognitiv va motivatsion strategiyalardan
foydalanadi, ammo psixologik muammolar bilan tez-tez toqnashib qolishadi.

Z avlod. Z avlodning ijtimoiy sharoitlarini quyidagicha izohlash mumkin. Ushbu

Z avlod texnologik taraqqiyot va ijtimoiy tarmoqlarning o‘sish davrida shakllangan
bo'lib aynan tehnika taraqqiyoti farzandlari ham deb yuritilsa noto'g'ri bo'lmaydi. Z
avlodning xavotirlik omillari qatoriga ideal hayotga intilish bosimi, turli tashqi
ekologik muammolarning yuzaga kelishi, kelajakdagi noma’lumlik va bu haqidagi
turli farazlarning ko'pligi. Z avlodlarning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri ushbu
avlod xavotirni texnologik vositalar orqali boshqarishga harakat qiladi, ammo bu
ko‘pincha hissiy izolyatsiyani kuchaytirishga olib keladi.

Ijtimoiy-Psixologik Omillar

1. Iqtisodiy holatlarning ahamiyati : Avlodlarning xavotir darajasiga iqtisodiy

o‘zgarishlar bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi. Barqaror iqtisodiyot moliyaviy
taminlanganlik insonlarda xavotir xissini kamaytiruvchi asosiy omillardan birodir.

2. Texnologik taraqqiyot esa oz navbatida : Z avlodi uchun texnologiyaga

bog‘liqlik asosiy xavotir manbasi bo‘ladi , Y avlodida bu o‘zini rivojlantirish uchun
imkoniyat sifatida ko‘riladi.

3. Madaniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra: X avlodi

an’anaviy qadriyatlarni yuqori qadrlasa, Z avlodi individuallikka ko‘proq urg‘u
beradi.

4. Global muammolarning yuzaga kelishi esa: Iqlim o‘zgarishi va pandemiya

kabi masalalar Z va Y avlodlarining xavotir darajasini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, xavotir insonning biologik va psixologik jihatlariga

asoslangan bo‘lsa-da, uning shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy omillar muhim
ahamiyatga ega. Xavotirni boshqarish uchun ijtimoiy muhitni yaxshilash va
psixologik farovonlikni oshirish strategiyalarini qo‘llash zarur. Bularning barchasini,
ya'ni barcha omillarni xisobga olgan holda ushbu jarayonni yegillatish uchun yokida
tenglikni saqlash uchun xavotirli darajasini pasaytish uchun yangidan yangi loyihalar
chora tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Hamda ushbu farqlarni xisobga olib
psixologlar hamda ijtimoiy tadqiqotchilar loyihalar strategiyalar ishlab chiqishi
galdagi muhim vazifalaridan xisoblanadi.Ushbu maqolada esa albatta avlodlar
o'rtasida yetarli darajada farqlarni borligini ochib berdi. Ularning bir birodan farqi
hamda bir biriga bog'liq jihatlarini o'xshash qismlarini ko'rib chiqish mumkin.
Ularning yuzaga kelishini asosiy jihatlari va sabablari inson va jamiyat o'rtasida uzviy
aloqadorligi bilan bog'liq. Mazkur maqola X, Y va Z avlodlarining xavotirga


background image

384

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

moyilligini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Ushbu mavzuni o‘rganish shaxsiy va jamiyatdagi xavotir darajasini kamaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga yordam beradi. Shu sababli, xavotirni
boshqarishning psixologik va ijtimoiy mexanizmlarini aniqlash, avlodlar o‘rtasidagi
farqlarni chuqurroq tushunish uchun zarur.


Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr:

1.Rollo May. The Meaning of Anxiety - A. .:Ronald Press Company, 1950. - P.

45

2.Sigmund Freud. The Problem of Anxiety - NY.A.: W.W. Norton & Company,

1936. - P.12–14

3.G‘oziev E.G. Psixologiya. T -O‘qituvchi. 2008- B. 45-55
4.G‘oziev E.G. Ontogenez Psixologiyasi. - T.:Ma’naviyat.2020 - B. 112-130
5.Howe, N., & Strauss, W. ,Generations: The History of America’s Future.A.

1991 - P 112–135.

6. Turkle, S. Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less

from Each Other. Basic Books. NY.A. 2011. P.: 23–46, 58–79.

7.Twenge, J. iGen: Why Today’s Super-Connected Kids Are Growing Up Less

Happy.Atria Books. NY.A. 2017. P 21 - 76

8.Selye, H. The Stress of Life. McGraw-Hill.NY.A 1956- P.21–83

Библиографические ссылки

Rollo May. The Meaning of Anxiety - A. .:Ronald Press Company, 1950. - P. 45

Sigmund Freud. The Problem of Anxiety - NY.A.: W.W. Norton & Company, 1936. - P.12–14

G‘oziev E.G. Psixologiya. T -O‘qituvchi. 2008- B. 45-55

G‘oziev E.G. Ontogenez Psixologiyasi. - T.:Ma’naviyat.2020 - B. 112-130

Howe, N., & Strauss, W. ,Generations: The History of America’s Future.A. 1991 - P 112–135.

Turkle, S. Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less from Each Other. Basic Books. NY.A. 2011. P.: 23–46, 58–79.

Twenge, J. iGen: Why Today’s Super-Connected Kids Are Growing Up Less Happy.Atria Books. NY.A. 2017. P 21 - 76

Selye, H. The Stress of Life. McGraw-Hill.NY.A 1956- P.21–83