Авторы

  • Хулкарой Холмуродова
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti
  • Зулхумор Тогойбердиева
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti
  • Рухшона Содикова
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Биографии авторов

  • Хулкарой Холмуродова , Shahrisabz davlat pedagogika instituti
    Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabalari
  • Зулхумор Тогойбердиева , Shahrisabz davlat pedagogika instituti
    Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabalari
  • Рухшона Содикова , Shahrisabz davlat pedagogika instituti
    Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84992

Ключевые слова:

Zardushtiylik Qadimgi Misr Axura Mazda Vedalar Upanishad Konfutsiy Daosizm.

Аннотация

: Ushbu maqolada Sharq falsafasining Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi haqida ma’lumot beradi. Unda Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablari, Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari, Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlari, Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti, Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.


background image

449

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SHARQ FALSAFASI VA UNING IJTIMOIY TARAQQIYOTDAGI ROLI

Xolmurodova Xulkaroy Xolbozor qizi

Tog‘oyberdiyeva Zulxumor Yangiboy qizi

Sodiqova Ruhshona Zokir qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti

xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabalari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Sharq falsafasining Qadimgi Sharqda asotiriy

tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi haqida ma’lumot beradi. Unda
Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablari, Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr
ildizlari, Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlari, Konfutsiy va
Lao-Szi ta’limoti, Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti bo’yicha
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Zardushtiylik Qadimgi Misr Axura Mazda Vedalar Upanishad

Konfutsiy Daosizm.

Аннотация:

В статье представлена информация о возникновении

восточной философии, мифологических идей и философских знаний на
Древнем Востоке. В нем представлена информация о философских школах
Древней Индии, корнях философской мысли в Древнем Египте и Вавилоне,
философских идеях учения «Авеста» в Средней Азии, учениях Конфуция и
Лао-Цзы, возникновении религии ислама и ее философских учениях.

Ключевые слова:

Зороастризм Древний Египет Ахура Мазда Веды

Упанишады Конфуцианство Даосизм.

Annotation:

This article provides information on the emergence of

mythological ideas and philosophical knowledge in the Ancient East of Eastern
philosophy. It includes information on philosophical schools in Ancient India, the
roots of philosophical thought in Ancient Egypt and Babylon, philosophical thoughts
in the teachings of the "Avesta" in Central Asia, the teachings of Confucius and Lao-
Tzu, the emergence of the religion of Islam and its philosophical teachings.

Keywords

: Zoroastrianism Ancient Egypt Ahura Mazda Vedas Upanishads

Confucianism Taoism.

Kirish:

«Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda

Misrdan Xitoygacha bo’lgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning


background image

450

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb
atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq
sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining
ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi
madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati,
iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi
va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni
Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini
ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi[1],- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti
hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova. Asotiriy yoki
mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson
tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash
shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga
munosabati ifoda etilib, atrof muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat
qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri
namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish
Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot
degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda,
Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II
ming yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot
haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir.

Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan butun

dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam Purushaning
tanasini bo‘lib-bo‘lib koinot, yulduzlar, yer, samoni yaratdi va o‘zi bir vaqtda u bilan
birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak boshlang‘ich) material borliq –
prakriti (ayol boshlang‘ich)ning birikuvidan iboratdir.[2]

Xitoy asotirlari ham o‘z tarixi bilan eramizdan oldingi uzoq ming yillarga borib

taqaladi. Shuningdek, Xitoy asotirlari o‘z shakllanish davrida qadimgi Xitoy,
daosizm va buddaviylik va kechki Xitoy xalq og‘zaki ijodi mifologik tizimlarini
birlashtira borgan. Asotiriy qarashlar aks etgan qadimgi asarlardan biri «Shan xay
szin» («Tog‘lar va daryolar kitobi») bo‘lib u eramizdan avvalgi IV-II asrlarda
yozilgan. Unda qadimgi Xitoy afsonalari voqealarini umumlashtiruvchi tasvirlar
mavjud. Unda dastlab dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ulik bilan to‘lgan
tubsiz xaos mavjudligi, koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga
keltirilganligi haqida tasavvurlar bor. Ba’zilarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy
inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi.[1]


background image

451

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili:

Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. –Тошкент:

Ўзбекистон, 1997 asarida Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha
Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar
madaniyatining bir biri bilan uyg’unlashuvi haqida ma’lumotlar mavjud, Нижников
С.А. История философии. Курс лекций., Экзамен, 2004, Шарипов М, Антик
фалсафа.Ўқув қулланма, (2017) Бартольд В.В. История Туркестана//Бартольд
В.В.Сочинения. Т.II (с. 1.). –М.:Наука, 1963 asarlarida esa zardushtiylik dini va
Sharq falsafasi madaniyatining rivojlanishi va an’analarining shakllanishi haqida
ma’lumotlar keltiriladi.

Tadqiqot

metodologiyasi:

Manbashunoslik,

matnshunoslik,

tahliliy,

taqqoslash.

Tahlil va natijalar:

Hindistonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar uchta manbada

mujassamlashgan: Vedalar, Maxobxorat, Bxagadvita. XX asrda yashab ijod etgan
hind faylasufi Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot”-yakka,
indivudual ong emas, milliy ong ijodi, xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan poemasidir”1,
- degan edi.

Qadimgi hind falsafasi shakllanish davri to‘rtga bo‘linadi.
1.Vedalar davri (er.avv.1500 – 600 y.). Bu davr oriylarning joylashishi va ular

madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning paydo bo‘lishi davri.

2.Epik davr (er.avv. 600- 200y.) – ilk upanishaddan darshanlar yoki falsafiy

sistemalargacha bo‘lgan davr. Bu davrda buddizm, jaynizm va boshqa ko‘plab diniy
ta’limotlar paydo bo‘ladi.

3. Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) qisqa va

umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri.

4. Sxolastik davr (eramizning ikkinchi asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi

davrga o‘xshab ketadi.

Upanishad (atrofida o‘tirish) - ustoz oyog‘i oldida o‘tirib bilim olishni bildiradi.

Bu upanishadga mansub asarlarda ko‘rsatmalar, o‘gitlar ko‘pligidan dalolat beradi.
Ayni paytda, upanishadalarda shoh saroyidagi disputlar, suhbatlar o‘z aksini topgan.
Upanishadlar soni 200 tadan ko‘proq. Ulardan ba’zilari she’r, boshqalari proza,
uchinchi bir turlari aralash ko‘rinishda bitilgan. Upanishadlar ikki yarim ming yildan
ko‘proq vaqt davomida yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming yillik oxiridan boshlab
eramizning ikkinchi ming yillari o‘rtalarigacha). Upanishadlar mualliflari yashirilgan,
lekin unda real shaxslar, xususan, braxmanlar va bilimli kshatriylar harakati sezilib
turadi. Upanishadlarda ongning to‘rt holati ajratilib, tavsiflanadi: uyg‘oqlik, uyqu,
chuqur uyqu (tushsiz) va sof ong-turiya. Upanishadlarda “hayot nafasi” tushunchasi


background image

452

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

(pranlar) muhim o‘rin tutadi. Asta-sekin jonning ko‘chib yurishi konsepsiyasi
(sansara), o‘tmishdagi xulq-atvor, amallar uchun javob berish (karma) to‘g‘risida
qarashlar shakllana boradi. Taqdirni aynan karmaning belgilashi aytib o‘tiladi.
Insonning xulq-atvorini, axloq qonunini dxarma belgilaydi. Vedalar davrida
dastlabki ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik o‘lchamlar, arifmetik hisoblar,
xususan o‘nlik sanoq sistemasiga oid fikrlar mavjud bo‘lgan. Ilk upanishad
davridayoq vujudga kelgan ilmiy bilim kurtaklari mifologik dunyoqarashdan keyingi
hind falsafasining ikkinchi ma’naviy manbai bo‘lib xizmat qilgan.[3]

Misr tarixi Qadimgi, O‘rta va Kichik hoqonlikka bo‘linadi. Qadimgi hoqonlik

eramizgacha bo‘lgan 2900-2200 yillarni o‘z ichiga oladi. O‘rta hoqonlik IX-XVI
dinastiyalaridan tashkil topib, 2200-1600 yillarni, yangi hoqonlik XVII-XX
dinastiyalaridan tarkib topib, 1600-1100 yillarni qamrab oladi. Mustaqil Misr tarixi
XXVI-dinastiya (665-525y) bilan tugaydi. Bu davrda Misr markazi Sais bo‘lgan.
Shuning uchun ham XXVI - dinastiyadagi Misr Sais Misri deb ataladi. Misrlik
astronomlar osmonni kuzatishgan, u amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, Nil
daryosining har yilda toshishi Misr osmonida eng yarqin yulduz-Siriusning paydo
bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Misrlik olimlar ekliptika Quyoshning yulduzlar
to‘plamidagi ko‘rinishidan kelib chiqib, uni 12 qismga bo‘lishgan va ular yig‘indisi
Zodiakni, ya’ni “xayvonlar doirasi”ni hosil qiladi, deb hisoblashgan. Ekliptikadagi
har bir yulduzlar turkumiga qandaydir bir hayvon nomi berilgan. 1,5 ming yil
davomida Misr olimlari 373 marta Quyosh, 832 marta Oy tutilishini kuzatishgan.

Qadimgi Bobilda ham, Qadimgi Misrda ham ilm bilan shug‘ullanish

kohinlarning ishi deb sanalgan. Qadimgi Misr lirikasi ham yaxshi rivoj topgan.U
o‘zining dunyoqarash mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, “Arfist
qo‘shig‘i”da olamning diniy-mifologik manzarasi shubha ostiga olinadi. Unda
aytiladi: “Hech kim hali u yoqdan kelib, unda nimalar borligi to‘g‘risida, ularga nima
kerakligi haqida hech nima demagan, qalblarimizni tinchlantirmagan”1. Qo‘shiqda
“o‘lganlardan hech biri qaytib kelmagan”2 deyiladi. Tirik ekansan, qalbing xoxishiga
qarab ish ko‘r, deb aytiladi. Lekin boshqa bir asarda-“O‘lim maqtovi”da narigi
dunyoning mavjudligi to‘g‘risida mulohaza bor: “Vaqt uyqu singari lip etib o‘tib
ketadi va Quyosh botar maydonda “xush kelibsiz” deb kutib olishadi”3. Bu maydonni
misrliklar G‘arbda deb hisoblashgan. Geografik joylashuviga ko‘ra Bobil, ya’ni
Mesopotamiya yoki Ikki daryo (Tigr va Evfrat) oralig‘i ikki qismdan: shimoliy
tog‘oldi va janubiy past tekislikdan tashkil topgan. Unda paleolit davridayoq aholi
yashar edi. Eramizgacha bo‘lgan to‘rtinchi ming yillikda Mesopotamiyaning tekislik
qismiga shumerlar, o‘rta qismiga akkadlar kelib joylashadi. Eramizgacha uchinchi


background image

453

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ming yillikda shumerlar janubda, akkadlar shimolda qator mustaqil shahar-davlatlar
barpo etadilar.[3]

Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik diniy-

falsafiy ta’limoti vujudga kelib, eramizning III asrigacha hukmronlik qildi.
Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo (Baqtriya, Xorazm) va Eron
(Midiya) ko‘rsatiladi. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab (eramizdan
oldingi III-II-nchi ming yilliklar) eramizdan oldingi 1-ming yillik o‘rtalarigacha
bo‘lgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining diniy va ma’lum ma’noda
falsafiy tasavvurlari aks etgan. Zardushtiylikda xalqni ezgulik va adolat g‘oyalariga
da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar
madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etgan. «Avesto»dagi kosmologik
ta’limotga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer
dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va ob-havo, yil fasllari bilan bog‘liq
bo‘lgan etti qismdan iboratki, bu bobilliklarning etti shamollar haqidagi qadimgi
tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar
doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy
va Quyosh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylik
ta’limotiga ko‘ra tabiat va jamiyat Yovuzlik Axriman yoki Angra- Man’yu)ning
kurashidan iborat bo‘lib, pirovardida, 3000 yildan so‘ng Yaxshilik g‘olib chiqib
haqiqat adolat davri keladi. Shundan omon qolgan odamlar abadiy baxtiyorlikda
yashaydilar[1].

Zardushtiylikda o‘sha davrdagi jamiyatning huquqiy va axloqiy tizimi o‘z aksini

topgan. Zardushtiylikning qonunlar majmuasida halollik, mehnatsevarlik, adolatlilik,
fikr, so‘z va amalda xolislik yuqori axloqiy me’yor asosi sifatida oldinga suriladi.
Zardushtiylikning asosiy e’tiqodi uchlik qoidasida o‘z aksini topgan: xayrli fikr
(gumata), xayrli so‘z (gukta) va xayrli ish (gvarishta). Zardushtiylik axloqining talabi
insonning ruhiy va tana pokligidir. Zardushtiylik tinch va osoyishta, ittifoqlikda
yashashni maslahat beradi, yaqinlarga nisbatan xayrixoh bo‘lishni, bir-biriga yordam
berishni, yomonlik bilan kurashishni, shafqatsizlik, shuhratparastlik, zo‘ravonlik,
o‘zboshimchalik, hasad, tuhmatni mahkum etadi, g‘azab va shahvotga berilmaslikni
targ‘ib etadi, berilgan va’daga vafo qilmaslikni, o‘g‘rilikni ta’qiqlaydi, tuzilgan
shartnomaga rioya etishni, savdoda rostgo‘y bo‘lishni, qarzni o‘z vaqtida to‘lashni
ta’kidlaydi.

Qadimgi Xitoy fan va madaniyati, falsafiy fikrlarning vujudga kelish qonuniyati

Sharqning boshqa hududlaridan farq qiladi. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning
o‘rtalariga kelib, Shan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan.


background image

454

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining
qo‘liga o‘tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda
diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo
bo‘lishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o‘z ta’sirini
o‘tkazgan. Bunday ruhdagi falsafiy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi
Konfutsiy ijodida yaqqol aks etgan. Konfutsiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy
boshqaruv masalalariga diqqat-e’tiborni qaratdi. Konfutsiychilik uchun eng
mukammal namuna o‘tmish edi. Konfutsiy (er.ol. 551-449 yy.) o‘zi haqida shunday
degan edi: «Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman». U va uning izdoshlari
jamiyatning parchalanib ketishidan bezovta bo‘lganliklari sababli asosiy e’tiborni
insonni o‘z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga
qaratdilar. Shaxs o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfutsiychilik
axloqi insonni uning ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq ravishda tushunadi, ta’lim va
tarbiyani esa, insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok
qiladi. Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot va inson turadi. Ammo bu
ibtidolar mantiqiy - aqliy yo‘l bilan emas, balki mavjudlik tabiatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kirib borish yordamida bilib olinadi. Dunyo hech qanday sabablarsiz doimiy harakat
va o‘zgarishda bo‘lib, rivojlanadi, yashaydi va sirtqi ta’sir natijasida emas, balki ichki
sabab natijasida vujudga kelgan. Borliq haqidagi ta’limotda yo‘l tushunchasi – dao -
markaziy maqomdadir. Daosizm aqidasiga ko‘ra, tafakkurning maqsadi, insonni
tabiat bilan «qo‘shilib ketishi» dadir, negaki, u uning tarkibiy qismidir.[5]

Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi.

Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz
xalqlari tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy -
siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII
asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Arabistonning qulay
geografik hududi G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va
uchta qit’ani tutashtirib turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan
rivojlangan. “Islom” arabcha so‘z bo‘lib, tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish,
tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini ta’limoti Qur’on va hadislarda bayon
etilgan. Qur’on muqaddas manba hisoblanib, unda islomiy qonun qoidalar, iymon-
e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. Sunna hadislar
majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin keladigan muqaddas manbadir. Islom dinining
ontologik asosi tavhid g‘oyasiga, ya’ni yagona Olloh tomondan butun borliqning
yaratilishi haqidagi ta’limotga asoslanadi. Gnoseologik asosi esa, insonni Ollohni
anglash yo‘lidagi jismoniy, ruhiy, ma’naviy holat jarayonlarini va oxir oqibatda


background image

455

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ollohni bilish va unga birlashib ketish g‘oyasini ilgari suradi. Islom dinining
ontologik va gnoseologik masalalarini talqin qilishda, ularga teologik va aqidaviy
yondoshuvlar, shuningdek siyosiy masalalarda islomga e’tiqod qiluvchilar bir necha
oqim va yo‘nalishlarga bo‘linib ketganlar.[4]

Xulosa:

Sharq falsafasi inson, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uyg‘unlikni

ta’minlashga qaratilgan chuqur ma’naviy va falsafiy qarashlarni o‘z ichiga oladi. U
qadimgi davrlardan boshlab turli madaniyat va tamaddunlar negizida shakllanib,
hozirgi kungacha o‘z dolzarbligini saqlab qolgan. Konfutsiy, Lao-tszi, Budda, Al-
Farobiy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning g‘oyalari axloqiy komillik, donishmandlik
va hayot mazmuni haqida chuqur mushohada yuritish imkonini beradi.Sharq falsafasi
nafaqat o‘z mintaqasida, balki butun jahon tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib,
bugungi globallashgan dunyoda ham insoniyatga muhim yo‘l-yo‘riq bera oladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. –Тошкент: Ўзбекистон, 1997. 9-бет.

2.

Нижников С.А. История философии. Курс лекций. –М.: Экзамен,

2004-С.29.

3.

Шарипов М, Антик фалсафа.Ўқув қулланма, 2017 йил.

4.

Абдуҳалимов Б. А. “Байт ал-ҳикма” ва Ўрта Осиё олимларининг

Бағдоддаги илмий фаолияти: (IХ-ХI асрларда аниқ ва табиий фанлар). –
Т.ошкент.

5.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social

place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries
Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

6.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of

Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization."

Global Scientific Review

13 (2023): 7-10.

7.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.

"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘."

TADQIQOTLAR. UZ

40.4 (2024): 135-139..

8.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

9.

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE


background image

456

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.

10.

Omonov,

Bahodir

Nurillayevich.

"MARKAZIY

OSIYO

MAMLAKATLARIDA

MINTAQAVIY

INTEGRATSIYA–MUAMMOLAR

YECHIMINING ASOSIY OMILI." Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences 4.21 (2024): 529-535.

11.

Очилова, Гўзал Араловна. "Чучук Сув Танқислиги Муаммосининг

Марказий Осиёга Хавфи. Омонов Баходир Нуриллаевич.

12.

Омонов, Баходир Нуриллаевич. "Идейно-политический путь

просветительского и джадидского движения." Gospodarka i Innowacje. 44
(2024): 235-242.

13.

Azamova S. EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA O

‘ZBEKISTON TA’LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK MADANIYATNING
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Universal xalqaro ilmiy
jurnal. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 286-289.

14.

Azamova, Sitora. "UMUMTA’LIM MAKTAB O ‘QUVCHILARIDA

EKOLOGIK

MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISHNING

USUL

VA

VOSITALARI."

Interpretation and researches

(2024).

15.

Azamova

S.

EKOLOGIK

TA’LIM

VA

TARBIYANING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Библиографические ссылки

Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. –Тошкент: Ўзбекистон, 1997. 9-бет.

Нижников С.А. История философии. Курс лекций. –М.: Экзамен, 2004-С.29.

Шарипов М, Антик фалсафа.Ўқув қулланма, 2017 йил.

Абдуҳалимов Б. А. “Байт ал-ҳикма” ва Ўрта Осиё олимларининг Бағдоддаги илмий фаолияти: (IХ-ХI асрларда аниқ ва табиий фанлар). –Т.ошкент.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Omonov, Bahodir Nurillayevich. "MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA–MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4.21 (2024): 529-535.

Очилова, Гўзал Араловна. "Чучук Сув Танқислиги Муаммосининг Марказий Осиёга Хавфи. Омонов Баходир Нуриллаевич.

Омонов, Баходир Нуриллаевич. "Идейно-политический путь просветительского и джадидского движения." Gospodarka i Innowacje. 44 (2024): 235-242.

Azamova S. EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA O ‘ZBEKISTON TA’LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 286-289.

Azamova, Sitora. "UMUMTA’LIM MAKTAB O ‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING USUL VA VOSITALARI." Interpretation and researches (2024).

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.