4
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SINF RAHBARINING SINF TARBIYAVIY ISHLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Abdujamilova Malika Mansur qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti magistiranti
mahamadaminovamalika@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu maqolada sinf rahbarining sinf tarbiyaviy ishlarini tashkil
etish metodikasi haqida bo‘lib, sinf rahbarini tarbiyaviy jarayondagi asosiy faoliyati
yoritib berilgan.
Kalit sо‘zlar
: Sinf rahbari, о‘quvchilar, jamoa, kompitentlik, ijodiy faoliyat, ish
reja, ota-onalar hamkorligi.
Аннотация:
Данная статья посвящена методике организации классной
воспитательной работы классного руководителя, освещающей основные
направления деятельности классного руководителя в образовательном
процессе.
Ключевые
слова
:
классный
руководитель,
ученики,
команда,
компетентность, творческая деятельность, план работы, сотрудничество с
родителями.
Annotation:
This article is about the methodology of organizing the class
educational work of the class leader, highlighting the main activities of the class
leader in the educational process.
Key words
: form-master, pupils, team, competenty, creative work, work plan,
collaborating with parents.
Sinf rahbari nihoyatda ma’sulyatli va murakkab vazifani bajaradi. U sinfdagi
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o‘quvchilarning murabbiysi, Sinfni tashkil etadi
hamda kamolot tashkilotchilari, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga
ish olib boradi. So‘nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar
bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda maktab jamoat
tashkilotlarining roli tobora oshirildi.
Shu nuqtai nazardan Sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik
ma’suliyatidan kam emas. Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga
tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o‘qituvchilarni
tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar. Sinf rahbarining muhim
vazifalaridan biri bu o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim,
5
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar
asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish,
o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning
sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish
sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
Shuningdek, sinf
rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida
muhim vosita sanaladi. shunki, tashkilotchilik tushunchasining o‘zi keng ma’noga
ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarni tashkil etish sinf
rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi.
Tashkilotchilik funksiyasi quyidagi elementlarga bog‘liqdir. (1-sxema)
Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‘g‘ri taqsimlash,
ishga boshqa o‘qituvchilarni, ota-onalar, o‘quvchilar, otaliq tashkilotlari va ish
obeyktini aniqlash lozim.
Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
1.
Har bir o‘quvchini shaxs sifatida o‘rganish.
2.
O‘quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish.
3.
O‘quvchilarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib
intizomini mustahkamlash.
4.
Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish.
5.
Fan o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni moslashtirish.
6.
O‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash.
O‘tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini
belgilab olish
.
Guruhda barcha ishlar tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ma’lum maqsadni
ko‘zlab o‘tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda oldin shu
ishning modelini tuza bilish lozim.
Guruh rahbari oldiga
qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun o‘z oldiga aniq vazifa
q
o‘ya bilish lozim
.
Guruh rahbari har bir tarkiriy choralarni amalga oshirishda
o‘qituvchi va
o‘quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida
tarbiyaviy tadbirlarning
o‘tkazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini
aniqlash lozim.
6
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Sinf rahbari fan o‘qituvchisi ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‘p qirrali muhim
vazifalarini bajaradi. Shuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik
talablar qo‘ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko‘tarishda muhim
rol o‘ynaydi.
Demak yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan
qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat
.
Yuqori g‘oyaviylik va onglilik.
Sinf rahbari katta obro‘ga ehtiromga va hurmatga ega bo‘lishi
Pedagogik mahorat
Madaniy qobiliyatning mavjudligi
Pedagogik odobga ega bo‘lish
Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo‘lish
Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bo‘lish
Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish
Sinf rahbari kasbini yuqoriga ko‘tarish mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega
bo‘lish.
Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo‘lsa ham
biz quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko‘rsatishni zarur deb bildik.
Sinf rahbarining vazifalari:
O‘quvchilarning anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini
o‘rganish.
O‘quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga
qatnashishini tekshirib borish.
O‘quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni
tayyorlab borishlarini kuzatish.
Sinfda ishlaydigan fan o‘qituvchilari bilan majlis o‘tkazish,
Darsda o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, Sinfda va maktabda
navbatchilikni tashkil etish,
Xonani jihozlash, xonadagi o‘quv asboblarini saqlashga o‘rgatish,
o‘quvchilarning qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o‘tkazish
Sinf majlislarini tizimli va tartibli o‘tkazish.
«Kamolot» tashkiloti bilan ish rejalariga muvofiq darsdan tashqari
ishlarini tashkil etish.
O‘quvchilarning darsdan tashqari o‘qishlari va anjumanlarini o‘tkazish
7
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Sinf o‘quvchilari bilan sport, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi borasida
tadbiriy choralar ko‘rish, o‘quvchilar sog‘ligini muntazam nazorat qilish jismoniy
tarbiya o‘qituvchilari, harbiy ta’lim o‘qituvchilari bilan doimiy aloqada bo‘lish.
O‘quvchilarni rag‘batlantirish va zarur vaqtlarda ularga nisbatan chora
ko‘rish.
O‘quvchilarning ota-onalari bilan tarbiya borasida doimiy aloqada
bo‘lish va ular bilan individual suhbatda bo‘lish.
O‘quvchilarning shaxsiy va sinfga oid hujjatlarni tartibli olib borish.
Sinf rahbarida kasbiy faoliyatini tashkil etishda o‘zida quyidagi kompitentlik
tulari bo‘lishi talab etiladi.
Kasbiy kompitentlik
O‘z fanini mukammal bilishi
Mafkuraviy kompitentlik
G‘oyaviy
e’tiqodi,
milliy
va
umuminsoniy dunyoqarashga egalligi
Boshqaruv kompitentlik
Boshqaruvda
pedagogik-psixologik
malakaga egaligi
Natijada: Sinf jamosiga ta’lim-tarbiya beruvchi shaxs bo‘la oladi
Sinfda tarbiyaviy ishlarga doir masalalarni har tomonlama hal qilish maqsadida
Sinf rahbari o‘quvchilarning ta’lim olishlari Sinfning uyushtirishning tahminiy
rejasini tuzadiki bu reja o‘quvchilar bilan tizimli ish olib borishga katta imkoniyatlar
yaratib beradi.
I.
O‘quvchini o‘rganishning tahminiy dasturi:
O‘quvchilar to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
O‘quvchi qayerda yashaydi?
Ota-onasining kasbi va ish joyi.
Oila a’zolarining va ularning moddiy ta’minlanganligi
Oilada ota-onaning o‘zaro munosabatlari
Oilada o‘quvchinri tarbiyalash xarakteri
O‘quvchining rejimi
Oilaning xo‘jalik ishlarida o‘quvchining ishtiroki
O‘quvchining hayotida eng muhim voqealar
O‘quvchining sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumot
II. O‘quvchilar ijtimoiy dunyoqarashining umumiy holati
Umumiy taraqqiyot (nutq madaniyati dunyoqarashi xarakteri kino, teatr,
muzey, sport majmualariga borish)
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan munosabati
8
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘quvchining davomati
O‘quvchining jismoniy mehnatga munosabati
O‘quvchining intizomi, xulqi tirishqoqligi
O‘quvchining qiziqishi (o‘qishga, sportga)
III. O‘quvchining jamoat ishlarida ishtiroki
Sinfning jamoat ishlarida ishtirok etish
Jamoat ishlarini bajarishi
O‘quvchining sinfdagi obro‘yi va mavqeyi
Sinfni o‘rganishning dasturi.
Sinf hayoti
Sinfdagi o‘quvchilarning yoshi, ruhiy, fiziologik va gigienik xolatlari.
O‘quvchilarning shaxsiy taraqqiyoti, ma’rifatchilik jihatlari.
Sinfdagi jamoatchilik ishlari.
Sinfning hamjihatligi va uyushqoqligi
O‘quvchilarning o‘zaro munosabati.
O‘quvchilarning birgalikda mehnat qilishlari va uning vaqti.
Qizlar va o‘g‘il bolalarning do‘stligi hamda hamfikrligi.
Jamoa a’zolarini himoya qilish.
Sinfda do‘stlik aloqalarining xarakteri
O‘quvchilarning o‘quv yurti va undan tashqarida o‘zaro do‘stlik
munosabatlari qanday?
O‘quvchilarning
bir-biriga
nisbatan
sezgirlik,
kuzatuvchanlik
xususiyatlariga egami?
O‘rtoqlariga nisbatan talabchanligi
O‘rtoqlarning kamchiliklarini ko‘ra biladimi, yo‘qmi?
Sinfning a’lochilar, zukko, ishbilarmon o‘quvchilarning darsdan ketib
qoladigan, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarga munosabatari qanday?
Jismoniy jihatdan zaif bo‘lgan bolalarga qanday yordamlar beriladi?
Sinf faollari.
Faollar hayoti
Ularning Sinfdagi obro‘lari.
Faollarning o‘rtoqlariga nisbatan munosabatlari.
Faollar sinfdan ajralib turadilarmi, sinfdagilar ularni hurmat qiladilarmi
yoki yo‘qmi?
Sinf o‘quvchilari haqida umumiy ma’lumot (tahminiy jadval)
9
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
№
O‘quvchilar
F.i.sh
Tug‘ilgan
sanasi
Maktabga
qachon
qabul
qilingan
Millati Ota-
onasining
ish joyi va
vazifasi
Manzili
Telefon
raqami
(ota-
ona)
1
Sobirov
Ravshan
1998
y
01.09
2005 y
o‘zbek Ota-
O‘qituvchi
KXKda
Ona-
Shifokor
poliklinikada
Toshkent
shahar
Chilonzor
20 mavze
15 uy 14
xona
2...
.....
......
.....
....
....
.....
....
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va qiziqtirish uyg‘otish haqida (tahminiy
jadval)
№
O‘quvchilar ismi va familiyasi Tanlagan kasbi
1.
Sobirov Ravshan
Shifokor
2...
.....
.....
O‘quvchilar jamoasining yuqori ko‘rsatilgan usullar bilan holatini o‘rganish
o‘qituvchiga ko‘p imkoniyatlar beradi. Tajribali o‘qituvchilar hamma vaqt biror
sinfning rahbarligini olishdan avval oldin sinfni batafsil o‘rganadilar, bu esa
keyinchalik sinf rahbariga vaqti tejashda, aniq ish rejalarini tuzishda va o‘z faoliyatini
o‘quv yili davomida belgilangan tarzda amalga oshirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1. Ahliddinov R. Maktabni boshqarish sa’nati.Toshkent “Fan”2006 y
2. Asqar Hayitov “Sinf rahbari”Toshkent “Yangi asr avlodi”2008 yil.
