Авторы

  • Авазбек Джабборов
    Buxoro davlat universiteti

Биография автора

  • Авазбек Джабборов , Buxoro davlat universiteti
    tayanch doktoranti Renesans ta’lim maskani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85230

Ключевые слова:

jadidchilik adabiy tanqid adabiy meros maorif matbuot.

Аннотация

Vadud Mahmud (1898–1976) XX asr boshidagi Turkiston madaniy va adabiy hayotida muhim rol o‘ynagan adib, adabiy tanqidchi va olimdir. Uning adabiy qarashlari, ayniqsa, 1920-yillarda shakllangan bo‘lib, o‘zbek adabiy tanqidining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada Vadud Mahmudning adabiy asarlarni tahlil etish uslubi, ularning badiiyligi, uslubi va tili jihatidan o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Adibning adabiy merosni zamonaviy adabiyot bilan bog‘lashga bo‘lgan intilishi, estetik yondashuvlari va adabiy tanqiddagi o‘rni maqolada atroflicha yoritiladi.


background image

14

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

VADUD MAXMUDNING ADABIY QARASHLARI

Jabborov Avazbek Aloviddin o‘g‘li

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

Renesans ta’lim maskani o‘qituvchisi

avazbekjabborov3770@gmail.com

Annotatsiya:

Vadud Mahmud (1898–1976) XX asr boshidagi Turkiston

madaniy va adabiy hayotida muhim rol o‘ynagan adib, adabiy tanqidchi va olimdir.
Uning adabiy qarashlari, ayniqsa, 1920-yillarda shakllangan bo‘lib, o‘zbek adabiy
tanqidining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada Vadud Mahmudning
adabiy asarlarni tahlil etish uslubi, ularning badiiyligi, uslubi va tili jihatidan o‘ziga
xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Adibning adabiy merosni zamonaviy adabiyot
bilan bog‘lashga bo‘lgan intilishi, estetik yondashuvlari va adabiy tanqiddagi o‘rni
maqolada atroflicha yoritiladi.

Kalit so‘zlar

: jadidchilik, adabiy tanqid, adabiy meros, maorif, matbuot.

Аннотация

: Вадуд Махмуд (1898–1976) — писатель, литературный

критик и ученый, сыгравший важную роль в культурной и литературной жизни
Туркестана в начале XX века. Его литературные взгляды, сформировавшиеся
особенно в 1920-е годы, оказали значительное влияние на развитие узбекской
литературной критики. В данной статье рассматривается метод анализа
литературных

произведений

Вадуда

Махмуда,

его

внимание

к

художественным, стилистическим и языковым особенностям текстов. Особое
внимание уделяется стремлению автора связать литературное наследие с
современной литературой, его эстетическим подходам и вкладу в литературную
критику.

Ключевые слова

: джадидизм, литературная критика, литературное

наследие, просвещение, печать.

Abstract

: Vadud Mahmud (1898–1976) was a writer, literary critic, and scholar

who played a significant role in the cultural and literary life of Turkestan in the early
20th century. His literary views, particularly those formed in the 1920s, had a
considerable impact on the development of Uzbek literary criticism. This article
examines Vadud Mahmud’s approach to analyzing literary works, with a focus on
their artistic, stylistic, and linguistic aspects. Special attention is given to his efforts to
connect literary heritage with contemporary literature, his aesthetic perspectives, and
his contributions to literary criticism.


background image

15

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Keywords

: Jadidism, literary criticism, literary heritage, education, press.


XX asr birinchi choragidagi Turkiston madaniy hayotiga bir qator fidoyi

ziyolilarning xizmatlari juda salmoqli bo‘lib, Vadud Maxmud mana shunday
fidoyilardan biri edi. Vadud Maxmud 1898-yilda Samarqand okrugining Yuqori
Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. U o‘tgan asr 20-
yillarining adabiy tanqidchiligi tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan munaqqid
bo‘lib hisoblanadi. Vadud Maxmud adabiyot maydoniga Samarqand adabiy muhiti
orqali 20-yillar arafasida kirib kelib, bu jarayonga juda faol aralashadi. Maxmudxo‘ja
Behbudiy, Abduqodir Shakkuriy, Vasliy, Siddiqiy Ajziy, Sadriddin Ayniy, Hoji
Muin, Abdurauf Fitrat va Tamhid Samarqandiy singari moharrir, shoir va muallimlar
muhitida tarbiya topadi, ta’lim oladi. Vadud Maxmud adabiy tanqidni asarlarning
badiiy jihatlarini tahlil qilish va ularning adabiy qimmatini aniqlash vositasi sifatida
ko‘rgan. Uning fikricha, adabiy asar nafaqat mazmuni, balki uning badiiy shakli,
tilining nozikligi va uslubining o‘ziga xosligi bilan ham qadrlanadi. Uning adabiy
tanqidiy, publisistik maqolalari “ Kambag‘allar tovushi”, “ Zarafshon”, “Turkiston”,
“ Maorif va o‘qituvchi” kabi gazeta va jurnallarda muntazam nashr qilinib turgan.

Vadud Maxmud adabiy asarlarni tahlil qilishda quyidagi jihatlarga alohida

e’tibor bergan: 1.

Badiiylik va Uslub

. Vadud Maxmud adabiy asarlarning badiiy

jihatlarini ularning uslubi, tilining nozikligi va ifoda vositalarining boyligi bilan
baholagan. Uning fikricha, adabiy asar o‘quvchining ruhiy dunyosiga ta’sir o‘tkazishi
va uni estetik zavq bilan to‘ldirishi kerak. 2.

Musiqiy Ohang va She’r Texnikasi:

Vadud Maxmud she’riyatda musiqiy ohang va she’r texnikasining ahamiyatini
alohida ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, she’rning vazni, qofiyasi va ohangi uning
badiiy qimmatini oshiradi. U Cho‘lpon va Fitrat kabi shoirlarning she’rlarida musiqiy
ohangning muhim rolini aytib o‘tgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘z
vaqtida Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriylarga xolis va to‘gri baho bergan
qalamkashlardan biri ham Vadud maxmud edi. “O‘zbek adabiyotining nasri tilini
endigina yangilab kelayotgan Fitrat bilan ishini ko‘pdan boshlab endigina maydonga
otishga muvaffaq bo‘lgan A. Qodiriydan boshqa hech bir nimaga molik emasdur.
She’rda bo‘lsa, Cho‘lpondan boshqa tilga olarlik va ishini ko‘rsata olg‘on kishimiz
yo‘qdur. Buningda hali kamchiliklari ko‘pdur”. Bu yerda Vadud Maxmudning o‘sha
davrdagi eng zabardast jadidlarimizning asarlariga nisbatan tanqidiy munosabatini
ko‘rish mumkin. 3.

Adabiy meros va Zamonaviy Adabiyot

: Vadud Mahmud adabiy

merosni zamonaviy adabiyot bilan bog‘lashning ahamiyatini alohida ta’kidlagan.
Uning fikricha, adabiy merosni o‘rganish va uni zamonaviy adabiyot bilan


background image

16

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

uyg‘unlashtirish orqali yangi adabiy yutuqlarga erishish mumkin. Vadud Maxmud
adabiy merosni o‘rganish orqali zamonaviy adabiyotning rivojlanishiga hissa
qo‘shish mumkin deb hisoblardi. U Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi klassik shoirlarning
asarlarini o‘rganish va ularning badiiy qimmatini aniqlashga alohida e’tibor qaratgan.

Vadud Maxmud 20-yillardayoq zamonaviy adabiyotdan yuksak badiiylikni,

shakl va mazmundagi mukammallikni talab qilgani holda ko‘hna adabiyotimiz
tahlilini ham eng to‘gri ilmiy yo‘nalishga boshlagan kishilardan biridir: “Bizda
she’rning ikki jabhasi bordir. Chunki ishqimiz ikki jabhalidir: haqiqiy va majoziy”.
Vadud Maxmud “Maorif va o‘qituvchi” gazetasida 1925-yilda chop etilgan “Bu
kungi she’rlarimiz va san’atkorlarimiz” maqolasida Alisher Navoiyning “Mahbub ul-
qulub”, Fuzuliyning “Layli va Majnun”, Mashrabning “ Mabdai nur”, Ahmad
Yassaviyning “Hikmat” asarlaridagi ishqga bo‘lgan munosabat va ularning qanday
talqin etilishi xususida so‘z yuritgan. Misol uchun, Vadud Maxmud “Mahbub ul-
qulub”da ishqni uchga uchga – haqiqiy, majoziy va nafsoniyga ajratadi.

O‘tgan asr 20-yillarida o‘zbek adabiyotshunosligi, adabiy tanqidi yangicha

shakllanish jarayonini boshdan kechirayotgan edi. Har qaysi havasmand
adabiyotshunos yoki munaqqid o‘z ta’biga maqul bo‘lgan falsafiy nazariyalarga,
biror olim yoki yozuvchi tajribalariga tayanar edi. Vadud Mahmud va ijodkor
dunyoqarashiga, islom va tasavvuf falsafasiga, badiiy asarlardagi til va uslubga,
shuningdek, adabiyotning go‘zalligi va yasalishiga, nafosatni yuzaga keltiruvchi,
inson qalbini zavqlantiruvchi unsurlarga etiborini qaratdi. Vadud Maxmudning
fikricha, adabiy merosni o‘rganishda uning tarixiy sharoitlari, madaniy konteksti va
ijtimoiy ahamiyatini hisobga olish kerak. U adabiy merosni faqat o‘tmishdagi
yutuqlar sifatida emas, balki zamonaviy adabiyot uchun manba sifatida ham qaragan.

Vadud Maxmud o‘z davrining shoirlari va yozuvchilari, jumladan Cho‘lpon,

Fitrat, Siddiqiy Ajziy kabi adiblarning asarlarini tahlil qilgan. Uning nuqatayi
nazaricha, bu shoirlar o‘zbek adabiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.
Vadud Maxmud Cho‘lponning “Buloqlar” to‘plamini o‘zbek adabiyotiga yangi
ohang kiritgan asar sifatida baholagan. U Fitratning “Chin sevish” va “Hind
inqilobchilari” kabi asarlarini ham yuqori baholagan. Vadud Maxmudning jadid
adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Siddiqiy Ajziy haqidagi “Turk shoiri
Ajziy” nomli maqolasi 20-yillar o‘zbek adabiy tanqidchiligida muhim o‘rin tutadi.
Munaqqid ushbu tadqiqotida shoir she’rlaridagi obrazlarga, o‘xshatish va an’anaviy
ramzlarga katta e’tibor beradi. Ajziy she’rlaridagi “hijron, baxt, ruxsor, ishq, husn,
hol, xat” singari ramzlarning eski adabiyotdagi ma’nolardan farqli tarzda ijtimoiy
ma’no kasb etganini aytadi. Ular iloh vasfi uchun emas, real zamindagi go‘zal qiz


background image

17

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

latofatining tavsifi uchun ham emas, balki xalq, millat siyrat va suratini
gavdalantirish uchun qo‘llanganligini ko‘rsatib beradi. Vadud Maxmud fikricha,
shoirlar va yozuvchilar o‘z asarlarida ijtimoiy masalalarni ko‘tarish, xalqning ruhiy
dunyosini ifodalash va zamonaviy adabiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shishlari
kerak.

Vadud Maxmud faqatgina sharq adabiyoti namoyondalari va o‘zbek

jadidlarining asarlarini tahlil qilish bilan cheklanib qolmay, ma’lum darajada jahon
adabiyotining tajribalariga ham tayandi, ulardagi fikriy yuksaklikga havas qildi.
Shuning uchun ham, u o‘z maqolalarida R. Tagor, M. Gandi, E.Po singari mashhur
kishilarning nomlarini tilga oladi. Nazariy qarashlarni asoslashda, ayniqsa, amerikalik
mashhur adib va shoir Edgar Poning ijodiy tajribalaridan unumli foydalanganligi
sezilib turadi.

Xulosa

. Vadud Maxmudning adabiy qarashlari o‘zbek adabiy tanqidining

rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. U adabiy asarlarni tahlil qilishda ularning
badiiyligi, uslubi va tiliga alohida e’tibor bergan. Vadud Maxmudning fikricha,
adabiy merosni o‘rganish va uni zamonaviy adabiyot bilan bog‘lash orqali yangi
adabiy yutuqlarga erishish mumkin. Uning qarashlari zamonaviy adabiyotshunoslik
va tanqidiy adabiyotshunoslikning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Vadud Maxmud. Tanlangan asarlar. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2007.
2. Bahodir Karimov. Vadud Maxmud: Hayoti va Ijodi. Toshkent: “Fan”, 2005.
3.Ne’mat Hakim. O‘zbek adabiyotida tanqid va adabiy muhokamalar. Toshkent:

“Adabiyot va san’at”, 1984.

4. Vadud Maxmud. Bu kungi she’rlarimiz va sa’atkorlarimiz. “Maorif va

O‘qituvchi”, 1925, 5-6, 7-8 -sonlar.

5.

www.ziyouz.com

kutubxonasi.

Библиографические ссылки

Vadud Maxmud. Tanlangan asarlar. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2007.

Bahodir Karimov. Vadud Maxmud: Hayoti va Ijodi. Toshkent: “Fan”, 2005.

Ne’mat Hakim. O‘zbek adabiyotida tanqid va adabiy muhokamalar. Toshkent: “Adabiyot va san’at”, 1984.

Vadud Maxmud. Bu kungi she’rlarimiz va sa’atkorlarimiz. “Maorif va O‘qituvchi”, 1925, 5-6, 7-8 -sonlar.

www.ziyouz.com kutubxonasi.