Авторы

  • Xилола Ишматова
    Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi

Биография автора

  • Xилола Ишматова , Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
    “Xavaskorlik xor jamoasi dirijo‘ri” bo‘lim boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85234

Ключевые слова:

xor dirijo‘rlik vokal-xor ijrochilik intonatsiya ritm diktsiya repertuar kompozitor simfonik-orkestr kontsert gastrol.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbek xor san’atini rivojlantirish va ushbu yo‘nalish uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayorlash tamoyillari taklifi berilgan.


background image

38

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XOR IJROCHILIGINING MASALALARI

Ishmatova Hilola Ismailovna

Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “Xavaskorlik xor jamoasi

dirijo‘ri” bo‘lim boshlig‘i

ishmatovahilola317@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbek xor san’atini rivojlantirish va ushbu

yo‘nalish uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayorlash tamoyillari taklifi berilgan.

Kalit so‘zlar:

xor, dirijo‘rlik, vokal-xor ijrochilik, intonatsiya, ritm, diktsiya,

repertuar, kompozitor, simfonik-orkestr, kontsert, gastrol.


Tarixdan bilamizki O'rta Osiyo zaminidan buyuklar yetishib chiqqan. Ilmiy va

diniy ta’limot bo‘yicha oldingi saflarda bo‘lishgan. O‘z sohasining yetuk
namoyondalari Imom Al Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al
Xorazmiylar olamshumul kashfiyotlar qilganlar. “Musiqa va sa’nat insonga ma’naviy
oziqa bo‘lishi bilan birga uni tarbiyalashda ham ahamiyatlidir” degan fikrni ilgari
surganlar. Shunday ekan jamoaviy ijrochilik ham insonlarda chuqur estetik zavq
uyg‘otibgina qolmay ularni jipslashtiradi, jamoa bo‘lib birlashtiradi, ma’naviy
saviyasini, badiiy didini oshirishga yordam beradi.

Hozirgi rivojlanish asrida ta’lim sohasi kabi san’atning “Xor dirijo‘rlik”

yo‘nalishini ham rivojlanayapti deya olamizmi? Respublika miq’yosida olib
qaraganda ha rivojlanyapti deyishimiz mumkin. O‘zbek xor san’ati XX asrda kasbiy
darajada ko‘p ovozli xor ijrochiligi rivojlandi va bu yo‘lda yetuk professional
mutaxassis ustozlarning mehnati beqiyos bo‘ldi. Hozirgi kunda ham O‘zbekiston
Davlat konservatoriyasining bir qancha professor, dotsent o‘qituvchilari bu yo‘lda
o‘zlarining izlanishlarini olib boryaptilar. Buni natijasida bir qancha xor
jamoalarining faoliyati kengayib, repertuarlari har hil janrdagi asarlar bilan boyib
bormoqda.

Lekin afsuski yuqoridagi rivojlanish, yuksalishlar faqatgina poytaxtda bo‘lib

kelmoqda. Viloyatlar ichida xor ijrochiligini rivojlantirish talab darajasida deya
olmaymiz. Bu masalada muammolar talaygina. Asosan ixtisoslashtirilgan san’at
maktablari va Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi o‘quvchilar xorlari ishlab
turibdi. Mustaqil faoliyat olib boruvchi xor jamoalarini yo‘q desak xato qilmaymiz.
Bunga sabab o‘tgan asrdagi kabi kasbini sevuvchu, fidoiy, mahoratli professional
vazifasiga ma’suliyat bilan yondoshuvchi o‘z sohasini ishqivozi bo‘lgan kadrlar


background image

39

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yetishmasligida deb o‘ylayman. Bunday muammolar yechimini eng quyi bosqich
ta’lim B.M.S.M. laridan boshlash kerak. B.M.S.M. larida xor sinfi darslari bir haftada
atigi bir soatgina olib boriladi. Boshqa yo‘nalishlar kabi “Xor didijorlik” yo‘nalishi
yo‘q. Bu qisqa vaqt ichida vokal-xor ijrochilik malakalarini shakllantirish, asarlar
ustida ishlash murakkablik tug‘dirib kelmoqda. Xor rahbarlari o‘quvchilar bilan ovoz
sozlash mashqlarini e’tibor bilan olib bormaydilar, qo‘shiqlar ustida ishlash
jarayonida

o‘quvchilar

bilan

notaga

qarab

kuylash

ko‘nikmalaridan

foydalanmaydilar. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda Ixtisoslashtirilgan san’at
maktabining malakali ustozlari mahorat darslarini olib borib, uslubiy ko‘maklar berib
kelmoqdalar. Bundan tashqari ortiqcha tadbirlar o‘quvchilarni darsga jalb qilishda
xalaqit qilmoqda.

Undan keying bosqich bu Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari bo‘lib muddati

ikki yilga qisqartirilganligi uchun o‘quvchilarning vaqti “Xor didrijorlik” san’ati
xaqida tushuncha olish va yo‘nalishga moslashish bilan o‘tib ketmoqda. Kichik
mutaxassis tayorlash u yoqda tursin o‘quv dasturni bajarish amri mahol bo‘lib
qolmoqda. Dasturda berilgan talablar va asarlar qisqartirilib o‘quvchilar to‘liq emas,
balki sayoz bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lib o‘qishni tamomlamoqda.

Yana bir muammo o‘qishga qabul jarayonida o‘quvchining bilim saviyasining

pastligi va tanlovning yo‘qligidadir. Qabul qilinayotgan o‘quvchilarning vokal -
ijrochilik malakalarini yetarli emasligi uchun asosiy vaqt ular bilan bu ko‘nikmalarni
o‘rnatish, toza intonatsiya, sozlanishga erishish anchagina mushkul bo‘lmoqda.
Aksariyat o‘quvchilarda ritmni his qilish xususiyati, eshitish qobiliyatini sust
rivojlanganligi uchun ish jarayonida ko‘p izlanishlarga to‘g‘ri kelmoqda. Musiqa
maktablarida oquvchilar xor sinflariga kam qatnashadilar va ularda ovoz apparati
to‘g‘ri shakllanmagan. Bo‘limdagi o‘qituvchilar dars jarayonida to‘g‘ri tovush hosil
qilish, nafas olish, toza intonatsiyaga erishish, diktsiya xususiyatlarini rivojlantirish
ustida astoydil ish olib bormoqdalar. Shunga qaramay mashaqqatli mehnat evaziga
imkoniyat darajasida tanlangan asarlarni sof darajada ifodali ijrosiga erishishga
harakat qilmoqdamiz. Repertuar tanlashda ham o‘zbek, rus, chet el kompozitorlari
asarlari va turli hil janrlarda bo‘lishiga ham katta ahamiyat qaratmoqdamiz.

Bundan tashqari viloyatlarda xor ijrochilik san’atini rivojlantirishda mustaqil

faoliyat

olib

boruvchi

xor

jamoalarining

yo‘qligi

ham

yo‘nalishimizni

oqsayotganligidan dalolat beradi. O‘quvchilarda xor jamoalari xaqida tasavvur hosil
qilish, jonli ijroni eshitish imkoniyati afsuski yo‘q. Alabatta xor jamoasini tashkil
qilish oson emas. Buni o‘ziga yarasha tashkiliy-moliyaviy ishlari bo‘lib birgina xor
rahbarini o‘ziga qiyinchilik tug‘dirish mumkin, lekin shunga qaramay bir narsani faxr


background image

40

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bilan aytishim mumkinki xususan bizning Andijon viloyatimizda yoshlar simfonik
orkestri va xori tashkil qilindi. O‘ziga xos repertuar tayorlanib, bir necha bor kontsert
va gastrol safarlari uyushtirilib kelinmoqda. Doimiy ravishda viloyatimizda bo‘lib
o‘tayotgan davlat tadbirlarida faol qatnashib kelmoqda. Lekin xozirgi kunga qadar
ham orkestr va xorda ishlash uchun o‘rin shtatlar moliyalashtirilmagan.
Mutasaddilarning bergan va’dalari va’daligicha qolib ketmoqda. Ixtisoslachtirilgan
san’at maktabining “Xor dirijo‘rlik” bo‘limining fidoiy o‘qituvchi va o‘quvchilari
hech qanday rag‘batlantirishlarsiz be’minat mehnatlari bilan xorda qatnashib
kelmoqdalar.

Bir so‘z bilan aytganda kamchiliklar muammolar hammamizni bir necha

yillardan beri qiynab kelmoqda. Hammamiz bir-dek harakat qilib qo‘yilgan
maqsadga erishishimiz kerak deb o‘ylayman. O‘quvchilar dastlabki xor ijrochilik
malakasiga BMSM larda, ikkinchi bosqichni esa uch yoki to‘rt yillik bilim yutlarida,
oliy ta’limda esa professional bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lgandan so‘nggina bu
sohada yetuk mutaxassis qadrlar bo‘lib yetishishlari mumkin va o‘zbek xor
san’atining buyuk namoyondalari asos solgan yo‘lni munosib davom ettirib,o‘zbek
xor san’atini rivojlantirishda, ommalashtirishda, yuqori cho‘qillariga ko‘tarishda o‘z
hissalarini qo‘shishlariga ishonaman.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:

1. “Xorshunoslik” N. Sharafiyeva 1987 yil.
2. “Musiqa” 7-sinf uchun darslik O. Ibrohimov, J. Sadirov 2017 yil.
3. “Xorshunoslik” Sh. Ro‘ziyev 1987 yil.

Библиографические ссылки

“Xorshunoslik” N. Sharafiyeva 1987 yil.

“Musiqa” 7-sinf uchun darslik O. Ibrohimov, J. Sadirov 2017 yil.

“Xorshunoslik” Sh. Ro‘ziyev 1987 yil.