Авторы

  • Мадина Таджимуратова
    Qoraqalpoq davlat universiteti

Биография автора

  • Мадина Таджимуратова , Qoraqalpoq davlat universiteti
    1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85237

Ключевые слова:

Kyzylkum shoradozads solsola white and black saxes zaysan saxes sarsazan buyurgun teresken Takhtajan

Аннотация

Bioecological characteristics of some species belonging to the Chenopodiaceae family distributed around the city of Nukus and their importance. Studying the morphological characteristics of the family and the number of common species.


background image

49

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

QIZILQUMNING NUKUS SHAHRI ATROFIDA TARQALGAN

CHENOPODIACEA OILASIGA MANSUB AYRIM TURLARNING

BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISH

Tajimuratova Madina Muxtorovna

Qoraqalpoq davlat universiteti 1-kurs magistranti

tajimurotovamadina@gmail.com

Annotatsiya:

Bioecological characteristics of some species belonging to the

Chenopodiaceae family distributed around the city of Nukus and their importance.
Studying the morphological characteristics of the family and the number of common
species.

Key words:

Kyzylkum, shoradozads, solsola, white and black saxes, zaysan

saxes, sarsazan, buyurgun, teresken, Takhtajan

Анатация:

Биоэкологическая характеристика некоторых видов семейства

Chenopodiaceae, распространенных в районе города Нукуса, и их значение.
Изучение морфологических особенностей семейства и числа распространенных
видов.

Ключевые слова:

Кызылкум, шорадозады, солсола, белые и черные

саксы, зайсанские саксы, сарсазан, буюргун, терескен, Тахтажан.

Annotatsiya:

Qizilqumning Nukus shahri atrofida tarqalgan Chenopodiaceae

oilasiga mansub ayrim turlarining bioekologik xususiyatlarini va ularning ahamiyati.
Oilaning marfologik belgilari va ko‘p uchraydigan turlarni sonini o‘rganish.

Kalit so‘zlar:

Qizilqum, sho‘radoshlar, solsola, oq va qora saksavul, zaysan

saksavul, sarsazan, buyurg‘un, teresken, Takhtajan


Hozirgi kunda dengiz sathini saqlashning iloji yo‘q. O‘simliklar mavjud

bo‘lmagan hududlarda shamol ta’sirida qum va tuz uchushini kamaytirish maqsadida
sun’iy o‘rmonlar barpo qilish muhum ahamiyatga ega. Shu sababli, 1981-yildan
boshlab dengiz suvi qurugan joylarda oq va qora saksavul, qandim cherkez va boshqa
o‘simliklarni o‘stirishga e’tibor berila boshlandi. 2022-yilda Orol dengizining
qurugani global ekologik muommoning oldini olish va aholining ijtimoy-iqtisodiy
yashash tarzini yaxshilash borasida chora-tadbirlar olib borildi. 107 ming gektarda
saksavul va boshqa cho‘l o‘simliklarida “ Yashil maydon “ barpo etildi.[1]

Dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida cho‘l o‘simlik turlarining xilma-

xilligi, ularning ekologik-funktsional va moslashuvchanlik xususiyatlarini aniqlash


background image

50

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Mazkur sohada jahonning yetakchi ilmiy
markazlari olimlari, jumladan, O‘ucherer O‘., Breckle S.O‘., Dimeeva L.A., Toderich
K.N., Shuyskaya E.V., Khujanazarov T.M., Shoaib I., Yoshiko K., Kurochkina
L.Ya., Kuznetsov L.A., Pankratova İ.V., Suxorukov A.P. lar tomonidan
Qizilqumning ayrim hududlari va Shimoliy Orololdi hududlari o‘simlik turlarining
tarkibi, ekologiyasi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha faoliyat olib borilgan,
cho‘llanish muammosining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini yumshatishni
tatqiq qilishgan.Shimoli-G‘arbiy Qizilqumning Nukus shahri atrofi tabiiy biologik
obektlarining hozirgi ekologik xolatini monitoring qilishda avvalam bor cho‘l
ekosistemasining asosiy qismini tashkil qiluvchi o‘simlik turlari xilma-xillini
aniqlash, ularni tasniflash va o‘simliklarning atrof muhitga moslashib borish
tendentsiyasini ekologik mezonlar orqali baxolash muhim masalalardan biri
bo‘lmoqda.[4]

Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi morfologik belgilariga nisbatan

Ko‘knordoshlar

oilasiga

yaqin

hisoblanadi.

Bu

oila

Chinnigulnamolar

(Caryophyllales) qabilasiga mansub bo‘lib, 110ga yaqin turkum va 1600 turni o‘z
tarkibiga birlashtiradi. Oila vakillarini o‘t, buta va yarim butalar, past bo‘yli daraxtlar
tashkil qiladi. Ular yer yuzida keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda 51 turkumga
mansub 320 turi o‘sadi. Ulardan 43 turkumga oid 176 turi O‘zbekiston hududida
tarqalgan. Oila vakillarining barglari oddiy, dag‘al, tuxumsimon, ellipssimon, chetlari
tishsimon poyada ketma-ket va qarama-qarshi o‘rnashgan bo‘ladi. Asosan cho‘l
zonasida o‘sganligi tufayli gullari ko‘rimsiz va mayda, gulqo‘rg‘oni oddiy tuzilgan.
Gulqo‘rg‘oni va changchilari 5 tadan, urug‘chisi 2-5 ta meva barglarning
qo‘shilishida hosil

bo‘lgan. Gullari ikki jinsli ayrim vakillari olabutalarda ayrim

jinsli. Mevasi qanotchali 10-30mm Tanasi tuksiz ba’zida tuklar bilan qoplangan
vakillari ham uchrab turadi.

Oilaning yetakchilik xususiyatini Turon provintsiyasiga kiradigan boshqa

floralarda ham qayd etilganligini koʼrish mumkin. Bu oilaning yetakchilik
xususiyatini Salsola (17 tur), Suaeda (7), Climacoptera (6), Atriplex (4),
Halimocnemis (4) turkumlarida turlarning koʼp uchrashi bilan asoslash mumkin.
Qolgan turkumlar 1- 3 turdan iborat. [2] Mazkur oila janubi-gʼarbiy Qizilqum
tarkibida 91 tur yoki 15,69 % bilan ishtiroki mazkur floradagi ulushiga yaqinligini
namoyon qildi. Bu holat choʼlga xos xususiyatlarni namoyon qiladigan floralar bilan
umumiylikni koʼrsatdi.[5]


background image

51

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tadqiqotlar davomida to‘plangan gerbariy namunalarni aniqlash va tahlil qilish

natijasida Qizilqumning Nukus shahri atrofida tarqalgan Chenopodiaceae oilasiga
mansub 21 turkumga mansub 55 yuksak o‘simlik turlari tarqalgan.[4]

Turlarning taksonomik tahlili A.L. Takhtajan taklif etgan tizim asosida, hayotiy

shakllar turlarning ilmiy nomlari boʼyicha keltirildi.[3]

“Climacoptera merkulowiczii (Zakirov) Botsch. Klimakoptera merkulovicha –

merkulovich baliqkoʼzi. Bir yillik. Qizilqum. Shoʼr tuproqlar va tashlandiq yerlarda
uchraydi. Qizilqum endemi. Yem-xashak oʼsimligi.

Climacoptera minkwitzae (Korovin) Botsch. Klimakoptera minkvitsa – minkvits

baliqkoʼzi. Bir yillik. Qizilqum. Shoʼr tuproqlar, yoʼl boʼylari va tashlandiq yerlarda
uchraydi. Qizilqum endemi. Yem- xashak oʼsimligi.

Salsola androssovii Litv. Solyanka androsova – androsov shoʼragi. Bir yillik.

Qizilqum. Shoʼrxoklar, gilli-qumli tuproqlarda oʼsadi. Qizilqum endemi. Yem-xashak
oʼsimligi.

Qora saksavul (Halahulon apholu lijin) - bir yillik chirigan poyalari eng yahshi

yoqilg‘i bo‘lib, undan ko‘mir tayyorlanadi. Qizilqum cho‘llarida uchraydi.

Oq saksavul (haloxylon persikum) -bir yillik o‘simlik. Ko‘chma qumlarni tutib

qolishi tufayli temir yo‘l yoqlariga cho‘ldagi ovul quduqlar atrofiga ekiladi. Undan
eng sifatli yoqilg‘i ham tayyorlanadi. Undan tayyorlangan komir oyoq og‘riq
kasalligiga yahshi davo beradi. Uning gulidan achchiq tuzlar olinadi. U Qizilqum
Buxoro oblastlarida qumloq joylarda ustyurtning janubi tomonidagi adirda ko‘p
o‘sadi.

Zaysan saksovul (H. ammodendron)-tanasi juda sershox, egri-bugri, bo'yi 3

metrgacha yetadigan buta o'simlikdir. Bu saksovul qora saksovulga yaqin turadi,
lekin po'stlog'i rangining birmuncha ochligi va shox, novdalarining sersuvligi bilan
undan farq qiladi. Bu saksovul O'rta Osiyoda (Ustyurtda, Qoraqum va Qizilqumning
qum ko'chmaydigan joylarida) uchraydi. Qora saksovul qanday ahamiyatga ega
bo'lsa, zaysan saksovul ham shunday ahamiyatga ega.

Sarsazan (Haloknemum strobilakeum)- sho‘radoshlar oilasidan.Bo‘yi 10-30 sm

chala buta. taqir, nam, sho‘r yerlarda o‘sadi.

Teresken (Eurotia ceratoidies)- chala buta o'simlik. Cho'l va chala cho'l

zonalarida tarqalgan. Pomir tog'laridagi bu o'simlik hayvonlar uchun yem-xashak,
mahalliy xalq uchun esa yoqilg'i hisoblanadi.

Buyurg'un (A. salsa)-

buyurg'un chala buta o'simlik. Sho'rxoklarda, cho'llardagi sho'r yerlarda, sho'r
qumliklar va taqirlarda o'sadi. Buyurg'un qo'y va tuyalar uchun xashak bo'ladi.


background image

52

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xulosa qilib aytganda, Qizilqumning Nukus shahri atrofida tarqalgan

Chenopodiaceae oilasiga mansub o‘simliklarning aksariyatini qum va sho‘rlangan
tuproqlarda o‘sishga moslashgan turlar tashkil qiladi. Mazkur o‘simliklardan
degradatsiyaga uchragan tuproqlarni o‘zlashtirishda, fitomelioratsiya ishlarini olib
borishda va ko‘chma qum va barxanlarni mustahkamlashda istiqbolli turlarni tanlash
imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Baratov P,.Mamatqulov M. “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi 2000-y.
2. Seydemetov D., Pratov U, Sarıbaev B. O‘simlikler anıqlag‘ıshı. No‘kis:

Bilim, 1990.

3. Takhtajan A.L. Deversity and classification of Flovering Plants. Columbia

University Press, 1997. 643 p

4. SHerbaev B. Flora i rastitelnost Karakalpakii. – Nukus: Karakalpakstan,

1988. – 304 s.

5. Shomurodov H.F. Qizilqumning em-xashak o‘simliklari va ulardan

foydalanish istiqbollari // Biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi
avtoreferati. Toshkent, 2018

Библиографические ссылки

Baratov P,.Mamatqulov M. “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi 2000-y.

Seydemetov D., Pratov U, Sarıbaev B. O‘simlikler anıqlag‘ıshı. No‘kis: Bilim, 1990.

Takhtajan A.L. Deversity and classification of Flovering Plants. Columbia University Press, 1997. 643 p

SHerbaev B. Flora i rastitelnost Karakalpakii. – Nukus: Karakalpakstan, 1988. – 304 s.

Shomurodov H.F. Qizilqumning em-xashak o‘simliklari va ulardan foydalanish istiqbollari // Biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2018