Авторы

  • Азиза Ёлдошова
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Азиза Яхшимуротова
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Мафтуна Ергашева
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Биографии авторов

  • Азиза Ёлдошова , Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    Sug‘urta ishi kafedrasi assistenti
  • Азиза Яхшимуротова , Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    talabasi
  • Мафтуна Ергашева , Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85238

Ключевые слова:

startap loyilahar subsidiyalar tadbirkorlik yangi ekotizim raqamli texnologiyalar innovatsion g‘oyalar yoshlarni qo‘llab quvvatlash raqamli iqtisod.

Аннотация

Bu maqolada yoshlarning hozirgi qilayotgan biznes loyihalari, yangi va innovatsion g‘oyalarini tatbiq etiladi. Yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi hamda oliy o‘quv yurtlarida talaba yoshlarning startap loyihalarini ko‘rib chiqib, eng maqbullarini saralab uni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yoshlar uchun ochilgan keng ko‘lamli imkoniyatlar eshigi va bu sohada bo‘layotgan rivojlanishlar, o‘zgarishlarda yosh avlodning o‘rni. Rivojlanib borayotgan davlatimizda moliyaviy infratuzilmalarning ahamiyati, yirik biznes hamkorlar tomonidan startaplarni moliyalashtirish masalalari hamda kelajak kasblarining biznes g‘oyalarida ishtiroki.


background image

53

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

STARTAP TIZIMI VA TALABA-YOSHLARNING TADBIRKORLIK

FAOLIYATI

Yo‘ldoshova Aziza

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sug‘urta ishi kafedrasi assistenti

Yaxshimurotova Aziza Sheraliyevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

yakhshimurotovaaziza@gmail.com

Ergasheva Maftuna Baxtiyor qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi


Annotatsiya:

Bu maqolada yoshlarning hozirgi qilayotgan biznes loyihalari,

yangi va innovatsion g‘oyalarini tatbiq etiladi. Yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan
qiziqishini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi hamda oliy o‘quv yurtlarida talaba
yoshlarning startap loyihalarini ko‘rib chiqib, eng maqbullarini saralab uni amalga
oshirish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yoshlar uchun ochilgan keng ko‘lamli
imkoniyatlar eshigi va bu sohada bo‘layotgan rivojlanishlar, o‘zgarishlarda yosh
avlodning o‘rni. Rivojlanib borayotgan davlatimizda moliyaviy infratuzilmalarning
ahamiyati, yirik biznes hamkorlar tomonidan startaplarni moliyalashtirish masalalari
hamda kelajak kasblarining biznes g‘oyalarida ishtiroki.

Kalit so‘zlar:

startap loyilahar, subsidiyalar, tadbirkorlik, yangi ekotizim,

raqamli texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar, yoshlarni qo‘llab quvvatlash, raqamli
iqtisod.

Аннотация:

В этой статье будут представлены актуальные бизнес-

проекты, новые и инновационные идеи, которые реализуют молодые люди. На
мероприятии будут обсуждаться вопросы государственной поддержки интереса
молодежи к предпринимательству и возможности вузов рассматривать стартап-
проекты молодых студентов, отбирать наиболее подходящие из них и
реализовывать их. Широкий спектр возможностей, открывшихся перед
молодежью, и роль молодого поколения в событиях и изменениях,
происходящих в этой области. Важность финансовой инфраструктуры в нашей
развивающейся стране, вопросы финансирования стартапов крупными бизнес-
партнерами и участие будущих профессий в бизнес-идеях.

Ключевые слова:

стартап-проекты, субсидии, предпринимательство,

новая экосистема, цифровые технологии, инновационные идеи, поддержка
молодежи, цифровая экономика.


background image

54

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Annotation:

This article discusses the current business projects, new and

innovative ideas of young people. It discusses the state's support for young people's
interest in entrepreneurship and the opportunities for students in higher education
institutions to review startup projects, select the most suitable ones and implement
them. The wide range of opportunities opened for young people and the role of the
younger generation in the developments and changes taking place in this area. The
importance of financial infrastructure in our developing country, issues of financing
startups by large business partners, and the participation of future professions in
business ideas.

Keywords:

start-up projects, subsidies, entrepreneurship, new ecosystem,

digital technologies, innovative ideas, youth support, digital finance.


Jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanishi bilan birga, kichik va o‘rta biznes

hamda startap tizimlariga talab ortib bormoqda. Ayniqsa, talabalar va yoshlarning
tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Talabalar o‘rtasida tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish
nafaqat ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, balki innovatsion
g‘oyalarga boy muhitni ham yaratadi. Bugungi kunda startap ekotizimlari yangi
texnologiyalar, mahsulot va xizmatlarni joriy etish uchun beqiyos platforma
vazifasini bajaradi. Ular tadbirkorlarga kerakli bilim va tajribani olish, shuningdek,
dastlabki investitsiyalar jalb qilish imkonini beradi. Ushbu tizim nafaqat yoshlarning
ijodiy

salohiyatini

ro‘yobga

chiqarishda,

balki

milliy

iqtisodiyotning

raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Talaba-yoshlar tadbirkorligining ahamiyati shundaki, ular innovatsion g‘oyalar

va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish orqali an’anaviy biznes modellarini
yangilash imkoniyatiga ega. Bu esa kelajakda barqaror rivojlanish yo‘lida muhim
qadamlar qo‘yishga yordam beradi. Startap ekotizimlar esa, o‘z navbatida, yosh
tadbirkorlarga resurslar, maslahat va moliyaviy ko‘mak berish orqali ularning
loyihalarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Mamlakatimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 20 milliondan ortiq yoki

aholining 60 foizini tashkil qiladi (2023-yil holatiga ko‘ra). Ko‘rsatkichlardan
ko‘rishimiz mumkinki O‘zbekistonda yoshlar ko‘p, shu bilan birgalikda har yili oliy
o‘quv yurtlarini bir qancha talabalar tamomlaydi, jumladan 2023/2024 o‘quv yilida
oliya ta’lim muassasalarini 190 mingdan ortiq talaba tamomlagan. Ko‘rishimiz
mumkinki yoshlar o‘rtasida mehnat bozoriga kirish uchun raqobat kuchaygan.
Mehnat bozoriga o‘zining yangi va innovatsion startaplari bilan kirib kelgan yoshlar


background image

55

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ham bor bo‘lib, ular loyihalarini amalga oshirishlari davomida yana boshqa yosh
kadrlar uchun ish o‘rinlari yaratishadi. Bu esa nafaqat tadbirkorlik sohasida balki
yetuk kadrlarni tayyotlash uchun yo‘l desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentimiz yoshlarning kelajagiga taalluqli har qanday masala eng ustuvor

ahamiyat kasb etishini doimo alohida qayd etadi. Ushbu yondashuv “O‘zbekiston –
2030” strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, mazkur muhim hujjatda
belgilangan "Har bir inson uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun
munosib sharoitlar yaratish" nomli birinchi yo‘nalish 44 banddan iborat bo‘lib,
ularning 25 dan ortig‘i bevosita yoshlar manfaatlari bilan bog‘liqdir.

Koʻrsatilayotgan doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik yosh avlod zimmasiga zalvorli

masʼuliyat yuklaydi, yoshlarimizdan xalqimiz oldida turgan yuksak maqsadlarga
erishishda yanada faollik koʻrsatishni talab etadi. 30-iyun sanasi mamlakatimizda
Yoshlar kuni, deb eʼlon qilingan. Shu dalilning oʻzi ham keyingi davrda yurtimizda
yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash,
tashabbuslarini ragʻbatlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

2022 yilning oʻzida yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion soʻm kredit berilib, 150

mingta loyiha ishga tushirilgan, 325 mingta ish oʻrni yaratilgan. 43 ming gektar ekin
maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi taʼminlangan. 32 mingdan ziyod
yoshlarga subsidiya orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib
berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar
sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning
tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5088 sonli qaroriga muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Yoshlarni biznesini qo‘llab quvvatlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun

biznes inkubatorlarni jalb qilish ham ustuvor vazifalardan bo‘ldi. Biznes inkubatorlar
- bu yangi tadbirkorlarga o‘z bizneslarini rivojlantirish va bozorga chiqishlarida
yordam beradigan tashkilotlardir. Ularning afzalliklari juda ko‘p bo‘lib, quyida
ulardan asosiylari keltirilgan:

1.

Resurslar va infratuzilma;

2.

Maslahatlar va mentorlar;

3.

Tarmoq tuzish;

4.

Ta’lim va treninglar;

5.

Moliyaviy yordam;

6.

Bozorga chiqish imkoniyati;


background image

56

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

7.

Qonuniy va buxgalteriya yordami;

8.

Xatarlarni kamaytirish;

9.

Barqarorlikni oshirish;

10.

Ijtimoiy javobgarlik va boshqalar.

Yoshlarga ko'proq moliyaviy va axborot yordamini taqdim etish, startap

inkubatorlar va akseleratorlarni tashkil qilish, shuningdek, ta'lim dasturlarini
takomillashtirish talab etiladi. Bular yoshlarning innovatsion g'oyalarini amalga
oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

2024-yil “Yoshlar va biznesni qo ‘llab–quvvatlash yili” deb nomlanishining o‘zi

ham yoshlar uchun qancha imkoniyatlar ko‘zga olinganini nazarda tutadi.
Prezidentimiz shu yilning 23-fevral kuni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Yoshlar orasida biznes va tadbirkorlikni
ommalashtirish va imkoniyatlar yaratish maqsadida:

Oilaviy tadbirkorlik doirasida ajaratilayotag kreditlarning 40 %ni yoshlar

tadbirkorligini yo‘naltirishga qaratiladi;

2024-yilning 1-iyunidan boshlab, “Yosh tadbirkor” tanlovini o‘tkazish

amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor

beriladi. Bundan tashqari saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalarga BHMning
1000 baravarigacha imtiyozli kreditlar beriladi va g‘olib bo‘lgan loyiha va biznes reja
egalarini Yosh tadbirkorlari qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan chet elga
malaka oshirishga jo‘natiladi.

Mazkur farmonga muvofiq 2024-yil 1-iyundan boshlab quyidagilarni nazarda

tutuvchi “Yosh tadbirkor” tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan:

-

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida “mahalla – tuman - viloyat -

respublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g‘oyalari saralanadi.
Bunda, nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida
e’tibor qaratiladi;

-

respublika bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash

miqdorining 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi;

-

g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-

quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvida

yosh tadbirkorlarga berilishi maqsad qilingan 2.5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar
haqida so‘z borar ekan, 3 ta yirik hujjat imzolandi. Birinchi hujjatga muvofiq,


background image

57

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil
etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi. Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard
so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga
2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bugungi kunda oliygohlarni tugatayotgan 90 ming yoshlar mutaxassisligi

bo‘yicha ish topishda qiynalmoqda. Shu bois, ikkinchi qaror bilan oliygoh
bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun
“Milliy bank”ka 100 million dollar resurs beriladi.

Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh

bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank
xizmatlari paketlarini joriy etadi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va

korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi. Komissiya ish o‘rinlarini yaratish,
kadrlarga ehtiyoj, bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni joylashtirish masalalarini hal etadi.

Prezident imzolagan uchinchi hujjatga ko‘ra, “Aloqabank” yoshlarning biznes

loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200
million dollar ajratildi. Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100
million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga

olib, kichik korxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7 yil
muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun

yo‘naltiriladi.

Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar g‘oyalari

startapga aylantiriladi, 6 oydan 3 yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi, tayyor biznes,
korxona darajasiga olib chiqiladi. “Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga
50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va
xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb
qilishga ko‘maklashiladi.

Talaba-yoshlar tadbirkorligi jamiyatning iqtisodiy o'sishi va innovatsiyalarning

asosiy dvigateli bo'lishi mumkin. Ushbu jarayonni qo'llab-quvvatlash orqali davlat va
xususiy sektor yoshlar orasida yangi ish o'rinlari yaratish hamda texnologik
taraqqiyotga hissa qo'shishga erishadi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun barcha

darajadagi sa'y-harakatlarni birlashtirish va tizimli yondashuvni amalga oshirish juda
muhimdir. Faqat shu yo'l bilan biz kelajak avlodning ijodiy salohiyatini to'liq ochib


background image

58

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

berishimiz va mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashimiz
mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21-fevralda

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da
amalga

oshirishga

oid

davlat

dasturi

to‘g‘risidagi PF-37-son Farmoni.

https://www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlar milliy
bazasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrda “Yoshlarga oid

davlat siyosati to‘g‘risida” gi O‘RQ-406-son Qonuni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 aprelda “Yoshlar

sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning
tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5088 sonli Qarori.

4.

Umarqulov A. “Vatan taraqqiyotiga pillapoyamiz”. Maqola. Manba:

https://yuz.uz/uz/news/vatan-taraqqiyotiga-pillapoyamiz

5.

https://parliament.gov.uz/news/ozbekiston-yoshlar-uchun-keng-

imkoniyatlar-diyori

6.

www.avlod.media/uz

7.

www.daryo.uz

8.

www.finlit.uz

9.

www.president.uz

10.

www.pm.gov.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21-fevralda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-son Farmoni. https://www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi O‘RQ-406-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 aprelda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli Qarori.

Umarqulov A. “Vatan taraqqiyotiga pillapoyamiz”. Maqola. Manba: https://yuz.uz/uz/news/vatan-taraqqiyotiga-pillapoyamiz

www.avlod.media/uz

www.daryo.uz

www.finlit.uz

www.president.uz

www.pm.gov.uz