Авторы

  • Сарвиноз Хусанова
    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti

Биография автора

  • Сарвиноз Хусанова , Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
    Ta’lim nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) yo‘nalishi MPRE-6U magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85240

Ключевые слова:

logopedik o‘yin nutq o‘yin til jamoa muloqot bilim faoliyat.

Аннотация

Ushbu maqolada, nutq nuqsoniga ega maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida logopedik o'yinning ahamiyati, logopedik o‘yinlarni o ‘tkazishning vazifalari haqida bayon qilingan.


background image

65

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

NUTQ NUQSONIGA EGA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR

RIVOJLANISHIDA LOGOPEDIK O'YINNING AHAMIYATI

THE IMPORTANCE OF LOGOPEDIC GAMES IN THE DEVELOPMENT

OF PRESCHOOL CHILDREN WITH SPEECH IMPAIRMENTS

Xusanova Sarvinoz Zarbullayevna

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Ta’lim nazariyasi va metodikasi

(maktabgacha ta’lim) yo‘nalishi MPRE-6U magistri

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, nutq nuqsoniga ega maktabgacha yoshdagi

bolalar rivojlanishida logopedik o'yinning ahamiyati, logopedik o‘yinlarni o
‘tkazishning vazifalari haqida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

logopedik o‘yin, nutq, o‘yin, til, jamoa, muloqot, bilim, faoliyat.

Annotation

: This article describes the importance of speech therapy games in

the development of preschool children with speech disorders, the tasks of conducting
speech therapy games.

Keywords:

speech therapy games, speech, game, language, community,

communication, knowledge, activity.


Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning

alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning
ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, ya'ni soʻzlash
jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy
fikrlar, asarlar) tushuniladi. Bolalar o'sib, ulg'aygani sari ularning nutgi ham
rivojlanib boradi. Bu davrda ba'zan nutqning ma'lum darajadagi buzilishlari
kuzatilishi mumkin. Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir
ota-ona, maktabgacha tarbiya tashkilotlarida tarbiyachilar, maktabda o‘qituvchilar
bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan
tarkib topgan formasidir.

Zamonaviy psixologiya, pedagogika ilmida nutq kishilarning faoliyati

jarayonida muloqot shakli sifatida tarixan tarkib topgan deya talqin etiladi. Nutq
faqatgina inson uchun xos bo‘lgan, uning faoliyatni ixtiyoriy boshqarish va nazorat
etishni ta’minlovchi, oliy ruhiy funksiyalarning paydo bo‘lishi uchun muhim shart
hisoblanadi. Til – belgilar tizimi bo‘lib, ular yordamida inson o‘z hislari, fikrlari,
tajribasini kodlaydi. Til muloqot va tafakkurning asosiy vositasi sifatida xizmat qilib,
ma’lumotlarni saqlash va uzatishning, jumladan avlodlardan avlodlarga uzatishning


background image

66

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

vositasi hisoblanadi. Nutqiy faoliyat mehnat, o‘yin, o‘quv, kommunikativ va bilish
faoliyati, jumladan mnestik kabi faoliyatning xilma-xil turlarini namoyon etib, ularga
“xizmat qiladi”. Nutq bolaning ruhiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi
(L.S.Vigotskiy, I.A.Zimnyaya, A.N.Leontyev) [1].

T.S.Ovchinnikova (1996) nutq nuqsoniga ega maktabgacha yoshdagi bolalar

diqqatini tadqiq etar ekan, qator o‘ziga xosliklarni aniqladi. Korrektur sinovni
bajarishda quyi darajadagi unumdorlik belgilangan. Xatolar qatorida birinchi o‘rinni
tushirib qoldirishlar egallaydi. Shuningdek diqqatni taqsimlashdagi kamchiliklar,
yuqori chalg‘uvchanlik, umumiy uyushmaganlik aniqlangan. Shu bilan bir qatorda
“Nuqtalar” metodikasini bajarishda yodda saqlab qolish va diqqat hajmiga ko‘ra nutq
nuqsoniga ega va normal nutqga ega bolalar o‘rtasida ishonchli tafovutlar
aniqlanmagan [1]

Maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar o‘yin faoliyati

rivojlanganligining quyi darajasi: syujetning kambag‘alligi, o‘yinning protsessual
xarakteri, nutqiy faoliyatning sustligi alohida e’tiborni o‘ziga jalb etadi
(L.G.Solovyeva, 1996). Bunday bolalarning ko‘pchiligi uchun turli nevrologik
simptomatika bilan bog‘liq ravishda yuqori qo‘zg‘aluvchanlik xarakterli bo‘lib, shu
bois

tarbiyachilar

tomonidan

nazorat

etilmagan

o‘yinlar ba’zida juda

tashkillashtirilmagan tus oladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o'yindir. U orqali bola

shaxs sifatida shakllanadi. O'yin bolaning kеlajakdagi o'quv, mеhnat faoliyati,
kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini bеlgilaydi. O'yin qadim
zamonlardan bеripеdagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini
o'ziga tortib kеlgan. O'yin bolalar uchun haqiqiy xayotdir. A.P.Usova shunday dеgan
edi “Bolalar hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil etish – ularni tarbiyalash dеmakdir.
Bolalarning tarbiyalanishining o'yin shakli shuning uchun ham samarali natija
bеradiki, o'yinda bola yashashni o'rganmaydi, balki o'z xayoti bilan yashaydi”. O'yin
faoliyatidan ko'p qirrali va kеng foydalanish, o'yinorqali bolaga har tomonlama ta'sir
etishdir. O'yin bolalar yoshiga xos va mos bo'lishi kеrak. Ya.A. Kamеnskiy.,
E.A.Polkov o'z asarlarida bolalar o'yiniga jiddiy e'tibor bеrilganligini ko'ramiz. U
“bolalar o'yinini e'zozlang, haqiqiy mеhnatsеvarlarni tarbiyalashda u sizning eng
yaxshi hamkoringizdir”- dеgan fikrlarni bildirgan. O'yinda yosh organizmga xos
bo'lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi,hayotiyfaollik ortadi, birdamlik, tеtiklik,
quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida
o'yin munosib o'rin egallaydi. Atoqli pеdagog va shifokor Е.A.Arkin o'yin ruhiy
vitamin dеb bеkorga aytmagan. A.V.Zaporojеs bolalar o'yinining ilk yoshdan boshlab


background image

67

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kuzatib borish natijasida uni xarakatgakеltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari,
har xil yosh bosqichlarida bolalar o'yinining o'ziga xos tomonlari, mazmuni va
tuzilishini o'rganish zarurligini ta'kidlaydi. Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining
birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning
mazmuni qo'lning murakkab va nozik harakatlaridir. Kеyingi bosqich aks ettirish
o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida
eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta'lim-tarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik
bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga
ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o'yin mazmuni jihatidan prеdmеtli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujеtni aks ettirish
yuzaga kеladi. Bola quyidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kеrakligini aks
ettiradi. Masalan, qoshiq bilan ovqat еyiladi, piyoladan choy ichiladi va hokazo.
Shuning asosida syujеtli-rolli o'yinning dastlabki qirralari yuzaga kеla boshlaydi.
Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo'lib, unda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan kattalar
mеhnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o'yin
faoliyatining bosqichma- bosqich rivojlanishi to'g'risidagi umumiy tasavvurlar har xil
yosh guruhlarida bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikniig aniq tizimli tavsiyalarini
ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pеdagogik
jarayonida o'yinning tutgan o'rni juda katta bo'lib, o'yindan maktabgacha tarbiya
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim bеrishda kеng foydalaniladi. Zеro:

• o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon

bo'ladi; • o'yin maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;

• o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
• o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya bеrshining mеtod va usulidir;
• o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir;
O'yin faoliyati orqali bolalarda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. O'yin orqali shaxsning ma'lum bir faoliyatiga bo'lgan qiziqishi ortadi.
2. Kommunikativ muloqat madaniyatini egallashga yordam bеradi.
3. Shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi bilim va o'zligini namoyon etishga imkon

yaratadi.

4. Hayotda va o'yin jarayonida yuz bеradigan turli qiyinchiliklarni yеngishga

tayyorlaydi, mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalarni xosil qiladi.

5. O'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash,

kamchiliklarni barxambеrish imkoniyati yaratiladi.

6. Shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.


background image

68

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy,

ma'naviy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor qaratiladi.

8. O'yin ishtirokchilarida jamoa, muloqat madaniyatini rivojlantirish ko'zda

tutiladi. 9. O'yin va o'yin mashqlari tortinchoq bolalarni ham faollashtirishga yordam
bеradi. 10. O'yin bolalarni nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'yin
va mashqlarda nutqiymatеrial ongli ravishda o'zlashtirilib, mеxanik yodlashga yo'l
qo'yilmaydi.

11.Takrorlash va mustahkamlash jarayonida nutqiymatеrial tizimlashtiriladi,

umumlashtiriladi, bolalar har bir buyumning o'ziga xos sifat va xususiyatlarini bilib
oladilar. Logopedik o‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib
boriladi. Logopedik o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishda logoped turli nutq
kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarning qobiliyatlarini e’tiborga olishi lozim.

O'yin bolalarning aqliy axloqiy jismoniy va еstеtik rivojlanishida asosiy

faoliyatlardan biridir. Bolalar bilan olib boriladigan logopеdik o'yinlar tovushlar
talaffuzi, lug'at, nutqning tеmpi va ravonligini normaga kеltirish ustida ish olib
boriladi. Logopedik o‘yinlarni o ‘tkazishning vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Bolalarni to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarishga o‘rgatish;
2. Ovozni rivojlantirish. Past va baland ovozda gapirishga o‘rgatish;
3. Eshituv diqqati va nutqni eshitishni rivojlantirish;
4. Tovushlar talaffuzidagi kam chiliklarni bartaraf etish;
5. Bolalarda logopedik o‘yinlar orqali duduqlanishni bartaraf etish;
6. Bolalarda qo‘lining mayda harakatlari, hamda umumiy harakatlarni

rivojlantirish.

Xulosa qilib aytganda, logopedik o‘yinlar bolalarning jismoniy yetuk bo‘lishi,

aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalanishlari, shuningdek nutq nuqsonini bartaraf
etishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘yin bolalarni rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi, ya’ni o‘yin jarayonida bolalarda o‘zaro munosabat malakalari paydo
bo‘ladi, murakkab axloqiy, his-tuyg‘ular shakllana boradi. O‘yinni to‘g‘ri tanlash va
bolalar bilan to‘g‘ri o‘tkazish juda muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri tashkil qilingan
o‘yin nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarda yangi so‘zlarni qo‘llash uchun ehtiyoj
tug‘diradi, ularning lug‘at boyligi oshadi, nutqidagi kamchiliklar korreksiyalanib
boradi. O‘yin mashqlari tortinchoq bolalarn i faollashtirishga yordam beradi. O‘yin
bolalarning nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yin va mashqlarda
nutqiy material ongli ravishda o‘zlashtirilib, mexanik yodlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Logoped o‘yinlarni o‘tkazish orqali bolada nutqidan uyalmaslik, muloqotga
kirishishi, to‘g‘ri va ravon gapirish kabi sifatlarni rivojlantirib boradi.


background image

69

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M.Y.Ayupova. Logopediya.O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus

ta`lim vazirligi.-T.:O`zbekiton faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019-yil

2. Islomova, O. (2021). UMUMTA’LIM MAKTABLARI QOSHIDAGI

LOGOPEDIYA SHAXOBCHALARI ISHINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA
PEDAGOGIK TAVSIYALAR. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании,

(2).

извлечено

от

https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2619

3. Islomova, O. (2020). UMUMIY TIPDAGI MAKTABGACHA TA’LIM

TASHKILOTIDA BOLALAR NUTQINI TUZATISHDA SIFATLI LOGOPEDIK
XIZMAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1).

4. Islomova, O. (2022). NUTQ BUZILISHLARI PSIXOPROFILAKTIKASIDA

TURLI XIL PSIXOLOGIK O‘YINLARNI TASHKIL ETISH. Журнал Педагогики
и

психологии

в

современном

образовании,

2(5).

извлечено

от

https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4821

5. Аbduraxmonov F., Davletshin G.M. Odamlar bilan qanday muloqotga

kirishish va yoshdashish kerak. T.: 1996.

6. Аxmedova M. Shaxs xususiyatlarini o‘rganish metodikasi. T.: 2009.
7. Аyupova M.Yu. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy

jamiyati, 2007.

Библиографические ссылки

M.Y.Ayupova. Logopediya.O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi.-T.:O`zbekiton faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019-yil

Islomova, O. (2021). UMUMTA’LIM MAKTABLARI QOSHIDAGI LOGOPEDIYA SHAXOBCHALARI ISHINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA PEDAGOGIK TAVSIYALAR. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2619

Islomova, O. (2020). UMUMIY TIPDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR NUTQINI TUZATISHDA SIFATLI LOGOPEDIK XIZMAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1).

Islomova, O. (2022). NUTQ BUZILISHLARI PSIXOPROFILAKTIKASIDA TURLI XIL PSIXOLOGIK O‘YINLARNI TASHKIL ETISH. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(5). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4821

Аbduraxmonov F., Davletshin G.M. Odamlar bilan qanday muloqotga kirishish va yoshdashish kerak. T.: 1996.

Аxmedova M. Shaxs xususiyatlarini o‘rganish metodikasi. T.: 2009.

Аyupova M.Yu. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007.