70
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
METHODOLOGY FOR USING THE TINKERCAD PLATFORM IN
TEACHING THE ROBOTICS DEPARTMENT IN GENERAL SECONDARY
EDUCATION SCHOOLS
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ROBOTOTEXNIKA
BO‘LIMINI O‘QITISHDA TINKERCAD PLATFORMASIDAN
FOYDALANISH METODIKASI
Saloxidinova Diloraxon Soxibjon qizi
Qo‘qon davlat pedogogika instituti 70110602-Ta’limda axborot texnologiyalari
mutaxasissligi 2-kurs magistranti
saloxidinovadildoraxon@gmail.com
Abstract.
This article provides methodological and practical recommendations
in the independent implementation of practical training and project work of the
“robotics” department of General Secondary Education Schools “Technology”.
Keywords:
Tinkercad, Arduino UNO, layout plate, temperature sensor,
moisture meter sensor, resistor, connecting wires.
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Texnologiya”
fani “Robototexnika” bo‘limi amaliy mashg‘ulot va loyiha ishlarini mustaqil
bajarishda metodik va amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Tinkercad, Arduino UNO, maket plata, Temperatura datchik,
Namlikni o‘lchovchi datchik, rezistor, ulovchi simlar.
Kirish
XXI asr yangi texnologiyalar sun’iy intellekt va robotlar asri hisoblanadi.
Bugungi kunda
hayotimizni robotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har qadamda turli
hil robototexnikalarni uchratishimiz mumkin. Robotlar ikki turga bo‘linadi. Birinchisi
odam aperatori yordamida boshqariladigan robot bo‘lsa, ikkinchisi muayyan, qat’iy
dastur yordamida boshqariladigan robotlardir. Robototexnika umumiy o‘rta ta’lim
maktablariga ham hangi kirib kelgan tushuncha hisoblanib, har bir sinf darsliklarining
4-bo‘limi “Robototexnika” bo‘limi hisoblanadi. Qolaversa 6-sinf “Texnologiya” fani
“Robototexnika” bo‘limida 6 ta amaliy mashg‘ulot va 2 ta loyiha ishi mavjud bo‘lib,
ushbu amaliy ish va loyiha ishlarini bajarishda nafaqat o‘quvchi yoshlar balki
o‘qituvchilarda ham bazi muammolarga duch kelmoqdalar. Robototexnika fanini
samarali va tez o‘rganish uchun Tinkercad platformasi ochiq manba va virtual
platforamasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
71
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Arduino barcha foydalanuvchilar uchun yaxshi platforma bo'lgani uchun ochiq
manba. Tinkercad-da, foydalanuvchi ehtiyojlariga ko'ra, foydalanish mumkin turli xil
sensorlar, tugmachalar, motorlar, barcha kerakli qurilmalar kutubxona orqali va real
vaqtda ulanishni osongina yarating va kerakli ishlashni yarating.
Tadqiqotning obyekti va qo‘llanilgan metodlar
Tadqiqotning obyekti sifatida 2011-yilda Google kompaniyasining sobiq
muhandisi Kay Backman va uning asosschisi Mikko Mononen tomonidan yaratilgan
Tinkercad platformasi[1]. Tinkercad platformasi bepul ochiq manba hisoblanib,
tinkercad.com sayti orqali kirib foydalaniladi. Aslida Tinkercad Google
kompaniyasining sobiq muhandisi Kay Backman va uning asoschisi Mikko Mononen
tomonidan 3D modellashtirishni, ayniqsa jismoniy ob'ektlar dizaynini keng ommaga
ochiq qilish va foydalanuvchilarga Creative Commons litsenziyasi ostida o'z
dizaynlarini nashr etish imkonini berish maqsadida tashkil etilgan[2]
2011-yilda tinkercad.com veb-sayti WebGL -faol brauzerlar uchun vebga
asoslangan 3D-modellash vositasi sifatida ishga tushirildi va 2012-yilda kompaniya
shtabni San-Fransiskoga ko‘chirdi. 2012 yilga kelib foydalanuvchilar tomonidan 100
000 dan ortiq 3D dizaynlar nashr etilgan[3].
2013-yil may oyida Autodesk Maker yarmarkasida “Tinkercad”ni sotib olishini
e’lon qildi[4].
2017-yil mart oyida Autodesk yaqinda nafaqaga chiqadigan 123D Sculpt
foydalanuvchilariga Tinkercad (yoki Maya LT) ga oʻtishni tavsiya qildi. May oyida
Autodesk o‘zining 123D Circuits (Circuits.io) "Elektronika laboratoriyasi" ni
to‘xtatdi. Dasturning xususiyatlari Tinkercad bilan birlashtirildi[5].
Shuningdek umimiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf “Texnologiya” fani
“Robototexnika” bo‘limining 5-amaliy mashg‘uloti “Matorni dastur yordamida ishga
tushurish” mavzusi berilgan bo‘lib, ushbu mavzuning dasturi C++ dasturlash tilida
berilgan. Biroq o‘quvchi yoshlarini qiziqishlarini ortirish maqsadida bloklar
yordamida dasturlash metodikasini ishlab chiqildi.
Avvalambor google qidiruv tizmiga kirib, tinkercad.com deb qidiramiz. Agar siz
birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tib olishingiz kerak
bo‘ladi. Ushbu maydondan “саздать” bo‘limiga kiriladi va u yerda “ цепи” qismi
tanlab olinadi.
72
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1-rasm.(tinkercad platformasi ishchi maydonining umumiy ko‘rinishi).
Ishchi maydondan kerakli robototexnika elementlarini olib foydalanishingiz
mumkin.
Ishchi maydondan bizga kerakli bo‘ladigan robototexnika elementlari rezistor,
diod, tranzistor, divigatel, ArduinoUNO, maket plata kerak bo‘ladi.
2-rasm (Tinkercad platformasida matorni dastur yordamida boshqarishning
umumiy ko‘rinishi).
Ushbu ko‘rinishga keltirib olgandan so‘ng, uning dasturiy qismini quyidagi
tartibda bloklarda tuzib olinadi.
73
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
54%
56%
58%
60%
62%
64%
66%
68%
70%
72%
6-a sinf
6-b sinf
2025-yil statistika
ananaviy o'qitish
Tinkercad platformasini qo'llab o'qitish
3-rasm(Dasturlash jarayoni). 4-rasm(Ishga tushirish jarayoni).
Tekshirish uchun “начат маделирование” tugmasi tanlanadi.
Natija va Muhokamalar
Ushbu amaliy mashg‘ulot darsidan olingan natijalar quyidagi statistik jadvalda
berilgan. Bu metodikadan qo‘llanilib darsni tashkil etilsa ta’lim sifati va
samaradorligi oshishi mumkin. O‘quvchilarda tasavvurni tafakkurni rivojlantiradi,
dunyoqarashlarini kengaytiradi. Bajarish mushkul deb bilgan loyiha ishi, amaliy
mashg‘ulotlardagi muammolarni yechishda tinkercad platformasi juda ham osonlik
bilan bajarish imkoniyatini beradi.
Ushbu tadqiqotda olingan natijalar ko‘p jihatdan muhokama qilindi.
Muhokamalar shuni ko‘satadiki, Tinkercad platformasidan foydalanib darsni
tashkil etilganda: ta’lim sifati 6-A sinfda 8% ga, 6-B sinfda 9% ga oshganini ko‘rish
mumkin. Yetuk kadrlar yetishtirishda ushbu platformadan foydalanilsa albatta
maqsadga muvofiq bo‘ladi[6].
XULOSA
74
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xulosa qilib aytganda bugungi shiddatli rivojlanish asrida robototexnika
sohasida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Texnologiya” fani, “Robototexnika”
fani uchun ushbu Tinkercad platformasini taklif etmoqchiman. Bu platforma juda
ham qulay, ko‘p vaqt va mablag‘ talab etmagan holda robototexnika daslarida keng
qamrovda foydalanilsa bo‘ladi. Jamiyatimizga katta xissa qo‘shdi. Bu platformani
Smart texnalogiyalar orqali qo‘llanilsa, o‘quvchi yoshlarning mustaqil fikirlashida,
mustaqil izlanishida va robotlar yaratishida juda ham kotta foydasi bor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
G. Y.Bo‘ronova “ Virual robototexnika” uslubiy qo‘llanma. Buxoro-
2023
2.
Aripov, M. M., and D. S. Saloxidinova. "Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida ta’lim robototexnikasini tashkil etish." Zamonaviy ta’limda raqamli
texnologiyalardan foydalanish istiqbollari 1.1 (2024): 104-108.
3.
Aripov, M. M., and D. S. Saloxidinova. "Robototexnika fanini o‘qitishda
arduino platasi imkoniyatlari." Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 2.58
(2024): 313-318.
4.
5.
Amasaya unversıtesı eğıtım fakütesı dergısı 2020-y.
6.
Istanbul aydın ünversitesi eğitim fakültsi dergısı 6 (2) 2020-y.
