79
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN
USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA
O‘RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Olimova Dilshodaxon Baxtiyorjon qizi
Nizomiy nomidagi TDPU 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Hozirgi yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh
etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida jiddiy
o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Maqolada aynan boshlang‘ich sinf o‘qish
savodxonligi darslarida matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning bilimini
yanada takomillashtirishga qaratilgan, keng dunyoqarash hamda kreativ fikrlashga
o‘rgatishning pedagogik ahamiyati, psixologik xususiyatlari to‘g‘risida fikrlar
yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich ta’lim, savod, matn, kreativlik, dunyoqarash, 4K
modeli, darslik.
Abstract:
In the current context of globalization and social reform, educating
new-thinking individuals requires serious changes in the education system. The
article discusses the pedagogical significance and psychological characteristics of
teaching a broad outlook and creative thinking, aimed at further improving students'
knowledge in the process of working with text in primary school reading literacy
classes.
Keywords:
primary education, literacy, text, creativity, outlook, 4K model,
textbook
Bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom va yetuk
shaxs sifatida tarbiyalash nafaqat ta’lim tizimining, balki butun jamiyatimizning
oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu borada maktab ta’limi, xususan,
boshlang‘ich ta’lim muhim ahamiyatga ega. Chunki, maktabga ilk qadam qo‘ygan
bolaning savodini chiqarish, unda dastlabki ilmiy dunyoqarash elementlarini
shakllantirish ta’limning aynan shu bosqichida amalga oshiriladi. Bu maqsadga
erishish uchun, avvalo, o‘quvchilarda yuqori darajadagi o‘qish savodxonligini
shakllantirish lozim. O‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli,
ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchisidan chuqur
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-
80
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
atrof, olam haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; har
qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash
ko‘nikmasini oshirish nazarda tutiladi.
Bilamizki, amaldagi 1-4-sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab
darsliklari 4K modeliga asoslangan innovatsion yondashuvda taqdim etilgan. Ushbu
metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi
asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga qamrab oladi:
1.Kollaboratsiya
2.Kommunikatsiya
3.Kreativ(ijodiy) fikrlash
4.Kritik (tanqidiy) fikrlash o‘quvchilarda jamoada ishlash va muloqot
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Innovatsion ta’lim ta’limda birinchi navbatda, ijodiy
qobiliyatlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish va kreativ fikrlash eng muhim motivatsiyalardan
hisoblanadi. “Kreativlik” so‘ziga ta’rif beradigan bo‘lsak, lotincha so‘zdan olimgan
bo‘lib, “ijod” yoki “yaratish, vujudga keltirish” kabi ma’nolarni anglatadi. Kreativlik
- shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan
yangilikni, yangi g‘oyalarni ilgari surishi kerak. Kreativlik tushunchasi o‘zida xilma-
xillik, qiziquvchanlikni, tafakkur va noan’anaviylikni aks ettiradi. Bugungi kun
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo‘lishi muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, bu jihati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda ham ushbu
sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf
o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda kreativ
fikrlashni shakllantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinfda matn ustida ishlashga o‘quvchilarni jalb qilish o‘ziga xos
xususiyatlarni namoyon qiluvchi pedagogik jarayon sanaladi. Har qanday pedagogik
jarayon kabi boshlang‘ich sinflarda matn ustida ishlashda ham muayyan psixologik,
pedagogik, metodik talablar inobatga olinishi zarur. Shundagina boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari matn bilan ishlash orqali muayyan bilimlarni o‘zlashtirish, ravon va
ongli o‘qish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi, nutq boyiydi, fikrlash qobiliyati
rivojlanadi. Matn ustida ishlashda quyidagi pedagogik jarayonlar o‘quvchilarni
kreativ fikrlashga undaydi.
- O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash, matn mazmunini
o‘quvchilarning ko‘rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog‘lash.
- Ongli o‘qishni amalga oshirishda turli lug‘atlardan foydalanish.
- O‘qishga o‘rgatishda so‘zlarni va gaplarni to‘ldirib o‘qish, gap tuzishga, tez
mustaqil fikrlashga erkin imkoniyat yaratilishi.
81
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
- O‘qituvchi har bir o‘quvchini eshitishi, o‘quvchining xato fikrlashini bilsa ham
ularni to‘xtatib tashlamasligi, hattoki xato bo‘lsa ham eshitishi kabi tushunchalar
misol bo‘la oladi. Bundan bilishimiz mumkinki, matn ustida ishlash orqali
o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada yuritishga, matnni tahlil qilish
va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish o‘qituvchidan katta mahorat talab
etadi.
O‘quvchi matn ustida ishlash mobaynida personajlarning xatti-harakati, ayniqsa,
ularning ichki ma’naviy olamini o‘z fikrlari orqali ochishga harakat qiladi.
Aytishimiz mumkinki, kreativ yondashuv asosida fikr yuritish o‘quvchilarning
nutqini o‘stirishga ham ijobiy ta’sirini o‘tkazishga yordam beradi. O‘qish
savodxonligi darslarida matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni kreativ fikrlashga
o‘rgatishning
psixologik
xususiyatlari
o‘qituvchining
ta'lim
jarayonida
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuviga
bog‘liq. Bu jarayon o‘quvchilarning tafakkurini yanada faollashtiradi, ularga yangi
g‘oyalarni yaratish va matn mazmunini yanada chuqurroq anglash imkonini yaratib
beradi. Ushbu jarayonning asosiy psixologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Diqqatni faollashtirish
Diqqatning barqarorligi: Matnni o‘qish va tahlil qilish orqali diqqatni bir joyga
jamlash o‘quvchilarning tafakkurini kengaytiradi.
E'tiborni kuchaytirish: O‘quvchilarni matndagi nozik detallarni sezishga va
mazmunni teranroq tushunishga o‘rgatadi.
2. Ijodiy tasavvur va fantaziyani rivojlantirish
Tasavvurni faollashtirish: Matn mazmuni asosida tasviriy obrazlar yaratish
ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Masalan, qahramonning keyingi qadamlarini tasavvur
qila olish.
Fantaziya: O‘quvchilardan matnga asoslangan holda yangi hikoya yoki
alternativ yakun yaratishni so‘rash ularning ijodiy qobiliyatini oshiradi.
3. Emotsional-intellektual rivojlanish
Hissiyotni uyg‘otish: Matn qahramonlarining hissiyotlarini tahlil qilish orqali
o‘quvchilarning empatiya va hissiy intellekti rivojlanadi.
Mazmunli munozara: Matn mazmuni asosida o‘z fikrini ifoda etish, boshqa
o‘quvchilarning fikrini tinglash orqali o‘quvchilar o‘z-o‘zini anglashga o‘rganadi.
Yangi g‘oyalar yaratish: Matn mazmuni bo‘yicha kutilmagan, odatdagi
yondashuvlardan farqli g‘oyalarni taklif qilish ijodiy tafakkurni rivojlantiradi.
4. Rivojlanuvchi psixologik jarayonlar
82
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xotira: Matnni qayta hikoya qilish va asosiy g‘oyalarni eslab qolish orqali
o‘quvchilarning xotirasi mustahkamlanadi.
Erkinlik va mustaqillik: O‘z g‘oyalarini ifoda etish orqali o‘quvchilar o‘z
fikrlarining qiymatini anglaydilar.
Ijodiy ishonch: O‘z g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali
o‘quvchilarda o‘ziga ishonch shakllanadi.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, o‘qish savodxonligi darslarida matn bilan
ishlash jarayoni o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
kuchli vositadir. Bu nafaqat ularning ijodiy salohiyatini rivojlantiradi, balki hayotga
tayyorgarlik ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. O‘qituvchilar bu jarayonda
psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda, turli metodlardan foydalanish orqali
ta'lim sifatini yanada oshirishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sariyev Sh. Boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarini 4 “K” modeli
asosida tashkil etish usullari // “Boshlang‘ich ta’lim mazmunini takomillashtirish:
o‘quv dasturi ‒ o‘qituvchi ‒ baholash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. ‒ Buxoro: 2023-yil 19-oktabr
2. Sariyev Sh. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlash orqali
nutq o‘stirish metodikasi (monografiya). – T.: «Ilm-ziyo-zakovat», 2022. 120 b
3. Hamdamova. M, “Yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirish
mexanizmining pedagogik-psixologik asoslari”, Toshkent 2007.
4. M.M.Rustamova, D.K.Arapbayeva Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy
tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik diagnostikasi. Uslubiy qo‘llanma.
Toshkent.: “Navro‘z” nashriyoti, 2016
