105
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘ZBEKISTON VA ISLOM TARAQQIYOTI BANKI O‘RTASIDA MOLIYA,
YO‘L QURILISHI VA ENERGETIKA SOHALARIDAGI HAMKORLIK
Mamajonova Muslimaxon
O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti 2 kurs magistranti
Annotatsiya:
Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning O‘zbekiston
Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va
ularning yo‘nalishi hamda moliya, yo‘l qurilishi va energetika sohalaridagi
hamkorlikdan ko‘zlangan maqsadlari shuningdek munosabatlari haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Islom taraqqiyot banki, moliya, rivojlanish, aloqalar, iqtisodiy
birdamlik, energetika, yo‘l qurulishi kabi siyosiy tushunchalarni o‘rganamiz.
O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki( ITB )ga 2003-yilning sentabrida Olma-
Otadagi bankning yillik yig‘ilishi doirasida qo‘shildi va 2004-yilda O‘zbekiston
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasiga a’zo bo‘ldi. ITBning
O‘zbekistondagi vakili o‘z faoliyatini Toshkentda 2006-yilning oktabrida boshladi
6
.
2018-yilning mart oyida O‘zbekiston hukumati va ITFC o‘rtasida savdo
operatsiyalari
moliyalashtirish
maqsadida
100mln.
dollarlik
hadli
bitim
imzolandi.Unga ko‘ra korporatsiya O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligiga qadar
savdo loyihalarni moliyashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bugungi kungacha ITFC
tomonidan Aziya Aliyans Bank, Trastbank va Kapitalbankka murobaha
moliyalashtirish liniyasi taqdim etildi. 2018-yil 18-19-sentabr kunlari Toshkentda
ITB guruhi va AMG “ davra suhbati” o‘tkazilib, ularning yakunlari bo‘yicha
O‘zbekistonda istiqbolli dasturlar va loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib
olindi va ITB guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 1,3 mlrd. dollar
miqdoridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston
Respublikasi bilan ITB guruhi o‘rtasida 2018- 2021- yillarga mo‘ljallangan Sheriklik
strategiyasi imzolandi
7
.
Bugungi kunda respublikamizda bank ishi va moliyaviy islom prinsiplarini
tatbiq etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan tashkil
etiluvchi «tashabbus guruhi»ga aylandi. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki grantini
6
Nizomova M. Islom taraqqiyoti banki va O‘zbekiston// 3rd -ICARHSE International Conference on Advance
Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June
28th 2022. B.28-29
7
“Islomiy moliya asoslari” /E.A.Baydaulet. – Toshkent : “ O’zbekiston” NMIU,2019.
106
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jalb etgan holda «O‘zbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliyasi
infratuzilmasini tatbiq etish uchun qonunchilik asoslarini yaratish» bo‘yicha ishchi
loyihasini amalga oshirish belgilangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumatiga
Islom taraqqiyot banki bilan muvofiqlashtirilgan Ishchi loyihasini amalga oshirish
bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritish
aytilgan. Qaror loyihasi muhokamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 31-may kunida amalga oshirildi. Shu jumladan Islom
taraqqiyot banki rahbarini Bandar Hajarni qabul qildi. Islom taraqqiyot banki
O‘zbekistondagi islohotlarga har tomonlama ko‘makni kengaytirishga tayyor
ekanligini takidladi. Bandar Hajar prezident Shavkat Mirziyoyev bilan 2018- yil 20-
sentyabrda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning ITB bilan o‘zaro
manfaatli hamkorligi doirasida yurtimizga 1,9 milliard dollarlik imtiyozli kredit
mablag‘lari jalb etilgan bo‘lib, ular iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid loyihalarni
o‘z ichiga oladi
8
. Ushbu loyihalar yo‘l-transport, energetika va kommunal
infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq joylarda uy-joy qurilishi, ichimlik suvi
bilan ta’minlash tizimini, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish, tadbirkorlik
sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash kabi sohalarga sarflandi. Hamkorlik uchun ulkan
salohiyat, eng muhimi, uni yanada mustahkamlashga o‘zaro intilish mavjudligi
ta’kidlandi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «ITB guruhi kuni» doirasida
O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan 1,3
mlrd dollarlik sheriklik strategiyasi imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom
taraqqiyot banki rahbariga jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish maqsadida Samarqandda tashkil
etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiytadqiqot markazi faoliyatiga
ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Bandar Hajar esa
Markaziy Osiyo davlatlari Ichida O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki uchun
mintaqadagi asosiy hamkorlardan biri ekanini ta’kidladi. Bandar Hajar O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlarga yuksak baho berib, ITB
mamlakatimizdagi islohotlarga har tomonlama ko‘makni kengaytirish va o‘zaro
manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi
9
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2019 yildagi PQ-4224-son “ ITB
guruhi va arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan sheriklikni yanada
8
http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va
islom olamini modernizatsiya qilish”: 10 sentyabr 2017
9
Tog’ayeva D.M. Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston: iqtisodiy diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida.// "Экономика и
социум" №3(82) ч.1 2021. -B.296
107
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kengaytirish va chuqurlashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Ushbu qarorga muvofiq ITB va AMG jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada
rivojlantirish bo‘yicha “ Yo‘l xaritasi” tasqidlangan (3-modda). O‘zbekiston
Respublikasining ITB guruhi va AMG bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy
yo‘nalishlari hamda vazifalari etib quyidagilar belgilandi (2-modda):
• Energetika, yo‘l-transport, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, uy-
joy qurilishi, bankmoliya tizimini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sektorini
rivojlantirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini takomillashtirish hamda
respublika tarmoqlari va hududlarini kompleks rivojlantirishning boshqa yo‘nalishlari
bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga ITB guruhining, shu jumladan Xususiy
sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi (keyingi o‘rinlarda -XSRBIK),
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (keyingi o‘rinlarda - XISMK),
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi (keyingi
o‘rinlarda - IEKSIK), Islom tadqiqot va ta’lim instituti, shuningdek, AMG
jamg‘armalarining moliyaviy mablag‘larini jalb etish;
• Bank sektorida islomiy moliyalashtirish asoslarini joriy etish, davlat-xususiy
sherikligi mexanizmlarini, jumladan vaqf-jamg‘armalarni tashkil etish yo‘li bilan
qo‘llab-quvvatlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va O‘zbekistonda tatbiq
qilish;
Respublika tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining investitsiya
loyihalarini qo‘llab quvvatlash, ularning eksport imkoniyatlarini mustahkamlash
uchun XSRBIK, XISMK va IEKSIK moliyaviy resurslari va mahsulotlarini faol jalb
etish;
• O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi
Eksportni rag‘batlantirish agentligi salohiyatini oshirish;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy
Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2019-yildagi 428-son
“ ITB va AMG jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda ITB va AMG jamg‘armalari bilan
hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha harakatlar rejasi ( “ Yo‘l xaritasi”) to‘liq
keltirilgan. 2021-yil Toshkentda ITBi Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik
anjumani 02-04.09.2021 bo‘lib o‘tdi
10
va unga 2500dan ortiq delegat tashrif buyurdi.
Ilk qadam sifatida bir nechta sohaga taalluqli oltita investitsion loyiha, jumladan,
10
65-сон 10.02.2004. Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
108
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kichik va o‘rta korxonalarni (KO‘K) qo‘llab-quvvatlash loyihasi, shuningdek, ta’lim,
sog‘liqni saqlash va qishloq joylarida hayot farovonligini oshirishga qaratilgan
loyihalar ma’qullangan. Doktor al Josir Xususiy sektorni rivojlantirishning Islom
korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) va
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha Islom korporatsiyasi
(ICIEC) kabi ITB guruhining shu’ba kompaniyalarini O‘zbekistonda o‘z faoliyatini
oshirishga tayyorligini ta’kidlab o‘tgan. Ushbu yig‘ilish davomida TrastBank bilan
15 mln. AQSh dollari ajratish bo‘yicha shartnoma imzolandi va memorandum
imzolandi
11
.
Yuqoridagi tahlillardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ITB guruhi bilan hamkorlik
O‘zbekistonga faqat foyda olib keladi. Sababi, ulardan olinadigan moliyaviy resurslar
hisobiga iqtisodiyotimiz rivojlanishida yanada tezlashadi. Shunday ekan, bizning
fikrimizcha O‘zbekistonda ITBi filialini ochish katta miqdordagi moliyaviy resurslar
jalb qilish bilan birgalikda, mamlakatimizda islom banklarini ochish uchun ham
darcha vazifasini bajarib beradi deb o‘ylaymiz.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati
1.
371-сон 27.08.2003. O‘zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot
bankiga a’zoligi to‘g‘risidagi.
2.
PQ-4224-сон 05.03.2019. Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab
muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan sheriklikni yanada kengaytirish va
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
3.
65-сон 10.02.2004. Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
4.
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda THE ROLE OF BANKS IN THE
ECONOMY // Academicia Globe:Inderscience Research 3 (04), 196-198, 2022.
5.
https://toshvil.uz/oz/islom-tarakkiet-bankining-toskent-anzumani
6.
Tog‘ayeva D.M. Islom taraqqiyot banki va O‘zbekiston: iqtisodiy
diplomatiya taraqqiyoti yo‘lida.// "Экономика и социум" №3(82) ч.1 2021.
7.
Nizomova M. Islom taraqqiyoti banki va O‘zbekiston// 3rd -ICARHSE
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and
Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th 2022
11
Nizomova Mehrangiz Jamoliddinzoda THE ROLE OF BANKS IN THE ECONOMY // Academicia Globe:
Inderscience Research 3 (04), 196-198, 2022
