Авторы

  • Мухаммада’зам Абдухапизов
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Биография автора

  • Мухаммада’зам Абдухапизов , Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
    magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85256

Ключевые слова:

Raqamli iqtisodiyot soliq nazorati raqamlashtirish avtomatlashtirilgan soliq tizimi soliq tizimi islohoti sun’iy intellekt blockchain texnologiyasi xalqaro tajriba soliq shaffofligi soliq tushumlari.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq tizimini raqamlashtirish va nazorat tizimini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Daniya soliq tizimi istiqbollari yoritilgan va ushbu davlat tajribasi asosida O‘zbekiston soliq tizimidagi muammolarga yechim bo‘lishi mumkin bo‘lgan takliflar ilgari surilgan.


background image

156

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ NAZORATI TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Abduxapizov Muxammada’zam Sadirdin o‘g‘li

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti magistranti

muxammadazamsadirdinovich@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq

tizimini raqamlashtirish va nazorat tizimini takomillashtirish masalasi ko‘rib
chiqilgan. Daniya soliq tizimi istiqbollari yoritilgan va ushbu davlat tajribasi asosida
O‘zbekiston soliq tizimidagi muammolarga yechim bo‘lishi mumkin bo‘lgan takliflar
ilgari surilgan.

Kalit

so‘zlar:

Raqamli

iqtisodiyot,

soliq

nazorati,

raqamlashtirish,

avtomatlashtirilgan soliq tizimi, soliq tizimi islohoti, sun’iy intellekt, blockchain
texnologiyasi, xalqaro tajriba, soliq shaffofligi, soliq tushumlari.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ НАЛОГОВОГО КОНТРОЛЯ В

УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ


Аннотация:

В данной статье рассматривается вопрос цифровизации

налоговой системы и совершенствования системы контроля, осуществляемой в
Узбекистане. Освещены перспективы налоговой системы Дании и на основе
опыта этой страны выдвинуты предложения, которые могут быть решением
проблем налоговой системы Узбекистана.

Ключевые

слова:

Цифровая

экономика,

налоговый

контроль,

цифровизация, автоматизированная налоговая система, реформа налоговой
системы, искусственный интеллект, технология блокчейн, международный
опыт, налоговая прозрачность, налоговые поступления.

IMPROVEMENT OF THE TAX CONTROL SYSTEM IN THE CONTEXT OF

THE DIGITAL ECONOMY


Annotation:

This article examines the issue of digitalization of the tax system

and improvement of the control system being implemented in Uzbekistan. The
prospects of the Danish tax system are highlighted, and based on the experience of


background image

157

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

this country, proposals that can be solutions to problems in the tax system of
Uzbekistan are put forward.

Keywords:

Digital economy, tax control, digitalization, automated tax system,

tax system reform, artificial intelligence, blockchain technology, international
experience, tax transparency, tax revenues.


KIRISH
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar har bir sohani jumladan iqtisodiyotni

ham qamrab omoqda. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi soliq nazorati
tizimiga ham sezilarli darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Soliq nazorati tizimini
avtomatlashtirish va raqamlashtirish hamda soliq tushumlarining barqarorligini
ta’minlash, soliq tushumlarini oshirish va korrupsiyani kamaytirishga imkon yaratadi.
Dunyoning ko‘plab davlatlari bu borada muhim islohotlar amalga oshirgan va
yutuqlarga erishgan bo‘lib, O‘zbekiston ham soliq tizimining samaradorligini oshirish
uchun raqamli texnologiyalardan keng foydalanishga harakat qilmoqda. So‘nggi
yillarda

mamlakatimizda

elektron

soliq

deklaratsiyalarini

joriy

etish,

avtomatlashtirilgan soliq nazorati tizimi orqali monitoring qilish hamda soliq
to‘lovchilar uchun yagona elektron platformani rivojlantirish kabi loyihalar amalga
oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha

xalqaro va mahalliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soliq ma’murchiligi jarayonlarini
avtomatlashtirish davlat byudjeti tushumlarini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Daniya
tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, soliq nazoratining raqamlashtirilishi soliq to‘lash
intizomini kuchaytiradi va yashirin iqtisodiyotni kamaytiradi.

Daniya – soliq jarayonlarini sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlar

yordamida boshqaradi. Bu soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirishga yordam
bergan

METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqotda taqqoslash va tahlil usullari qo‘llanilgan. Soliq nazoratini

raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribasi Daniya modeli misolida O‘zbekiston
sharoitiga mosligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida quyidagi metodlardan foydalanildi:

Statistik tahlil – soliq tushumlari va yashirin iqtisodiyot ulushini o‘rganish;
Taqqoslash usuli – xalqaro va mahalliy tajribalarni solishtirish;
Normativ-huquqiy tahlil – soliq nazoratining mavjud huquqiy asoslarini

o‘rganish;


background image

158

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ekspert baholash – sohaga oid mutaxassislarning fikrlarini tahlil qilish.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq ma'muriyatchiligida

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 359-sonli qarori qabul qilindi va Davlat
soliq Qo‘mitasining ma'lumotlarini qayta ishlash markazi ish faoliyati samaradorligi
10

marotabagacha

oshirildi.

Xususan,

telekommunikatsiya

qurilmalarini

modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta'minotlar xarid qilish, axborot tizimlari
majmuini yagona platformaga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini
oshirish, katta hajmdagi ma'lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yo‘lga qo‘yish
kabi bir qator ishlar amalga oshirildi.

Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatini yanada

kengaytirish maqsadida Soliq mobil ilovasi yaratildi. Bugungi kunda ushbu mobil
ilova orqali 30 dan ortiq xizmatlardan onlayn tarzda foydalanish mumkin. Bu esa
soliq xizmati xodimlari bilan bo‘ladigan munosabatda inson omilini 60-70% ga
qisqartiradi, buning natijasida korrupsion holatlar va hujjat ishlarini ham parallel
ravishda qisqartiradi.

Soliq nazorati hodimlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi iqtisodiy muloqot

yildan yilga soddalashib bormiqda. Xususan, O‘zbekistonning eng ilg‘or
texnalogiyalari asosida ishlovchi

my.soliq.uz

hamda

my3.soliq.uz

saytlari orqali

jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qiyinchiliklarsiz,
sodda va tushunarli tizimda bajarmoqdalar. Ushbu saytlar iqtisodiyotimizning
ko‘plab sohalariga integratsiya qilingan bo‘lib, bu orqali soliq to‘lovchilarning
soliqdan qochish va raqamlarni buzib korsatish ehtimolini kamaytiradi.

Ushbu islohotlardan so‘ng raqamli texnologiyalar orqali soliq to‘lovchilarning

aniq hisobini yuritish, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish va soliq to‘lash madaniyatini
oshirishga erishildi. Onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM), elektron hisob-
fakturalar va fiskal ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi orqali noqonuniy iqtisodiy
faoliyatni qisqartirish imkoni yaratildi.

Eektron hujjatlashtirish va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari soliq

tushumlarini aniq hisoblashga yordam beradi. Avvallari soliq organlari tomonidan
soliq to‘lovchilarning faoliyati qo‘lda nazorat qilingan bo‘lsa, hozirda sun’iy intellekt
asosida ishlovchi tizimlar bu jarayonni tez va xatosiz amalga oshirish imkonini
bermoqda.

Raqamlashtirish natijasida soliq majuriyatini bajarishdan bo‘yin tovlash va

qoshich imkoniyati keskin kamaydi. Ayniqsa, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida,


background image

159

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

onlayn monitoring tizimlari orqali har bir operatsiya avtomatik ravishda soliqqa
tortiladigan bo‘ldi.

Masofaviy monitoring, elektron soliq hisobotlari va real vaqt rejimida soliq

tushumlarini kuzatish imkoniyati tufayli davlat byudjeti tushumlarining o‘sishi
ta’minlandi. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar korxonalarga soliq jarayonlarini
yengillashtirish va soliqqa oid masalalarni osonroq hal qilish imkonini berdi.

Quyida so‘ngi besh yillikda soliq tizimini raqamlashtirish qaysi soliq turlarga

ko‘proq ta’sir qilganini yillar kesimida grafik asosida tasvirlangan.


2020-2024-yillar davomida soliq tushumlarining o‘sish dinamikasi.
Mol-mulk va yer soliqlari tushumida barqaror o‘sish kuzatilgan. Bu

raqamlashtirish natijasida kadastr ma’lumotlari yangilanishi, soliqlarning avtomatik
hisoblanishi va nazoratning kuchayishi bilan bog‘liq.

Bojxona boji tushumlarida ham barqaror o‘sish mavjud. Elektron deklaratsiya

tizimi, bojxona nazoratining raqamlashtirilishi import-eksport jarayonlarini
shaffoflashtirgan.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i sezilarli ravishda o‘sib borgan.

Bu ish haqlarining rasmiylashtirilishi va yashirin iqtisodiyot qisqarishi bilan
izohlanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘I ko‘rsatichlariga qaraydigan bo‘lsak keskin o‘sish

mavjud. Bunga sabab elektron hisob-fakturalar va nazorat-kassa mashinalari tizimi
isloh qilingan va QQS bo‘yicha tushumlarni oshgan.

0

20000

40000

60000

80000

100000

120000

140000

2020

2021

2022

2023

2024

So

liq t

us

hu

m

i(ml

rd

so

'm

da

)

2020-2024-yillarda soliq tushumlari dinamikasi

Yer solig'i

Mol-mulk solig‘i

Bojxona boji

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i
Soliq turlari


background image

160

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Raqamli soliq boshqaruvi joriy etilganidan so‘ng, byudjet daromadlari sezilarli

o‘sishga erishgan. Quyidagi jadvalda 2019-2024 yillardagi barcha soliq tushumlari
yillar kesimida o‘sish sur’ati aks ettirilgan:

Yil

Byudjet daromadlari o‘sishi (%)

2020

15.45%

2021

22.47%

2022

15.55%

2023

15.50%

2024

16.82%


Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2020-yildan boshlab soliq tushumlari doimiy

ravishda oshib borgan. Ayniqsa, 2021-yilda o‘sish sur’ati 22.47% ga yetib, boshqa
yillarga qaraganda yuqori bo‘lgan. Bu esa soliq tizimini raqamlashtirish natijasida
fiskal nazorat kuchaygani va yashirin iqtisodiyot qisqarayotgani bilan izohlanishi
mumkin. Bundan tashqari, 2022-2024 yillar oralig‘ida o‘sish sur’atining
barqarorlashgani soliq tizimini modernizatsiya qilish natijasida tushumlar bir
maromda oshib borayotganini anglatadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, dastlabki bosqichda
soliq tizimining raqamlashtirilishi o‘ziga xos "sakrash" hosil qilgan bo‘lsa,
keyinchalik tizim barqaror ishlashiga o‘tgan.

Lekin shunga qaramay kamchiliklar ham yo‘q emas. Yuridik shaxslarning har

oylik daromad solig‘i xisobotlarini topshirishda kiritilgan ma’lumotlarni real vaqt
rejimida xato va kamchiliklarini ko‘rsatib berishning imkoni yo‘qligi, keying davrlar
hisoboti aniqligiga ham ta’sir etadi. Yuridik shaxslarga beriladigan mulklar uchun
qilinadigan ijara shartnomasidagi ma’lumotlarni solishtirishda faqat soliq summasiga
e’tibor qaratilganligi natijasida ijaraga berilgan yer maydonini kamaytirib
ko‘rsatishlarning mavjudligi, yer maydonini ijaraga berishning minimal summasidan
ham pastroq narxda ijara to‘lash imkonini beradi. Bular o‘z o‘zidan soliqlardan
qochish yoki ularni o‘z vaqtida undirilishini kechiktiradi.

Xalqaro tajriba

Daniya yevropaning eng raqamlashtirilgan iqtisodiyotga ega davlatlaridan biri

xisoblanadi. Soliq tizimini raqamlashtirishda Daniya tajribasini ko‘rib chiqadigan
bo‘lsak Daniya soliq boshqarmasi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali
soliq yig‘imlarini samarali boshqarib kelmoqda. Soliq baholash va undirish
jarayonlarida avtomatlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish bu sohada sezilarli


background image

161

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o‘zgarishlarni olib kelgan. Ayniqsa, soliq to‘lovchilarni audit qilishda ishlatiladigan
texnalogiyalar natijadorligini oshirishga yordam bergan.

Daniyada soliq to‘lovchilar uchun yillik soliq hisobotlari avtomatik tarzda

shakllantiriladi. Ammo fuqarolarga o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni qo‘shish
imkoniyati berilganligi sababli, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilishining oldini olish
uchun raqamli bloklovchilar(Digital blockers) joriy etilgan. Bu tizim 2017-yildan beri
ishlaydi va soliq idorasi ma’lumotlar bilan mos kelmagan o‘zgartirishlarni cheklaydi.
2018-yilda esa yanada rivojlangan raqamli nazorat tizimi ishga tushirilib, har
daqiqada 1000 ta hisobotni tekshirish imkoniyati yaratildi.

Daniya soliq boshqarmasi

kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalarni

nazorat qilish

uchun ham raqamli texnalogiyalar ishga tushirgan bo‘lib bu tizim

bank ma’lumotlari va transchegaraviy moliyaviy operatsiyalarni kuzatish orqali
kriptovalyuta bilan savdo qilayotgan fuqarolarni aniqlash va noto‘g‘ri soliq
deklaratsiyalarini tuzatish imkonini berdi.

XULOSA
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda soliq nazorati tizimini

takomillashtirish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish strategik ahamiyatga ega.
Xalqaro tajribaga asoslangan xolda quidagilarni taklif qilishimiz mumkin:

Soliq ma’lumotlarini real vaqt rejimida ishlash qamrovini oshirish soliq

to‘lovchilar intizomini oshiradi va yashirin iqtisodiyotni kamaytiradi.

Sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalaridan foydalangan holda

tahlillarning aniqligini ta’minlash va nazorat qilishni kuchaytirish

Blockchain texnologiyalari orqali soliq jarayonlarini shaffoflashtirish soliq

to‘lovlarining haqqoniyligini ta’minlash

Soliq xisobotlarini topshirishda ijara shartnomasi ma’lumotlarini real vaqt

rejimida yarim avtomatik to‘ldirishni joriy qilish.

Jismoniy shaxslarning xisobotlarini topshirilishini avtomatlashtirish soliq

tushumlari kechikishini oldini olish.

O‘zbekiston sharoitida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq

tizimi samaradorligini oshirish, davlat byudjeti tushumlarini ko‘paytirish va iqtisodiy
shaffoflikni mustahkamlash mumkin. Xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan
islohotlar mamlakatning soliq tizimini zamonaviy va innovatsion modelga
aylantirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

162

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1.The Digital Transformation of Tax Systems Progress, Pitfalls, and Protection

in a Danish. LOUISE BLICHFELDT FJORD AND PETER KOERVER SCHMIDT.
240-262. (2023)

2.Council of the European Union Press Release, Digital finance: agreement

reached on European crypto-assets regulation (MiCA) (June 30, 2022).

3. Zakhidov Shahzod. Improving Tax Control. 2022
4. Olga I. Lyutova. DIGITAL TRANSFORMATION OF TAX LAW

PRINCIPLES. (2024)

5.O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi rasmiy veb sayti.

https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2

6.O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining rasmiy

veb sayti. www. lex.uz/

7. O‘zbekiston Resublikasining rasmiy veb sayti: gov.uz/uz/soliq

Библиографические ссылки

The Digital Transformation of Tax Systems Progress, Pitfalls, and Protection in a Danish. LOUISE BLICHFELDT FJORD AND PETER KOERVER SCHMIDT. 240-262. (2023)

Council of the European Union Press Release, Digital finance: agreement reached on European crypto-assets regulation (MiCA) (June 30, 2022).

Zakhidov Shahzod. Improving Tax Control. 2022

Olga I. Lyutova. DIGITAL TRANSFORMATION OF TAX LAW PRINCIPLES. (2024)

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi rasmiy veb sayti.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining rasmiy veb sayti. www. lex.uz/

O‘zbekiston Resublikasining rasmiy veb sayti: gov.uz/uz/soliq