Авторы

  • Ирода Даурбекова
    Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi

Биография автора

  • Ирода Даурбекова , Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi
    ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.85261

Ключевые слова:

: qoʻlyozma xattot faqih Ali ibn Sadafiy Saraqustiya Mursiya almoriylar salib yurishi.

Аннотация

Maqolada andalusiliyalik imom, qozi, mohir hofiz, xattot, faqih Ali ibn Sadafiyning hayoti va ilmiy faoliyati, shuningdek, uning mashhur “Sadafiy” qoʻlyozma nusxasi haqida ma’lumotlar yoritilgan.


background image

183

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

“SAHIHUL BUXORIY”NING “SADAFIY” NUSXASI

Iroda Daurbekova Tuyunovna

Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot

markazi ilmiy xodimi

)

irodasamar@mail.ru

(


Annotatsiya:

Maqolada andalusiliyalik imom, qozi, mohir hofiz, xattot, faqih

Ali ibn Sadafiyning hayoti va ilmiy faoliyati, shuningdek, uning mashhur “Sadafiy”
qoʻlyozma nusxasi haqida ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

qoʻlyozma, xattot, faqih, Ali ibn Sadafiy, Saraqustiya, Mursiya,

almoriylar, salib yurishi.

Аннотация:

В статье освещены жизнь и научная деятельность

андалузского имама, судьи, искусного хафиза, каллиграфа, правоведа Али ибн
Садафи, а также сведения о его знаменитой “Садафи” рукописи.

Ключевые слова:

рукопись, каллиграф, правовед, Али ибн Садафи,

Саракустия, Мурсия, алмориты, крестовый поход.

Annotation:

The article covers the life and scientific work of the Andalusian

imam, judge, master hafiz, calligrapher, and jurist Ali ibn Sadafi, as well as
information about his famous "Sadafi" manuscript.

Keywords:

manuscript, calligrapher, jurist, Ali ibn Sadafi, Saracens, Murcia,

Almoravids, Crusade.


Bugungi kunda dunyo va yurtimiz olimlari “Sahihul Buxoriy” asaridagi

hadislariga sharh yoki uning tahlili asosida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarni amalga
oshirib kelishmoqda. Hattoki, olimlarning ilimiy izlanishlari natijasida alloma ta’lif
etgan yigirmataga yaqin boʻlgan asarlaridan ayrim asarlarini dunyo kutubxona
fondlarida saqlanayotganini aniqlashtirib, ular haqida ma’lumot berishmoqda.
“Sahihul Buxoriy” asarining bugungi kungacha yetib kelishiga hamda keyingi
muhaddislar uchun asosiy manba boʻlib, xizmat qilayotgan mashhur “Sadafiy”
nusxasi hamda Abu Ali Sadafiyning hayoti, ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar
ushbu maqolada yoritib beriladi.

Bilamizki, Imom Buxoriyning vafotidan soʻng, uning shogirdlari va muhaddis

ulamolar islom oʻlkalarida hadis ilmini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishgan.
Ular Hijoz, Makka, Basra, Bagʻdod, Shom oʻlkalarida yashagan paytida yetuk
muhaddis olimlarni yetishib chiqishiga sababchi boʻlgan desak, mubolagʻa


background image

184

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

boʻlmaydi. Natijada “Sahihul Buxoriy” asarining hofiz va roviylari koʻpligidan
muhaddislar ularni nisbasi bilan tanishgan hamda uning rivoyati bilan hadis rivoyat
qilishgan. Ularning rivoyatlari asosida nusxalar paydo boʻla boshlagan. Ular “Sadafiy
[12]”, “Ibn Saʼda [13]”, “Asiliy [26]”, “Maqdisiy” [10: 81], “Yuniniy” [5: 1500]
nusxalari oʻsha davrda eng ishonchli boʻlgan nusxalardan sanalgan.

Qoʻlyozmalarni tavsif va tadqiq qilish jarayonda “Sahihul Buxoriy” ning

“Sadafiy” nusxasini hamda muhaddis Abu Ali Sadafiy oʻzining xati bilan yozilgani
va nusxa haqidagi ma’lumotlar diqqatimni tortdi. Bu nusxa Abu Ali Sadafiy va ustozi
Abu Valid Bojiy bilan birga Hijoz shahrida Abu Zarr Hiraviyning rivoyati asosida
oʻzining xati bilan oqqa koʻchirgan ekan [4: 18: 535].

Alloma “Ibn Sakkaro”, “Ibn Durroj”, “Ibn Firroh” nomlari bilan tanilgan imom,

qozi, hofiz, mohir xattot, faqih Abu Ali Sadafiy Saraqustiya (Andalusiyaning
shimoli-sharqidagi maʼmuriy va harbiy boʻlinma yeri; hozirgi Saragosa Zaragosa)
[16] ga yaqin bir qishloqda 454/1062 yili tavallud topgan [19: 273]. Toʻliq ismi –
Abu Ali Husayn ibn Muhammad ibn Firroh ibn Hayyun ibn Sakkaro Sadafiy
Andalusiy Saraqustiy. Alloma iqtidorli va hofizasi kuchli, boʻlib, yoshligidanoq ilm
olishga ishtiyoqi baland boʻlgan [22: 19: 376-378]. U dastlab Qur’on karimni yod
olishdan boshlab, bu yerdagi olimlarning ilmiy majlislariga qatnashgan va hadis
tinglagan.

U Saraqustiyalik mashhur muhaddis Abu Valid Bojiy [21: 2: 64-65], Abu Abbos

A’zoriy [22: 18: 567], Balansiyada Ibn Dala’iy [2: 147-166], Almariyada Abu
Abdulloh Muhammad ibn Saʼdun Qayrovayniy kabi boshqa andalusiyalik mashhur
ulamolaridan saboq olgan va hadis rivoyat qilgan [10: 7: 193-194; 19: 376-378; 13:
93]. Hasan ibn Muhammad ibn Mubashshir kabi olimlardan ilmu qiro’atning bir
necha uslublarini oʻrgangan. Keyinchalik u ilm olish maqsadida Shimoliy
Afrikaninng ilm markazi boʻlmish Qayravon, Mahdiya shaharlarida oʻz davrining
mashhur olimlarining darslariga qatnashgan. Abu Ali Sadafiy haj amallarini bajarish
uchun Makkaga borgan va bu yerda koʻplab hajga kelgan xurosonlik muhaddis
olimlar bilan uchrashgan. U yerda u “Imomul haramayn” laqabi bilan tanilgan
mashhur alloma Abu Abdulloh Husayn ibn Ali Tabariy, Abu Bakr Turtushiy [3: 4:
262-265] hamda islom olamidagi taniqli ulamolar bilan ham koʻrishgan va ulardan
hadis ilmidan saboq olgan. Basrada Abu Qosim ibn Shuʼba, Abu Yaʼlo Molikiy, Abu
Abbos Jurjoniylardan hadis tinglagan.

Abu Ali Sadafiy 482/1089 yili Bagʻdodga keladi va besh yil mobaynida bu

yerdagi mashhur olimlar Abu Husayn Tuyuriy, Abul Fazl Ahmad ibn Hasan ibn
Xayrun kabi olimlardan taʼlim olgan. Shuningdek, vatandoshimiz Abu Bakr Qaffol


background image

185

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Shoshiydan fiqh ilmini oʻrgangan va ustozining “Taliqotul kubro fi masailil hilof”
(Ixtilofli masalalar borasidagi batafsil izohlar) asarini eshitib,undan yozib olgan [5: 4:
1253-1255]. 487/1094 yili u Damashqdagi Abulfath Nasr ibn Ibrohim Maqdisiy,
Abulfaraj Sahl ibn Bishr Isfaroyniy kabi olimlardan ham saboq olgan va hadis
tinglagan. Ustozi Abulfath Nasr ibn Ibrohim Maqdisiy Abu Ali Sadafiydan uch dona
hadis yozib olgan. Biroz muddatdan soʻng, alloma Damashqdan Misrga borgan va
zamonasinig eng mashhur muhaddisi Abu Isʼhoq Habboldan hadis tinglagan va
undan ijoza olgan [6: 4: 310]. Iskandariyada Qozi Abul Hasan Ali ibn Husayn Xalʼiy,
Abu Abbos Ahmad ibn Ibrohim Roziy, Abul Qosim Mahdiy ibn Yunus Varroqdan,
Vositda Abul Maoliy Muhammad ibn Abdussalom Isfahoniydan va boshqa
muhaddislarning hadis tinglagan va ularning ilmiy majlislarida qatnashgan.

Abu Ali Sadafiy 490/1097 yili Andalusiyaga qaytgandan soʻng, Sibta (Seuta)

[21] shahriga ikki marta borgan. U yerda juga koʻplab shayxlar va shogirdlar undan
ilm olgan hadis tinglagan. Shu talabalarni ichida ustozi Qozi Iyoz ham boʻlgan.
Keyinchalik Qozi Iyoz allomaning darslarida qatnashganini ta’lif etgan asarida oʻzi
aytib oʻtgan.

Abu Ali Sadafiy Mursiyaga joylashib, bu shaharning masjidida dars bera

boshlagan [8: 1: 144-146]. Qisqa muddat ichida allomaning dovrugʻi atrofdagi
oʻlkalargacha yoyilib, turli hududlardan qiroat va hadis ilmini oʻzlashtirish uchun
koʻplab talabalar uning darsiga kela boshlagan. Talabalari ichida hatto, oʻzining ba’zi
ustozlari ham boʻlgan. Allomaning mashhur olimlar; Qozi Iyoz, Abu Tohir Silafiy,
Abu ibn Zubayr Saqofiy kabi iqtodorli shogirdlari boʻlgan. Abu ibn Zubayr Saqofiy:
“Hadis, fiqhda menga ijozat bergan ustozlar ichidagi eng qadrlisi” deb aytgan boʻlsa,
Qozi Iyoz: Ustozimdan “Sahihul Buxoriy” va “Sahihil Muslim” asarlarini oxirigacha
tinglagan edim. U yigirmadan ortiq hadisga oid kitoblarni oʻqiganida roviylar haqida
ma’lumot bergan edi” deb e’tirof etgan. Keyinchalik Qozi Iyoz “Mu’jamu fi shuyuhi
Ibn Sukkara” asarida ikki yuzga yaqin muhaddis, olim hamda davlat arboblarining
hayoti haqida ma’lumot bergan [7: 129-138].

Shundan soʻng ikki marta Marokash shimolidagi shaharlariga ilm maqsadida

safar qilgan. U yerda ham Qozi Iyoz ibn Muso Yahsubiy (476-544/1083-1149) ning
ilmiy majlisida qatnashgan hamda hadis tinglagan. Abu Ali Sadafiy Mursiya shahriga
safar qilib, u yerdagi olimlardan hadisni rivoyat qilish uslubi va roviylar silsila
sanadini chuqur oʻrgangan. U yerdagi ulamolardan Abu Ali Sadafiy hadis tinglagan
va ham rivoyat qilgan. Shunday ilmiy majlislarning birida hadis tinglovchilar orasida
unga qachonlardir ustozlik qilgan oʻz davrining mashhur olimi Ibn Dovud Muqriy
kabi muhaddislar ham qatnashgan.


background image

186

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Abu Ali Sadafiyning ilmiy majlisida tinglovchilarning soni kun sayin ortib

borgan. Buning sabab, esa u Shom oʻlkalariga qilgan ilmiy safarlari paytida hadis
ilmi, roviylar tarixi, sanadini mukammal oʻrganib, hadislarni zaif, sahihlaridan ajrata
bilgan. Shuningdek, alloma hadis ilmi, jarh va tadil ilmi, mohir xattotligi hamda
yuksak axloqi, taqvosi, omonatgoʻyligi bilan hamma joyda mashhur bo‘lgan. Abu Ali
Sadafiy talabalarga, ayniqsa, “Sahihul Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sunan Termiziy”
asarlaridan dars berish bilan band boʻlgan. Kundan-kun allomaga odamlarning ixlosi
va ishonchi ortib borgan [1: 19/1: 21-32].

Andalusiya ilm osmoniga nur sochgan Abu Ali Sadafiyning taqvodor,

omonatdor, solihligi hamda fiqhi ilmidagi iqtidorini eshitgan Mursiya hokimi
Ibrohim ibn Ali ibn Yusuf ibn Toshfin 505/1111 yili uni Mursiya shahriga qozilik
lavozimiga tayinlagan. U qozilik payti hukm chiqarayotganda, hatto amaldor
boʻlishidan qat’iy nazar adolatli boʻlgani uchun Mursiya xalqi uni “Shayxul islom”,
“Hojatbaror imom” , “Shamsul umma” kabi nom va unvonlar bilan atashgan.
Keyinchalik alloma qozilik lavozimidan ozod qilinishini hokimdan qayta-qayta
iltimos qilsa-da, ammo unga rad javobini bergan. Biroz muddatdan keyin 5087/1113
yili uni lavozimidan ozod qilgan. 508/1114 yili Sevilya shahri qoziligiga ishga taklif
qilishgan, ammo alloma qabul qilmagani sababli, uyidan tashqariga chiqmaslik
hukmi bilan jazolangan. Alloma umrining oxiriga qadar shogirdlariga uyidan
chiqmagan holda dars bergan va ilm bilan shugʻullanib, bir nechta kitoblarini
yozgan.

24-chi Robe’ul avval 514/1120 yil 22 iyunda Katanda (Teruel - Ispaniya

qadimiy qismi boʻlib, shimoli-sharqida joylashgan Aragon provintsiya [15].) sida
Aragon qiroli Alfonso I va Almoraviylar amiri Abu Isʼhoq ibn Ibrohim ibn Yusuf
Toshfin musulmonlar va frantsuzlar oʻrtasida qattiq jang boʻlgan. Bu jang dunyo
tarixida juda mashhur jang boʻlib, unda Ali ibn Sadafiy, Abu Abulloh ibn Farra
Andalusiy, Ibn Qusayra, Abdurahmon ibn Fath Lahmiy, Abu Bakr ibn Arabiy kabi
boshqa koʻpgina ulamolar hamda allomaning shogirdlari ham qatnashgan. Abu Ali
Sadafiy 24-chi robe’ul avval 514/1120 yil 22-iyun kuni ellik sakkiz (oltmish) yoshida
jangda shahid boʻlgan.

Alloma XI-XII asrlarda hadis roviylari va hofizlarining oʻziga xos bilimdon

allomalaridan biri boʻlib, u hadis va rivoyat yoʻllarini, hadis illatini, roviylar nomi
hamda rivoyat qilish usullarini juda yaxshi bilgan. Shuningdek, u jarh va taʼdil
(roviylarning ishonchli yoki ishonchsizligi) ni ajrata olgan. Hadis ilmidagi bu jarh va
taʼdil uslubini hamma ham uddalay oladigan ish emas edi. Hofiz Ali ibn Sadafiy
roviylarning tugʻilgan va vafot etgan sanasi, qachon va qayerlarga safar qilgani,


background image

187

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ustozi hamda shogirdlarining, xulqi, taqvosi haqida ma’lumotlarni yodda saqlab
qolish qobiliyatini izchil oʻrgangan. Bir roviy rivoyatini boshqasiniki bilan solishtirib
koʻrgan.

Ali ibn Sadafiyning xati chiroyli boʻlib, koʻp hadis kitoblarini koʻchirgan va yod

olgan. Uning quvvai hofizasi kuchli boʻlib, hadis matni, sanadi va roviylarini yodida
saqlagan. Safarlari davomida “Sahihul Buxoriy”, “Sahihi Muslim” va “Sunani
Termiziy” larning asarini oqqa koʻchirgan [14: 4: 65-66]. Qozi Iyoz “Al-G‘unya”
asarida rivoyat qiladiki, u 508/1114 yili Muharram oyida bir marta ustozning oldiga
borib, uni topa olmadim, lekin boshqa safar uning oldiga borib, u haqda “ko‘p
yaxshilik” eshitdim. Ali ibn Sadafiy “Sahihul Buxoriy”, “Sahih Muslim”, “Sunan
Termiziy” va “Ash-Shamoil”, Asbahoniyning “Riyozat al-muta”allimin”, “Al-Nasix
val-mansux”, Imom Buxoriy va Imom Muslimga “Istidrok”, Imom Daraqutniyning
“At-Tobaqo’”, va “Al-Ilzomat”, Isfahoniyning “Al-Arba’in”, Hasan ibn Sufyon
“Arbain”, Ibn Saidning “Mushtab ash-shubah” va “Birikmalar va xilma-xillik kitobi”;
“Al-Ishora” hamda Ibn Bojining “Sahobalik odoblari”, “Imom Buxoriy shayxlarining
ismlari”, Ahmad bin Adiyning “Al-jarh val-ta'dil”, Ibn Bojining “Al-Ilol al-kabir”,
Ibn Nasrning “Hidoyat va hidoyat”, Kalaboziyning “Tarix” kabi asarlarni koʻchirgan.
Shu sababdan ham Marokash va Andalusiya o‘lkalaridagi olimlari uni “Islom
madaniyati ustunligi” deb ta’rif berishgan.

Ali ibn Sadafiy ba’zi faqihlarga: “Sahihni oling va tasdiqlamoqchi bo‘lgan

matningizni ayting, men sizlar uchun uning naql zanjirini va siz istagan rivoyat
zanjirini aytib beraman”, degani zikr qilingan. “Men sizga uning matnini eslatib
oʻtaman” [24: 19] deb aytgan. Alloma hayotida yaqqol ko‘rinib turgan qadr-qimmat
shundaki, u koʻp ilmiy majlislari yoki, asar yozish, koʻchirish bilan mashgʻul
boʻlishiga qaramay, u ilm berishga va shogirdlarini yetuk ulamo boʻlib yetishiga
harakat qilgan. U shogirdlariga xati bilin yozilgan ijozalar bergan. Bugungi kunda
Fas shahrida joylashgan “Al-Qarovayyin” kutubxonasidagi Imom Buxoriyning
“Sahihul Buxoriy” “Ibn Sa’da” nusxasi va Imom Termiziyning “Sunan Termiziy”
asarlari Ali ibn Sadafiyning xati bilan yozilganligi Abulfazl Muborak kutubxona
hazinasida bo‘lgan nusxasi bilan solishtirganda tasdiqlangan.

U Almoraviylar hukmronligi davrdagi bilim arboblaridan biri bo‘lib, uning ilmiy

ufqlari Magʻrib va Sharqdagi bilim qutblari bilan boʻlgan barcha ilmiy majlislarda
oʻz aksini topgan. Keyingi davr ulamolari unga “Nil salaf va imomlarining imomi”,
“Marjonlar marvaridi” deya ta’rif berishgan. Olimning oʻz qoʻli bilan yozgan
nusxalar haqida to‘xtaladigan boʻlsak, ulamolar Andalusiyaning qulashi bilan
asarlarini butunlay yoʻqolib ketgan, deb hisoblagan. Ammo hadisshunos olimlarning


background image

188

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

hech biri “Sadafiy” nomini unutmagan va uning nusxalarini qidirishdan
toʻxtashmagan. Ayniqsa, marokashlik ulamolar qatʼiyat bilan uning ilmiy merosini
tadqiq qilishga hamda uning asarlarini solishtirib isbotlashga harakat qilishgan.

Islom olamida noyob qoʻlyozma asarlar Granadadan Fas shahriga koʻchirishgan

boʻlsa, keyinchalik ayrim sabablarga koʻra, ikki muqaddas shahar Misr va Livanga
koʻchirilgan. Marokash tadqiqot uyushma rahbari Shayx Muhammad Madaniy Ibn
Hasaniy (1889-1959) Ali ibn Sadafiy xatidagi qoʻlyozmani topgan boʻlgan. U
oʻzining “Miftohus sahih” asarida Ibn Hajar Asqaloniyning quyidagi soʻzini
keltargan: “Men Ali ibn Sadafiyning qoʻlyozmasiga alohida eʼtibor berib, bu nusxa
asosida unga hoshiya yozdim” deb taʼkidlagan [9: 7: 208]. Darhaqiqat, “Sadafiy”
nusxasi magʻriblik, andalusiyalik hamda islom olamidagi muhaddis olimlar uchun
ishonchli manba boʻlib xizmat qilgan.

“Sadafiy” nusxasini to’liq oʻrgangan olimlardan biri faqih Abul Abbos Ahmad

ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Shayx Abu Muhammad Andulqodir
Fasiy. U 608/1211 yili Hijozga qilgan safarida oʻrgangan. U quyidagichaaytadi:
“Men Tirablusda qoʻlyozmalar saqlanadigan kutubxonaga bordim. Uni ichida Imom
Buxoriyning qoʻlyozma nusxasi bor ekan. Bu qoʻlyozma oʻn oltita juz boʻlib, har bir
varaqda ellik qator bor ekan. Qoʻlyozmaning xati qora siyoh bilan yozilgan hech bir
joyida qizil siyoh ishlatilmagan [24: 19]. Kitob basmala bilan boshlangan boʻlib, har
bir hadisni oxirida

)ه( ha harfi bor. Matndagi harflarning ustida nuqtalari juda kam.

Kitobning kolofon qismida quyidagi yozuv bor:

“Bu Abu Abdulloh Buxoriy rohimahulloh tasnif qilgan “Jome as-Sahih” kitobini

oxiri. Alloh taoloni tortiq qilgan narsasida Allohga hamdlar boʻlsin. Bu kitob foyda
berishini Oʻzidan soʻrab qolamiz. Buni Husayn ibn Muhammad Sadafiy Abu Zarrga
oʻqib bergan. Muhammad ibn Ali ibn Mahmudni xatiga muqobala qilib yozgan. Bu
yozish 580/1184 yil Muharram oyining 21-chi kuni haftaning juma kuni tugadi.
Allohga hamdlar boʻlsin va Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga
salovatu salomlarimiz boʻlsin” [25: 15].

يراخبلا اللهدبع وبأ هفنص يذلا حيحصلا عماجلا رِخآ

-

الله همحر

-

لله دمحلاو

ُلأسأ هايإو ،هب َّنَم ام ىلع

رذ يبأ ىلع ةءورقم دومحم نب يلع نب دمحم طخب ةخسن نم يفدصلا دمحم نب نيسح هبتكو ،هب عفني ْنأ

-

الله همحر

-

ةينامث ماع مرحملا نم نيرشعلاو يداحلا ةعمجلا موي هخسن نم غارفلا ناكو ،هُّطخ اهيلعو

،هلهأ وه امك اًريثك لله دمحلاو ،ةئامسمخو

.اًريثك اًميلست مَّلسو هيلع الله ىَّلص ،هلوسرو هِّيبن دمحم ىلع هتاولصو

Kitobning ustida esa, “al-Jomiʼul musnadus sahihul muhtasar min umuri

Rosulilloh sallollohu alayhi va salom va sunnanihi va ayyamihi” Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim Buxoriyning kitobi boʻlib, Abu Abdulloh


background image

189

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Muhammad ibn Yusuf Firabriyni rivoyati va Husayn Muhammad Sadafiyni xati” [25:
16], deb yozilgan.

الله لوسر ثيدح نم حيحصلا عماجلا باتك

-

مَّلسو هيلع الله ىَّلص

-

اللهدبع يبأ فينصت ،همايأو هننسو

ميهاربإ نب ليعامسإ نب دمحم

يراخبلا

-

هنع الله يِضر

-

هنع يربرفلا فسوي نب دمحم اللهدبع يبأ ةياور

-

الله همحر

-

.يفدصلا دمحم نب نيسحل

Hozirgi kunda Ali ibn Sadafiyning oʻz qoʻli bilan koʻchirgan “Sahihul Buxoriy”

ning “Sadafiy” nusxalaridan ikkitasi maʼlum boʻlib, ulardan biri Rabot milliy
kutubxona fondida № 5053, Qirol Saud universitet kutubxonasida № 5382, 5361,
5408, 4722, 7299, 7288, 5785 raqam ostida saqlanadi. Bu nusxa ustozi Abulvalid
Bojiy rivoyat qilgan nusxadan koʻchirgan. Ikkinchisi esa, Liviyaning Jugʻbub [18]
shahridagi kutubxona fondida saqlanadi. Ushbu nusxa Muhammad ibn Ali ibn
Mahmud nusxasidan koʻchirilgan.

Shuningdek, bugungi kunda Frantsiya milliy kutubxona fondida ikkita

qoʻlyozma nusxa ham “Sadafiy” nusxalaridan koʻchirilgan boʻlib ular № 689, 5417
raqam ostida saqlanmoqda. Qoʻlyozma kufiy-magʻribiy xatida yozilgan. Asar toʻliq,
poygirlari ketma-ketlikda joylashgan hamda hoshiyasida hadis qaysi roviylar
tomonidan aytilgan boʻlsa, ustiga belgi, izoh va toʻldirmalar keltirilib oʻtilgan.
Nusxalardagi bu ramzlarga koʻra, xattotning boshqa nusxalar haqida ma’lumotga ega
ekani hamda hadis ilmi xabardorligidan dalolat beradi. Qoʻlyozmaning birinchi
nusxasi qachon koʻchirilgani aniq emas, ikkinchisi esa, 1294/1877 yili xattot Umar
ibn Muhammad ibn Usmon Sibaviy [11: 216

a

] tomonidan koʻchirilgan. Bu nusxalar

haqida 1928 yillari Marokash ilmiy tadqoqot instituti direktori sharqshunos olim
Evarist Levi Provansal (1894-1956) “La Recension maghrébine du Ṣaḥīḥ d'al-
Buḫārī ” [13: 209-233] maqolasida bu nusxa haqida ma’lumot bergan. Uning
tadqiqoti natijasida nusxa “Sadafiy” qoʻlyozmasidan koʻchirilgani faqat davr,
xattotlari boshqa ekanini ta’kidlagan.

Kitobning 1

b

varaqlarida bu qoʻlyozma aynan “Sadafiy” nusxasidan

koʻchirilgani haqida ma’lumotlar keltirilgan.

انربخأ

هيقفلا

ظفاحلا

وبأ

يلع

نيسح

نب

دمحم

نب

ةريف

يفدصلا

ىضر

الله

هنع

ةءارق

ينم

هيلع

ةينادب

اهسرح

الله

لاق

انأ

هيقفلا

يضاقلا

وبأ

ديلولا

ناميلس

نب

فلخ

يجابلا

ىضر

الله

هنع

لاق

انربخأ

خيشلا

وبأ

رذ

دبع

نب

دمحأ

نب

دمحم

يورهلا

ةءارق

هيلع

يف

دجسملا

مارحلا

لاق

انربخأ

وبأ

دمحم

دبع

الله

نب

دمحأ

نب

هيومح

يسخرسلا

ةارهب

ةنس

ثلاث

نيعبسو

ثلاثو

ةئام

وبأو

قاحسإ

ميهاربإ

نب

دمحأ

نب

ميهاربإ

يلمتسملا

خلبب

ةنس

عبرأ

نيعبسو

ةئامثلاثو

وبأو

مثيهلا

دمحم

نب

يكملا

نب

دمحم

نب

عارز

ينهيمشكلا

اهب

ةءارق

هيلع

اولاق

انربخأ

وبأ

اللهدبع

دمحم

نب

فسوي

نب

رطم

ربرفلا

ي

ربرفب

لاق

انثدح

وبأ

دبع

الله

دمحم

نب

ليعامسإ

نب

ميهاربإ

يراخبلا

....لاق


background image

190

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

“Bizga faqih hofizul hadis Аbu Аli Husayn ibn Muhammad Firro Sadafiy (Аlloh

undan rozi boʼlsin) meni oʻz yaqiniga oʻtqizib oʻzimga oʻqittirib (Аlloh yod
olganlarimni xotiramda Oʻzi saqlagan boʻlsin) ushbu xabarni yetkazdi: Bizga faqih
qozi Аbu Valid Sulaymon ibn Xalaf Bojiy (Аlloh undan rozi boʻlsin) xabar berdi:
Bizga Shayx Аbu Zarr Аbd ibn Аhmad ibn Muhammad Hiraviy Masjidul Haramda
oʻziga oʻqittirib ushbu xabarni berdi: Bizga 373/983 yili Hirotda Аbu Muhammad
Аbdulloh ibn Аhmad ibn Hamavayh Saraxsiy, 374/984 yili Balxda Аbu Ishoq
Ibrohim ibn Аhmad ibn Ibrohim Mustamliy va oʻsha yili Balxda Аbu Haysam
Muhammad ibn Makkiy ibn Muhammad ibn Zarroʼ Kushmihoniy (har biri alohida
vaqt va alohida makonda) oʻziga oʻqittirib ushbu xabarni berdi: Bizga Аbdulloh ibn
Muhammad ibn Yusuf ibn Matar Firabriyda ushbuni xabar berdi: U dedi: Bizga Аbu
Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim Buxoriy hadis aytdi [12: 1

b

]...”

Bu ikki nusxaning ahamiyatli va ishonchli jihati shundaki, kitob turli davrda

xattotlar tomonidan koʻchirilgan boʻlsa-da, Ali ibn Sadafiy ustozi Аbu Valid
Sulaymon ibn Xalaf Bojiydan tinglagani, Аbu Valid Bojiy esa, Shayx Аbu Zarr Аbd
ibn Аhmad ibn Muhammad Hiraviydan rivoyat qilgan sanad, roviylar zanjir silsilasi
ketma-ketligi uzilmagan holda keltirilgan. Shuningdek, u Hijozga safar qilgan paytida
shayxi ham qaynotasi Ibn Sa’da ikkisi Abu Zarr Hiraviydan “Sahihul Buxoriy” ni
tinglagan va oqqa koʻchirgan [25: 15].

Bugungi kunda dunyoning turli kutubxona fondlarida “Sahihul Buxoriy” ning

eng qadimgi ishonchli nusxalari saqlanmoqda. Ular hammasi ham toʻliq tadqiq
qilinmagan. Shu sabab bu qoʻlyozmalar orasida “Sadafiy” nusxalari ham mavjud
boʻlishi ehtimoldan xoli emas. “Sahihul Buxoriy” ni matni va sanadlar zanjiri
uzilmagan holda keyingi avlodlarga yetkazishda Ali ibn Sadafiyning ham xizmati
katta boʻlgan. U hadis ilmi rivojiga katta hissa qoʻshgan muhaddislardan sanaladi.
Allomalarning shunday mehnati mahsulini qidirib topib, asrab-avaylab, oʻrganib,
keng afkor ommaga yetkazish bugungi tadqiqotchilarning oldidagi sharafli
burchlaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Abdulhodi Toziy. Mahtuto vahida fil a’lam: Sahihul Imam al-Buhari bi

hattil Hafiz Sadafiy. XIX/1 – Qohira: 1973.

2.

Abduvahhob Zannun Toha. Dirosatu fit tarixi Andalus. – Misr:

Muassasat shababul jamia, 1987. – B. 147-166. Abu Abbos Ahmad ibn Umar ibn
Anas ibn Dilhas Uzriy Dala’iy (1003-1085) andalusiyalik hadis hofizi va geograf
boʻlib, u 1016-1024 yillari Makkada yashagan payti Hofiz Abu Zar Hiraviydan


background image

191

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

“Sahihul Buxoriy” ni va Hasan ibn Bundar Roziydan “Sahihu Muslim” ni tinglagan
va hadisdan saboq olgan.

3.

Abu Abbos Ahmad ibn Muhammad. Vafoyatul a’yan va anba’u abna’iz

zamon. 4-jild. – Bayrut: Ihsan Abbos, 1978. – B. 262-265. Abu Bakr Muhammad ibn
Valid ibn Muhammad ibn Halaf Fihriy Turtushiy (1059-1126) andalusiyalik fahiq,
muhaddis boʻlib, u Nizomiya madrasasida Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad
Shoshiydan fihq, Abu Muhammad Rizqulloh Tamimiydandan hadiz tinglagan.

4.

Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy.

Siyaru a’lomun nubalo. Abu Valid Sulaymon ibn Halaf ibn Sa’d Tujaybiy Bojiy
(1013-1082) andalusiyalik muhaddis, qozi, shoir boʻlib, Hofiz Abu Zar Hiraviyning
shogirdi boʻlgan. 18-jild. – Bayrut: Baytul afkorud duvaliya, 2004.

5.

Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy.

Tazkiratul huffoz. 4-jild. – Haydarobod: 1955-1958.

6.

Abu Abdulloh Shihobiddin Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy Bagdodiy.

Mu’jamul buldon. 4-jild. – Bayrut: 1991.

7.

Abu Fazl Iyoz ibn Muso ibn iyoz Yahsubiy. Fihristu shuyuxil Qozi Iyoz.

– Bayrut: Mohir Zuhayr Jarror, 1982.

8.

Abu Ja’far Ahmad ibn Ibrohim ibn Zubayr Saqofiy Andalusiy. Silatus

sila. 1-juz. – Qohira: Ibrohim Abyor, 1966. – B. 144-146.

9.

Abu Ja’far Ahmad ibn Ibrohim ibn Zubayr Saqofiy Andalusiy. Silatus

sila. 7-juz. – Rabot: Evarist Levi Provansal, 1937. – B. 208.

10.

Abu Muhammad Zakiyuddin Abdulazim ibn Abdulqoviʼ ibn Abdulloh

Munziriy At-Takmilatu li vafayotin naqlati. 2-jild. – Bayrut: Bashshar Avvod Maʼruf,
1988.

11.

Abulfazl Iyoz ibn Muso ibn Iyoz Yahsubiy. Tartibul madorik. 7-jild. –

Rabot: Muhammadiya, 1968. – B. 193-194.; Siyaru a’lomun nubalo. 19-jild. –
Bayrut: Baytul afkorud duvaliya, 2004. – B. 376-378.; Islom Diyonat
Ensiklopediyasi. Abu Ali Sadafiy. 10-jild. – Turkiya: Diyonat vaqfi, 2023. – B. 93.

12.

Andalusiyalik muhaddis, hofiz, qozi Abu ali Husayn ibn Muhammad ibn

Firruh ibn Hayyun ibn Sakkaro Sadafiy Andalusiy (1088/1120).

13.

Andalusiyalik muhaddis, hofiz, xattot Abu Imron Muso ibn Saʼda

Andalusiy.

14.

BNF №5417.

15.

BNF №689.

16.

Evarist Levi Provansal. “La Recension maghrébine du Ṣaḥīḥ d'al-Buḫārī.

– Frantsiya: Journal asiatique, 1822, CCII, 1923, – B. 209-233.;


background image

192

Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

17.

Hayriddin Zirikliy. Al-A’lam: qomusu tarojim. 4-jild. – Bayrut: Zuhayr

Fathulloh, 1984. 65-66.

18.

https://ar.wikipedia.org/wiki/%D9%85%D8%B9%D8%B1%D9%83%D

8%A9_%D9%83%D8%AA%D9%86%D8%AF%D8%A9

19.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B0%D1%80%D0%B0%

D0%B3%D0%BE%D1%81%D0%B0

20.

Ignatiy Krachkovskiy Yulianovich

. Arabskaya kultura v Ispanii. –

Moskva: Аkademiya nauk SSSR, 1937.

21.

Ispaniyaning

tarkibida

boʻlgan

avtonom

shahar

hisoblanadi:

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D1%83%D1%82%D0%B0

22.

Jugʻbub - Liviyaning shimoli-sharqida joylashgan voha boʻlib, Misr

bilan chegaradosh shahar.

23.

Kamoliddin ibn Adim. Bugʻyatut talab fi tarixi Halab. – Bayrut: Dorul

fikr, – B. 273.

24.

Landa Robert Grirorovich. V strane al-Andalus cherez tisyachu let:

Musulmanskaya kultura v Ispanii. Institut vostokovedeniya.

– Moskva: Vostochnaya

literatura,

RAN, 1993.

25.

Muhammad ibn Shokir Qurtubiy. Favatul vafoyat vaz zayli alayha. 2-

jild. – Bayrut: Ihson Abbos, 1973. – B. 64-65. Abu Valid Sulaymon ibn Halaf ibn
Sa’ad Tujibiy (1013-1081) andalusiyalik faqih, hofiz, muhaddis boʻlib, u 1035-1040
yillarda Hijozda yashagan davrida Hofiz Abu Zar Hiraviydan hadis va fiqhdan saboq
olgan.

26.

Qurdobalik muhaddis, hofiz, faqih Abu Muhammad Abdulloh ibn

Ibrohim ibn Muhammad Asiliy (935/1001).

27.

Siyaru a’lomun nubalo. 18-jild. – Bayrut: Baytul afkorud duvaliya, 2004.

– B. 567. Ahmad ibn Umar ibn Anas A’zoriy (1003-1085) andalusiyalik imom, hofiz,
muhaddis.

28.

V strane al-Andalus cherez tisyachu let: Musulmanskaya kultura v

Ispanii. Institut vostokovedeniya.

– Moskva: Vostochnaya literatura,

RAN, 1993.

29.

افلا دباعلا دمحم ديسلا ذاتسلأا كلم يف فلؤملل ةخسن ىلع تدمتعا

ىربكلا ةنازخلا ظفاحم يس

ةبراغملا ةلاحرلا ىدل ايبيل" ،يذاتلا”،””يقارعلا يملعلا عمجملا ةلجم”

0791 .

30.

ساف نيب ةمءوتلا لوح هثحب ةبسانمب "ةخيشلا ةخسنلا" نع روشاع نبا خيشلا ثيدح يف

ربنجد "برغملا ةلجم" يفدصلا ةخسن نع ثيدحلل رِشُي مل ،ناوريقلاو

0791

رياني

0799

.

Библиографические ссылки

Abdulhodi Toziy. Mahtuto vahida fil a’lam: Sahihul Imam al-Buhari bi hattil Hafiz Sadafiy. XIX/1 – Qohira: 1973.

Abduvahhob Zannun Toha. Dirosatu fit tarixi Andalus. – Misr: Muassasat shababul jamia, 1987. – B. 147-166. Abu Abbos Ahmad ibn Umar ibn Anas ibn Dilhas Uzriy Dala’iy (1003-1085) andalusiyalik hadis hofizi va geograf boʻlib, u 1016-1024 yillari Makkada yashagan payti Hofiz Abu Zar Hiraviydan “Sahihul Buxoriy” ni va Hasan ibn Bundar Roziydan “Sahihu Muslim” ni tinglagan va hadisdan saboq olgan.

Abu Abbos Ahmad ibn Muhammad. Vafoyatul a’yan va anba’u abna’iz zamon. 4-jild. – Bayrut: Ihsan Abbos, 1978. – B. 262-265. Abu Bakr Muhammad ibn Valid ibn Muhammad ibn Halaf Fihriy Turtushiy (1059-1126) andalusiyalik fahiq, muhaddis boʻlib, u Nizomiya madrasasida Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiydan fihq, Abu Muhammad Rizqulloh Tamimiydandan hadiz tinglagan.

Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a’lomun nubalo. Abu Valid Sulaymon ibn Halaf ibn Sa’d Tujaybiy Bojiy (1013-1082) andalusiyalik muhaddis, qozi, shoir boʻlib, Hofiz Abu Zar Hiraviyning shogirdi boʻlgan. 18-jild. – Bayrut: Baytul afkorud duvaliya, 2004.

Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Tazkiratul huffoz. 4-jild. – Haydarobod: 1955-1958.

Abu Abdulloh Shihobiddin Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy Bagdodiy. Mu’jamul buldon. 4-jild. – Bayrut: 1991.

Abu Fazl Iyoz ibn Muso ibn iyoz Yahsubiy. Fihristu shuyuxil Qozi Iyoz. – Bayrut: Mohir Zuhayr Jarror, 1982.

Abu Ja’far Ahmad ibn Ibrohim ibn Zubayr Saqofiy Andalusiy. Silatus sila. 1-juz. – Qohira: Ibrohim Abyor, 1966. – B. 144-146.

Abu Ja’far Ahmad ibn Ibrohim ibn Zubayr Saqofiy Andalusiy. Silatus sila. 7-juz. – Rabot: Evarist Levi Provansal, 1937. – B. 208.

Abu Muhammad Zakiyuddin Abdulazim ibn Abdulqoviʼ ibn Abdulloh Munziriy At-Takmilatu li vafayotin naqlati. 2-jild. – Bayrut: Bashshar Avvod Maʼruf, 1988.

Abulfazl Iyoz ibn Muso ibn Iyoz Yahsubiy. Tartibul madorik. 7-jild. – Rabot: Muhammadiya, 1968. – B. 193-194.; Siyaru a’lomun nubalo. 19-jild. – Bayrut: Baytul afkorud duvaliya, 2004. – B. 376-378.; Islom Diyonat Ensiklopediyasi. Abu Ali Sadafiy. 10-jild. – Turkiya: Diyonat vaqfi, 2023. – B. 93.

Andalusiyalik muhaddis, hofiz, qozi Abu ali Husayn ibn Muhammad ibn Firruh ibn Hayyun ibn Sakkaro Sadafiy Andalusiy (1088/1120).

Andalusiyalik muhaddis, hofiz, xattot Abu Imron Muso ibn Saʼda Andalusiy.

BNF №5417.

BNF №689.

Evarist Levi Provansal. “La Recension maghrébine du Ṣaḥīḥ d'al-Buḫārī. – Frantsiya: Journal asiatique, 1822, CCII, 1923, – B. 209-233.;

Hayriddin Zirikliy. Al-A’lam: qomusu tarojim. 4-jild. – Bayrut: Zuhayr Fathulloh, 1984. 65-66.

Ignatiy Krachkovskiy Yulianovich. Arabskaya kultura v Ispanii. – Moskva: Аkademiya nauk SSSR, 1937.

Ispaniyaning tarkibida boʻlgan avtonom shahar hisoblanadi: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D1%83%D1%82%D0%B0

Jugʻbub - Liviyaning shimoli-sharqida joylashgan voha boʻlib, Misr bilan chegaradosh shahar.

Kamoliddin ibn Adim. Bugʻyatut talab fi tarixi Halab. – Bayrut: Dorul fikr, – B. 273.

Landa Robert Grirorovich. V strane al-Andalus cherez tisyachu let: Musulmanskaya kultura v Ispanii. Institut vostokovedeniya. – Moskva: Vostochnaya literatura, RAN, 1993.

Muhammad ibn Shokir Qurtubiy. Favatul vafoyat vaz zayli alayha. 2-jild. – Bayrut: Ihson Abbos, 1973. – B. 64-65. Abu Valid Sulaymon ibn Halaf ibn Sa’ad Tujibiy (1013-1081) andalusiyalik faqih, hofiz, muhaddis boʻlib, u 1035-1040 yillarda Hijozda yashagan davrida Hofiz Abu Zar Hiraviydan hadis va fiqhdan saboq olgan.

Qurdobalik muhaddis, hofiz, faqih Abu Muhammad Abdulloh ibn Ibrohim ibn Muhammad Asiliy (935/1001).

Siyaru a’lomun nubalo. 18-jild. – Bayrut: Baytul afkorud duvaliya, 2004. – B. 567. Ahmad ibn Umar ibn Anas A’zoriy (1003-1085) andalusiyalik imom, hofiz, muhaddis.

V strane al-Andalus cherez tisyachu let: Musulmanskaya kultura v Ispanii. Institut vostokovedeniya. – Moskva: Vostochnaya literatura, RAN, 1993.

اعتمدت على نسخة للمؤلف في ملك الأستاذ السيد محمد العابد الفاسي محافظ الخزانة الكبرى التاذي، "ليبيا لدى الرحالة المغاربة”،””مجلة المجمع العلمي العراقي” 1970.

في حديث الشيخ ابن عاشور عن "النسخة الشيخة" بمناسبة بحثه حول التوءمة بين فاس والقيروان، لم يُشِر للحديث عن نسخة الصدفي "مجلة المغرب" دجنبر 1965 يناير 1966.