UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANIDAN O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPOZITSIYASIDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISH

Журнал:
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Юсупова S. ., & Рахмонбердиева O. . (2025). UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANIDAN O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPOZITSIYASIDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISH. Свет науки, (10(45). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-shine/article/view/99031
Шохиста Юсупова , Guliston davlat pedagogika instituti,
“Tarix va san’atshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ойгул Рахмонбердиева , Guliston davlat pedagogika institute
“Tasviriy san’at” mutaxassisligi 7-24 guruh magistranti
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada manzara janrining tarixi, o‘quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o‘rgatish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirish, qalamtasvirda manzara chizish mahoratini oshirish haqida, so‘ngra esa kompozitsiyada manzara chizishda ularning tasavvurini yana ham rivojlantirish haqida aytib o‘tilgan.


background image

65

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT

FANIDAN O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPOZITSIYASIDA RASM

CHIZISHGA O‘RGATISH

Yusupova Shoxista Alimjanovna

Guliston davlat pedagogika instituti, “Tarix va san’atshunoslik”

kafedrasi katta o‘qituvchisi

Raxmonberdiyeva Oygul Rayimjonovna

Guliston davlat pedagogika institute “Tasviriy san’at” mutaxassisligi

7-24 guruh magistranti

raxmonberdiyevaoygul@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada manzara janrining tarixi, o‘quvchilarning

manzara janrida rasm chizishga o‘rgatish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlarini
oshirish, qalamtasvirda manzara chizish mahoratini oshirish haqida, so‘ngra esa
kompozitsiyada manzara chizishda ularning tasavvurini yana ham rivojlantirish
haqida aytib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar

: Manzara, etyud, plener, tasvir, kontrast, janr, rasm, qalam, rang,

chiziq, simmmetriya, asimmetriya, ritm, syujetli kompozitsiya, format.


Ma’lumki, tasviriy san’at fanida tabiat manzarasini chizish murakkab

bo‘lib,kompozitsiya chizishda o‘quvchilarning tasavvur qilish, ijodiy qobiliyatlarini
oshirish muhim hisoblanadi. Tasviriy san’at fanida manzara janrida rassomlar tabiat
va dengizni qalamtasvirda va rangtasvirda aks ettiradi. Albatta manzara janri tasviriy
san’atda katta ahamiyat kasb etib, eng hissiyotli janrlardan biri sifatidagi ijodiy
jarayondir. Tasviriy san’atning turlari haqida ko‘plab rassomlar o‘zlarining fikrlarini
aytib o‘tishgan bo‘lib, masalan: “Shunday narsa mavjudki, u hamma san’at
turlarining asosi hisoblanadi, bu-qalamtasvir. Kimki, qalamtasvir san’atini
mukammal egallasa, u rangtasvirni ham, xaykaltaroshlikni ham o‘zgashtira oladi,”-
deb aytgan Karuchchi.[1;7].

Ba’zan rassomlar asarlarini tabiat manzarasida haqiqiy ko‘rinishini chizishsa,

boshqa rassomlar manzaralarni xayolan tasvirlashadi, ayrim vaqtlarda esa manzarani
ham haqiqiy ko‘rinishini, ham xayolan chizgan bo‘lsa, kompozitsiyani ikkalasini ham
bir asarda ifoda etishadi. Manzara janrida yaratilgan asarlar ba’zida tarixiy va
maishiy janrdagi chizilgan asarlarga fon sifatida ham asosiy bo‘lib tasvirlanadi.
Manzara janri qadimgi janrlardan biri hisoblanib, dastlab Qadimgi Misrda,


background image

66

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Gretsiyada va Rimda rivojlana boshladi. Manzara janri Xitoyda VI asrda mustaqil
ravishda paydo bo‘la boshladi. Uyg‘onish davrida Yevropa san’atida manzara janri
rivojlanib, asosan chiziqli perspektiva bilan havo perspektivasi ko‘proq manzarada
aks ettirila boshlandi va keyinchalik bu janr Gollandiyada, XVIII asrga kelib esa
Rossiyada rivojlana boshladi.

Manzaraning mohir ustalari Klod Loren, I.Shishkin, I.Levitan, O‘.Tansiqboyev,

N.Karaxan, G‘.Abdurahmonov va boshqa mashhur rassomlar ijodini bu borada misol
keltirish mumkin.[2;80].

Albatta, manzara janri o‘ziga xos qiziqarli bo‘lib, rassomlar bilimini, ichki

tuyg‘ularini rasm chizish orqali kompozitsiyada tabiat obrazini aks ettirishga
etyud,eskizlar chizish bilan birgalikda asarning to‘laqonli tomoshabinga yetib
borishini xohlaydilar. Manzaraning ham ikki xili mavjud bo‘lib, birinchisida faqat
manzara rasmi chizilsa, ikkinchisida esa tasvir fonida chiziladi. Manzara janrida
ko‘proq tabiat va shahar ko‘rinishlarini rasmi chiziladi. Asosan manzara janri
murakkab bo‘lib, o‘quvchilar tabiat manzarasini chizishdan oldin tabiatdagi
narsalarning alohida qismlarini chizish orqali masalan, daraxtni, gullarni, novda va
shox-shabbalarni alohida rasmini chizib olish orqali o‘rganadi. Ko‘pincha o‘quvchilar
manzarada rasm chizishda orqa fon bilan oldi fonni tasvirlashda qiynalishadi .
Shuning uchun ham o‘quvchilar manzara chizishdan avval tabiat manzaralarini
kuzatish orqali chizishni o‘rganishi lozim

Tabiat va uning go‘zalligini, shoirlar, rassomlar, kompozitorlar o‘z asarlarida

madh etadilar.Tabiat go‘zalligi har bir ijodkorga ilhom baxsh etadi.Shu boisdan ham
rasm chizishni o‘rganishga kirishayotgan kishi tabiat manzaralari rasmini chizish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Chunki, tabiat rassom uchun tasvirlashning asosiy
manbayi hisoblanadi.[3;83].

Rasm chizishda tabiat manzarasini tasvirlashda avval muhitni o‘rganmasdan

tahlil qilmasdan xayolan rasm chizsa, ushbu rasm rassomning ijodida yakuniga
yetmay qoladi va tomoshabinga qiziqishni uyg‘otmaydi. Muntazam ravishda rasm
chizish orqali o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlari oshib, qalamtasvirda yoki
rangtasvirda ijodiy fikrlar tug’ilishi kuzatiladi. O‘quvchilarga manzarada rasm
chizishni o‘rgatishda avvalo narsalarni chizishda ularning xarakterli belgilarini chizib
olish, bo‘laklarining nisbatlarini tasvirlab chizishda e’tibor berish lozim. Birinchi
navbatda manzarani qalamtasvirda chizib olinsa, keyin esa rangtasvirda chizilsa, asta-
sekin manzarada kompozitsiyani chizishda ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Tabiat manzarasini uchta ko‘rinishda tasvirlashda yaqin, o‘rta va olisdagi narsalarni
chizib yakunlanadi. O‘quvchilar ko‘pincha yaqin ko‘rinishdagi narsalar bilan olisdagi


background image

67

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

narsalarni ikkalasini ham aniqroq qilib chizishadi. Lekin manzarani chizayotganda
yaqin ko‘rinishdagi narsalarni aniqroq qilib chizib olinib, uzoqdagi narsalarni ochroq
qilib chizishga ahamiyat berish lozim. Manzarani chizish paytida uzoqdagi narsalar
yaqindagi narsalarga nisbatan kichik ko‘rinishda bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Tabiat manzarasini chizishda havo perspektivasini ham aks ettirib uzoqdagi
narsalarni yaqinroqqa nisbatan xiraroq va ochroq tasvirlab chizish kerakligini aytib
o‘tish lozim. Manzarani to‘rt bosqichda chizib yakunlash kerak.Birinchi bosqichda
tabiat manzarasini chizishda diqqat bilan avval kuzatish kerak. Keyin esa, qog‘ozga
yordamchi chiziqlar bilan chizib olib, chizgandan so‘ng natura bilan solishtirib
qaraladi. Chizilgan manzarada kamchiliklar bo‘lsa, manzaraga qarab yana qaytadan
tuzatib chiziladi. Ikkinchi bosqichda, misol uchun bahor faslining manzarasi
chizilayotgan bo‘lsa, yorug‘-soyalariga qarab, qalamtasvirda yengil chiziqlar bilan
shtrixlab olinib chiziladi. Uchinchi bosqichga kelib, tabiat manzarasining och-to‘qlik
joylariga qarab tasvirlanadi. Manzaraning to‘rtinchi bosqichida esa, daraxtlarning
hajmdorligiga, xarakterli joylariga alohida e’tibor berib, soya joylar shtrixlar bilan
to‘qlashtirib yakunlanadi va umumlashtirilgan holda chizib tugatiladi. Asosan
ertalabki tabiat manzarasida orqa ko‘rinish xiraroq va oldidagi narsalar esa aniqroq
chiziladi. Kechqurun tabiat manzarasini chizishda osmon tusida barcha narsalar
aniqroq qilib tasvirlanadi. O‘quvchilar faqatgina tasviriy san’at darsida mavzu
bo‘yicha manzara chizmasdan, to‘garak mashg‘ulotlarida ham faol qatnashib,
manzara janrida rasm chizishi lozim bo‘ladi va ular mustaqil ravishda tabiat
manzarasini chizib tugatsa, asta-sekin kompozitsiyada rasm chizishni o‘rganishadi.
Ayniqsa, maktabda tasviriy san’at fanidan o‘quvchilarning manzara janrida chizgan
rasmlari bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlar tashkil etilsa, ularning qiziqishi yana ham
oshadi. Tasviriy san’at fanida o‘quvchilarga beriladigan bilim va malakalarning
samarali bo‘lishi, bu o‘qituvchining darsga tayyorgarlik darajasiga, pedagogik
mahoratiga, tajribasiga bog‘liq bo‘ladi.

Agarda, yosh rassom-o‘quvchi tasvirni to‘liq ko‘ra olsa va realistik

tasvirlashning asosiy qonunlaridan bo‘lgan hamda metodik izchillikda “umumiydan-
bo‘laklarga va bo‘laklardan-yana umumiyga” tamoyilidan foydalangan holda “analiz
va sintez”tamoyiliga asoslanib, tasvir bajarsagina ko‘zlangan maqsadga erishishi va
vazifani samarali bajarishi mumkin. Doimiy ravishda qismlarni umumiy jism bilan
birgalikda tasvirlab ish yuritish bir vaqtning o‘zida rasmning har bir qismi ustidan
nazorat o‘rnatish imkonini beradi.[4;13].

Shunday ekan,tasviriy san’at darslarida manzarada kompozitsiya chizishda

o‘quvchilarming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda xotira, tafakkur, mehnat


background image

68

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

badiiy talant, ilhomlanish, badiiy ijod va boshqalar kiradi. Ijod komponentlari esa
bilim, dunyoqarash, mehnat va boshqalardan iborat bo‘ladi. Manzarani chizayotgan
paytda undagi barcha obyektlarni masalan, osmon, yer, daraxtlar va boshqalarni
tasvirlashda birdaniga yaxlit ko‘rish qiyin bo‘ladi. Chunki, yaxlit ko‘rib idrok etish
qobiliyati zarur bo‘ladi. Manzara rangtasvirida chizish vaqtida o‘quvchilar
kompozitsiyani tugata olmasa,ular qisqa vaqtda bajariladigan etyudlarda rasmlarni
qayta-qayta chizish orqali o‘rganishi mumkin. Rasmni chizish vaqtida dastlab
murakkab bo‘lmagan manzaralarni chizish orqali o‘rganish lozim. Keyin esa asta-
sekin murakkab bo‘lgan etyudlarni chizish kerak. Etyudni chizishda o‘quvchilar
chuqur fikrlab o‘rganishi, perspektiva qoidalariga rioya qilgan holda chizib tugatishi
va chizayotgan joyni to‘g‘ri tanlashi, chizayotgan asarida badiiylik, tus va rang
munosabatlarini tasvirlash vaqtida yaxlit qilib tugatishi va tabiatni sinchiklab
o‘rganishi, uzoq vaqtli etyudlarni chizishda o‘quvchilar nazariy o‘rgangan bilimlari
asosida amaliy-ijodiy qobiliyatlari orqali rasmni puxta ishlashi kerak. Uzoq vaqtli
etyudlarni chizishda tabiatning nozik holatini tasvirlash orqali manzarani chizishda
bilim, malaka kerak bo‘ladi. Manzarani chizishda kompozitsiya markazini aniqlab
olish va chizish kerak bo‘ladi. Kompozitsiya lotincha so‘zdan olingan bo‘lib,
Tuzish”, “Birlashtirish”degan ma’nolarni anglatib, turli bo‘laklarni bir butun yaxlit
g‘oyaga birlashtirish hisoblanadi. Kompozitsiyalar ham qonun-qoidalardan,
usullardan va vositalardan iborat bo‘ladi. Kompozitsiya qonun-qoidalariga harakatni
tasvirlab chizish, tinch holatda chizish, oltin kesim (uchdan biri) kiradi. Kompozitsiya
usullariga esa muvozanat, simmmetriya va asimmetriya, ritm, syujetli kompozitsiya
markazini tasvirlab chizish kiradi. Format, fazoviy kenglik, yaxlitlilik va boshqalar
kompozitsiya vositalariga kiradi. Shuningdek, tasviriy san’at darsida o‘quvchilarning
manzara janrida bilimini oshirishda bolalar ijodini o‘rganish metodidan, suhbat
metodidan va boshqa metodlardan foydalangan holda ularning nazariy bilimlarini
ham shakllantirish lozim. Manzara janrida kompozitsiyani chizishda kuzatish,
qiyoslash, o‘lchash, tajriba,tahlil qilish kerak bo‘ladi. Oq qog‘ozga rasm chizishdan
oldin kompozitsiya chizishda tabiat manzaralarini kuzatib o‘rganiladi va xotirada
saqlab

qolib,

kompozitsiyada

rasm

chiziladi.

Kompozitsiyani

chizishda

masalan,yaqindagi daraxtlar va olisdagi daraxtlar qiyoslab, o‘xshashligi yoki
farqlanishi haqida fikr yuritiladi. Manzara janrida qog‘ozga joylashtirishda o‘lchab
olinadi va tahlil qilinadi. O‘quvchilar manzarani ko‘proq chizish orqali rangtasvirda
tasvirlashni va chizilgan manzaraga yana qaytadan qarab, yorug‘-soyalarini chizishni
o‘rganishi lozim bo‘ladi. Tabiat manzarasini chizishda kompozitsiyalarni yaratish
qiyin bo‘lib, asosan avval qalamtasvirda chizib o‘rganib, keyin esa rangtasvirda


background image

69

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kompozitsiyada rasm chizib tugatilsa, etyudlar chizilsa, o‘quvchilarning ijodkorlik
qobiliyatlari rivojlanib, manzara janrida chizish mahoratlari oshadi. Manzara
chizishda masalan, bahor mavzusida kompozitsiya chizilsa, avval o‘qituvchi darsda
bahor fasli haqida o‘quvchilarga ma’lumot beradi. Darsda bahor fasli haqida
o‘quvchilarga ma’lumot beradi. Darsda bahor fasli haqida ma’lumotlarga asoslangan
holda xomaki rasm chizishni ular o‘rganishlari lozim. Keyin esa o‘quvchilarning
o‘zlari xohlagan mavzulari bo‘yicha masalan, “Tog‘da bahor”, “Hovlimizda bahor”
va boshqa mavzularda rasm chizishlari mumkin. Tasviriy san’at darslarida
o‘quvchilarni kompozitsiyada rasm chizishga qiziqishini oshirish uchun bahor
faslining asosiy elementlaridan namunalarni ko‘rsatish va ularni amaliy
mashg‘ulotlarda faolligini oshirishda qo‘lda tayyorlangan ko‘rgazma materiallaridan
foydalansa yaxshi natija beradi. Undan tashqari, o‘qituvchi doskaga bahor mavzusida
manzara chizib o‘rgatsa, ularning rasm chizishga bo‘lgan qobiliyatlari oshadi.
Tasviriy san’at o‘qituvchisining asosiy vazifasi bu o‘quvchilarda endi rivojlanib
kelayotgan rasm chiza olish qobiliyatini oshirishdan iborat bo‘lib, bunda asosan
qalamni ushlashdan boshlab, rasm chiziladigan naturani kuzatishni, tasvirlaydigan
kompozitsiya asosida qog‘oz yuzasiga chizishni o‘rgatishi kerak bo‘ladi.

Birinchi sinfdan boshlab, tasviriy san’at darslarida katta e’tibor berilgan

rivojlanish fazoviy, rangdor fikrlash, ko‘rish” qobiliyati yaratishdan iborat bo‘lib,
tasavvurni rivojlantirishdir. Rivojlangan tasavvur-yuqoriroq shaklli obrazli
fikrlashdir. Bola his qiladi, o‘zi yaratuvchi va aniq oby’ektlarni yaratishda dunyoga
munosabatini ifodalashga qodir. U o‘z ijodining mahsulini yaratadi, bu unga quvonch
keltiradi.[5;72].

Shunday ekan, dars jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini

oshirish orqali amaliy mashg‘ulotlarda rasm chiza olish qobiliyatlari asta-sekin
shakllanadi. Albatta, qog‘ozga rasm chizishda kompanovkaga e’tibor berish lozim.
Chiziladigan buyum, manzara va boshqalarni qog‘oz yuzasiga mos holda joylashtirib
chizilsa, bunga kompanovka deyiladi. Manzara chizishda dala amaliyotida ijod qilib
rasm chizish, xona ichkasida rasm chizish sharoitidan farq qilib, asosan rassom
manzarani qog‘ozga chizayotganda reflekslarni turli-tumanligi, yorug‘likning
ko‘pligiga ob-havoning turli holatlariga, yil fasliga manzara chizishda alohida
ahamiyat berishi lozim.

Kompozitsiyaning nazariy asoslarini to‘g‘ri tushunish va o‘zlashtirish uchun

badiiy obrazning mohiyati, asosiy belgilari, xossalari va sifatlarini bilish kerak.
San’at inson faoliyatining o‘ziga xos sohasi bo‘lib, u orqali obyektiv voqelik ma’lum


background image

70

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo‘ladi. Bu bilish san’atiga xos shaklda, badiiy obrazlar shaklida amalga
oshiriladi.[6;70].

Amaliy mashg‘ulotlarda asta-sekin chizish orqali qisqa vaqtli etyudlarni

manzara kompozitsiyasida tasvirlashni mukammal o‘rganish lozim. Qisqa vaqtli
etyudlarni bajarib bo‘lgandan keyin, mazmun jihatidan murakkab va uzoq muddatli
etyudlarni chizishga o‘tiladi. Chunki, uzoq muddatli etyudlarni chizish qiyin bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, manzarani chizish qiyin bo‘lishiga qaramasdan, har bir rassom
uni mohirlik bilan tasvirlashga harakat qilishadi. Chunki hayajonli, jiddiy va jo‘shqin
ko‘rinishda tasvirlanayotgan kompozitsiyani chizish murakkab hisoblanadi. Xavaskor
rassomlarning plenerda naturani yaxlit idrok qilishda, rang munosabatlari bilan
chizish usuli orqali etyudlarni tasvirlash alohida mahorat kasb etadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova Rangtasvir Toshkent-“O‘zbekiston”-

2006.[1;7].

2. S. F. Abdirasilov Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi Toshkent-2012.[2;80].
3. B. N. Oripov Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi “Ilm Ziyo “Toshkent-

2012.[3;83].

4. Botir Boymetov Qalamtasvir Toshkent-“Ilm Ziyo”-2007.[4;13].
5. Berikbayev Alisher Alikulovich Tasviriy san’atning nazariy va uslubiy

asoslari. “Ilm Ziyo Zakovat” Toshkent-2023.[5;72].

6. I.X.Mirzakulov Kompozitsiya “Ilm Ziyo Zakovat” Toshkent-2023.[6;70].
7. Alimjanovna, Y. S. (2024). The Important Significance of Introducing

Students to Artists' Creations in Circle Classes (Ural Tansikbaev). Emergent: Journal
of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(1), 9-9.

8. Alimjanovna Y. S. TOOLS AND CRITERIA OF COMPOSITION IN THE

CREATIVE PROCESS OF FINE ARTS CLASSES OF UNIVERSITY SCHOOLS
//CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2024. – Т. 5. – №. 02.
– С. 48-58.

9. Pardaboеvich, Jumaboеv Nabi. "Interpretation of the Problem of Educational

use of Aesthetic Views of Eastern Thinkers in Pedagogical Research." Emergent:
Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 3.1 (2024): 9-9.

10. Odiljanovna, Yakubova Nafisa, Yusupova Shohista Alimjanovna, and

Nusharov Bobir Bolbekovich. "Problem Teaching Technology. Types of Teaching."
International Journal on Orange Technologies 3.5 (2021): 68-72.

Библиографические ссылки

S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova Rangtasvir Toshkent-“O‘zbekiston”-2006.[1;7].

S. F. Abdirasilov Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi Toshkent-2012.[2;80].

B. N. Oripov Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi “Ilm Ziyo “Toshkent-2012.[3;83].

Botir Boymetov Qalamtasvir Toshkent-“Ilm Ziyo”-2007.[4;13].

Berikbayev Alisher Alikulovich Tasviriy san’atning nazariy va uslubiy asoslari. “Ilm Ziyo Zakovat” Toshkent-2023.[5;72].

I.X.Mirzakulov Kompozitsiya “Ilm Ziyo Zakovat” Toshkent-2023.[6;70].

Alimjanovna, Y. S. (2024). The Important Significance of Introducing Students to Artists' Creations in Circle Classes (Ural Tansikbaev). Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(1), 9-9.

Alimjanovna Y. S. TOOLS AND CRITERIA OF COMPOSITION IN THE CREATIVE PROCESS OF FINE ARTS CLASSES OF UNIVERSITY SCHOOLS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2024. – Т. 5. – №. 02. – С. 48-58.

Pardaboеvich, Jumaboеv Nabi. "Interpretation of the Problem of Educational use of Aesthetic Views of Eastern Thinkers in Pedagogical Research." Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 3.1 (2024): 9-9.

Odiljanovna, Yakubova Nafisa, Yusupova Shohista Alimjanovna, and Nusharov Bobir Bolbekovich. "Problem Teaching Technology. Types of Teaching." International Journal on Orange Technologies 3.5 (2021): 68-72.