Авторы

  • N.A. Akbarova
    Farg’ona davlat texnika universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.105758

Ключевые слова:

Musiqa madaniyat musiqiy ta’lim yevrosentrizm davlat dasturi huquqiy-meyoriy hujjatlar Qaror Farmon Nizom Qonun.

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida musiqiy madaniyat va musiqiy ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, soha rivoji uchun xizmat qilgan islohotlar, ularning mohiyati yoritib o’tilgan. Musiqa madaniyatiga oid huquqiy-meyoriy hujjatlar va ulardan ko’zlangan maqsadlar mazmuni bayon qilingan. Shuningdek, mustaqillikka qadar o’zbek musiqa madaniyati taraqqiyoti istiqlol davridagi bilan qiyoslab tahlil etilgan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlar tarixiylik, qiyosiy tahlil, izchilik tamoyillari asosida tahlil etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MUSIQA MADANIYATI VA

MUSIQIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MAZMUNI

N.A. Akbarova

Farg’ona davlat texnika universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15649090

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida musiqiy madaniyat va musiqiy ta’lim

sohasidagi o’zgarishlar, soha rivoji uchun xizmat qilgan islohotlar, ularning mohiyati yoritib
o’tilgan. Musiqa madaniyatiga oid huquqiy-meyoriy hujjatlar va ulardan ko’zlangan maqsadlar
mazmuni bayon qilingan. Shuningdek, mustaqillikka qadar o’zbek musiqa madaniyati
taraqqiyoti istiqlol davridagi bilan qiyoslab tahlil etilgan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardagi
ma’lumotlar tarixiylik, qiyosiy tahlil, izchilik tamoyillari asosida tahlil etilgan.

Kalit so’zlar

. Musiqa, madaniyat, musiqiy ta’lim, yevrosentrizm, davlat dasturi, huquqiy-

meyoriy hujjatlar, Qaror, Farmon, Nizom, Qonun.

Mustaqillik arafasida o‘zbek musiqiy ta’limi og‘ir ahvolda edi. Sovet hokimiyati davrida

yevropacha uslubda tashkillangan musiqiy ta’lim tuzimi o‘zini oqlamagan, sohani ta’lim
tizimida bo‘lgani kabi “qoldiq tamoyili” asosida moliyalashtirilishi mavjud musiqiy ta’lim
muassalarini moddiy-texnik bazasini ancha nochor holatga solib qo‘ygan edi. XX asrning 80-
yillari boshida respublika musiqa maktablarida o‘qituvchilarning ham, o‘quvchilarning ham
asosiy qismi Yevropa millatlari vakillaridan iborat bo‘lib, keyingi yillarda musiqa maktablariga
hujjat topshirayotgan mahalliy millat farzandlarining ko‘payib borishi asnosida muammolar
ortib bordi. Chunki ular asosan milliy cholg‘u sozlari yo‘nalishlariga hujjat topshirishar, musiqa
maktablarida esa milliy sozlar ham, ulardan dars beruvchi muallimlar ham yetishmas edi.
Yevrotsentrizm g‘oyalari asosida tashkil etilgan musiqiy taʼlim tizimining nobopligi bois,
musiqa maktablari va musiqa bilim yurtlarida yetishib chiqayotgan o‘quvchilar talabga javob
bermas edi. Taʼlim milliylikdan uzoq bo‘lib, maʼlum maqsadni ifodalamasdi. Barcha taʼlim
dargohlarida milliy sozlar bo‘limida yevropalik kompozitorlarning begona-skripka, alt,
violonchelga mo‘ljallangan asarlari dasturga kiritilgani nomantiqiy hodisa edi. Milliy musiqiy
merosni o‘rganishga jiddiy eʼtibor berilmasligi sababli bu taʼlim dargohlari milliy cholg‘u sozlari
bo‘yicha yetuk sozandalar yetishtirib bera olmadi

[12;73]

.

Istiqlol yillarida o‘zbek millati boy musiqiy merosini saqlash hamda musiqa madaniyati

va ta’limini yuksaltirish uchun to‘liq shakllangan huquqiy asoslar ishlab chiqish maqsadida
ko‘plab huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillining ilk yillaridan milliy o‘zlikni
anglash, haqiqiy vatanparvar fuqorolarni tarbiyalash uchun asosiy vosita madaniyat, san’at,
adabiyotni rivojlantirish ekanligini yaxshi anglagan holda bu sohalar taraqqiyotiga davlat
siyosati darajasida ahamiyat qaratish boshlandi. Bu yo‘lda avvalo yosh iste’dodlarni izlab
topish, ularga imkoniyat yaratish muhim vazifa edi. Adabiyot, san’at va me’morchilik sohalarida
iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularning ijod salohiyatini Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz
ma’naviyatini mustahkamlash, boyitishga yo‘naltirish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni zamon
talablari darajasiga ko‘tarish maqsadida

[11;3]

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining

“Ijodkor yoshlarning “Iste’dod” jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 1993-yil 19-
mayda “Iste’dod” jamg‘armasi tuzildi.

Jamiyatimizda teran maʼnaviy xislatlarni qaror toptirish, xalqimizni, jumladan, yoshlarni

umumbashariy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida voyaga yetkazish
yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning muhim qismini tashkil qiladi. Milliy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi
kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta’sirli va zamonaviy
usul va vositalardan foydalangan holda ilmiy tadqiqot va targ‘ibot ishlarini olib borish
maqsadida

[13]

1994-yil 23-aprelda “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi tuzildi.

O‘zbekistonda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lm tizimi va madaniyat sohasida ham keng
qamrovli islohotlar boshlandi.

Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etishi islohotlar tarkibiga alohida

yondashuvni talab etadi. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini tubdan
o‘zgartirish istiqlolning ilk kunlaridan dolzarb tus oldi. Yurtimizda sobiq ittifoq davlatlari ichida
birinchilardan bo‘lib 1992-yilda qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun 1997-yil 29-
avgustda yangi tahrirda yaratildi. Asosiy urg‘u millat ma’naviy qiyofasini asrash, jamiyatda
so‘glom tarbiyaviy muhitni qaror toptirish, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham aqlan, ham
ma’nan, ham jismonan barkamol etib tarbiyalashga berildi. Bu jarayonda musiqa va san’at
tarbiyasining o‘rni va rolini yuksak ekanligini to‘g‘ri anglagan holda O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari “taʼlim
muassasalari” ro‘yxatiga kiritildi

[12;61]

.

O’zbekiston respublikasi prezidentining PF-1692-son farmoniga ko’ra 1997-yil 1-

yanvardan eʼtiboran O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi
bolalar musiqa va sanʼat maktablari o‘qituvchilariga qator imtiyozlar belgilandi

[1]

. Jumladan,

musiqa va san’at maktablari o’qituvchilarining oylik maoshlari oshirildi, o’quv stavkalri
kamaytirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro talablarga mos taʼlim olishlari hamda milliy
an’anaviy merosni chuqur o’rganib, uni egallashlarini ta’minlash maqsadida maxsus o‘quv
dasturlar ishlab chiqildi.

O‘quv yurtlarini yuqori sifatli cholg‘u sozlari va zarur zamonaviy texnik vositalar bilan

boyitish, isteʼdodli yoshlarni sanʼat sohasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rik-
tanlovlar va boshqa anjumanlarda ishtirok etishlarini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda
bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish vazifalari belgilandi

[12;61]

. Natijada bolalar

musiqa va san’at maktablari o’quvchilarining xalqaro miqyosdagi tanlovlarda ishtirok etish
imkoniyati oshirildi.

Ta’lim tizimi taraqqiyotida jahon andozalarini o‘rgangan holda 1997-yil mamlakatimizda

jahonda AQShdan so‘ng ikkinchi bo‘lib “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi

[12;62]

. Mazkur Qonunlarda ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning

singdirishi, ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatga ega bo‘lishi asosiy
vazifa sifatida qo‘yildi.

Musiqiy taʼlim milliy taʼlim tizimining tarkibiy qismi bo’lgani sababli bu vazifalarni

bajarish musiqa va san’at maktablari zimmasiga tushdi. Kamol topib kelayotgan yosh avlodni
milliy va jahon musiqa sanʼati namunalaridan keng foydalanishi ularning isteʼdodini har
tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Bu borada
boshlang‘ich musiqiy taʼlim tizimini tubdan o’zgartirish, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini
zamonaviy ko‘rinishda yangilash, ularni yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassislar
bilan taʼminlash maqsadida bir qator islohotlar o‘tkazildi. Jumladan, bolalar musiqa va sanʼat
maktablari, shuningdek, R.Glier nomidagi va V.A.Uspenskiy nomidagi respublika
ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
ixtiyoriga o‘tkazildi

[12;63]

.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

56

Mamlakatimizda musiqiy va san’at ta’limini rivojlantirish uchun davlat va hukumat

tomonidan bir qancha normativ hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008-yil 7-yanvardagi F-2908-sonli farmoyishiga binoan tuzilgan Bolalar
musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning
faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi

[2]

tasdiqlandi. Unga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga boshlang‘ich
musiqiy taʼlimni tashkil etish va bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim tizimini
takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish topshirildi. 2014-yilga qadar respublika
miqyosida dastur doirasida 278 ta bolalar musiqa va san’at maktabida qurilish-ta’mirlash
ishlari bajarildi. Shu jumladan, 136 ta maktab yangitdan barpo etilib, 142 tasida kapital
rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Ular 137 milliard so‘mlik musiqa asboblari, ovoz
kuchaytirgich, mebel va zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Bolalar musiqa va san’at
maktablarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar natijasida ularga o‘quvchilarning qamrovi
avvalgiga nisbatan 1,5 barobar ortdi. 2008-yilda bolalar musiqa va san’at maktablarida
mamlakat bo‘yicha 38 034 o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 49 foizga
oshib, qariyb 55 mingni tashkil etdi. Mazkur maktablarda 9 622 pedagog o‘z mahoratini
navqiron avlodga o‘rgatib, o‘quvchilar mahoratini oshirishda xizmat qildi

[14]

.

Kelajak avlodni madaniy saviyasini oshirish uchun olib borilayotgan islohotlarning

davomi sifatida “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini
rivojlantirish jamg‘armasi byudjetini hamda 2013-yilda bolalar sporti obyektlari, suzish
havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish manzilli
dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”

[3]

gi Qaror qabul qilindi. Qaror bo’yicha qurulishi,

rekonstruksiyasi davom ettiriladigan obyektlarning parametrlari, hududlari, moliyaviy
manbalari aniq belgilab berildi.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini barpo etish va ularni hududlarning o’ziga xos

rivojlanishiga muvofiq joylashtirish uchun olib borilayotgan ishlarni tizimli ravishda davom
ettirish, shuningdek, o’quvchi yoshlarni ta’lim olish jarayonini axloqiy tarbiyani shakllantirish
bilan bog’liq holda olib borish ustuvor vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda bolalarning
ijodiy imkoniyatlarini namoyish etishlariga keng yo’l ochib berish, musiqa va san’at
bilanshug’ullanishlari uchun kengroq yo’l ochib berish, san’atning barcha turlariga nisbatan
mehr-muhabbat uyg‘otish, musiqa va tasviriy sanʼat sohalarida umumjahon merosini
o‘rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015-yil 20-noyabrda “Bolalar musiqa
va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga
mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida” gi PQ-2435-sonli Qaror qabul qilindi

[4]

. Mazkur

Qarorning qabul qilinishi yurtimizda musiqa ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlarning
mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ushbu dasturni amalga oshirish jarayonida musiqa maktablarning davlatdagi huquqiy

maqomini yanda takomillashtirish, ularning faoliyatida aniq tartiblarni yo‘lga qo‘yish
maqsadida 2016-yil 5-may kuni Vazirlar Mahkamasining 144-sonli Qarori bilan “Bolalar
musiqa va san’at maktablari to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi

[5]

. Mazkur nizom bolalar musiqa

va san’at maktabilari faoliyatini tartibga solish, ularning boshqarilishi, moliyalashtirilishi, o’quv
jarayonlarini tashkil etishini tizimlashtirish uchun xizmat qildi.

O‘zbekistonda 2017-yildan so‘ng ro‘y bergan o‘zgarishlar bolalar musiqa va san’at

maktablari tizimi taraqqiyotida yangi qadam bo‘lib xizmat qiluvchi yangilanishlar uchun asos


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

57

bo‘ladigan huquqiy hujjatlarning qabul qilinishiga imkon yaratdi. Dastavval 2017-yil 7-fevralda
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi”
PF-4947-sonli Farmon qabul qilindi

[6]

. Ushbu tarixiy hujjatning to’rtinchi yo’nalishida milliy

madaniyat, xususan, musiqa madaniyatini rivojlantirishga oid islohotlar mazmuni aks etdi.

O‘zbekiston xalqining boy va betakror madaniy merosi, san’ati hamda ijodiy salohiyatini

yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini
oshirish, shuningdek, aholining keng qatlamlari orasida ma’naviy-axloqiy yetuklik va sog‘lom
turmush tarziga bo‘lgan intilishni kuchaytirish maqsadida 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat
va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-4956-sonli Farmoni qabul qilindi

[7]

. Ushbu farmon madaniyat sohasi tarkibiga kirgan

musiqa ta’limini yangicha zamonaviy ko’rinishda rivojlantirish uchun muhim omil bo’ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining samarali faoliyatini ta’minlashda 2017-

yil 17-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PQ-2778-sonli Qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Unga muvofiq bolalar musiqa va
san’at maktablari Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

2017-yil 31-mayda “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va

takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli Qaror

[15]

, 2017-yil 16-

oktyabrda “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqida”gi PQ-3325-
sonli Qaror, 2017-yil 18-oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risda”gi PQ-3337-sonli Qarorlarning qabul qilinishi ushbu
yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi. Yuqoridagi normativ-huquqiy
hujjatlarning qabul qilinishi madaniyat va san’at sohasini rag’batlantirish davlat siyosatining
asosiy ustuvor yo’nalishiga aylanganidan dalolat beradi. Islohotlar natijasida madaniyat
vazirligi tarkibiga kiruvchi musiqa va san’at maktablari infratuzilmasini yaxshilash, moddiy-
texnik bazasini boyitish, kadrlar salohiyatini oshirish, yosh iste’dodlarni qo’llab-quvvatlash,
muassasalarning zamon talablari darajasida faoliyat yuritishi uchun zarur strategiyalar ishlab
chiqildi.

Tarixiy ildizga ega o‘zbek maqom san’atini chuqur o‘rganib, o‘ziga xos ijro maktablari va

an’analarni yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning “oltin fondi”ni yaratish va boyitish, xalqaro
nufuzini oshirish va keng targ‘ib qilish maqsadida O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining
“O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul
qilindi. Mazkur qaror asosida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi faoliyat boshladi,
respublikadagi barcha musiqa va san’at maktablari o’quv rejalariga milliy maqomlar tizimli
ravishda kiritildi. Farg’ona shahrida butun vodiy uchun yagona bo’lgan maqom maktab-
internati tashkil etilib, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlaridagi maqom yo’nalishida tahsil
olishni istagan iste’dodli yoshlarni o’qitish yo’lga qo’yildi. 2018-yilda Shahrisabzda I Xalqaro
maqom sanʼati anjumani bo’lib o’tdi va bu anjuman har ikki yilda tashkillanishi belgilandi. Biroq
pandemiya tufayli mazkur anjumanni o’tkazish 2024-yilga qadar to’xtab qoldi. Shu yilda
Zominda II Xalqaro maqom sanʼati anjumani o’tkazildi. O’zbek maqom san’ati butun dunyoga
yuz tutishi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

58

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash

to‘g‘risida. 1996-yil 31-dekabr, PF-1692-son. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 13-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda
2.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va

ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʼyicha 2009-2014- yillarga mo‘ljallangan davlat
dasturi toʼgʼrisida. PQ-910-son. Toshkent, 2008-yil, 8-iyul
3.

A’zamxonovna, A. N. (2025). NAMANGAN VILOYATIDA MUSIQA MAKTABLARINING

SHAKLLANISH

TARIXIDAN.

INNOVATIVE

DEVELOPMENTS

AND

RESEARCH

IN

EDUCATION

,

4

(37), 45-51.

4.

Akbarova, N. (2024). FARG ‘ONA VILOYATI MUSIQA MAKTABLARINING RESPUBLIKA VA

XALQARO TANLOVLARDAGI ISHTIROKI VA NATIJALARI.

Farg'ona davlat universiteti,(3)

, 205-

205.
5.

Akbarova, N. A. (2023). MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG ‘ONA VILOYATI MUSIQA

MAKTABLARI FAOLIYATI: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR.

Interpretation and researches

,

1

(1).

6.

A’zamkhonovna, A. N. (2025). FROM THE HISTORY OF THE FORMATION OF MUSIC

SCHOOLS IN THE FERGANA VALLEY.

Web of Humanities: Journal of Social Science and

Humanitarian Research

,

3

(3), 28-30.

7.

Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida. 2017-yil 15-fevral, PF-4956-son. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son; 27.08.2019-y.,
06/19/5787/3650-son;

Qonunchilik

ma’lumotlari

milliy

bazasi,

30.04.2021-y.,

06/21/6218/0398-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son
8.

Ijodkor yoshlarning “Iste’dod” jamg’armasini tuzish to’g’risida, PF-601-son // Nafosat

jurnali, 1993-yil 7-8-son.
9.

Ирзаев Б. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда мусиқа маданиятининг

ривожланиши. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2015

Библиографические ссылки

Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida. 1996-yil 31-dekabr, PF-1692-son. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 13-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʼyicha 2009-2014- yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi toʼgʼrisida. PQ-910-son. Toshkent, 2008-yil, 8-iyul

A’zamxonovna, A. N. (2025). NAMANGAN VILOYATIDA MUSIQA MAKTABLARINING SHAKLLANISH TARIXIDAN. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION, 4(37), 45-51.

Akbarova, N. (2024). FARG ‘ONA VILOYATI MUSIQA MAKTABLARINING RESPUBLIKA VA XALQARO TANLOVLARDAGI ISHTIROKI VA NATIJALARI. Farg'ona davlat universiteti,(3), 205-205.

Akbarova, N. A. (2023). MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG ‘ONA VILOYATI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR. Interpretation and researches, 1(1).

A’zamkhonovna, A. N. (2025). FROM THE HISTORY OF THE FORMATION OF MUSIC SCHOOLS IN THE FERGANA VALLEY. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(3), 28-30.

Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2017-yil 15-fevral, PF-4956-son. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son; 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son

Ijodkor yoshlarning “Iste’dod” jamg’armasini tuzish to’g’risida, PF-601-son // Nafosat jurnali, 1993-yil 7-8-son.

Ирзаев Б. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда мусиқа маданиятининг ривожланиши. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2015