Авторы

  • N.A. Akbarova
    Farg’ona davlat texnika universiteti o’qituvchisi,
  • A.P. Minavvarjonov
    FDTU dasturiy injiniring yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.89571

Ключевые слова:

Axborotlashgan jamiyat media media savodxonlik ta’lim tarbiya raqamli dunyo raqamli madaniyat platforma xavfsizlik bloger etik me’yorlar media maydon.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda axborotdan oqilona va mas’uliyatli foydalanish madaniyatini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning hal qiluvchi o‘rni yoritilgan. Yosh avlod ongida tanqidiy fikrlash, axborot xavfsizligi va media savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab, maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaning, o‘qituvchilarning va jamiyatning umumiy mas’uliyati haqida fikr yuritilib, samarali usullar va takliflar keltirilgan. Maqola ta’lim-tarbiya orqali axborotga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

4

O‘ZBEKISTONDA AXBOROTDAN OQILONA FOYDALANISH MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM VA TARBIYANING O‘RNI

N.A. Akbarova

Farg’ona davlat texnika universiteti o’qituvchisi,

A.P. Minavvarjonov

FDTU dasturiy injiniring yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15438265

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari jadal

rivojlanayotgan davrda axborotdan oqilona va mas’uliyatli foydalanish madaniyatini
shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning hal qiluvchi o‘rni yoritilgan. Yosh avlod ongida tanqidiy
fikrlash, axborot xavfsizligi va media savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini
ta’kidlab, maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimda ushbu yo‘nalishda
olib borilayotgan ishlar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaning, o‘qituvchilarning va jamiyatning
umumiy mas’uliyati haqida fikr yuritilib, samarali usullar va takliflar keltirilgan. Maqola ta’lim-
tarbiya orqali axborotga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va
amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.

Аннотация.

В данной статье освещается решающая роль образования и воспитания в

формировании культуры рационального и ответственного использования информации
в условиях стремительного развития информационных технологий в Узбекистане.
Подчёркивается необходимость развития у молодого поколения навыков критического
мышления, информационной безопасности и медиаграмотности. Проанализирована
работа, проводимая в этом направлении в системе образования — от дошкольного до
высшего. Также рассматривается общая ответственность семьи, педагогов и общества,
приведены эффективные методы и предложения. Статья включает научно-
теоретические и практические рекомендации по формированию осознанного
отношения к информации через систему образования и воспитания.

Annotation.

This article highlights the crucial role of education and upbringing in shaping a culture of

rational and responsible use of information in the context of the rapid development of
information technologies in Uzbekistan. It emphasizes the need to develop critical thinking,
information security awareness, and media literacy skills among the younger generation. The
article analyzes the efforts being made in this direction within the education system — from
preschool to higher education. It also discusses the shared responsibility of families, educators,
and society as a whole, and presents effective methods and recommendations. The article
includes scientific, theoretical, and practical suggestions aimed at fostering a conscious attitude
toward information through the process of education and upbringing.

Kalit so’zlar

. Axborotlashgan jamiyat, media, media savodxonlik, ta’lim, tarbiya, raqamli

dunyo, raqamli madaniyat, platforma, xavfsizlik, bloger, etik me’yorlar, media maydon.

Ключевые слова

. Информационное общество, медиа, медиаграмотность,

образование, воспитание, цифровой мир, цифровая культура, платформа, безопасность,
блогер, этические нормы, медиапространство.

Keywords.

Information society, media, media literacy, education, upbringing, digital

world, digital culture, platform, security, blogger, ethical norms, media space.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

5


Insoniyat taraqqiyotining axborotlashgan jamiyat deb nomlanuvchi hozirgi globollashuv

davrida jamiyat hayotining barcha jabhalarida axborot oqimi kuchayib bormoqda. Bunda har
bir shaxs nafaqat axborot iste’molchisi, balki uni yaratuvchisi, talqin etuvchi va tarqatuvchi
subyekti ham hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti, demokratik institutlarning shakllanishi va
ochiqlik tamoyillari to‘laqonli amalga oshishi ko‘p jihatdan aholining media maydonida faol va
ongli ishtirok etishiga bog‘liq. Mazkur jarayon axborotdan foydalanishda ma’suliyat bilan
yondashuv, ma’lumotlardan oqilona foydalanish ko’nikmasini shakllantirish zaruriyatini
keltirib chiqarmoqda. Jamiyat a’zolari, yoshlar orasida media savodxonlikni oshirishda ta’lim
va tarbiya tizimining tutgan o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Ushbu maqolada yuqoridagi masalalar qiyosiy-tahlil, xolislik, izchillik usullari orqali

yoritilib, so’nggida amaliy taklif va xulosalar berilgan.

Axborotdan oqilona foydalanish madaniyati – bu faqatgina texnologiyalardan foydalanish

emas, balki tanqidiy fikrlash, axborot manbalarini baholash, feyk yangiliklardan himoyalanish,
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, axborotni etik me’yorlarga amal qilgan holda tarqatish
madaniyatidir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda axborot maydonining ochiqligi va ommaviy
axborot vositalarining erkinligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2019-yilda qabul qilingan
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, OAV faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar,
internet orqali axborot tarqatishning huquqiy asoslari yaratilgani shular jumlasidandir.

Jamiyatda axborotdan oqilona foydalanish madaniyati axborot xavfsizligini ta’minlash,

soxta axborotlarga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyatini
oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va yangi ta’lim turlariga xizmat qiluvchi axborot
muhitini yaratish uchun asos bo’ladi.

Ta’lim va tarbiya – bu axborot madaniyatining poydevorini yaratadigan eng muhim

ijtimoiy institutdir. Aynan shu tizim orqali yoshlarga axborotdan to‘g‘ri foydalanish, uni tahlil
qilish, tanqidiy yondashuv bilan qarash ko‘nikmalari beriladi. Bu boradi ta’lim tizimining har
bir bosqichi o’ziga xos vazifalarni bajaradi. Masalan, maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim
bosqichida bolalar uchun moslashtirilgan axborot madaniyati tushunchalarini shakllantirish,
multfilmlar, kitoblar, interaktiv o‘yinlar orqali raqamli xatti-harakatlarga oid ilk bilimlarni
berish, axborotni tushunish va u bilan xavfsiz muomala qilish ko’nikmasini rivojlantirish
jarayoni amalga oshiriladi. O’rta-maxsus ta’lim va oliy ta’lim bosqichida esa “Media
savodxonlik”, “Axborot madaniyati”, “Raqamli madaniyat” kabi fanlarni, tanqidiy fikrlash va
axborot tahlili bo‘yicha maxsus kurslar joriy qilish, internet etikasi, mualliflik huquqi, feyk
axborotlarni aniqlash metodikasi o‘rgatilishi orqali axborot madaniyati shakllantiladi. Ushbu
jarayonda oiladagi tarbiyaning ham o’rni beqiyosdir. Ota-onalar va oilaviy muhitda axborotdan
foydalanish madaniyatini shakllantirish, bolalarni noto‘g‘ri axborot manbalaridan himoya
qilish, internetda sog‘lom odatlarni targ‘ib qilish, oila a’zolari uchun raqamli gigiyena va
axborot xavfsizligi bo‘yicha maslahatlar tayyorlash bu borada muhim omil hisoblanadi.

Bugungi kunda sohada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan muammolar ham talaygina

bo’lib, ularga

o‘quv dasturlarida axborot madaniyati bilan bog‘liq mavzularning yetarli

emasligi; o‘qituvchilarning ushbu yo‘nalishdagi tayyorgarligi sustligi; oilalarda raqamli
tarbiyaning bo‘shligi; bolalar va yoshlar orasida feyk axborot, kiberbulling, zararli kontentga
moyillik kabilarni

kiritish mumkin. Mazkur muammolarni hal etishda xorijiy

tajribalardan foydalanish ham yaxshi natijalarga olib keladi.

Finlyandiya bu borada ilg‘or


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

6

davlatlardan biri hisoblanadi. Ularning ta’lim tizimida maktabgacha yoshdan boshlab tanqidiy
fikrlash, media savodxonlik va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalari o‘rgatiladi. O‘qituvchilar
maxsus kurslardan o‘tadi va yangilangan metodikalarga asoslangan darsliklardan
foydalaniladi.

AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa fuqarolik jamiyati institutlari media

savodxonlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular orqali aholiga treninglar, seminarlar va
ochiq ma’ruzalar o‘tkaziladi. OAV faoliyati ustidan fuqarolik nazorati mavjud.

Janubiy Koreyada esa raqamli media tarbiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ota-onalar, bolalar

va o‘qituvchilar uchun alohida yo‘nalishdagi dasturlar ishlab chiqilgan. Yuqoridagi ma’lumotlar
asosida sohaga doir muammolarni yechishda bir necha takliflarni ishlab chiqdik:

1.

Umumta’lim maktablari o’quv dasturlariga “Media savodxonlik” va “Axborot

madaniyati” fanlarini kiritish,

Finlyandiya tajribasi asosida umumiy o‘rta ta’lim

tizimida media savodxonlik bo‘yicha alohida dars joriy etish.

2.

O‘qituvchilarni maxsus kurslar orqali tayyorlash

(raqamli etik me’yorlar, axborot

tahlili metodlari);

3.

Oila va jamiyat uchun “raqamli tarbiya” bo‘yicha ommaviy kampaniyalar o‘tkazish;

4.

Internet

muhitida

bolalarni

himoya

qiluvchi

texnologik

vositalarni

ommalashtirish;

5.

Internetda axborotdan oqilona foydalanish bo‘yicha aholiga interaktiv platformalar

yaratish.

6.

Nodavlat tashkilotlar va blogerlar orqali media madaniyat targ‘ibotini

kuchaytirish.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, axborotdan oqilona foydalanish madaniyati – bu

zamonaviy insonning ajralmas fazilati bo‘lib, uni shakllantirish jarayoni ta’lim va tarbiya orqali
boshlanishi lozim. O‘zbekistonda bu boradagi islohotlar ijobiy bo‘lsa-da, tizimli va uzluksiz
yondashuv talab qilinadi. Har bir bola, har bir o‘quvchi va har bir fuqaro media makonida ongli
va mas’uliyatli ishtirokchiga aylangandagina barqaror axborot jamiyati vujudga keladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. — Toshkent, 2023-yil.
2.

O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2019-yil.

3.

UNESCO. “Media and Information Literacy Curriculum for Teachers”. – 2011.

4.

Hobbs, R. “Digital and Media Literacy: Connecting Culture and Classroom”. – 2011.

5.

Sayidov, S., & Mirzaeva, D. (2023). Unveiling the power of metaphor. In

Fergana state

university conference

(pp. 134-134).

6.

Ubaydullayeva, D. R., Maxkamova, D. B., & Sayidov, S. X. (2023). Metafora va uning jahon

va O ‘zbek tilshunosligida o ‘rganilish tarixi.

Educational Research in Universal Sciences

,

2

(3),

794-797.
7.

Tadjibaeva, A., & Tashlanova, N. (2020). The collaborative approach in content and

language learning.

Теория и практика современной науки

, (6 (60)), 31-34.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

7

8.

Tashlanova, N. D. (2019). Development of critical thinking of students in

universities.

Problems of modern science and education,(11-2)

,

144

, 22-28.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. — Toshkent, 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2019-yil.

UNESCO. “Media and Information Literacy Curriculum for Teachers”. – 2011.

Hobbs, R. “Digital and Media Literacy: Connecting Culture and Classroom”. – 2011.

Sayidov, S., & Mirzaeva, D. (2023). Unveiling the power of metaphor. In Fergana state university conference (pp. 134-134).

Ubaydullayeva, D. R., Maxkamova, D. B., & Sayidov, S. X. (2023). Metafora va uning jahon va O ‘zbek tilshunosligida o ‘rganilish tarixi. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 794-797.

Tadjibaeva, A., & Tashlanova, N. (2020). The collaborative approach in content and language learning. Теория и практика современной науки, (6 (60)), 31-34.

Tashlanova, N. D. (2019). Development of critical thinking of students in universities. Problems of modern science and education,(11-2), 144, 22-28.