ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA UMR TASVIRI

Annotasiya

Ushbu  maqolada  Abdulla  Oripovning  she’riyatidagi umr, vaqt va hayot falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy tafakkuri, umrning qadriga yetish, inson umrining ma’nosi va mazmuni haqida bergan badiiy-falsafiy talqinlari o‘rganiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
41-42
2

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shukurova , G. . (2025). ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA UMR TASVIRI. Наука и инновация, 3(24), 41–42. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/113380
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu  maqolada  Abdulla  Oripovning  she’riyatidagi umr, vaqt va hayot falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy tafakkuri, umrning qadriga yetish, inson umrining ma’nosi va mazmuni haqida bergan badiiy-falsafiy talqinlari o‘rganiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA UMR TASVIRI

Shukurova Gulixonim Ilhom qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi

1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15709239

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning she’riyatidagi umr, vaqt va hayot

falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy tafakkuri, umrning qadriga
yetish, inson umrining ma’nosi va mazmuni haqida bergan badiiy-falsafiy talqinlari
o‘rganiladi.

Tayanch so‘zlar:

Abdulla Oripov, she’riyat, umr, falsafa, vaqt, hayotiy mazmun, badiiy

obraz.

Kirish.

O

zbek xalq shoiri, O

zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov she’rlarini yod

olmagan, so‘zi kuy-qo‘shiqqa ko‘chganda yurakdan tinglamagan birorta yurtdoshimiz
topilmasa kerak. Shoir she’rlarini o‘qiganda hayotga nazar tashlaymiz. Hayotning o‘zi falsafa
ekanligini anglaymiz. Abdulla Oripov she’riyatida chuqur falsafiy o‘ylar yetakchilik qiladi.
Uning she’rlarida bugungi kun nafasi ufurib turadi.

Kimgadir yaxshi gap aytdik, birodar,
Kimdir bir umrga ranjib ham ketdi.
Kun kecha yosh derdik o‘zni bir qadar,
Bugun-chi, balog‘at payti ham yetdi.
Dastlabki, misralarning o‘zidayoq lirik qahramon so‘zning qanchalik qudratga ega

ekanligini yoritgan. Bu zabon yaxshi va yomon so‘zni birdek ifoda etadi. Ammo insonlar
so‘zning asl ma’nosini kech anglab yetadi. She’rning davomida umrning o‘tkinchiligi, vaqtning
qadrsizligi ta’kidlab o‘tilgan. Inson hayoti davomida qalbidagi tug‘yonlar og‘ushida yashaydi.
Kimgadir aytishga botina olmaganrahmat yoki uzrlarimiz “yillar armoni"ga aylangan. Shoir
bundan buyukroq armonni ko‘ra olmadi. Chunki dunyoni mukammal ko‘rishni istadi. Bu
dunyodagi hech bir narsa mukammal bo‘lmaganidek, odamzod ham bundan mustasno
emas.

Insonga tobemas zamon, inchunun,
Inson yuragida alamlar qat-qat.
Faqat bir taskin bor, barchasi uchun
Afsus cheka bilsang – shu ham bir davlat.
Abdulla Oripov bu to‘rtlikda inson ruhiyatidagi eng nozik nuqtalarni ochib beradi.

Hayotda zamon taqozosi bilan duch kelinadigan og‘irliklarga bardosh berish, afsus chekib,
ruhiy poklanish orqali ichki taskin topish insonning ma’naviy yuksalishiga olib keladi, deydi
shoir. Yurakdagi alamlarga bir taskin bor, albatta, u ham bo‘lsa chin dildan afsuslanishdir. Bu
fikr nafaqat poetik go‘zallik, balki chuqur falsafiy hikmat hamdir.

“Shoirning so‘zlaridan zamondoshlari ham kelgusi avlodlari ham faxrlanib yuradilar”, -

deb yozgan edi ulug‘ shoirimiz Chingiz Aytmatov.

Abdulla Oripov bugungi kun shiddatini o‘z she’rlarida yorqin ifoda etgan. Shoir lirikasi

insonni ogohlikka da’vat etuvchi hayot bilan hamnafas bo‘lgan holda umrning o‘tkinchiligiga
ishora qiladi. Abdulla Oripov she’riyatida umr tasviriga ko‘p e’tibor qaratgan, hayotdan
falsafa izlash, bu hayotga kelib, eng muhimi inson bo‘lib yashash kerakligini shoir takror va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

takror aytadi. Shoir lirikasi o‘ziga xos bo‘lib, she’rlaridagi kompozitsiya bir-birini
takrorlamaydi. Ijodkor she’rlarini o‘qigan kitobxon, bosib o‘tgan yo‘liga, umriga nazar
tashlaydi, o‘z hayotini mushohada qilishga undaydi. Chunki shoir she’riyatida falsafiylik
yetakchilik qiladi. Zero, hayotning o‘zi -falsafadan iborat. Shoirning she’rlari hayotni
anglashga, hech bo‘lmasa sof vijdon bilan yashashga undaydi. Hozirgi shiddat bilan
rivojlanayotgan zamonda, insonlar o‘zligidan, vijdonidan kechib ketmoqda. Demakki, Abdulla
Oripov she’riyati mehr-muhabbatdan uzoqlashib borayotgan, diydasi qotgan insonlarga
kerak.

Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripov she’riyatida umr masalasi teran falsafiy

mazmunda ifodalanadi. Uning she’rlarida inson umrining o‘tkinchiligi, qadri, ma’nosi va
hayot mazmuni chuqur mushohada bilan yoritilgan. Shoir o‘z ijodi orqali o‘quvchini
umrning qadriga yetishga, har onni g‘animat bilib yashashga da’vat etadi. Shoir o‘z uslubiga,
o‘z qalamiga, adabiyot gulshanida o‘z o‘rniga ega ijodkorlardan biridir. Shoir falsafiy ruhda
yozgan she’rlari bilan nomini abadiyatga muhrlab ketdi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oripov A. Tanlangan asarlar. — T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,

2001.
2.

Nazarov Q. She’r va zamon. — T.: Fan, 1997.

3.

Qo‘chqorov O. Abdulla Oripov poetikasi. — T.: Ma’naviyat, 2015.

4.

G‘aniyeva N. O‘zbek lirikasi va falsafiy tafakkur. — T.: Universitet, 2018.

5.

Usmonov M. Zamon va shoir. — T.: O‘zbekiston, 2002.

Bibliografik manbalar

Oripov A. Tanlangan asarlar. — T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001.

Nazarov Q. She’r va zamon. — T.: Fan, 1997.

Qo‘chqorov O. Abdulla Oripov poetikasi. — T.: Ma’naviyat, 2015.

G‘aniyeva N. O‘zbek lirikasi va falsafiy tafakkur. — T.: Universitet, 2018.

Usmonov M. Zamon va shoir. — T.: O‘zbekiston, 2002.