Авторы

  • Dilafruzxon Tag‘ayeva
    Dotsent
  • Doniyor Usmanov
    Assistant
  • Salohiddin Xayrullayev
    Student

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.112892

Ключевые слова:

Geodezik punkt geodezik tarmoq poligonometriya nivelir yo’li “statika” rejimi koordinatalar aniqligi poligonometriya punktlari GNSS Trimble R8 III Trimble DiNi.

Аннотация

Ko’prik qurilish jarayonida geodezik ishlar muhim ro’l o’ynaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Qipchoq shaharchasidagi Amudaryo daryosi ustidan o’tuvchi temiryo’l va avtomobil qo’shma ko’prigi qurilishi uchun geodezik asos yaratish ishlarining ketma-ketligi yoritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

155

KO’PRIK QURILISHIDA BAJARILGAN GEODEZIK ISHLAR

Dotsent:

Tag‘ayeva Dilafruzxon Usmonovna

Assistant:

Usmanov Doniyor Baxtiyarovich

Student:

Xayrullayev Salohiddin Sag’dulla o‘g‘li

https://doi.org/10.5281/zenodo.15725644

Annotatsiya:

Ko’prik qurilish jarayonida geodezik ishlar muhim ro’l o’ynaydi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Qipchoq shaharchasidagi Amudaryo daryosi
ustidan o’tuvchi temiryo’l va avtomobil qo’shma ko’prigi qurilishi uchun geodezik asos yaratish
ishlarining ketma-ketligi yoritilgan.

Aннотация:

В процессе строительства моста геодезические работы играют

важную роль. Освещена последовательность работ по созданию геодезической основы
для строительства железнодорожного и автомобильного совместного моста через реку
Амударья в поселке Кипчак Амударьинского района Республики Каракалпакстан.

Annotation:

Geodetic work plays an important role in the bridge construction process.

The sequence of works on creating a geodetic basis for the construction of a joint railway and
road bridge over the Amu Darya River in the settlement of Kipchak, Amudarya District, Republic
of Karakalpakstan, is highlighted.

Kalit so‘zlar:

Geodezik punkt, geodezik tarmoq, poligonometriya, nivelir yo’li, “statika”

rejimi, koordinatalar aniqligi, poligonometriya punktlari, GNSS, Trimble R8 III , Trimble DiNi.

Ключевые слова:

Геодезический пункт, геодезическая сеть, полигонометрия,

нивелирный путь, режим "статика," точность координат, полигонометрические пункты,
GNSS, Trimble R8 III, Trimble DiNi.

Keywords:

Geodetic point, geodetic network, polygonometry, leveling track, "statics"

mode, coordinate accuracy, polygonometry points, GNSS, Trimble R8 III, Trimble DiNi.

Asosiy qism.

Ko‘prik qurilishi yirik infratuzilma loyihalarining muhim qismi bo‘lib, unda

geodezik ishlar loyiha sifati, xavfsizligi va ekspluatatsiya muddatini ta’minlashda asosiy rol
o‘ynaydi. Geodezik ishlar loyiha rejasini joyga aniq ko‘chirish, qurilish jarayonida
deformatsiyalarni nazorat qilish va topografik ma’lumotlarni yangilash uchun zarurdir. Ushbu
ishlar geodezik tarmoqlar yaratish, topografik syomka, ijroviy syomka va aniqlikni baholash
kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, Trimble R8 GNSS
asboblari va AutoCAD Civil 3D kabi dasturlar geodezik ishlarning samaradorligini sezilarli
darajada oshiradi.

Ushbu maqola Qipchoq shaharchasidagi Amudaryo daryosi ustidagi temir yo‘l va

avtomobil ko‘prigi qurilishi misolida geodezik ishlar loyihasining tuzilishi, amalga oshirish
jarayoni va ahamiyatini yoritadi. Loyiha 2021 yilda boshlangan bo‘lib, unda 13 ta geodezik
punkt tekshirilgan, ulardan 5 tasi saqlangan va yangi punktlar o‘rnatilgan. Maqola geodezik
ishlarning loyiha bosqichlari, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi va qurilish sifatiga
ta’sirini tahlil qiladi.

Obyektda GNSS priyomniklarini qoʻllagan holda, IV klass nivelirlash yoʻllarini yotqizgan

holda, 4-klass poligonometriya aniqligi boʻyicha tayanch geodezik tarmoq yaratildi.

Bajarilgan geodezik ishlar:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

156

Rekognossirovka

- bevosita ish joyida planli va balandlik geodezik tarmoqlarni

loyihalash, topografik syomka qilishdan avval joyni koʻzdan kechirib, geodezik punktlar, relyef,
tuproq, toʻsiqlar va joy haqidagi shu kabi ma’lumotlarni yigʻishdan iborat ishlar kompleksi.

Rekognossirovka quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Tekshirilayotgan joy boʻyicha ilgari yaratilgan geodezik va kartografik materiallarni

toʻplash va tahlil qilish

Mavjud geodezik punktlarini, chegara belgilarini tekshirish, ularning yaroqliligini

tekshirish.
Zarur boʻlganda ish sifatini yaxshilash uchun ularni rekonstruksiya qilish.

Tekshirilayotgan hududda geodezik punktlar oʻrnatilishi mumkin boʻlgan xarakterli

nuqtalarni izlash va belgilash. Bunday nuqtalar sifatida koʻpincha chiziqli obyektlarning
boshlanish yoki tugash nuqtalari, balandliklar xizmat qilishi mumkin.

Triangulyatsiya va poligonometriya punktlarini oʻrnatish uchun baland va oʻsimlik yoʻq

joylarni aniqlash[3]

Geodezik asos yaratish va aniqligini baholash

. Qurilish uchun muhandislik-geodezik

qidiruvlarda tayanch geodezik tarmoq punktlarining planli holati triangulyatsiya,
poligonometriya, trilateratsiya, chiziqli-burchakli tarmoqlarni qurish usullari bilan,
shuningdek, sun’iy yoʻldosh geodezik apparaturasi (GPS priyomniklari va boshqalar) va
ularning kombinatsiyasidan foydalanish asosida aniqlanishi kerak.

GNSS oʻlchash dasturi.

4-klass poligonometriya aniqligi boʻyicha tayanch geodezik

tarmoq punktlarining holatini aniqlash GNSS qabul qilgichlari tomonidan texnik talablarga
muvofiq amalga oshirildi.

Oʻlchashlar ʻstatikaʻ rejimida poligonal usulda quyidagi dastur boʻyicha amalga oshirildi:
• oʻlchovlar davomiyligi - har biri 1 soatdan boʻlgan ikkita seans;
• oʻlchovlar yozib olingan sun’iy yoʻldoshlar soni - kamida 5 ta;
• yozish intervali - 10 sek;
• yoʻldoshlarning minimal koʻtarilish burchagi - 15 ̊;
• DOP koʻrsatkichi - 4 dan kam.
Punktlardagi oʻlchashlar ʻstatikaʻ rejimida 10 ta priyomnik bilan bajarilgan.
Seanslar orasida sun’iy yoʻldosh priyomniklari toʻplamlari oʻrin almashdi. Seanslar

orasidagi tanaffus 2 soatdan ortiq boʻlib, bu turli ʻkuzatuv oynalariʻda oʻlchovlarni amalga
oshirish imkonini berdi. Kuzatuvlar harorat gradiyentining ta’siri minimal boʻlgan ertalabki va
kechki soatlarda olib borildi. Punkt markazidan antenna balandligi har bir seansdan oldin va
keyin 1 mm aniqlikda oʻlchandi. Antennaning yakuniy balandligi sifatida ikkita oʻlchovning
oʻrtacha qiymati qabul qilingan. Markazlashtirish aniqligi 1 mm dan oshmaydi. Oʻlchovlar
tasdiqlangan ʻSun’iy yoʻldosh oʻlchovlari jadvaliʻga muvofiq amalga oshirildi. Oʻlchash ishlari
ikkita brigada tomonidan GNSS oʻlchov uskunlari yordamida ikkita siklda amalga oshirildi.

Tarmoqqa 4 ta boshlangʻich triangulyatsiya punktlari kiritilgan: Nazarxon (1 kl.), Kejek (3

kl.), Cheplik (3 kl.) va Qipchoq (4 kl) va 6 ta yangi qoʻyilgan punktlar - (RRS-1, RRS-2, RRS-3,
RRS-4, RRS-5, RRS-6). Punktlar 187 tipidagi markazlar bilan mahkamlangan .

Sun’iy yoʻldosh oʻlchovlarini tenglashtirish ʻTrimble Business Centerʻ dasturiy ta’minoti

yordamida amalga oshiriladi.

4-klass tayanch sun’iy yoʻldosh geodezik tarmogʻi punktlarining yakuniy koordinatalari 2

ta seansning oʻrtacha koordinatalari sifatida olingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

157

1-jadval. Trimble Business Centerda tenglashtirish natijalari boʻyicha xatolar ellipsi

parametrlari mahalliy tizimda.

Punkt nomi

Ellips katta oʻqi
boʻyicha (metr)

Ellips kichik oʻqi

boʻyicha (metr)

Azimut

Chelpik

0.001

0.001

kejek

0.001

0.001

KIPCHAK

0.001

0.001

Nazarxan

0.001

0.001

179°

PPC-1

0.001

0.001

11°

PPC-2

0.001

0.001

PPC-3

0.001

0.001

PPC-4

0.001

0.001

PPC-5

0.001

0.001

12°

PPC-6

0.001

0.001

Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan nisbiy xato 1:25000 (4-klass poligonometriyasiga toʻgri

keladi).

Punktlar uchun Tip-155 beton yakeridan foydalanilgan.

1-chizma. Gruntning uncha chuqur boʻlmagan (1,5 m gacha) muzlagan joylari uchun 2, 3,

4 klass triangulyatsiya, poligonometriya, trilateratsiya punktlari markazi.

Tip 155.

1 - diametri 50 sm boʻlgan beton yakor; 2 - qopqoqli choʻyan qalpoq; 3 - asfalt

yoki chimdan tozalangan yer yuzasi; 4 - beton qorishma quyish; 5 - beton halqa (qalpoq
yostiqchasi); 6 - beton (sement) qorishmasi bilan toʻldirilgan asbotsement yoki temir-beton
(diametri 12-16 mm) quvur yoki dumaloq (12-16 sm) yoki toʻgʻri toʻrtburchak kesimli temir-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

158

beton pilon yoki rels; 7 - rels; 8 - metall plastinka; 9 - diametri 16-20 mm li bolt; 10 - temir
skobalar; 11 - sement qorishmasidagi birikma; 12 - sement qorishmasi qatlami 2-3 sm; 13 -
50×50 mm burchak[7]

2-jadval. Koveratsiya parametrlari

Bu nuqtadan Bu nuqtaga

''

Qiymatlar

Xatoliklar

Planli

aniqligi

3D aniqligi

Chelpik

kejek

Azimut

127°01'12''

0.029 sek. 1 :7816713

1:786068

ΔHt.

-51.295 m

0.008 m

Ellipsoidal masofa

10054.120 m

0.001 m

Chelpik

Qipchoq

Azimut

149°45'40''

0.051 sek. 1 : 3741708

1:3774064

ΔHt.

-63.631 m

0.006 m

Ellipsoidal masofa

5068.903 m

0.001 m

Chelpik

Nazarxan

Аз.

77°52'08''

0.051 sek. 1 : 4858177

1 : 485466

ΔHt.

18.058 m

0.007 m

Ellipsoidal masofa

5834.364 m

0.001 m

Chelpik

PPC-1

Аз.

144°48'59''

0.047 sek. 1 : 4229812

1: 426608

ΔHt.

-62.438 m

0.007 m

Ellipsoidal masofa

5427.048 m

0.001 m

Chelpik

PPC-2

Аз.

143°06'46''

0.052 sek. 1 : 3866219

1 : 389741

ΔHt.

-62.958 m

0.007 m

Ellipsoidal masofa

5505.416 m

0.001 m

Chelpik

PPC-3

Аз.

142°26'55''

0.047 sek. 1 : 4242641

1 : 428104

ΔHt.

-63.186 m

0.007 m

Ellipsoidal masofa

5326.394 m

0.001 m

Chelpik

PPC-4

Аз.

139°05'47''

0.049 sek. 1 : 4149176

1 : 418222

ΔHt.

-62.775 m

0.006 m

Ellipsoidal masofa

5516.184 m

0.001 m

Chelpik

PPC-5

Аз.

140°09'04''

0.048 sek. 1 : 4370802

1 : 440807

ΔHt.

-62.374 m

0.007 m

Ellipsoidal masofa

5690.566 m

0.001 m


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

159

O’lchashlar natijasida ko’prikka yaqin joylashgan Qipchoq punkti koordinatalari hisoblab

chiqarildi.

Balandlik geodezik tarmogʻi

. Balandlik geodezik tarmogʻi (BGT) texnologik talablarga

rioya qilgan holda Trimble Dini model niveliridan foydalangan holda geodezik tarmoq
punktlari boʻyicha IV klass nivelirlash usuli bilan yaratilgan.

IV klass nivelirlash tarmogʻi boshlangʻich punktlarga tayanadigan ikkita yakka yoʻldan

iborat: Kejek (III klass nivelir), Meter (III klass nivelir) va Qipchoq (IV klass nivelir).

IV klass nivelirlash tarmogʻini tenglashtirish CREDO-DAT va ʻTrimble Business Centerʻ

dasturiy mahsulot modullari yordamida amalga oshirildi.

IV klass nivelirlash yoʻlining xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
3-jadval.IV-klass nivelirlash yo’li xarakteristikasi

Yoʻl nomi

Yoʻl uzunligi

(km)

Bogʻlanmaslik

Klassi

Oʻlchangan

Ruxsat
etilgan

1

Kejek, 17а, ...,

Qipchoq

8,45

-56

58

IV klass

2

Qipchoq,

Meter

10,60

8

65

IV klass


Suv toʻsiqlari orqali belgilarni uzatish


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

160

Amudaryo orqali IV klass nivelirlashning xususiy holi. Belgilarni qarama-qarshi qirgʻoqqa

oʻtkazishda Amudaryo oʻrtasida joylashgan orol boʻylab amalga oshirildi. Eni 300 m gacha
boʻlgan toʻsiqlar orqali nivelirlash odatdagi usulda, oldingi va orqa reykalargacha boʻlgan
masofalar tengligiga rioya qilgan holda ikki usulda bajarildi. Qabullar oraligʻida nivelir
balandligi 3-5 sm ga oʻzgartirildi. Qabullardan oshish qiymatlarining farqi 7 mm dan oshmadi -
IV klass uchun yetarli.[6]

9-jadval. IV klass nivelirlash vedomosti.












Yoʻl

Punkt

Shtativ Uzunlik

Oʻlchangan

nisbiy

balandlik h

Tuzatma

Tuzatilgan

nisbiy

balandlik

H

1

Kejek

96,191

4,372

-12,274

0,029

-12,245

17a

83,946

1,651

1,248

0,011

1,259

PPC-6

85,205

0,381

-0,561

0,003

-0,558

PPC-4

84,646

0,226

0,411

0,001

0,412

PPC-5

85,059

0,352

-0,607

0,002

-0,605

PPC-2

84,454

0,203

-0,230

0,001

-0,229

PPC-3

84,226

0,278

0,757

0,002

0,759

PPC-1

84,984

0,987

-1,190

0,007

-1,183

Qipchoq

83,801

Umumiy:

8,450

-12,446

0,056

-12,390

Tenglashtirish

-12,390

Bog‘lanmaslik

-0,056

1km uchun tuzatma

0,007

1ta shtativga tuzatma


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

161

10-jadval. IV klass nivelirlash vedomosti.

Xulosa.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani, Qipchoq shaharchasidagi

Amudaryo daryosi ustidan o‘tuvchi temiryo‘l va avtomobil qo‘shma ko‘prigi qurilishi loyihasi
doirasida amalga oshirilgan geodezik ishlarning tahlili ushbu jarayonning muhandislik
loyihalaridagi muhim ahamiyatini va zamonaviy geodezik texnologiyalarning samaradorligini
yaqqol ko‘rsatadi. Ushbu maqolada taqdim etilgan geodezik ishlar loyiha sifati, xavfsizligi va
ekspluatatsiya muddatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Yoʻl

Punkt

Shtativ

Uzunlik

Oʻlchangan

nisbiy

balandlik h

Tuzatma Tuzatilgan

nisbiy

balandlik

H

2

Qipchoq

83,801

10,600

-1,811

-0,008

-1,819

Meter

81,982

Umumiy:

10,600

-1,811

-0,008

-1,819

Tenglashtirish

-1,819

Bog‘lanmaslik

0,008

1km uchun tuzatma

-0,001

1ta shtativga

tuzatma


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

162

Loyihada 2021 yilda boshlangan geodezik ishlar doirasida 13 ta geodezik punkt

tekshirilgan, ulardan 5 tasi (Nazarxon, Kejek, Chilpik, Qipchoq va Meter) saqlanib qolgan,
qolganlari esa topilmaganligi sababli yangi punktlar (RRS-1 dan RRS-6 gacha) o‘rnatilgan.
Tayanch geodezik tarmoq 4-klass poligonometriya aniqligi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda GNSS
texnologiyalari, xususan, Trimble R8 III qabul qilgichlari va Trimble DiNi nivelirlash asboblari
qo‘llanilgan. “Statika” rejimida olib borilgan o‘lchovlar ikki seansda (har biri 1 soat
davomiylikda), kamida 5 ta sun’iy yo‘ldosh signallari yordamida, 10 soniya yozish intervali va
15° minimal ko‘tarilish burchagi sharti bilan amalga oshirilgan. O‘lchovlarning aniqligi Trimble
Business Center dasturiy ta’minoti yordamida tenglashtirilib, ellips xatoliklari 0.001 m
darajasida saqlangan, bu esa yuqori aniqlikni ta’minlagan.

Balandlik geodezik tarmog‘i (BGT) IV klass nivelirlash usuli bilan tuzilgan bo‘lib, Kejek,

Meter va Qipchoq punktlariga tayanadi. Amudaryo daryosi kabi suv to‘siqlari orqali nivelirlash
ishlari orol bo‘ylab va maxsus usullar yordamida amalga oshirilgan. Nivelirlash yo‘llarining
bog‘lanmaslik xatoliklari ruxsat etilgan chegaralarda (masalan, Kejek-Qipchoq yo‘li uchun -56
mm, ruxsat etilgan 58 mm) bo‘lib, bu ishlarning IV klass talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
CREDO-DAT va Trimble Business Center dasturlari yordamida tenglashtirish natijalari yuqori
aniqlik darajasini ko‘rsatdi.

Geodezik punktlarning o‘rnatilishi va mahkamlanishi Tip-155 beton yakerlari yordamida

amalga oshirilgan bo‘lib, bu relyefning o‘ziga xos sharoitlariga moslashtirilgan. Kovaratsiya
parametrlari tahlili (masalan, azimut xatoliklari 0.029-0.052 soniya, masofa xatoliklari 0.001
m) tarmoqning yuqori aniqligini va ishonchliligini tasdiqlaydi. Qipchoq punktining
koordinatalari mahalliy va boshlang‘ich koordinatalar sistemasida aniqlangan.

Ushbu loyihada qo‘llanilgan zamonaviy GNSS texnologiyalari, dasturiy ta’minotlar va aniq

o‘lchash usullari geodezik ishlarning samaradorligini oshirib, ko‘prik qurilishida loyiha
rejasining aniq amalga oshirilishini ta’minladi. Natijalar ko‘prik qurilishi kabi yirik infratuzilma
loyihalarida geodezik ishlarning muhimligini va zamonaviy texnologiyalarning ulkan
imkoniyatlarini isbotlaydi. Shu bilan birga, ushbu tajriba kelgusida shunga o‘xshash loyihalarda
geodezik tarmoqlarning yanada optimallashtirilishi va avtomatlashtirilgan tizimlardan
foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev T.M., A.N.Inamov, J.O.Lapasov Injenerlik geodeziyasi gidrotexnika

inshootlarini qurishda geodezik ishlar Toshkent 2019
2.

Artikov G‘.A. Kosmik geodeziya va global navigatsiya sun’iy yo‘ldoshlar tizimi Toshkent

2021
3.

Avchiyev SH.K. Amaliy geodeziya Oliy o‘quv yurtlari ta/abalari uchun darslik ,,Voris-

nashriyot“ Toshkent – 2010
4.

Avchiyev SH.K. Injenerlik geodeziyasi Toshkent 2007

5.

Raupov Ch.S., Salixanov S.S. Transport inshootlarini loyihalash va qurish 2-qism Toshkent

– 2016
6.

To‘laganov A.X. Geodeziya O‘quv qo’llanma ,,Iqtisod-moliya“ Toshkent 2013


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

163

7.

Инструкция по топографической съемке в масштабах 1:5000, 1:2000, 1:1000 И 1:500

ГККИНП 02-067-03

Библиографические ссылки

Abdullayev T.M., A.N.Inamov, J.O.Lapasov Injenerlik geodeziyasi gidrotexnika inshootlarini qurishda geodezik ishlar Toshkent 2019

Artikov G‘.A. Kosmik geodeziya va global navigatsiya sun’iy yo‘ldoshlar tizimi Toshkent 2021

Avchiyev SH.K. Amaliy geodeziya Oliy o‘quv yurtlari ta/abalari uchun darslik ,,Voris-nashriyot“ Toshkent – 2010

Avchiyev SH.K. Injenerlik geodeziyasi Toshkent 2007

Raupov Ch.S., Salixanov S.S. Transport inshootlarini loyihalash va qurish 2-qism Toshkent – 2016

To‘laganov A.X. Geodeziya O‘quv qo’llanma ,,Iqtisod-moliya“ Toshkent 2013

Инструкция по топографической съемке в масштабах 1:5000, 1:2000, 1:1000 И 1:500 ГККИНП 02-067-03

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)