ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
26
O‘TKIR KORONAR SINDROMLI BEMORLARDA EKG-TELEMETRIYA
TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA MIOKARD INFARKTINING OLDINI OLISH
SAMARADORLIGI
Fattaxov N.X.
Abdulxakimov A.R.
Abduraxmonov A. SH.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona viloyati filiali
https://doi.org/10.5281/zenodo.16350991
Kirish.
YUrak-qon tomir kasalliklari, xususan o‘tkir koronar sindrom (O‘KS), hozirgi
zamon tibbiyotida o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. O‘KS
ko‘pincha ST-segment ko‘tarilishi bilan kechuvchi miokard infarkti, hayotga xavfli aritmiyalar
va o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli global o‘lim holatlari 18
milliondan oshgan.
So‘nggi yillarda EKG-telemetriya texnologiyasining tez tibbiy yordam tizimiga joriy
etilishi natijasida, chaqiruv joyida bemorga real vaqtda tashxis qo‘yish, kardiolog maslahati
olish va ixtisoslashgan markazga tezkor yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ldi. Bu innovasion
yondashuvning profilaktik samaradorligi mahalliy darajada chuqur o‘rganilmagan va shuning
uchun amaliyot nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.
Maqsad.
O‘tkir koronar sindromli bemorlarni erta tashxislashda EKG-telemetriya
texnologiyasining samaradorligini baholash va miokard infarktining oldini olishdagi
ahamiyatini aniqlash.
Material va usullar.
Tadqiqotga 2024 yil 13 avgustdan 31 dekabrgacha Farg‘ona
viloyatida yurak og‘rig‘i bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilgan 31 nafar bemor qamrab
olindi. Barcha bemorlarga chaqiruv vaqtida EKG olinib, telemetriya orqali masofadan
kardiolog maslahatiga yuborildi. ST-segment ko‘tarilishi aniqlangan barcha bemorlarga
koronarografiya o‘tkazilib, stent qo‘yildi. Bemorlar yosh, jins va xavf omillari bo‘yicha tahlil
qilindi. Statistik tahlil SPSS 25.0 dasturi yordamida amalga oshirildi.
Natijalar
Barcha 31 (100%) bemorda ST-segment ko‘tarilishi qayd etilgan va infarkt tahdidi deb
baholangan;
Hamma bemorlarga EKG-telemetriya orqali tashxis qo‘yilib, masofadan kardiologga
yo‘naltirilgan;
Barcha 31 (100%) bemorga koronarografiya amalga oshirilib, stent qo‘yilgan;
Bemorlar o‘rtacha 2,1 ± 1,1 soat ichida shifoxonaga etkazilgan;
Miokard infarkti, o‘lim va nogironlik holatlari aniqlanmagan (0%);
Xavf omillari tahlili:
Gipertoniya – 100% (31 bemor),
Semizlik – 64.5% (20 bemor),
CHekuvchilik – 38.7% (12 bemor),
Nasliy moyillik – 29.0% (9 bemor),
Qandli diabet – 12.9% (4 bemor).
YOsh bo‘yicha taqsimot:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
60 yoshdan katta – 51.6% (16 bemor),
40–60 yosh – 45.2% (14 bemor),
40 yoshgacha – 3.2% (1 bemor).
Jins bo‘yicha taqsimot:
Erkaklar – 80.6% (25 bemor),
Ayollar – 19.4% (6 bemor).
Xulosa.
EKG-telemetriya texnologiyasi asosida amalga oshirilgan shoshilinch tashxislash
usuli O‘KSli bemorlarda miokard infarkti, o‘lim va nogironlikni to‘liq bartaraf etishga olib
keldi. Kasallik xavf omillarining keng tarqalganligiga qaramasdan, natijalar yuqori
samaradorlikni ko‘rsatdi. Tez tibbiy yordam va ixtisoslashgan markazlar o‘rtasidagi
telemetriya integrasiyasi shoshilinch hollarda hayot uchun hal qiluvchi rol o‘ynagani
amaliyotda o‘z isbotini topdi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdulkhakimov A.R. Profilaktika gnoynykh oslozhneniy v detskoy khirurgii // Central
Asian Journal of Academic Research. – 2025. – Vol. 3. – No. 5-3. – P. 99–106.
2.
Danilushkin Yu.V., et al. Remote telemonitoring after endovascular interventions on
coronary arteries // Terapevticheskiy Arkhiv. – 2022. – Vol. 94. – No. 9. – P. 1062–1066.
3.
Ruziyeva G.Sh., Murodov Sh.K. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim
holatlarining tahlili va profilaktika choralar // O‘zbekiston tibbiyoti jurnali. – 2023. – No. 2. –
B. 45–49.
4.
Turdiyev R., Karimov M., Nishonova Z. Remote ECG diagnostics in emergency cardiology:
Efficiency in ST-elevation myocardial infarction detection // Eurasian Journal of Emergency
Medicine. – 2024. – Vol. 6. – No. 1. – P. 15–22.
5.
World Health Organization. Cardiovascular diseases (CVDs) Fact Sheet – 2023. Available
at: https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/cardiovascular-diseases-(cvds)
6.
International Society for Telemedicine & eHealth (ISfTeH). Telemetry and emergency
medical service integration efficiency. Annual Report, 2022. Available at:
https://www.isfteh.org/
7.
IBM Corp. SPSS Statistics for Windows, Version 25.0. Armonk, NY: IBM Corp., 2017.