Том 3 № 9 (2025)
Статьи
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA PIROTEXNIKA MAHSULOTLARINI SAQLASH VA YO‘Q QILISHGA OID TALABLAR
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida pirotexnika mahsulotlarini saqlash va yo‘q qilishga oid talablar tahlil qilinadi. Pirotexnika vositalarining huquqiy maqomi, ularni saqlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga rioya qilish, yaroqsiz mahsulotlarni yo‘q qilish usullari va ekologik ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ushbu mahsulotlar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarning oldini olish va nazorat qilish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada tegishli qonun hujjatlari, ilmiy manbalar va amaliy tadqiqotlardan foydalanilgan.
AHOLI YASHASH JOYLARIDA KEKSA YOSHDAGILAR UCHUN MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNI TANLASH VA TASHKIL ETISH: JISMONIY SALOMATLIK VA MADANIY MEROSNI SAQLASHNING INTEGRATSION YONDASHUVI
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning milliy harakatli o‘yinlarini keksa yoshdagi aholiga moslashtirish orqali jismoniy salomatlikni mustahkamlash va madaniy merosni saqlash imkoniyatlarini o‘rganadi. “Alpomish o‘yini”, “Chavandoz” va “Qo‘g‘irchoq o‘yini” kabi o‘yinlarning keksa yoshdagilar uchun fiziologik, psixologik va ijtimoiy foydalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yinlarni tanlashda jismoniy imkoniyatlar, mahalliy sharoitlar va madaniy ahamiyatga asoslangan mezonlar ishlab chiqildi hamda ularni tashkil etishning besh bosqichli metodikasi taklif etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘yinlar nafaqat sog‘liqni yaxshilaydi, balki ijtimoiy integratsiya va avlodlar o‘rtasidagi madaniy bog‘lanishni mustahkamlaydi. Tadqiqot xavfsizlik, qulaylik va jamiyat ishtirokini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
MAIN DIRECTIONS OF LINGUOCULTURAL RESEARCH IN LINGUISTICS
This article delves into the main directions of linguocultural research in linguistics, a rapidly growing field that examines the interplay between language and culture. As linguistic anthropology gained momentum at the end of the 20th century, a shift in focus occurred toward understanding how language reflects and influences culture. The article outlines key areas such as ethnolinguistics, sociolinguistics, and linguoculturology, highlighting their role in the analysis of cultural phenomena through language. It discusses the theoretical foundations of these fields, the methodologies used, and their relevance in modern linguistic studies. Furthermore, it addresses the challenges and future directions for research in this interdisciplinary domain, including its integration with cognitive sciences and cultural studies.
“IRODA” UMUMIY MA’NOLI FRAZIOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMA’NAVIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o'zbek tilidagi “iroda” tuzilishini ifodalovchi fraziologik maqolalarning lingvoma'naviy tarzda tadqiq etilgan. Iroda bilan bog'liq iboralar va so'z birikmalari orqali xalqning qararashi, axloqiy dunyo odamlari, shaxsga bo'lgan talablari tahlili. Fraziologik birliklarning tuzilishi va semantik yuklamasi aniqlanib, zamonaviy nutqdagi qo'llanish holatlari o'rganilgan.
EIHLARDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING SAMARALI FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) doirasidagi tadbirkorlik subyektlarining samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi asosiy ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilinadi. Davlat tomonidan yaratilgan qulay huquqiy va institutsional muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan maxsus zonalarning tashkil etilishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir choralar, shuningdek, kadrlar salohiyati va marketing strategiyalari – bularning barchasi ushbu subyektlarning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlillar asosida EIHlarda tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi.
ТУРКИСТОН ТИББИЁТИ ТАРИХИ
Ушбу мақолада инглиз тилидаги манбаларда туркистон тиббиётининг аҳволи, ўша даврда фаолият олиб борган табиблар ва уларнинг муолажа усуллари ҳақида маьлумотлар келтирилган.
O‘ZBEK KVANTITATIV LINGVISTIKASI UCHUN DASTURIY TA’MINOT ISHLAB CHIQISH
Mazkur maqola o‘zbek kvantitativ lingvistikasi sohasida dasturiy ta’minot ishlab chiqish zarurati, metodologiyasi va texnologik yechimlarini o‘rganishga qaratilgan. Tabiiy tilni raqamli tarzda tahlil qilish, ayniqsa o‘zbek tilining statistik ko‘rsatkichlarini aniqlash, korpusga asoslangan tadqiqotlar uchun dasturiy echimlar ishlab chiqish hozirgi zamon lingvistikasi uchun dolzarbdir. Maqolada ushbu yo‘nalishdagi muammolar, mavjud yondashuvlar hamda amaliy dasturiy vosita yaratilishining konseptual modeli bayon etiladi.
O‘TKIR KORONAR SINDROMLI BEMORLARDA EKG-TELEMETRIYA TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA MIOKARD INFARKTINING OLDINI OLISH SAMARADORLIGI
YUrak-qon tomir kasalliklari, xususan o‘tkir koronar sindrom (O‘KS), hozirgi zamon tibbiyotida o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. O‘KS ko‘pincha ST-segment ko‘tarilishi bilan kechuvchi miokard infarkti, hayotga xavfli aritmiyalar va o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli global o‘lim holatlari 18 milliondan oshgan.