ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA TAFAKKURNI
RIVOJLANTIRISH
Turg’unova Sarvinoz
Alfraganus Universiteti Pedagogika va psixologiya
yo‘nalishi 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16719068
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi (6-9 yosh) bolalarning
tafakkurini rivojlantirish jarayoni va psixologik-pedagogik asoslari asosiy omillari yoritilgan.
Unda
o'quvchilarning
ko'rgazmali-harakatli
va
ko'rgazmali-obrazli
tafakkurini
shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari, aqliy faoliyatga tayyorgarligi, idrok, xotira, diqqat va
nutq rivojining ahamiyati keng tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
tafakkur, aqliy, nutq rivoji, idrok, diqqat, nutq, ta’lim, maktab,obrazli
tafakkur, nerv.
РАЗВИТИЕ МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО
ВОЗРАСТА
Тургунова Сарвиноз
Университет Альфраганус, студентка
3 курса кафедры педагогики и психологии
Аннотация
: В статье рассматриваются основные факторы развития мышления у
детей младшего школьного возраста (6–9 лет) и психолого-педагогические основы
этого процесса. Подробно анализируются особенности формирования наглядно-
моторного и наглядно-образного мышления учащихся, их готовность к умственной
деятельности, значение восприятия, памяти, внимания и развития речи.
Ключевые слова:
мышление, психическое, речевое развитие, восприятие,
внимание, речь, образование, школа, образное мышление, нерв.
DEVELOPMENT OF THINKING IN YOUNGER SCHOOL-AGE STUDENTS
Turg’unova Sarvinoz
Alfraganus University, 3rd year student,
Department of Pedagogy and Psychology
Annotation:
This article covers the main factors of the process of developing thinking in
children of younger school age (6-9 years old) and the psychological and pedagogical
foundations. It extensively analyzes the specific features of the formation of visual-motor and
visual-figurative thinking of students, their readiness for mental activity, the importance of
perception, memory, attention and speech development.
Keywords:
thinking, mental, speech development, perception, attention, speech,
education, school, figurative thinking, nerve.
Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi; idrok va ko'rgazmali-
obrazli tafakkurning ma'lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish daraj asi hodisalarni
farqlash va umurnlashtira olish ko’nikmasi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
132
Nutqining ma'lum darajada rivojlanganligi; Ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda
bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari
tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi,
ma'lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining
asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish,
umumlashtira olish, ma'lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan
boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi [2]. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim
hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog'liqligini va o'zaro ta'sirini ham
tushunishi va o'zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo'lib,
yuqori darajada rivojlangan ko'rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi
predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog'liqlikni ajrata olishidir.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ko'rgazmali-harakatli va ko'rgazmali-obrazli tafakkur
nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ham aqliy
rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi.
O'quv faoliyatiga tayyorgarlik:
kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko'rsatmalarini aniq bajarish.
- topshiriqni mustaqil bajarish;
- chalg'ituvchi omillarga e'tibor bermasdan topshiriqni bajarishga kirishish.
Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi kerak. 6 yoshli bolalarning
anatomik-fiziologik rivojlanishi o'ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal
rivojlanadi. Uning og'irligi oyiga 150dan 200gacha, bo'yi esa 0,5 sm gacha ko'payadi. 6 yoshli
bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang'ida
uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo'yicha
mashg'ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq,
tez, yengil va chaqqon bajara oladilar [2].
6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos
etish, ko'rish va eshitish qobiliyatiga alohida e'tibor berish, shuningdek, umurtqa pog'onasining
to'g'ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish
olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o'sishi davom etayotganligini doimo
hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o'rgatish hali barmoq muskullari
to'liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma'lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza
olmasligi esa, o'z-o'zidan bolani o'ziga nisbatan ishonchini yoki o'qishga nisbatan qiziqishini
kamayishiga olib kelishiki mumkin [3].
6-7 yoshli bolalar o'qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, ko'pincha bu yoshdagi bolalar
o'qituvchini uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o'quv harakatlariga uzoq vaqt o'z
diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning
rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xususiyatiga
ham bog'liq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar,
qiziqtirgan narsalar haqida so'ray oladilar. Natijada ularning o'qishga bo'lgan qiziqishlari
ortadi va o'qituvch gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar [4].
Maktabga kelish arafasida bolaning so'z boyligi o'z fikrini bayon eta oladigan darajada
ortadi. 6 yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o'z nutqida 3000-7000 so'zni ishlatadi. Bolalar
nutqining o'sishida ularning maktabdagi o'qish faoliyati ayniqsa, katta rol o'ynaydi. Bola
maktabga kelmasidan oldin o'zi qanday gapirayotgani ustida o'ylab o'tirmasdan, o'z nutqidan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
133
faqat aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan til
o'qitiladigan va o'rganiladigan fan bo'lib qoladi. Maktabda o'qiyotgan o'qiyotgan bola o'z ona
tilining grammatikasi bilan shug'ullanishi natijasida, o'z nutqini grammatika qoidalariga
muvofiq ongli ravishda tuzishni o'rganadi. Grammatikani o'rganish jarayonida bola nutqining
fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologik jihati to'g'ri bo'lib boradi, sintaksis tuzilishi esa
ancha takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos bo'lgan bu sifatlar faqat grammatikani
o'qib o'rganish natijasidagina o'sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o'qitilayotgan
boshqa fanlarning ta'siri ostida ham o'sadi. Maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o'rganish
va shu fanlar bilan shug'ullanish jarayonida o'quvchi nutqining lug'at zaxirasi boyiydi,
so'zlarning mazmuni chuqurlashadi ya kengayadi, har qaysi so'zning, har qaysi atamaning
ma'nosi aniqlanadi. Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, sifat, son, fe'l va
bog'lovchilardan iborat bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'z nutqlarida qaysi so'zlarni ishlatgani
afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola jumlalarini
murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda
egallab borib, uni o'zlashtirishi ma'lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalar nutqining
o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular o'z fikrlarini bayon etish uchungina emas, balki
o'z suhbatdoshining diqqatini o'ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to'g'ri
tuzish va so'zlarni to'g'ri yozishga ma'lum talablar qo'yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola
so'zlarni qanday eshitgan bo'lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to'g'ri talaffuz
etishga va yozishga o'rganishi zarur.
Yozma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida ma'lumotlar yuzaga keladi.
Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada o zarur bo'lgan ko'plab
miyada kechadigan jarayonlar asosan 7-8 yoshda (aqliy yoshi o'zib ketgan bolalarda olti yoshda
ham) shakllanadi. Ya'ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor bo'ladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda tafakkurni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor
berish lozim.
1. Savol-javob va munozarali suhbatlar
Bolalarga ochiq savollar berish (ha/yo‘q javobidan ko‘ra batafsil izoh talab qilinadigan).
Har bir fikrini asoslab berishga undash: “Nega shunday deb o‘ylaysan?”, “Boshqacha fikr
bo‘lishi mumkinmi?”
Turli mavzularda kichik bahs-munozaralar tashkil qilish.
2. Mantiqiy va tafakkur o‘yinlari
Mantiqiy jumboqlar, krossvordlar, sudoku, shaxmat, domino, "Top to‘g‘ri javobni",
"Nimani tanlaysan?" kabi o‘yinlar bolalarda tahlil qilish va muammo hal qilish qobiliyatini
kuchaytiradi.
Raqamli yoki vizual tafakkurni rivojlantirish uchun lego, konstruktorlar, tangram kabi
mos o‘yinchoqlar.
3. Kitob o‘qish va muhokama qilish
Qiziqarli hikoyalar, ertaklar yoki bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblarni birga o‘qish.
O‘qilgan asar yuzasidan savollar berish: “Agar sen shu qahramon bo‘lsang, nima
qilarding?”, “Senga eng yoqqan qism qaysi?”
4. Ijodiy topshiriqlar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
134
Rasm chizish, hikoya to‘qish, she’r yozish, hayoliy vaziyatlardan chiqish yo‘llarini topish
(masalan, "Agar sen qush bo‘lsang, nima qilarding?")
Drama yoki rolli o‘yinlar: bolalar rollarni ijro etishda mustaqil qarorlar chiqarishga
o‘rganadi.
5. Muammoli vaziyatlar yaratish
Bola oldiga vazifa qo‘yish: “Agar do‘konda ikkita mahsulot qolgan bo‘lsa, qaysi birini
tanlaysan va nima uchun?”
“Agar sen maktab direktori bo‘lsang, nimalarni o‘zgartirarding?” kabi hayoliy topshiriqlar
orqali tanqidiy va ijodiy fikrlash rag‘batlantiriladi.
6. Amaliy faoliyatlar
Tajribalar (fizika, kimyo, biologiyadan oddiy sinovlar).
Uyda kichik loyihalar: “Uyda mini bog‘ yaratish”, “Kichik ixtiro qilish” kabi ishlar bolalarni
tahliliy va tizimli fikrlashga o‘rgatadi.
7. Axborot texnologiyalaridan foydalanish
Interaktiv o‘yinlar va ilovalar (masalan, mantiqiy fikrlashga yordam beruvchi ta’limiy
ilovalar: "Khan Academy Kids", "Thinkrolls", "Lightbot").
Bolaga mos tarzda raqamli texnologiyalar bilan ishlashni o‘rgatish orqali ularning analitik
tafakkurini kuchaytirish.
Qo‘shimcha tavsiyalar:
Har bir bolaning qiziqishini inobatga olish.
Ularni xatolardan qo‘rqmaslikka o‘rgatish.
Har bir kichik muvaffaqiyatni e’tirof etish va rag‘batlantirish.
Xulosa qilib aytganda, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkurni rivojlantirish
juda muhimdir. Bu davrda bolalar fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi, dunyoni anglashlari
chuqurlashadi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati ortadi. Tafakkurni rivojlantirish
o‘quvchilarning ijodkorligi, mantiqiy fikrlashi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini oshiradi.
Shu sababli, o‘quv jarayonida savol-javob, o‘yinlar, muammolarni hal etish mashqlari, ijodiy
vazifalar va amaliy faoliyatlarga keng o‘rin berish kerak. Umuman olganda, kichik maktab
yoshida tafakkurni rivojlantirish bolalarning butun hayoti davomida muvaffaqiyatga
erishishining asosidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Taraqiyot psixologiyasi va diferensial psixologiya. Z.T.Nishanova, N.G'.Kamilova,
N.I.Xalilova, D.U. Abdullayeva 171-176 betlar.
2.
E.G’G’oziyev. Ontogenez psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Noshir.2010 y. 360 b.
3.
Jumayev, N.Z. Ontogenez psixologiyasi [Matn]: o'quv qo'llanma / N.Z. Jumayev .-Buxoro:
"Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2022.-252 b.
4.
О.В.Шапатина, Е.А.Павлова. Психология развития и возрастная психология /
Самара Издательство “Универс групп” 2007. 203- c.