ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
138
KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARDA XOTIRA JARAYONINI
RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Turg’unova Sarvinoz
Alfraganus Universiteti Pedagogika va psixologiya
yo‘nalishi 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16734902
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik maktab yoshida o'quvchilarning xotir jarayonini
rivojlantirishga oid psixologik- pedagogik omillar tahlil qilingan. Shuningdek, kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarda xotira jarayonini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar:
Kichik maktab yoshi, xotira jarayoni, idrok, takrorlash usullari, sezgi
organlari, nutq faoliyati, pedagogik texnologiyalar, esda qoldirish texnikasi, material, puxta,
o'quvchi, o'qituvchi, passiv.
ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ПРОЦЕССОВ ПАМЯТИ У МЛАДШИХ
ШКОЛЬНИКОВ
Тургунова Сарвиноз
Университет Альфраганус, факультет
педагогики и психологии, студентка 3 курса
Аннотация:
В статье анализируются психолого-педагогические факторы,
связанные с развитием процессов памяти у младших школьников. Были также
рассмотрены особенности развития процессов памяти у учащихся начальной школы.
Ключевые слова:
Младший школьный возраст, процесс запоминания, восприятие,
способы повторения, органы чувств, речевая деятельность, педагогические технологии,
методика запоминания, материал, основательный, ученик, учитель, пассивный.
SPECIFIC ASPECTS OF DEVELOPMENT OF MEMORY PROCESS IN JUNIOR
SCHOOL STUDENTS
Turgunova Sarvinoz
Alfraganus University, Pedagogy and Psychology,
3rd year student
Annotation:
This article analyzes psychological and pedagogical factors related to the
development of memory processes in junior school students. The specific aspects of the
development of memory processes in primary school students were also examined.
Keywords:
Primary school age, memory process, perception, repetition methods,
sensory organs, speech activity, pedagogical technologies, memorization technique, material,
thorough, student, teacher, passive.
Kichik maktab yoshi - xotira rivojlanishining muhim bosqichi: Bu yoshda bolalar sezilarli
darajada aqliy va psixologik o‘sishni boshdan kechiradi. Xotira jarayoni ham shu davrda
rivojlanib, mustahkam bilimlarni egallash, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda vizual (ko‘z orqali), eshitish (quloq orqali), va
amaliy (harakat orqali) xotira rivojlanadi. Ularning har biri o‘quv jarayonida muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu yoshdagi bolalar diqqatini uzoq vaqt jamlashga qiynaladi, xotira faqat ko‘p
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
139
takrorlash orqali mustahkamlanadi. Shu sababli o‘qituvchilar va ota-onalar o‘quv materialini
qiziqarli va interaktiv tarzda taqdim etishlari kerak. Xotirani rivojlantirish o‘quvchilarning
bilim qabul qilishini yaxshilaydi, ularning ta’limdagi muvaffaqiyati va intellektual salohiyatini
oshiradi. Zamonaviy ta’lim talablariga javoban, kichik maktab yoshida xotira jarayonini chuqur
va to‘g‘ri rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshi - xotira rivojlantirish
metodlariga o‘yinlar va multimediyadan foydalanish va yodlash uchun tasviriy va eshitish
materiallari, harakat orqali xotirani mustahkamlash kabilarni kiritish mumkin.
Kichik maktab yoshida tez va puxta esda qoldirish eng avvalo esga olinadigan
materialning qanday idrok qilinishiga bog’liq. Tez, ravshan va raso, aniq idrok qilingan narsa,
odatda, esda tez va mahkam saqlanib qoladi. Shuning uchun ham idrokning sifatini belgilovchi
shart ayni vaqtda xotiraning sifatini ham, ya’ni uning tezligini va puxta bo’lishini ham belgilaydi.
Shunisi ham muhimki, materialni idrok qilishda qancha ko‘p sezgi organlari ishtirok etsa,
material ham shuncha tez va puxta esda qoladi. Masalan, o‘quvchilar o‘quv materialini eshitish
organlari vositasi bilan idrok qilib qolmay (faqat o'qituvchining darsiga, sheriklarining baland
ovoz bilan o‘qishiga quloq solish bilangina cheklanib qolmay), balki ko'rish organlari vositasi
bilan (darslikni o'qish, undagi rasmlarni ko'rish, turli ko'rsatma qurollardan foydalanish),
shuningdek, muskul harakatlari (yozib olish, so'zlarni baland ovoz bilan aytish, o'z ichida
shivirlab aytish) vositasi bilan ham idrok qilganlarida, bu materialni yaxshi va mustahkam
eslab qoladilar [1]. Materialni yaxshiroq esga olib qolmoq uchun har xil idrok usullaridan
foydalanish kerak. Masalan, chet tildagi so'z va gaplarni yodlab olmoq uchun ularni faqat o'qish
va og'zaki qaytarish kifoya qilmavdi. balki bu so'z va gaplarni bir necha karra ko'chirib yozish
va vozilganni ovoz bilan o'qish kerak, ana shunda material tezroq va puxta esda qoladi. She’r,
ilmiy ta’rif, termin va shu kabilarni yodlab olishda ham ana shu usuldan foydalanish lozim.
«Bolaning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi
organlarining mumkin qadar ko'prog'ini - ko'zi. qulog'i. tovush organi, muskul sezgisi va hatto,
agar iloji bo'lsa, hidlash va ta’m bilish - organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga
harakat qilishi kerak», - deydi K.D . Ushinskiy uning fikricha pedagogik jarayon ustidan olib
borilgan qator kuzatishlarda tasdiqlandi. Masalan, mana shunday bir tajriba qilib ko'rilgan.
Sinalayotgan o'quvchilarga bir-biri bilan bog'lanm agan 12 so'z berib quyidagicha uch xil usul
bilan yodlab olish talab qilingan:
- materialni bir karra (o'z ichida) o‘qib (faqat ko'z bilan) idrok qilish;
- materialni ham o'qish, ham eshitish yo'li bilan (ko'z va quloq bilan) idrok qilish;
- materialni o'zichida o'qish, uni eshitish va yozib olish yo'li bilan (ko'z, quloq va muskul
ishtiroki bilan) idrok qilish [2].
Idrok qilishda imkoni boricha ko'proq sezgi organlarining ishtirok etishi o'quvchilar
faoliyatining ongliligi va faolligini oshiradi. Qilib ko'rilgan tajriba va kuzatishlar mmaterialini
puxta esga olib qolish uchun idrok qilishda muskul harakat organlarining, ayniqsa, nutq
harakat organlarining ishtirok etishi alohida ahamiyatga ega ekanligini isbot qildi. O'quvchilar
yozib olayotgan, og'zaki takrorlayotgan material tez va mahkam esda saqlanib qoladi. Kitob
matnini yoki og'zaki berilgan materialni mahkam esda olib qolishga idrokning sur’ati (tempi)
ta’sir etadi. O'qituvchi tez, shoshib gapirsa, o'quvchilar darslik matnini shoshib, tez o'qisalar,
faqat so'zlarni vuzaki o'zlashtiradilar, ammo bu so'zlarda ifoda qilingan fikrni to'la-to'kis va
aniq uqib olaolmaydilar. O'qituvchi shunday sur’at bilan gapirmog’i kerakki, uning nutqida
ifoda qilingan fikr va qoidalar o'quvchilar uchun ravshan va to'la tushunarli bo'Isin. O'quvchi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
ham kitob m atnni shunday sur’at bilan o'qishi kerakki, bundagi har bir so'z va iboraning
ma’nosi to'la-to'kis idrok qilinadigan bo'Isin. O'quvchi matnni o'qir ekan: «Oldingisini tushunib
olm asdan keyingisiga o'tmang» degan qoidaga rioya qilishga odatlanishi kerak. Takrorlash:
Bosh miya po'stida yangi puxta bog'lanishlar hosil bo'lmog'i uchun taassurotlar bir necha marta
takrorlanishi shart.
Bironta material qancha ko‘p takrorlansa, shuncha mahkam esda qolishini hamma biladi.
Takrorlash esda qoldirishning puxtaligiga ta ’sir qiladigan eng muhim shartlardan biridir.
Ammo takrorlash har doim ham samarali bo'lavermaydi. Ba’zan takrorlash hech qanday natija
bermasligi mumkin. Takrorlashning bir necha turlari bo'lib , ularning natijalari ham turlichadir.
Avvalo passiv va faol takrorlash usullarini farq qilish lozim. Passiv takrorlash ayni bir
materialni idrok qilishning o'zini takrorlayverishdir. Passiv takrorlash ayni bir narsani bir
necha karra ko'zdan kechirish, o'q ib chiqish yoki eshitish dem akdir. Ana shu tariqa takrorlash
(ba’zan ko'p marta takrorlansa ham ) ko'p vaqtlarda uncha katta natija berm aydi. Faol
takrorlash materialni esga tushirish asosida takrorlashdir. Faol takrorlash idrok qilingan
materialni, masalan, o'qilgan, eshitilgan materialni bir necha m arta esga tushirib takrorlash
demakdir. Kitobdan ko'zni uzm asdan takror-takror o'qib yod olishdan ko'ra, faol qaytarish eng
yaxshi natija beradigan usuldir. Shu sababli, o'quvchi bir-ikki marta o'qib chiqilgan materialni
kitobga nazar solm asdan og'zaki takrorlasa, material tezroq va puxtaroq esda qoladi. Esga
olinayotgan materialni boshqa bir kishiga gapirib berish m ustahkam esda qoldirish uchun
katta aham iyatga egadir. K .D . Ushinskiy o 'z vaqtida shu ikki xil takrorlash to'g'risida gapirib,
faol takrorlash eng sam arali takrorlash ekanini ko'rsatib o'tgan edi [3]. Faol takrorlashning
samarali bo'lishiga sabab shuki, ixtiyoriy esga tushirish jarayoni idrokka, ya’ni kitobning
matnini qayta-qayta o'qishga qaraganda, faolroq jarayondir. Esga tushirishni idrok qilish bilan
navbatlab (ya’ni birgal kitobga qarab, bir gal yoddan so'zlab) takrorlab borilsa, mahkamroq
nerv bog'lanishlari hosil bo'ladi, diqqat to'la safarbar qilinadi, fikrlash va nutq faoliyati
faollashadi, esga olinmog'i lozim bo'lgan materialning mazm uni yaxshiroq tushunib olinadi.
O'qilgan materialni yoddan so'zlab esda qoldirish o'z -o'zini tekshirib, g'oyat puxta va ravshan
nazorat qilishga imkon beradi, bu esa materialning to'la-to'kis, to'g'ri va puxta esda qolishiga
yordam beradi. Esda qoldirish jarayonida o 'z-o'zin i tekshirib ko'rish (o'z-o'zini nazorat qilish)
fikrlash va nutq faoliyatini faollashtiradi. Esga olinayotgan materialni boshqa bir kishiga
yoddan so'zlab berganda alohida bir mas’uliyat hissi tug'iladiki, bu o'z navbatida, o'quvchilarda
esda olib qolishning faollik darajasini oshiradi va esda qolishni samaraliroq qiladi.
Sidirg‘asiga takrorlash bilan taqsimlab takrorlashda materialni faol usuldami, passiv
usuldami, baribir, yo sidirg'asiga, ya’ni orada ma’lum vaqt o'tkazmay takrorlash, yoki
taqsimlab, ya’ni orada ma’lum vaqt o'tkazib takrorlash mumkin. Orada ma’lum vaqt o'tkazib
takrorlash, sidirg'asiga, to'xtovsiz takrorlay- verishga qaraganda, hiyla natija berar ekan. Bir
talay maxsus tajribalar shuni isbot qildiki, orada vaqt o'tkazib takrorlaganda materialni puxta
esda qoldirish uchun takrorlash ancha kamroq talab qilinar ekan. Lekin orada juda uzoq vaqt
o'tkazib takrorlash ham ma’qul emas: bunday usulning ham foydasi kam . Masalan, professor
Shardakov qilib ko'rgan tajriba shunday natija bergan: she’mi orada bir sutka o'tkazib yod
olinganda 4 marta takrorlash, orada uch kun o'tkazib yod olinganda 6 marta takrorlash, orada
6 kun o'tkazib yod olishda esa 7 marta takrorlash zarur bo'lgan. Esda olib qolishda materialni
taqsim qilish usulining ham ahamiyati katta: materialni yaxlit yoki parchalarga bo'lib esda
qoldirish mumkin. Material tushunarli va hajmi kichikroq bo'lsa, yaxlit esda olib qolinishi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
141
ma’qul. Material katta bo'lsa (masalan, katta bir she’r, doston), uni parchalarga bo'lib, avval bir
parchasini, keyin boshqa parchalarini birin - ketin yodlab olish kerak. Materialni taqsim
qilganda, uning har bir parchasi tugal bir ma’no berishiga, mazmuni to'liq bo'Iishiga albatta
rioya qilish kerak. Eng yaxshisi, hajmi katta materialni kombinatsiya usuli deb aytiladigan
usulda o'rganib-bilib olishdir, bunda avval materialni boshidan oxirigacha ko'rib (o'qib) chiqib,
uning mazm unini tushunib olinadi va so'ngra parchalarga taqsim qilib, esda qoldiriladi.
Bunday usulda esda olib qolish oson bo'ladi, kuch va vaqt kamroq sarf bo'ladi, material esda
mahkam o'rnashib qoladi. Kombinatsiya usulida esda qoldirishning yaxshi natija berganligi M
.N. Shardakov qilib ko'rgan maxsus tajribalar bilan isbotlangan. Esda qoldirilmog'i lozim
bo'lgan materialni taqsimlashda kishining tafakkuri va diqqati faollashadi. Binobarin,
materialni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o'ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy
ta’sir qiladi. O'quv materialini esda olib qolishda har xil yordamchi usullar ham katta
ahamiyatga ega: o'qituvchining so'zini yozib borish, kitoblardan ko'chirmalar olish, konspekt
va jadvallar (masalan, tarixdan xronologik jadvallar) tuzish, shuningdek, turli rasmlar chizish,
sxemalar, chertyojlar qilish, tarix va geografiyadan xaritalar yasash kabi ishlar shu jumladandir.
Esda olib qolish jarayonida o'quvchilar shu jadval, sxema va suratlarni o 'zlari qilsalar,
materialni o'rganib bilib olish, ayniqsa, osonlashadi. O'quvchilar eng muvaffaqiyatli
o'zlashtirishlariga erishmog'i maqsadida so'nggi yillarda programmalashtirilgan o'qituv usuli
yangi pedagogik texnologiya, an’anaviy va noan’anaviy usullardan, texnik vositalardan
foydalanish usullarini ta’lim -tarbiyaga tatbiq qilinmoqda. Bu usullar bilan o 'qitishda ko'pgina
hollarda kibernetika vositalari, o'rgatuvchi mashinalar, hisob-elektron sistemalar kompyuter,
internet va shu kabilardan foydalanadilar [4].
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xotira jarayonini rivojlantirishning o‘ziga xos
jihatlari xotira turi va xususiyatlari kichik maktab yoshida (6-10 yosh) o‘quvchilarda asosan
operativ (ishchi) xotira va uzoq muddatli xotira shakllanmoqda. Bolalar boshida ma’lumotlarni
uzoq muddatga saqlash qobiliyati past bo‘lishi mumkin, shuning uchun ko‘p takrorlash va
mustahkamlash talab qilinadi. Rasmiy ta’lim jarayonida bolalar konkret ma’lumotlarni eslab
qolishga moyil, abstrakt tushunchalarni tushunish qiyinroq. E’tibor va diqqat markazlashuvida
yosh bolalarda e’tibor doirasi qisqa, shuning uchun xotira jarayonini rivojlantirishda
o‘qituvchilar qisqa, aniq va qiziqarli topshiriqlarni tanlashlari kerak. Diqqatni jalb qilish uchun
o‘yinlar, vizual materiallar, interaktiv usullar yaxshi samara beradi. Axborotni tartibga solish
va tizimlashtirishda bolalar uchun ma’lumotni qiziqarli va mantiqiy tarzda tartibga solish
muhim. Takrorlash va mustahkamlashda takrorlash orqali xotira jarayoni faol faollashadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o‘rganilgan ma’lumotlarni muntazam takrorlash, o‘quv
jarayonini qiziqarli qilish muhim. O‘yin va faoliyatga asoslangan o‘rganishda esa, xotirani
rivojlantirishda o‘yin shaklidagi mashqlar, rolli o‘yinlar, hikoyalar, musiqiy va qo‘l mehnati
faoliyatlari samarali. Bu yoshda bolalar uchun ko‘proq amaliy va harakatga asoslangan
o‘rganish yoqimli va samaralidir. Shaxsiy motivatsiya va ijtimoiy ta’sir bolalarda o‘z-o‘zini
rag‘batlantirish qobiliyati shakllanishi davom etmoqda. O‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning
muvaffaqiyatlarini e’tirof etish xotira jarayonining samaradorligini oshiradi. So‘z va nutq orqali
xotira faoliyatini rivojlantirish nutq orqali o‘rganilgan ma’lumotlarni ifodalash, qayta aytib
berish bolalar xotirasini rivojlantirishga yordam beradi. Hikoya qilish, muhokama qilish, savol-
javob mashqlari foydalidir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
142
Xulosa qilib aytganda, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xotira jarayonining
rivojlanishi ularning umumiy aqliy rivojlanishi va ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim
ahamiyatga ega. Bu yoshda xotira turlari (vizual, eshitish, amaliy) bir-biri bilan uyg‘unlashib
rivojlanadi, ammo bolalarning diqqat doirasi cheklanganligi va takrorlashga ehtiyoji tufayli
o‘rganish jarayonida maxsus yondashuvlar va metodlar qo‘llanilishi zarur. Shu tariqa, kichik
maktab yoshidagi bolalarda xotirani rivojlantirish nafaqat bilimlarni samarali qabul qilish va
eslab qolishga yordam beradi, balki ularning fikrlash ko‘nikmalarini va umumiy psixologik
salohiyatini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Demak, xotirani rivojlantirish kichik maktab
yoshida o‘quvchilarning ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va ularni kelajakda yanada
chuqur bilim olishga tayyorlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.G’G’oziyev. Ontogenez psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Noshir.2010 y. 360 b.
2.
Jumayev, N.Z. Ontogenez psixologiyasi. O'quv qo'llanma / N.Z. Jumayev .-Buxoro:
“Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2022.-252 b.
3.
Кулагина, И. Ю. Возрастная психология: развитие ребенка от рождения до 17 лет. /
И. Ю. Кулагина. - М.: УРАО,1999. - 175 с.
4.
Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari
uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. — Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2008. 480 b.