ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
58
ALISHER NAVOIY IJODIGA OID METODIK QO‘LLANMALAR YARATISH
Karimova Yulduz Baxtiyorovna
(PhD)
Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi o‘qituvchisi
(+998507118848)
https://doi.org/10.5281/zenodo.16938717
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiga oid metodik qo‘llanmalar yaratishning ahamiyati,
ularni tuzishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar hamda o‘quv jarayonida samarali
foydalanish usullari yoritilgan. Qo‘llanmalarda Navoiy asarlarining badiiy, falsafiy va axloqiy
jihatlari, shuningdek, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda
metodik tavsiyalar berish zarurligi asoslab beriladi. Mazkur yondashuv Alisher Navoiy
merosini keng targ‘ib qilish va uni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar:
Alisher Navoiy, metodik qo‘llanma, badiiy meros, ta’lim jarayoni, metodika.
Abstract:
This article highlights the significance of developing methodological guides
dedicated to Alisher Navoi's works, focusing on modern approaches and effective methods of
integrating them into the educational process. The guides should emphasize the artistic,
philosophical, and ethical aspects of Navoi's heritage while considering the age and
psychological characteristics of students. Such an approach promotes the dissemination of
Navoi's legacy and its integration into contemporary education.
Keywords:
Alisher Navoi, methodological guide, literary heritage, educational process,
methodology.
Аннотация:
В статье рассматривается значение разработки методических
пособий, посвящённых творчеству Алишера Навои, освещаются современные подходы
и эффективные методы их использования в образовательном процессе. В пособиях
необходимо учитывать художественные, философские и нравственные аспекты
наследия Навои, а также возрастные и психологические особенности учащихся. Такой
подход способствует широкому распространению наследия Навои и его интеграции в
современное образование.
Ключевые слова:
Алишер Навои, методическое пособие, литературное наследие,
образовательный процесс, методика.
Bugungi globallashuv jarayonida o‘quvchilarning adabiy merosni anglash va estetik didini
rivojlantirish uchun interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion
yondashuvlar zarur. Shu nuqtai nazardan, Alisher Navoiy ijodiga oid metodik qo‘llanmalar
yaratish dolzarb masalaga aylangan. Mazkur qo‘llanmalar orqali o‘quvchilar va talabalar
shoirning asarlarini nafaqat o‘qish, balki ularni tahlil qilish, ulardagi ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarni anglab yetish, zamonaviy hayot bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Metodik qo‘llanmalarda Navoiy asarlarini o‘rganishda kompetensiyaviy yondashuv,
didaktik o‘yinlar, multimediya vositalaridan foydalanish, shuningdek, matnlar asosida tahliliy
va ijodiy topshiriqlar ishlab chiqish kabi usullarni joriy etish lozim. Bu esa yosh avlodning ona
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
59
tiliga va milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi, ma’naviy yetuk shaxs
sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Shu sababli, ushbu tadqiqot Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga mo‘ljallangan metodik
qo‘llanmalarni yaratishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan
bo‘lib, o‘quv jarayoniga samarali yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.
"Hayrat ul-abror"
– Alisher Navoiy qalamiga mansub “Xamsa” dostonlar turkumining
birinchi asari bo‘lib, 1483-yilda yozilgan. Bu asar nafaqat adabiy-badiiy, balki falsafiy, ma’rifiy
va axloqiy mazmunga ega bo‘lgan yuksak badiiy yodgorlikdir. “Hayrat ul-abror”ning nomi
“Yaxshi kishilar hayrati” degan ma’noni anglatadi va asar insonning ma’naviy poklanishi,
axloqiy yetukligi va jamiyatdagi adolatli tartiblar masalasini yoritishga qaratilgan.
Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”
Xusrav Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor”
Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” dostonlariga javob tariqasida yozilgan.
Doston 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan.
Dostonning birinchi bobi “Bismillahir rohmanir rohim” oyatining badiiy talqini bilan
boshlanadi. [1.3]
2-bob. Allohga hamd.
3-6-boblar. Munojot.
1-munojot. Alloh taolloning Bir-u Borligi, jamiki mahluqot Yaratganga sano aytsalar ham,
uning hamdini ado etolmasliklari haqida fikrlar boradi. Haq taolo o‘z Zotiga mazhar – ko‘zgu
yaratish maqsadida olamni yo‘qdan bor qilgani haqida so‘z yuritiladi.
2-munojot. Alloh olamdagi jamiki mavjudotning yaratish va foniylikka yuz tutish jarayoni
davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamiyki voqea va hodisalarni o‘z ilmi, irodasi va qudrati
bilan tasarruf etishi, azaliylik va abadiylik faqat Xudoga xos ekanligi haqida so‘z boradi.
3-munojot. Olam ahlining qiyomat kunida ahvoli tasvirga tortilib, o‘sha kuni oxirzamon
payg‘ambari Muhammad mustafo (s.a.v) Haq taolo izni bilan musulmon ummatini shafoat
qilishi haqidagi munojot beriladi.
Alisher Navoiy ham bu shafoatdan umidvor ekanligi haqida so‘z yuritiladi.
4-munojot. Alloh taoloning karami kengligi, jamiki bandalariga mehribon va rahmli
ekanligi haqida fikr beriladi.
7-17-boblar. Na’t ya’ni “Nuri Muhammadiya” nazariyasi haqida so‘z yuritiladi.
18-20-boblar. Hayrat ta’rifi.
-
Xoja, ya’ni ko‘ngilning avval mulk (narsalar) olamiga sayri;
-
Malakut, ya’ni farishtalar olamiga sayri;
-
“Ajoyib bir shahar”, ya’ni inson tanasiga sayr.
21-bob. Xoja Bahouddin Naqshband hamda Xoja Ubaydulloh Ahror madhi. Alisher Navoiy
muqaddimadagi so‘nggi bobni aynan shu shayxlarga bag‘ishlaydi. Bu shoirning naqshbandiya
suluki vakili ekanligiga ishora qiladi.
Dostonning asosiy mazmuni 22-bobdan boshlanadi. Asosiy qism 40 bobni tashkil etib,
maqolat va hikoyatlardan iborat. Maqolatlar muayyan bir axloqiy-falsafiy mavzularga
bag‘ishlangan. Bu mavzu yuzasidan shoir o‘z fikr-mulohazalarini bayon qiladi, so‘ngra shu
mavzuga mos ibratli hikoya keltiradi. [3.123]
1-jadval
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
60
Tr Maqolat
nomi
Hikoyat
Mazmuni
1
Iymon
shahrida
Shayh
Boyazid
Bistomiy
va
uning
muridi
haqidagi hikoyat
Boyazidning shogirdi bilan iymon haqida
so‘zlashgani. Boyazid: Agar bu dunyodan kimki
imon bilan ketmasa, bilgilki, bundaylarni odam
deyish mumkin emas. Biron kishi joni bilan
vidolashar ekan, uning imoni bo‘lmasa, demak,
uning u dunyoga o‘zi bilan ketadigan hamrohi ham
yo‘q.
2
Islom bobida Ibrohim Adham
va Robiya Adviya
haqidagi hikoyat
Ibrohim Adham podshohlikdan voz kechib Ka’ba
sari borar ekan, har qadamda ikki rakat namoz o‘qib,
14 yil yo‘l yuradi. Makkani tavof qilish uchun kirib
kelganda Ka’ba o‘z o‘rnida yo‘q edi. Qariya ayol
(Robiya Adiya)ni ziyorat qilishga ketgan bo‘ladi.
Ibrohim Adham buning sirini so‘raganda Robiya
Adviya shunday javob beradi. -“Tushun! Bir necha
yil cho‘lda barcha yo‘llarni bosib o‘tar ekansan,
sening ishing namoz o‘qimoq bo‘ldi, xolos! Menga
esa
yalinib-yolborishim
va
o‘zligimdan
kechganligim shu mevani berdi”.
3
Salotin
(sultonlar)
zikrida
Shoh
G‘oziy
hikoyati
Shoh G‘oziy toji uchun kurashib taxtni egallagach,
adolat bilan davlatni boshqardi. Bir devona kampir
podshohdan adolat so‘rab qozixonga boshlaydi.
Kampirning yolg‘iz o‘g‘lini janglarning birida Shoh
G‘oziy o‘ldirgan bo‘ladi. Shuning xunini to‘laysan
deydi. Shoh aybiga iqror bo‘ladi. Bo‘yniga qiyiq
tortib, oltin to‘la hamyonini va tig‘ini beradi. Kampir
podshohning adolatiga xijolatda qoladi. Xalq unga
“Tilla kampir” deb nom beradi.
4
Xirqa kiygan
riyokor
shayxlar
xususida
Abdulla Ansoriy
haqidagi hikoyat
Hirotda Abdulla Ansoriy imoni komil isonlardan edi.
Alloh qil dedimi, mening odatim qilishdan iboratdir.
Buni u qabul qiladimi yoki rad etadimi, bu bilan
ishim yo‘q. jannat zohidga, do‘zax yengiltaklarga
bo‘laqolsin. (Allohni hech bir tamasiz sevish haqida)
5
Karam (xayr-
u
ehson)
vasfida
Hotami
Toyi
hikoyat
Hotam Toyiga bir kun savol berishadi. Dunyoda
o‘zingdan ham himmatli odamni uchratdingmi, deb.
U aytadi, bir kun hammani yig‘ib, katta yig‘in qildim.
Aylanib yurib, qiynalib, zo‘rg‘a tikon ko‘tarib
kelayotgan bir qariyani ko‘rdim. Unga nega Hotam
Toyining uyiga bormading, u hammani mehmon
qilyapti dedim. U bo‘lsa, qiynalib, mashaqqat bilan
bir tanga toppish birov bergan xazinadan yaxshiroq.
Hotam Toyi Minnatini esa torta berma dedi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
6
Adablilik
to‘g‘risida
No‘shiravon va
Nargis haqidagi
hikoyat
No‘shiravon valiahdligi chog‘ida bir qizning ishqi
bilan notavon ahvolga tushib qoldi. U dilbarni
quchmoqchi bo‘lganda nargis guliga shahzodaning
ko‘zi tushadi. Hayo ko‘zi bilan oliyjanoblik bu ishda
unga kuch berdi
7
Qanoat
bobida
Qanoatli
va
qanoatsiz
do‘stlar haqidagi
hikoyat
Fors o‘lkasidan ikki o‘rtoq Chin mamlakati tomon
yo‘l oldi. Biri azaldan berilganiga qanoat qilardi,
ikkinchisi esa undan ortiqni tama’ qilar edi. Yo‘l
bo‘yida bir oddiy tosh uchrab qoldi. Uning yarmi
yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqarisiga
bir gap o‘yib yozilgan edi. “Kim qiyinchilikka
bardosh berib, toshning orqa tomonini ag‘darsa,
vayrona bor unda ajoyib xazina bor”. Tamagir bu
vayronada qoladi. Qanoat esa bir shaharga kirib, u
yerda podshoh bo‘ldi. Tamagir ming azobda toshni
ag‘darsa, “Kim xomtama bo‘lsa, u dunyoda doim
azobda”.
8
Vafo bobida
Ikki vafoli yor
hikoyati
Amir Temur Hindistonni zabt etib, butun aholini
qilichdan o‘tkazdi. Shunda ikkita sevishganni ham
o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Ular avval meni o‘ldir deya
tortishadi. Shunda podshoh xalqni gunohidan o‘tadi
va ular tirik qoladi.
9
Ishq
o‘ti
ta’rifida
Shayx
Iroqiy
haqidagi hikoyat
Shayxi Iroqiy ishqda yetuk edi. U Misrga
kelayotganda Misr hokimi o‘g‘li bilan uni kutib olish
uchun chiqadi. Hokimning o‘g‘li go‘zallikda Yusuf
payg‘ambardek edi. Shayx u yigitni ko‘rib, irshodlik
xirqasini chok-chok etib duo tasbehini uzib tashladi.
Hokimning ichidan o‘t alanga ko‘rsatib, o‘zi va uning
o‘g‘li Shayxga murid bo‘ldilar
10 Rostliq
ta’rifida
Sher bilan Durroj
hikoyati
To‘qayda bir sher yashar edi. U bolasini og‘zida asrar
edi. Qirg‘avul unga yordam beradi. Ammo yolg‘on
chaqirig‘i bilan o‘zini xalok etadi
11 Ilm
osmonining
yulduzlardek
baland
martabaliligi
haqida
Imom Roziy va
Xorazmshoh
haqidagi hikoyat
Imom Faxr Roziy Xorazmni makon qildi. Uni
ko‘rgani Xorazmshoh kelmadi. Imom ham shoh
huzuriga bormadi. Ular hammomda ko‘rishib qolib
suhbatlashdi. Shoh qiyomat haqida so‘radi. Shunda
imom qiyomatda shoh ham gado ham xuddi shu
hammomdagidek bir xil bo‘ladi, farqi ilmli ilmi bilan
boylar esa hech narsasi turadi deb javob beradi.
12 Qalam
va
qalam ahllari
haqida
Yoqut haqidagi
hikoyat
Yoqut Qur’on ko‘chiruvchi xattot edi. Bir kuni xalifa
Musta’sim shayxga e’tiqod bilan qullik qilib
turganda, shayxning ko‘zi Yoqut xattotga tushadi.
Uni hurmat va martaba bilan yoniga chorlaydi.
Yoqut qo‘li pok odam xatining yaxshiligi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
sharofatidan
mamlakat
podshohi
bilan
hamsuhbatlikka muyassar bo‘ldi
13 Bulutdek
foyda
keltiruvchi
odamlar
haqida
Ayyub va o‘g‘ri
haqidagi hikoyat
Ayyub ilohiy sirlar kayfidan mast bo‘lib, toat-ibodat
qilib o‘tirganda, uyiga lahm kovlab o‘g‘ri kiradi. U
o‘g‘riga paro qilmay ibodatda davom etadi. O‘g‘ri
yuki ko‘pligidan lahmga sig‘may qoladi. Ayyub
o‘rnidan turib unga eshikni ochib beradi. O‘g‘ri
yelkasidagi yukni shu o‘tga tashlab, o‘z vujudining
yukini ham kuydirishga tayyor edi.
14 Osmon
tuzilishidan
shikoyat
Iskandar
haqidagi hikoyat
Iskandar ham shoh, ham valiy, ham payg‘ambar edi.
Uning tabiati esa donishmandlik bilan rostlangan
edi. “…tobutdan menga uxlash uchun joy hozirlab,
yo‘limni qabr tomon boshlar ekansizlar, bir qo‘limni
tobutning yonidan chiqarib qo‘yinglar”. Bu jahondan
bo‘sh qo‘l bilan ketmoqda.
15 Jaholat
mayining
quyqasini
ichadiganlar
haqida
Isroiliy
Rind
haqida hikoyat
Rindi Bani Isroili bo‘lib, may degan mayxonalarda
tilanchilik qilardi. Mayxonadagi odamlarning
ichayotgan idishini tortib olib, tagida qolgan bir
qultumini ichib yuborardi. U ko‘p tavba qilar, lekin
tavbasini sindirardi. G‘oyibdan ovoz kelib tavbaning
vaqti kelganini aytadi. Tavba o‘zingdan yuzaga
kelgan bo‘lsa, ancha sust bo‘lib, Allohdan kelgan
tavba esa shunday mustahkam bo‘lgusidir.
16 Xunasa sifat
oliftalar
haqida
Abdulloh
Muborak
haqidagi hikoyat
Hasan ibni Rabe g‘azavot jangida bir rivoyat aytadi.
Unda kofirlar qo‘shinida bir qotil islom dinining
askarlarini o‘ldirib, qirib tashlar edi. Unga hech kim
bas kela olmadi. Shunda yuziga niqob taqqan kishi
uni yendi va g‘alaba qozonildi. Hamma niqob taqqan
kishini olqishladi. G‘olib o‘zini ma’lum qilmadi.
Hasan uni ortidan borib, “Tangri rizoligi haqi,
niqobingni och”,- deydi. U Ibn Muborak edi. Nafs
bilan jang qilgan inson
17 Bahor
yigitligining
sofligi
haqida
Zaynuljbiddin va
uning
o‘g‘li
haqida hikoyat
Ali binni Husayn valiylik darajasida edi. Kunlarning
birida u o‘g‘lini oldiga chaqirib mehribon qo‘li bilan
o‘g‘lining boshini siladi. Uning 6 yoshli qizi bo‘lib
unga ko‘proq mehr ko‘rsatadi. O‘g‘li buni ko‘rib
yig‘laydi. Otasi rashk qilyapti deb o‘ylab, taskin
beradi. O‘g‘li: “Menga Haq (Alloh) bo‘lgani yetarlidir,
boshqa hech kimga mayl bildirib, uni havas
qilmasmen!” – debsan. Bu damda boshqani
sevganingni ko‘rib qoldim…
18 Falak
g‘amxonasi
haqida
Go‘zal malika va
uning
oshig‘i
haqidagi hikoyat
Chin mamlakatida bir go‘zal yor bo‘lib, hamma unga
oshiq edi. Podshoh ham unga oshiq-u hamroh edi.
Bir kuni yorning qiliqlariga oshiq bo‘lib qolgan yigit
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
ishq-muhabbat yo‘lida sodiqlik ko‘rsatadi. Yorni
ko‘rganda chiqolmay hushidan ketadi. Bu oshiqlarni
podshoh paxsa devor orasiga yuzini ko‘rsatib ko‘mib
yuboradi. Bu oshiqlarning sadoqatini podshoh sinab
ko‘radi va oshiq yigitni o‘limdan xalos etib, yorning
haramiga xos mahram qildi
19 Xurosonning
misli
yo‘q
viloyati
bayonida
Bahrom va bog‘
haqidagi hikoyat
Bahrom va bog‘ haqidagi hikoyat
20 Maqsadning
o‘talgani
haqida
Xoja Muhammad
Porso haqidagi
hikoyat
Hoja Muhammad Porso haqidagi hikoyat
“Hayrat ul-abror” dostoni pand-nasihat, didaktik ruhda yozilgani uchun uning badiiyatini
yuksaltirish maqsadida asar syujetiga hikoyatlar ilova qilingan. Bu hikoyatlar bevosita shoir
umri davomida eshitgan yoki o‘zi guvohi bo‘lgan voqealarga asoslanadi. Yuqorida keltirilgan
jadval asar syujetini ixchamlaydi va oson tushunilishini ta’minlaydi. Bu jadval asosida darsda
interaktiv usullarni, o‘yinlarni tashkillash qulaydir.
1. O‘qituvchilar uchun tavsiyalar
Darsda interaktiv usullarni qo‘llash (suhbat, klasterlar, loyihalar).
O‘quvchilar bilan muhokamalar tashkil qilish.
Guruhlarda ishlash va rolli o‘yinlar orqali ijodiy jarayonlarni faollashtirish.
2.
Qo‘shimcha materiallar
Navoiy ijodiga oid hikoyalar, maqolalar, she’rlar to‘plami.
Multimediali resurslar va internet manbalari ro‘yxati. Quyidagilarni tavsiya etamiz:
1.
https://
. Uz kutubxonasi. 05.02.2022. [2.330]
2.
https://oriftolib.uz/mavzu/zayniddin-vosifiy/
3.
https://saviya.uz/ijod/nazm/ijod/
4.
5.
Alisher Navoiy haqida Narod.ru saytida ma’lumot
6.
Parijda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi. Parij. 7-fevral.
Dunyo. AA.
3. Qo‘llanmada foydalaniladigan metodlar
Interaktiv metodlar
Klaster usuli: "Alisher Navoiy ijodining asosiy mavzulari" klasterini tuzish.
Debatlar: Navoiy asarlaridagi axloqiy qadriyatlar haqida munozaralar tashkil qilish.
She’r tahlili: G‘azallardagi badiiy san’atlarni topish va tahlil qilish.
Amaliy mashg‘ulotlar
She’rlar yod olish: O‘quvchilarga Navoiy g‘azallarini ifodali o‘qish va yod olishni
topshirish.
Sahnalashtirish: Hikoyalardagi voqealarni sahnalashtirish.
Mustaqil ijod: O‘quvchilardan asar hikoyalar(Navoiy she’rlar)iga oid o‘z shaxsiy fikrlarini
yozishni so‘rash.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
Prezentatsiyalar: Navoiy hayoti va ijodi haqida vizual materiallar tayyorlash.
Mobil ilovalar: Navoiy asarlarini o‘qish uchun ilovalardan foydalanish. Bunda asosan
visual kutubxonalardan foydalanish mumkin. Navoiy asarlari bugungi kunda O‘zbekiston
(Buxoro, Samarqand), Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Rossiya, Xitoy, AQSH, Fransiya
muzeylarida saqlanadi.
Video darslar: Navoiy hayotini aks ettiruvchi animatsiyalar va hujjatli filmlarni ko‘rsatish.
4. Qo‘llanmada baholash va monitoring usullari
Savol-javob: O‘quvchilarni tezkor savollar orqali tahlil qilish.
Loyihalar bahosi: O‘quvchilarning individual yoki guruh loyihalarini baholash.
Tahliliy yozuvlar: O‘quvchilarning ijodiy insholari va esse yozuvlarini ko‘rib chiqish.
5. Qo‘llanma yaratishda qo‘llaniladigan vositalar
Matnlar va manbalar: Navoiy asarlarining original matnlarini qo‘llash. (pdf formatida
internet saytlarida mavjud)
Vizual materiallar: Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq rasmlar, xaritalar, diagrammalar.
Elektron resurslar: O‘quv dasturlari va multimediya vositalaridan foydalanish.
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan metodik qo‘llanmalar o‘qituvchilarning
samarali ishlashi uchun muhim vosita bo‘lib, o‘quvchilarga boy adabiy merosimizni chuqur
o‘rgatishga xizmat qiladi. Bunday qo‘llanmalar adabiyot fanini yanada qiziqarli va samarali
qilish imkonini beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ogoh Sirri Levend. Alisher Navoiy. Anqara. 1965. – B. 367.
2.
Бертельс Е.Э. Навои и Аттар. Суфизм и суфийская литература. – Москва: Наука, 1966.
– 517 c.
3.
https://qomus.info. onlayn ensiklopediya. 1-oktabr, 2019.