Авторы

  • Yulduz Karimova
    (PhD) Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.134976

Ключевые слова:

Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” metodik qo‘llanma dars ishlanma badiiy tahlil ma’naviy tarbiya obrazlar tahlili axloqiy g‘oya zamonaviy yondashuv adabiy ta’lim.

Аннотация

Mazkur maqola Alisher Navoiy ijodini, xususan, uning “Hayrat ul-abror” dostonini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, dostonning mazmuni, badiiy xususiyatlari, axloqiy-falsafiy g‘oyalari va ma’naviy tarbiyaviy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi. Qo‘llanma o‘quvchilar va talabalarga dostondan namunalar asosida chuqur tahliliy fikrlashni, obrazlar tizimini anglashni va Navoiy ijodining hozirgi zamon bilan bog‘liqligini tushunishga yordam beradi. Unda zamonaviy ta’lim metodlari asosida dars ishlanmalari, savol-javoblar, test topshiriqlari va ijodiy mashqlar keltirilgan. Maqola filologlar, o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

ALISHER NAVOIY IJODIGA OID METODIK QO‘LLANMANING TARKIBIY

QISMLARI

Karimova Yulduz Baxtiyorovna

(PhD)

Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi o‘qituvchisi

(+998507118848)

Yulduzk228@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16938709

Annotatsiya

Mazkur maqola Alisher Navoiy ijodini, xususan, uning “Hayrat ul-abror” dostonini

o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, dostonning mazmuni, badiiy xususiyatlari, axloqiy-falsafiy
g‘oyalari va ma’naviy tarbiyaviy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi. Qo‘llanma o‘quvchilar va
talabalarga dostondan namunalar asosida chuqur tahliliy fikrlashni, obrazlar tizimini anglashni
va Navoiy ijodining hozirgi zamon bilan bog‘liqligini tushunishga yordam beradi. Unda
zamonaviy ta’lim metodlari asosida dars ishlanmalari, savol-javoblar, test topshiriqlari va
ijodiy mashqlar keltirilgan. Maqola filologlar, o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, “Hayrat ul-abror”, metodik qo‘llanma, dars ishlanma, badiiy

tahlil, ma’naviy tarbiya, obrazlar tahlili, axloqiy g‘oya, zamonaviy yondashuv, adabiy ta’lim.

Аннотация

Данное методическое пособие посвящено изучению творчества Алишера Навои, в

частности, его поэмы «Хайрат ул-аброр». В пособии раскрываются содержание поэмы, её
художественные особенности, нравственно-философские идеи и воспитательное
значение. Материал направлен на развитие аналитического мышления учащихся и
студентов, понимание системы образов и актуальности идей Навои в современном
обществе. В пособие включены разработки уроков, вопросы и ответы, тестовые задания
и творческие упражнения, основанные на современных образовательных методах.
Предназначено для филологов, преподавателей и студентов.

Ключевые слова:

Алишер Навои, “Хайрат ул-аброр”, методическое пособие,

разработка урока, художественный анализ, нравственное воспитание, анализ образов,
этическая идея, современный подход, литературное образование.

Annotation

This methodological guide is dedicated to the study of Alisher Navoi’s works, particularly

his poem Hayrat ul-abror (“Wonder of the Righteous”). The guide explores the content of the
poem, its artistic features, moral and philosophical ideas, and educational value. It aims to help
students and learners develop analytical thinking skills, understand the system of imagery, and
recognize the relevance of Navoi’s ideas in the modern context. The guide includes lesson plans,
question-and-answer sections, test tasks, and creative exercises based on contemporary
teaching methods. It is intended for philologists, teachers, and students.

Keywords:

Alisher Navoi, “Hayrat ul-abror”, methodological guide, lesson plan, literary

analysis, moral education, imagery analysis, ethical ideas, modern approach, literary education.

Alisher Navoiy hayoti va asarlari haqida metodik qo‘llanmalar yaratish adabiyot

o‘qituvchilari uchun muhim manba bo‘lib, o‘quvchilarga buyuk shoirning ijodini o‘rgatishda
ko‘maklashadi. Quyida bunday qo‘llanmalarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar va amaliy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

56

ko‘rsatmalar keltirilgan. Bunday qo‘llanma Alisher Navoiyning bir asari ustida tayyorlansa ham
yoki umumiy Navoiy asarlari haqida tayyorlansa ham bo‘ladi.

Qo‘llanmaning tarkibiy qismlari
1.

Kirish qismi

. Alisher Navoiyning hayoti va ijodining qisqacha tarixi.

Navoiy ijodining turkiy va jahon adabiyotidagi o‘rni.
Qo‘llanmaning maqsadi va unda keltirilgan materiallarning qamrovi.
2.

Dars ishlanmalarini rejalashtirish

. Qo‘llanmada sinf darajalariga mos dars ishlanmalari

bo‘lishi kerak. Har bir dars uchun:

Mavzu va darsning maqsadi.
Asosiy tushunchalar (Navoiy hayoti, asarlari va mavzulari).
O‘quvchilarga mos topshiriqlar, savollar va testlar.
3.

Asosiy materiallar.

Navoiy hayoti: Tarixiy voqealar, temuriylar davridagi madaniyat va

shaxslararo munosabatlar.

Ijodi va asarlari: "Xamsa" asarlarining qisqacha mazmuni:
Ushbu metodik qo‘llanmani tayyorlash uchun “Hayrat ul-abror” dostonini namuna

sifatida tanladik.

Mavzu: Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni.
Maqsad: O‘quvchilar dostondagi asosiy g‘oyalarni tushunishlari va badiiy tahlil qilishni

o‘rganishlari kerak.

1. Dars bosqichi
Kirish: Navoiyning “Xamsa” haqida qisqacha ma’lumot.
Asosiy qism: “Hayrat ul-abror” mazmuni va undagi asosiy g‘oyalar (adolat, ilm).
Amaliy ish: O‘quvchilar dostondan bir parcha o‘qib, asosiy badiiy san’atlarni tahlil

qiladilar.

Xulosa: Navoiy asarlaridagi insonparvarlik g‘oyasining dolzarbligini muhokama qilish.
2. Uyga vazifa
“Hayrat ul-abror”ning bir qismini mustaqil o‘qib, qisqacha tahlil yozish.
“Hayrat ul-abror” qisqa mazmuni
“Hayrat ul-abror” Alisher Navoiy

“Xamsa”sidagi birinchi doston bo‘lib, 1483-yilda

yaratilgan.

Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”
Xusrav Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor”
Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” dostonlariga javob tariqasida yozilgan.
Alisher Navoiy ijodi va uning “Hayrat ul-abror” dostoni adabiyot o‘qituvchilari uchun

o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda bebaho manba hisoblanadi.
Doston Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi asar sifatida shoirning axloq, adolat, ilm va
insonparvarlik haqidagi g‘oyalarini yuksak badiiy mahorat bilan ifodalaydi. U Nizomiy, Xusrav
Dehlaviy va Abdurahmon Jomiyning shu yo‘nalishdagi asarlariga munosib javob bo‘lib, Sharq
adabiy an’analarini davom ettirgan va boyitgan.

Metodik qo‘llanma yaratishda ushbu asarni namuna sifatida o‘rganish o‘quvchilarni

Navoiy hayoti, davr madaniyati va ijodiy merosi bilan tanishtirishga, ularning badiiy tafakkurini
rivojlantirishga va mustaqil tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek,
Navoiy asarlaridagi insonparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

57

ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘rsatib, yoshlarni ezgulik, adolat va ilmga intilish ruhida
tarbiyalaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Алишер Навоий. Ҳайрат ул-аброр. МАТ. 20 томлик – Тошкент: Фан, 2012. – 448 б.

2.

Almaz ülvi Binnətova. Əlişir Nəvainin əsri və nəsri. Bakı – Elm və təhsil, 2023. – 330 b.

3.

Бертельс Е.Э. Избранные труды: Навоий и Джами. – Москва: Наука, 1965. – 500 с.

Библиографические ссылки

Алишер Навоий. Ҳайрат ул-аброр. МАТ. 20 томлик – Тошкент: Фан, 2012. – 448 б.

Almaz ülvi Binnətova. Əlişir Nəvainin əsri və nəsri. Bakı – Elm və təhsil, 2023. – 330 b.

Бертельс Е.Э. Избранные труды: Навоий и Джами. – Москва: Наука, 1965. – 500 с.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)