YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI

Annotasiya

Mazkur maqolada yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga qaratilgan ,,Yangi O’zbekiston – taraqqiyot qomusi’’ degan yondashuvni Konstitutsiyaning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur hisoblanishi ta’kidlab o’tilgan. Ya’ni mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi Prezidentimiz qayd etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi g’oya va prinsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos qilib olingan. Bundan tashqari, ushbu maqolamizda Asosiy qomusimizga kiritilgan xalq hokimiyatining real omillari ko’rsatib o’tilgan. Chunki, barchamizga ma’lumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning barchasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yorug’ bo’lishining negizini tashkil etadi. Darhaqiqat, ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mavjud bo’lgan moddalar haqida ham qisqacha ma’lumot berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
87-89
21

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qodirova, F. . (2024). YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI. Наука и инновация, 2(32), 87–89. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/46160
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga qaratilgan ,,Yangi O’zbekiston – taraqqiyot qomusi’’ degan yondashuvni Konstitutsiyaning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur hisoblanishi ta’kidlab o’tilgan. Ya’ni mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi Prezidentimiz qayd etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi g’oya va prinsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos qilib olingan. Bundan tashqari, ushbu maqolamizda Asosiy qomusimizga kiritilgan xalq hokimiyatining real omillari ko’rsatib o’tilgan. Chunki, barchamizga ma’lumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning barchasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yorug’ bo’lishining negizini tashkil etadi. Darhaqiqat, ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mavjud bo’lgan moddalar haqida ham qisqacha ma’lumot berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI

Qodirova Feruza Mamurovna

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti

Tillarni oʻrganish kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13995427

Annotatsiya:

Mazkur maqolada yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan

referendumda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga
qaratilgan ,,Yangi O’zbekiston – taraqqiyot qomusi’’ degan yondashuvni Konstitutsiyaning
mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur
hisoblanishi ta’kidlab o’tilgan. Ya’ni mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi Prezidentimiz
qayd etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi g’oya va
prinsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos qilib olingan. Bundan
tashqari, ushbu maqolamizda Asosiy qomusimizga kiritilgan xalq hokimiyatining real omillari
ko’rsatib o’tilgan. Chunki, barchamizga ma’lumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha
ishlar siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning barchasi xalq, inson manfaatlari,
uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz
to’kin, xonadonimiz yorug’ bo’lishining negizini tashkil etadi. Darhaqiqat, ushbu maqolada
O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mavjud bo’lgan moddalar haqida
ham qisqacha ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

konstitutsiya, demokratiya, jamiyat, davlat, fuqarolik, suverenitet,

referendum, norma, qonun, konstitutsiyaviy tuzum, deklaratsiya, dunyoviy davlat .

Абстрактный:

В данной статье основное внимание уделяется принятию новой

редакции Конституции Республики Узбекистан на референдуме, состоявшемся в нашей
стране 30 апреля 2023 года. То есть Конституция независимого Узбекистана, как
отметил Президент, является новым документом по своей сути, философии и идее. Ее
идеи и принципы используются как основа формирования гражданского общества и
правового государства. Кроме того, в этой статье показаны реальные факторы народной
власти, вошедшие в наш основной словарь. Потому что, как мы все знаем, все
политические, экономические, социальные и культурные реформы, проводимые в
нашей стране, служат улучшению народа, его интересов, его образа жизни. Это основа
нашего счастливого дня, наш стол полон, и в нашем доме светло. Фактически в данной
статье также представлена краткая информация о статьях, содержащихся в новой
редакции Конституции Республики Узбекистан.

Ключевые слова:

конституция, демократия, общество, государство, гражданство,

суверенитет, референдум, норма, закон, конституционный строй, декларация, светское
государство

Abstract:

This article focuses on the adoption of the new version of the Constitution of

the Republic of Uzbekistan in the referendum held in our country on April 30, 2023. That is, the
Constitution of independent Uzbekistan, as the President noted, is a new document according
to its essence, philosophy, and idea. Its ideas and principles are used as a basis for the formation


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

of a civil society and a legal state. In addition, this article shows the real factors of the people's
power included in our main dictionary. Because, as we all know, all the political, economic,
social and cultural reforms carried out in our country serve to improve the people, human
interests, and their way of life. It is the basis of our happy day, our table is full, and our house is
bright. In fact, this article also provides brief information about the articles contained in the
newly revised Constitution of the Republic of Uzbekistan.

Key words:

constitution, democracy, society, state, citizenship, sovereignty, referendum,

norm, law, constitutional system, declaration, secular state.

Konstitutsiya jahon tajribasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan qomusdir. U huquqiy –

demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Demokratlashtirish jarayoni davlat
hokimiyatining shunday tashkil etilishini nazarda tutadiki, u hokimiyatdagi barcha
bo’g’inlarning uyg’un faoliyati bilan ajralib turadi. Qonunning ustunligi, fuqarolarning jamiyat
va davlat ishlarini hal etishdagi faol ishtiroki orqali ularning huquq va erkinliklari kafolatini
ta’minlaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: ,,Konstitutsiyamiz asosida
mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari
shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyo qarashi
tobora o’sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh Qomusimizning hayotbaxsh kuch-
qudrati natijasidir’’. Darhaqiqat, yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O’zbekiston strategiyasini
amalga oshirishning siyosiy – huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotini
tarixiy muhim bosqichda davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini
belgilab beradi. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O’zbekiston – boshqaruvning
respublika shakliga ega bo’lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatdir.
Davlatning ,,O’zbekiston Respublikasi’’ va ,, O’zbekiston’’ degan nomlari bir ma’noni anglatishi
belgilab qo’yilgan. Mazkur normaning mantiqiy davomi va kafolati sifatida referendum ko’p
millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatliligi, suveren, demokratik, huquqiy , ijtimoiy
va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo’ldi.

Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi - ijtimoiy davlat

qurish ekanligi belgilab berildi. ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq
va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi
konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi. Bu O’zbekiston Respublikasi 14-moddasi: ,, Davlat
o’z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida
qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi’’.

Konstitutsiyaning 11-moddasiga muvofiq hokimiyatlar bo’linishi prinsipi hamda o’zaro

tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasini hisobga olgan
holda, Oliy Majlis, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati o’rtasida vakolatlar qayta
taqsimlandi. Joylarda hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga
asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modeli nazarda tutildi.

Yangi Ozbekistonda inson huquqlari ta’minlash bo’yicha ham islohotlarning keng ko’lami

amalga oshirildi. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi
to’g’risidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2020 –yil 22-iyundagi 6012-son
farmoniga ko’ra O’zbekiston inson huquqlarini rahbatlantirish, himoya qilish va ularga rioya


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

89

qilish masalalari davlar siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanib, 2017-2021-
yillarda O’zbekiston rivojlanishining 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini ta’minlash sohasida aniq maqsadga
yo’naltirilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro
standartlar milliy qonunchilikka va huquqni ta’minlash amaliyotiga tizimli hamda impelatsiya
qo’llanmoqda.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, inson huquqlarini ta’minlash borasida 1948-yil 10-

dekabrda qabul qilingan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi‘’ ning O’zbekiston
parlamenti tomonidan tasdiqlanganligi istiqlolning ilk yillarida qabul qilingan muhim xalqaro
hujjat hisoblanadi.

Konstitutsiya jahon tajribasida yozilgan, ilg’or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-

demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar
mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi va ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat
qilayotganligi yurtdoshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik,
ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga
aylanishini ta’minlashga qodirdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o’zbek xalqining
tarixi, madaniy me’rosi, milliy an’analari, qadriyatlari, azaliy udumlari , ildizlariga tayanilgan
jahon tajribasi, umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, qoidalar bilan hamohang tarzda
yaratilgan. Konstitutsiya inson manfaatlarini ko’zlovchi yuksak tayanch, fuqarolarning
huquqlarini himoya qilishda asosiy me’zondir. Bugungi kunda uni o’rganish, mazmun-
mohiyatini to’la anglash va unga qat’iy amal qilish har birimiz uchun zaruriy vazifadir.

Xulosa qilib aytganda, albatta, oldimizda turgan barcha muammolar o’sib kelayotgan yosh

avlodning huquqiy ongini, tafakkurini tarbiyalash bilan hal qilinadi. Shunday ekan, biz yoshlar
yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovonligi uchun butun aql-idrokimizni,
kuch-quvvatimizni sarflashimiz joiz.

References:

1.

Konstitutsiya “O’zbekiston” Toshkent-2023

2.

Constitutsion.uz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

3.

Lex.uz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 22-iyundagi TS-6012 farmoni 1-

ilova
4.

Lex.uz Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 08.05.2023-yildagi PF-67-son

5.

“Turkiton – press”

Bibliografik manbalar

Konstitutsiya “O’zbekiston” Toshkent-2023

Constitutsion.uz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

Lex.uz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 22-iyundagi TS-6012 farmoni 1-ilova

Lex.uz Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 08.05.2023-yildagi PF-67-son

“Turkiton – press”