Авторы

  • Feruza Qodirova
    Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti Tillarni oʻrganish kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.77900

Аннотация

Ikkinchi jahon urushi XX asrning eng katta fojiasi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush edi. U Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqaldi, Shimoliy muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida, ularga tutash dengizlarda harbiy harakatlar olib borildi. Urushda 61ta davlat qatnashgan. Unga 1 milliard 700 million odam, yaʼni dunyo aholisining toʻrtdan uch qismi jalb qilingan edi. 10 million kishi armiyaga safarbar qilindi, bu Birinchi jahon urushidagiga qaraganda 1,5 baravar koʻpdir. Taxminiy hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, faqat jang maydonida nemis fashistlari tomonidan otib oʻldirilganlarni oʻzi 50 milliondan ortiq odamni tashkil etadi - Birinchi jahon urushidagidan 5 baravar koʻp. Vayronagarchilikdan koʻrilgan zarar va urushga sarflangan mablagʻlar 4 trillion dollarni tashkil etdi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

10

IKKINCHI JAHON URUSHIDA QOZONILGAN GʻALABANING 80 YILLIGI

Qodirova Feruza Mamurovna

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti

Tillarni oʻrganish kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15165322

Bugun barchamiz, avvalo buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qoshgan, mana shu yorug‘

kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni doimo yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari
oldida ta’zim qilamiz. Shafqatsiz urushda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat
ko‘rsatgan barcha faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom, chuqur minnatdorlik bildiramiz.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni

Shavkat

Miromonovich Mirziyoyev

KIRISH

Ikkinchi jahon urushi XX asrning eng katta fojiasi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush

edi. U Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqaldi, Shimoliy muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida,
ularga tutash dengizlarda harbiy harakatlar olib borildi. Urushda 61ta davlat qatnashgan.
Unga 1 milliard 700 million odam, yaʼni dunyo aholisining toʻrtdan uch qismi jalb qilingan edi.
10 million kishi armiyaga safarbar qilindi, bu Birinchi jahon urushidagiga qaraganda 1,5
baravar koʻpdir. Taxminiy hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, faqat jang maydonida nemis
fashistlari tomonidan otib oʻldirilganlarni oʻzi 50 milliondan ortiq odamni tashkil etadi -
Birinchi jahon urushidagidan 5 baravar koʻp. Vayronagarchilikdan koʻrilgan zarar va urushga
sarflangan mablagʻlar 4 trillion dollarni tashkil etdi.

ASOSIY QISM

Hech shubhasiz, oradan qancha yillar, zamonlar o’tmasin, buyuk G’alabaning qadr-

qimmati va ahamiyati tobora ortib boraveradi. Bugungi yorug‘, musaffo osmonimiz sofligini,
hozirgi tinch, osuda hayotimizni ta’minlash uchun bukilmas iroda va jasorat namunasini
ko‘rsatgan, Vatan uchun jonlarini fido qilgan mard va jasur ota-bobolarimizning matonatlarini
hech qachon unutmaymiz

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon

urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan
ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e’tibor
va chuqur ehtirom ko‘rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish
chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari
xotirasini ulug‘lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.

Xalqimizning Vatan himoyasi yo‘lidagi yuksak mardlik va qahramonliklari barcha

avlodlar uchun namuna va ibrat maktabi vazifasini bajarib kelmoqda. Xususan, Ikkinchi jahon
urushiga o‘zbekistonliklarning 2 millionga yaqini safarbar etilib, shundan 538 ming nafardan
ortig‘i jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘lgan, 158 ming nafardan ortig‘i bedarak
yo‘qolgan, mustaqillik yillarida 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza
qiluvchi organlar xodimlari mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini fido
qilganlar.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

11

Biz tinchlik va mustaqillik uchun o‘z jonini ayamagan ota-bobolarimiz va mard

o‘g‘lonlarimizning ulkan jasorati, matonati hamda fidoyiliklarini yuragimizda abadiy
saqlaymiz.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash

kuniga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni yuksak darajada o‘tkazish, O‘zbekiston xalqining tarixiy
qahramonligi, fidokorona mehnatini ulug‘lash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqatli, bugungi
tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylashga qodir insonlar etib tarbiyalash maqsadida:

1. Keng jamoatchilik vakillarining yurtimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan

g‘alabaning 80-yilligi hamda 9-may – Xotira va qadrlash kunini (keyingi o‘rinlarda – Xotira va
qadrlash kuni) “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori
ostida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar:
9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va

ularni o‘tkazish dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va

ularni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ishchi guruh (A. Aripov):
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, mustaqilligimizni

mustahkamlash, xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida jasorat va fidoyilik
ko‘rsatgan yurtdoshlarimizni xotirlash, ayni vaqtda hayot bo‘lgan mehnat faxriylari va
keksalarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar yuqori saviyada
o‘tkazilishini tashkil etsin;

ushbu toifadagi shaxslarning yashash joyiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar

rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari, davlat va jamoat arboblari, faxriylar, fan, madaniyat
va san’at namoyandalari, yoshlar, shu jumladan, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-
vatanparvarlik harakati a’zolarining tashriflarini, ular ko‘rsatgan mardlik va jasoratning
ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilsin;

yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining yashash joylarini

ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi va uning oqibatida nogiron bo‘lgan

shaxslar, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida
halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi
organlar xodimlari hamda ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishini
ta’minlasin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga

hamda 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti nomidan bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti tantanali ravishda
topshirilishini tashkillashtirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga,

front orti mehnat faxriylariga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” yubiley
medallarini tantanali ravishda topshirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarning

har biriga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularni parvarish qilish maqsadida tibbiyot


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida biriktirgan holda doimiy ravishda
patronaj xizmatini yo‘lga qo‘ysin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga ularning

xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir
martalik bepul yo‘llanmalar taqdim etilishini ta’minlasin.

4. Belgilansinki, Xotira va qadrlash kuni tadbirlarini o‘tkazish hamda turli hududlarda

istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari
vakillarini ushbu tadbirlarga jalb qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy byudjetlar hamda

homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

Toshkent shahrida – Toshkent shahri hokimligi zaxira mablag‘lari, homiylik xayriyalari

hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

milliy va zamonaviy sport turlari bo‘yicha xotira turnirlari hamda “Men g‘olib” yugurish

marafonlari – Dasturda belgilangan mas’ul ijrochi vazirlik, idoralar va tashkilotlarning
mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

XULOSA

Fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 9-may kuni O‘zbekistonda har yili «Xotira va

qadrlash» kuni sifatida nishonlanmoqda. Respublika faxriylari uyushmasining tashabbusi
bilan janglarda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to‘planib, bu
ma’lumotlar asosida «Xotira» turkumida 34 kitob nashr etildi. Har yili urushda qurbon
bo‘lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini
qadrlash, e’zozlash, hurmat-izzatini joyiga qo‘yishdek insoniy ishlar yoshlarni vatanga
muhabbat

ruhida

tarbiyalashda,

mustaqil

O’zbekistonning

milliy

xavfsizligini

mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyuk G’alabaning 80

yilligi hamda “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi -
https://president.uz/uz/lists/view/7893
2.

Oʻzbekistonlik mehnatkashlarni Ikkinchi jahon urushiga qoʻshgan xissalari - T., 1975. -

S.190.
3.

https://president.uz/oz/lists/view/7893

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyuk G’alabaning 80 yilligi hamda “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi - https://president.uz/uz/lists/view/7893

Oʻzbekistonlik mehnatkashlarni Ikkinchi jahon urushiga qoʻshgan xissalari - T., 1975. - S.190.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)