ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
47
UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA OLIY TA'LIMNING AHAMIYATI
Karimova Mohinur
Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13933103
Annotatsiya:
Ushbu maqola uzluksiz ta'lim nima ekanligi, uning asl mazmuni, mohiyati,
uzluksiz ta'lim tizimida oliy ta'limning ahamiyati, oliy ta'lim nima ekanligi, uning ta'rifi, tasnifi,
oliy ta'limda olib borilayotgan o'zgarishlar haqida yoritilgan.
Аннотация:
Данная статья о непрерывном образовании, его сущности, сути,
значении высшего образования в системе непрерывного образования, что такое высшее
образование, его определение, классификация, роль высшего образования, изменения.
Annotation:
This article is about continuing education, its essence, essence, the
importance of higher education in the system of continuing education, what is higher education,
its definition, classification, the role of higher education. changes
Kalit so'zlar:
ta'lim standartları; ta'limning ustuvorligi; malakali mutaxassislar;
bakalavriyat; magistratura.
Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan
murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit
taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida
davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan "Taʼlim
toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida
tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri
(qarang Taʼlimning milliy modeli), Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol,
maʼnaviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun
zarur shartsharoitlar yaratadi.
Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli
darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim,
umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi
taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz
ichiga oladi.
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: taʼlimning
ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak
intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda
oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga
oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — inson krbiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga
boʻlgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar
ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining
uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning
milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy
uygʻunligi, Oʻzbekiston xalklarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, taʼlimni milliy
taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini
hurmatlash; taʼlim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng
yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar
yaratish. Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos boʻlib xizmat
qiladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol,
mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal
tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay
davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini
o’zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol
topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Uzluksiz ta’lim boshqarmasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida Adliya vazirligi
yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning
o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot resurslari jihatdan
ko‘maklashish sohasidagi ishlarni tashkil etishda joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi
universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim
hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta'limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida
ta'limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta'lim ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e'tiborning sababi zamonaviy
jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va
nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi
davrda ta'lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda
insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta'lim olish emas, balki butun hayoti davomida
uzluksiz ta'lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ba'zi bir manbalarga ko‘ra, ta'limning uzluksizligi to‘g‘risidagi ilk g‘oyalarni ba'zi bir G‘arb
tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda
ma'naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda
bunga o‘xshash g‘oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz
ta'lim g‘oyasining paydo bo‘lishi o‘z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida,
boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo‘lgan.
Oliy taʼlim — turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. Oliy
taʼlim oliy oʻquv yurtlari tomonidan xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boʻyicha
oliy malakali mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki kasb-
hunar taʼli-mini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan koʻnikmalar
shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim jarayonida talabaga oliy maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot tushunchasi
muayyan ixtisoslik boʻyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil
hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigʻindisini anglatadi.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
•
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida mumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
•
Oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
•
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish
muddati kamida 4 yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
•
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida davom etadigan oliy
ta’limdir.
Keyingi
yillarda
mamlakatimizda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
ustuvor
yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning
zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning
ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi
muhim islohotlar hisoblanadi.
Oliy taʼlim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat
standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-
tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va
amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari,
reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni
yoqlash muddati asosiy pedago-gik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida
oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy,
ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi
fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.
Talabalarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot berish taʼlimning sirtqi
shakli orqali amalga oshiriladi (qarang Sirtqi taʼlim). Oʻzbekiston Respublikasida Oliy taʼlim
tizimida bir qancha ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi Oliy taʼlimda
oʻqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oʻquv mash-gʻulotlariga qatnashishi majburiy.
Sirtqi Oliy taʼlimda taʼlimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga koʻra, talaba imtihon
sessiyasidagina mashgʻu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi Oliy taʼlimning imtihon sessiyalari har
bir oʻquv yurtining imkoniyatiga qarab, bir yilda ikki martadan ortiq boʻlmagan yoʻsinda tashkil
etiladi. Sirtqi Oliy taʼlim muddati kunduzgi oʻqishdagi tegishli mutaxassislikka qaraganda yarim
yoki bir yil ortiq davom etadi.
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga
aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar
haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim
tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar
hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib
chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi,
ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston
ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-
quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim
tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya
qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari
vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh
qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini
kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini
joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy
tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq
yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga
ko'tarish uchun xizmat qiladi.
References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining q'„shma majlisidagi nutqi. –T.: “O'zbekiston” NMIU,
2016. – 56 b.
2.
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash –yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza 2016 yil 7 dekabr'. – T.: “O'zbekiston”
NMIU, 2016. – 48 b.
3.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.:
“O'zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
4.
https://hozir.org/islom-karimov-maruza-1-oliy-talim-tizimi.html?page=3