ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
4
AKADEMIK MUSTAQILLIK ASOSIDA OLIY TA'LIM MUASSASALARI
FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Karimova Mohinur Abdujalol qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13929182
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Akademik mustaqillik asosida oliy ta'lim muassasalari
faoliyatini takomillashtirish, bu yo'lda olib borilayotgan amaliy ishlar, yangiliklar, o'zgarishlar
haqida, kelajakda bu harakatlar oqibatida bo'ladigan o'zgarishlar haqida so'z borgan.
Kalit so'zlar:
Oliy ta'lim; moliyaviy mustaqillik; mutaxassislik; ilm-fan; intelektual
taraqqiyot.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma’muriy boshqaruvini
keskin kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera
oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi davlat oliy ta’lim muassasalarini shakllantirish
maqsadida:
1. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim
muassasalariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
a) akademik mustaqillik sohasida:
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash,
ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda
ta’lim olish shaklini belgilash;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish
davomiyligi muddatlarini belgilash;
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha
ravishda qabul qilish;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish,
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar, shu jumladan amaliy
malakalar berish tizimini joriy qilish;
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni amalga
oshirish;
oliy ta’lim muassasasi va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida
darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish;
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda
tijoratlashtirish
bilan
bog‘liq
bo‘lgan,
davlat
budjeti
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qat’i nazar muassasaning
tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash;
mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni
ochish, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
5
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga
oid tartibni belgilash;
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va masofaviy
ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vakolatlar oliy ta’lim muassasalari
tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga
aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar
haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim
tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar
hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib
chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi,
ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston
ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-
quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim
tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli
isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya
qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari
vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor
yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda
ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni
ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab
berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat
qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari
hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi
universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47
ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy
o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga
qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul
kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9
foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
6
Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida
malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish
haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy
ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi. Oliy ta'limga ajratiladigan
davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda
ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga
etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi.
Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi
bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv
yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha
turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar,
o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo
qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr
talabidir.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga
hamda xalqaro standartlarning talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha
keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim, ilm-fanga juda katta e’tibor
berilayotganligi ilmiy jamoatchilikni cheksiz quvontirmoqda.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida 2021-yilning 16 iyun kuni oliy ta’lim
tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari
sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tdi:
•
Birinchisi – oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va
kafedralar vakolatlarini kengaytirish.
•
Ikkinchisi – o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan
uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish.
•
Uchinchisi – oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va
innovatsiyani rivojlantirish.
•
To‘rtinchisi – professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish,
sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
Bu vazifalarni samarali bajarish uchun oliy ta’lim muassasalariga akademik va tashkiliy-
boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilishi ta’kidlandi.
Xususan, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Misol uchun, 24 ta oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati 25 foizga ham etmasligi, 19 tasida birorta
professor va fan doktori yo‘qligi tanqid qilindi. Shu bois, Prezidentimiz kelgusi yildan
doktoranturaga kvotalar sonini 2 baravar ko‘paytirish, keyingi yillardan har yili 50 foizga
oshirib borishga ko‘rsatmalar berdi.
Haqiqatdan ham, bajargan ishlarimizni bugungi kun talabi darajasida deb bo‘lmaydi. Zero,
yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar nafaqat ta’limning rivojlanishi,
balki, taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab beradigan fan-ta’lim-ishlab chiqarish aloqalarini
rivojlantirishning zamonaviy dasturi sifatida ham e’tirof etish mumkin. Ushbu dasturning
hayotga tadbiq etilishi esa istiqbolda har bir oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy
tadqiqot va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning aniq mexanizmlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
7
yaratilishiga, ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishga qo‘llash samaradorligi ortishiga xizmat
qiladi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y.,
2.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori, texnika
fanlari doktori, dotsent.
3.
https://lex.uz/ru/docs/-4545884
4.
Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari
doktori, professor.