Авторы

  • Sabina Husainova
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro beznis huquqi yo’nalishi magistranti O'zbekiston Respublikasi ,100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi 54

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46065

Ключевые слова:

to’lovga qobiliyatsizlik sud sanatsiyasi kreditorlar kreditorlar qo’mitasi qarz ta’minoti.

Аннотация

Ushbu tadqiqotning maqsadi to’lovga qobiliyatsizlik tizimida sud sanatsiyasi taomilining amalda qo’llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan  bo’lib,qonun tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

SUD SANATSIYASI TAOMILINI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

ZARURATI

Husainova Sabina Abduqayum qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro beznis huquqi yo’nalishi magistranti

O'zbekiston Respublikasi ,100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi 54

Tel.: +998975878108 ; email: husainovasabina1808@gmail.com

Husainova Sabina Abduqayum qizi

Master's student of the direction International business law

University of World Economy and Diplomacy

100007, Republic of Uzbekistan, Tashkent, Mustakillik ave., 54

phone.: +998975878108 ; e-mail: husainovasabina1808@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13927680

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqotning maqsadi to’lovga qobiliyatsizlik tizimida sud

sanatsiyasi taomilining amalda qo’llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib,qonun
tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

Annotation

. The purpose of this study is to increase the effectiveness of the judicial

rehabilitation in the insolvency system, and to develop proposals for improving the existing
norms of the law.

Kalit so’zlar:

to’lovga qobiliyatsizlik, sud sanatsiyasi, kreditorlar, kreditorlar qo’mitasi,

qarz ta’minoti.

Keywords

: insolvency, judicial rehabilitation, creditors, committee of creditors, debt

security.


Davlat iqtisodiyotiga ishlab chiqarishi past, zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni bankrot

deb topish ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biroq turli obyektiv sabablarga koʻra kreditorlar talablarini
qanoatlantira olmayotgan, oʻzining toʻlov qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan korxonalar ham
mavjud va odatda bunday korxonalar bankrot deb topilmasdan sanatsiya qilinadi.
Sanatsiyalash orqali korxonalarning rentabelligi tiklanadi hamda ushbu korxonalar iqtisodiy
foydalilik faoliyatini davom ettiradi.

Sanatsiya (lot. sanatio – davolanish, qarzdor tashkilotlarni sogʻlomlashtirish) – qarzdor

tashkilotlarga davlat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berishi boʻlib,
qarzdor tashkilotlarning jamoalari qarz beruvchilar va qarzdor tashkilotlar sanatsiyada
qatnashish huquqiga ega.

Sanatsiya- bankrotlikni oldini olish yoki korxona raqobatbardoshligini oshirish

maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar tizimi.

1

Respublika bo‘ylab iqtisodiy sudlar tomonidan 2021-yilda 9994 ta,2022-yilda 8996 ta va

2023-yilda 13093ta bankrotlik hamda to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ish ko‘rilgan bo‘lib,bu vaqt
davomida 2021-yilda atiga 1dona,2022-yilda 9ta hamda 2023-yilda 4 nafar holatda to‘lovga
qobiliyatsiz qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi qo‘llanilgan.

2

Ushbu statistik ko‘rsatgichlar

qarzdorni sog‘lomlashtirishga qaratilgan yana bir tartib-taomilga doir jarayonni hamda ushbu

1

Большой энциклопедический словарь. 2-е изд.,М.:Большая Российская энциклопедия. – СПБ.: Норинт,1997.-С

.240.

2

https://stat.sud.uz/iib.html


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

jarayonni tartibga soluvchi normalarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish uchun
takliflar ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning 93-moddasida sud sanatsiyasi tartib-

taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnoma asosida sudga murojaat etish tartibi belgilab
qo‘yilgan bo‘lib,unga ko‘ra :

“Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari)

yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib-
taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan
kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi
iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.

Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga sud

sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to‘lash jadvali ko‘rsatilgan
holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.

Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish to‘g‘risidagi

iltimosnoma bilan kreditorlarning yig‘ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani
va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini
berish maqsadida kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida
muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.

Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud

sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi,
qarzni to‘lash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining
bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yig‘ilishning bayonnomasida sud
sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) ro‘yxati
hamda bu shaxslar tomonidan qarzni to‘lash jadvalining bajarilishini ta’minlashga oid hujjatlar
ko‘rsatilishi kerak.” - Ushbu moddaga asosan sud sanatsiyasiga doir taklifning dastlab
kreditorlar tasdig‘idan o‘tishi zaruriyatdir,demak kreditor hamda qarzdorning muasisslari
yoki rahbarlari o‘rtasida muzokaralar muvaqqat boshqaruvchining nazorati ostida dastlabki
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar olib borilishi maqsadga muofiqdir.Ammo bu yerda
yuzaga keluvchi yagona muammo bu kreditorlar qo‘mitasining hali tayinlanmaganligi bois
muzokaralarni har bir kreditorlar bilan individual tarzda olib borishga tog‘ri
kelinishidadir.Ushbu muzokaralar to‘g‘risida sud uchun hisobotlar tayyorlanishi zaruriy emas
ularning asosiy xususiyati jarayon samaradorligini oshrish uchun qo‘llaniluvchi kichik amaliy
yondashuvlar sifatida qabul qilish mumkin.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning 94-moddasi 5-qismiga binoan,

qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk, shu
jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarish ta’minotining predmeti
bo‘lishi mumkin emas.

Ushbu qoidaga ikki xil yondashuv asosida fikr bildirishimiz

mumkindir.Birinchi yondashuvga ko‘ra qarzdorning mulk huquqi hamda ashyoviy huquqi
asosidagi tegishli mol-mulki uning qarzlarni to‘lashi uchun mustahkam ta’minot bo‘la olmaydi
bunga sabab qarzdor o‘z mulkini tasarruf etishi natijasida,shuningdek 4-guruh kreditorlarining
ijro hujjatlari asosida ushbu ta’minot mulki undiruv obyektiga aylanishi mumkin.

Ikkinchi yondashuv ko‘ra esa ushbu holatda qarzdor ashyoviy hamda mulkiy huquq

asosida egalik qiluvchi mulkining biror (deylik umumiy mulkining uchdan bir) qismini
qarzlarni uzish jadvali ta’minoti tarkibiga kiritishi amalda qo‘llash uchun arzirli tanlovdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

Sababi sanatsiyalash mazmuni bevosita majburiyatlarni uchinchi shaxslar tomonidan
bajarilishini oʻz ichiga oladi.Amaliyotda ushbu uchinchi shaxslar qarzdor oldida pul
majburiyatiga ega bo‘lib,ular ushbu majburiyatlar tufayli qarzdorning qarzlarni to‘lash jadvali
uchun ta’minot sifatida o‘z aktivlarini taqdim etadilar

3

.Ammo barcha qarzdorlar ham o‘z

qarzdorlariga ega emas shu sababli to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan korxona kreditorlar
talablari reyistriga kiritilgan jami majburiyatlari miqdoridan yigirma foizga ortiq bo‘lgan qarzni
uzish ta’minoti bo‘lgan mol-mulk qiymatini to’liqligicha uchinchi shaxslar hisobidan to‘plashi
oson kechmaydi.Bu holatda qarzdorning uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilishi kerak
bo‘lgan mol-mulk ta’minotinining bir qismini o‘z aktivlari hisobiga to‘ldirishi asosida sud-
sanatsiyasi tartib-taomilini boshlash mumkin.Ushbu mulohazalarga asoslanib,to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonun 94-moddasi 4-qismiga quyidagicha o‘zgartirish kirtilishini
taklif etiladi:

Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-

mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarish ta’minotining
predmeti sifatida ta’minotning tarkibida uning qirq foizidan ortiq qismini tashkil etishi mumkin
emas.

Ushbu vaziyatda qarzdor o‘z mulkiy hamda ashyoviy huquqlarini qarzni to‘lash jadvali

uchun ta’minot predmetiga aylantirishini ta’minlash uchun qonun bir necha qo‘shimcha
o‘zgatirishlar kiritilishi zarur.Xususan,to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunning 79-
moddasiga binoan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan kundan e’tiboran mulkiy undiruvlar
bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, bundan ish haqi bo‘yicha, mualliflik
shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi,
shuningdek hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni
kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish
qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud
hujjatlari asosida berilgan ijro etish mustasno.Ushbu moddaga binoan 4-guruh kreditolarining
talablari ulardagi mavjud sudning ijro qarorlari asosida navbatsiz va ishning tugallanmasidan
burun qanoatlanitrilishi mumkindir.Ushbu qoida sud sanatsiyasi jarayonida ham amal qilishi
ta’qiqlanmaganligi sababli 4-guruh kreditorlarining ijro hujjatlari asosida undiruvni qarzdor
mulkiga qaratishi qarzdorning sanatsiyalash jarayonida qarzlarni to‘lab borish rejasiga ta’sir
ko‘rsatadi.Sud sanatsiyasi bilan jarayonini aniq tashkil etish maqsadida 4-guruh kreditorlariga
nisbatan to‘lovlar amalga oshirilishi tartibga solinishi zarur.Masalan tugatishga doir ish olib
borish jarayonidagi kabi qarzlarni to‘lash jadvalida birinchi navbatda (4-guruh kreditorlari):
ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari
bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun qarzdorning yagona
hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari
bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga ko‘ra haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid
munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi
to‘lovlar hamda talablar bo‘yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan
talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-
mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari qanoatlantirilishini belgilab
qo‘yish sud sanatsiyasi jarayonini barcha chora-tadbirlar reja asosida bajarilib,sanatsiya
maqsadiga erishilishni ta’minlaydi.

3

Сарбаш С. Исполнение договорного обязательства третьим лицом // Хозяйство и право. 2003. №3. – С.5.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

References:

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni // lex.uz.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida“gi Qonuni // lex.uz.

3.

https://stat.sud.uz/iib.html

4.

Xudaybergenov B.B.Toʻlovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning oʻziga xos

xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik: yur.fan.dok.diss.Toshkent,2023.-390.
5.

Большой энциклопедический словарь. 2-е изд., М.:Большая Российская

энциклопедия. – СПБ.: Норинт,1997.-С .240
6.

Сарбаш С. Исполнение договорного обязательства третьим лицом // Хозяйство и

право. 2003. №3. – С.5.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni // lex.uz.

Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida“gi Qonuni // lex.uz.

Xudaybergenov B.B.Toʻlovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik: yur.fan.dok.diss.Toshkent,2023.-390.

Большой энциклопедический словарь. 2-е изд., М.:Большая Российская энциклопедия. – СПБ.: Норинт,1997.-С .240

Сарбаш С. Исполнение договорного обязательства третьим лицом // Хозяйство и право. 2003. №3. – С.5.