ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TO’LOVGA QOBLIYATSIZLIK TIZIMIDA
KELISHUV BITIMINI TUZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Husainova Sabina Abduqayum qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro beznis huquqi yo’nalishi magistranti
O'zbekiston Respublikasi ,100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi 54
Tel.: +998975878108; email: husainovasabina1808@gmail.com
Husainova Sabina Abduqayum qizi
Master's student of the direction International business law
University of World Economy and Diplomacy
100007, Republic of Uzbekistan, Tashkent, Mustakillik ave., 54
phone.: +998975878108; e-mail: husainovasabina1808@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13923409
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotning maqsadi O’zekiston Respublikasida to’lovga
qobiliyatsizlik insititutida kelishuv bitimini tuzish tartibini takomillashtirish zaruriyatlarini
tushuntirib berishdan iboratdir. Maqolada tadqiqot maqsadini aniq ifoda etish uchun tarixiy-
huquqiy hamda qiyosiy taqqoslash metodikalaridan foydalanilgan
Annotation
. The purpose of this research is to explain the need to improve the procedure
for concluding a settlement(debt) agreement in the Institute of Insolvency in the Republic of
Uzbekistan. Historical-legal and comparative comparison methods are used in the article to
clearly express the purpose of the research.
Kalit so’zlar:
Bankrotlik insituti, to’lovga qobiliyatsizlik, bozor iqtisodiyoti, tugatish
taomili, sanatsiya, tashqi boshqaruv, kelishuv bitimi.
Keywords
: Institute of Bankruptcy, insolvency, market economy, liquadition of debtor,
rehabilitation, external management, settlement(debt) agreement.
Kelishuv bitimini tuzish tartibi to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorni bankrot deb topish va
tugatish nisbatan muqobil yechim sifatida xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik tajribasida keng
foydalanib kelinmoqda.Kelishuv bitimi (Qarz shartnomasi) - bu qarzdor va kreditor o‘rtasida
to‘lanmagan qarzni to‘lash bo‘yicha tuziladigan huquqiy shartnoma. Ushbu shartnoma
mazmuni to‘lovga qobiliyatsiz qarzdor qarzning to‘liq miqdorini to‘lay olishga iqtisodiy qodir
bo‘lmagan holatda kreditorlarga umumiy qarzning to‘liq qismini emas balki uning biror qismini
to‘lash taklifini taklif qilishidan iboratdir.
1
Kelishuv bitimi tuzilgach qarzdor miqdori biroz
kamaytirilgan qarzni kelishilgan muddatda, odatda uch yildan besh yilgacha oraliqda to‘lashi
kerak. Kelishuv bitimining tuzilishining qarzdor uchun ahamiyat yuqori bo’lib ya’ni bitim
tuzilishi orqali qarzdor o‘z huquqiy maqomini saqlab qoladi va bankrot deb topilgach yuzaga
keluvchi oqibatlardan qutulib qoladi.Kridetorlar manfaatlari uchun ham kelishuv bitimi tuzish
muhim ,aksincha bo‘lsa qarzdorning bankrot deb topilganda kreditor talablari ko‘p holatlarda
to‘lig‘icha bajarilmasdan qoladi,kelishuv bitimi esa qiymat jihatdan samarali yechimni taklif
etadi.Muayyan vaziyatda bo‘lgan debtorlar uchun ushbu yo‘l oqilona tanlovdir va odatda eng
so‘ngi yechim sifatida qo‘llanishi tavsiya etilib kelinadi.Albatta Kelishuv bitimi tuzilishining
ham oqibatlari mavjud.Odatda bunday ta’sir qarzdorning kelishuv bitimida bo‘lgan vaqt
1
https://www.contractscounsel.com/t/us/debt-agreement#
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
davomida boshqa bir kredit olish imkoniyatining kamayishi va shuningdek qarzdor bu vaqt
davomida yangi hamkorlar bilan ishlashdan oldin ularni kelishuv bitimi to‘g‘risida
ogohlantirishi zarurligi bilan ta’riflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi To‘lovga qobiliyatsizlik tizimida kelishuv bitimi tuzish
to‘g‘risidagi norma eng dastlabki “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1994-yilda qabul qilingan qonun
tarkibiga kiritilgan edi.Amalda kuchda bo‘lgan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning
3-moddasida kelishuv bitimiga - taraflarning o‘zaro yon berish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitim sifatida ta’rif berilgan.Bitimning
tuzilishidan maqsad qarz miqdorini aslidan kamaytirish hamda to‘lov muddatini uzaytirish
hisoblanadi,shu sabali kelishuv bitimini ta’riflashda qarzdor hamda kreditorlar o‘rtasida uning
tuzilishi maqsadiga urg‘u berilishi maqsadga muvofiqdir.Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik
amaliyotida kelishuv bitimi(settlement agreement) odatda “qarz shartnomasi”(debt
agreement)
2
nomi bilan ataladi,hamda qarzdor hamda kreditorlar o‘rtasida qarzdor
majburiyatlarning kreditorlar da’vo qilgan miqdordan kam bo‘lgan boshqa miqdorda
belgilangan muddat davomida tomonidan to‘lab borish uchun tuzilgan shartnoma sifatida ta’rif
beriladi. “To‘lovga qobiliyatsizlik” to‘g‘risidagi qonun 3-moddasiga tuzatish sifatida,kelishuv
bitimini-
kreditorlar talab qilgan qarz majburiyatlarining kamaytirilgan miqdorda kelishilgan
vaqt oralig‘ida qarzdor tomonidan qanoatlantirilishi asosida to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik)
to‘g‘risidagi ish yurituvini tugatish
deb ta’riflash taklif etiladi.
Kelishuv bitimini tuzish orqali qarzdorning faoliyat turini hamda maqomini saqlab
qolish,bankrot bo‘lishini oldini olish hamda shu bilan bir vaqtning o‘zida kreditorlar talablarini
qanoatlantirishga erishish mumkin.Ammo “Kelishuv bitimi” tuzish tartibini to‘lovga
qobiliyatsizlik ish yurituvida qo‘llashda qarzdorning iqtisodiy hamda ijtimoiy vaziyatini to‘liq
o‘rganib chiqish talab etiladi.Bitim tuzilishing asosiy maqsadi qarzdor yuridik va jismoniy
shaxslar faoliyati hamda maqomini saqlab qolish,shuningdek bankrot deb topilgach yuzaga
keluvchi oqibatlarni oldini olish bo‘lsada,qarzdor iqtisodiy imkoniyatlarini to‘liq baholay
olmaslik natijada jiddiyroq oqibatlar kelib chiqishi mumkin.Kelishuv bitimi qarzdorni
qarzlaridan to‘la ozod etmaydi va balki qarz miqdorini kamaytirib,qarzni to‘lab borish
muddatini esa uzaytiradi.
3
Ushbu bitimning qarzdor hamda kreditorlar o‘rtasida qarz
majburiyatlarini bajarish muddatini uzaytirish maqsadida tuzilgan fuqorolik-huquqiy
bitimlardan asosiy farqi bu uning to‘lovga qobiliyatsizlikga doir ish yurituvi davomida iqtisodiy
sudning tasdig‘i asosida tuzilishi hamda barcha kreditorlar manfaatlariga nisbatan birdek
xizmat qilishidadir.Xo‘jalik yurituv subyektlari shuningdek jismoniy shaxslarning o‘z iqtisodiy
holatlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishlari,qarzdorlik yuzaga kelganda esa mavjud
aktivlari hisobiga qarz majburiyatlarini vaqtida to‘lay olish ehtimolini oldindan prognoz qilib,
vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlikning alomatlari kuzatilganda esa to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘g‘risidagi ish yurituvini qo‘zg‘atishni so‘rab iqtisodiy sudlarga o‘z vaqtida kechiktirmay
murojaat etishlari “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning amal qilish samaradorligini
oshirishga xizmat qilgan bo‘lar edi.Ammo ushbu masalalar tashkiliy xususiyatga ega
bo‘lib,targ‘ibot ishlari hamda fuqorolarning shaxsiy xohish istaklari bilan bevosita
2
https://www.iiiglobal.org/uncitral/
3
https://www.afsa.gov.au/i-cant-pay-my-debts/debt-agreement/what-debt-agreement
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
106
bog‘liqdir.Ayni vaqtda qazrdor, uning kreditorlari shuningdek maxsus vakolatli davlat
organlari tomonidan,to‘lovga qobiliyatsizlik doir ish yurituvini qo‘zg‘atishni so‘rab
berilayotgan arizalarning 90 foizidan oshiq bo‘lgan holatida qarzdor doimiy to‘lovsizlik
alomatlarini namoyon etmoqda,hamda o‘z-o‘zidan ularga nisbatan sud soddalashtirilgan
tartibda ish yurituvini joriy qilmoqda.Soddalashtirilgan tartibda ish yurituvi qo‘zg‘atilgan
qarzdorlar doimiy to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib ularga nisbatan “To‘lovga qobiliyatsizlik
to‘g‘risida”gi qonunning 239-moddasi 2-qismiga binoan kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi
boshqaruv tartib-taomillari qo‘llanilmaydi.Shunga qaramay tugatilayotgan qarzdorni bankrot
deb topish hamda unga nisbatan tugatishga doir ish yurituv tartib-taomilini qo‘llashdan ko‘ra
yuridik shaxsning faoliyatini saqlab qolish va shu bilan bir vaqtda kreditorlar manfaatlarini
himoya qilish iqtisodiy-huquqiy jihatdan samarali yo‘ldir.
Amalda kuchda bo‘lgan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning 161-moddasi 1-
qismiga binoan qarzdor va kreditorlar sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni
ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimini tuzishga haqlidirlar.Ammo qonunda
“kelishuv bitimi tuzish taklifini beruvchi to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorning kelishuv bitimini
tuzish uchun layoqatliligiga doir normalar mavjud emas.Quyidagi norma ushbu masalani hal
etish maqsadida taklif etiladi:
Quyidagi holatlarda kelishuv bitimini tuzish haqiqiy emas deb topiladi:
- qarzdor kreditorlarining barcha talablarini qanoatlantirish uchun to‘lov qobiliyatiga ega;
- qarzdorga nisbatan ohirgi 5 yil vaqt oralig‘ida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ochilgan
va yoki kelishuv bitimi tuzilgan bo’lsa;
- qarzdorning garov bilan ta’minlanmagan qarzlari miqdori har yilgi inflatsiya miqdori hisobga
olinib tasdiqlangan maksimal miqdordan oshiq bo‘lganda;(bu chegaraviy miqdorni hisoblash
va belgilash zaruriyati mavjud).
Keyingi muhim masala kelishuv bitimining davomiyligi ya’ni amal qilish muddatini
belgilashdir.Ya’ni kelishuv bitimi uch yildan kam bo‘lmagan hamda besh yildan uzoq bo‘lmagan
muddatlarda tuzilishi maqsadga muvofiq,shuningdek bitimga amalga qilgan holda qarzni uzish
shakli faqatgina pul vositasida bajarilishi zarur.Kelishuv bitimiga amal qilayotgan vaqtda unga
o‘zgartish kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin.Bunday holatlarni tartibga soluvchi
normalar ishlab chiqish ham jarayonda yuzaga keluvchi holatlarni tartibga soladi.
Demak, qonun hujjatiga kelishuv bitimining muddati hamda kelishuv bitimiga o‘zgartitish
kiritish shartlari va kelishuv bitimi jarayonini nazorat qiluvchi boshqaruvchiga doir yangi
normalar kiritilishi lozim.Quyidagilar ushbu qo‘shimcha normalar matni uchun takliflar sifatida
taqdim etiladi:
1.
Kelishuv bitimining amal qilish muddati
.
Kelishuv bitimining davom etish muddati ko‘pi bilan yigirma to‘rt oyni tashkil etishi
mumkin.
2. Kelishuv bitimiga o‘zgartirish.
Kelishuv bitimiga o‘zgartirish kiritish shartlari qarzdor tomonidan kreditorlar
qo‘mitasiga yozma shaklda taqdim etilishi kerak.Kelishuv bitimi tuzilgach,sud
boshqaruvchisining vakolatlari tugatiladi bunday vaziyatda qarzdorning tugatish
boshqaruvchisi va yoki rahbari tomonidan kreditorlar yig‘ilishini chaqirishi hamda ushbu
yig‘ilishda kelishuv bitimiga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘tib chiqilishi lozim.Kreditorlar
yig‘ilishida kelishuv bitimiga o‘zgartirish shartlari tasdiqlanganda,qarzdor ushbu talabnoma
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
107
hamda unga kreditorlar yig‘ilishining tasdig‘ini ilova qilgan holda sudga murojaat
etadi.Kelishuv bitimiga o‘zgartirish kiritish talabi sud tomonidan rad etish ajrimining
chiqarilishi kelishuv bitimiga o‘zgartirishlar kiritishning yangi talabi bilan murojaat etishga
to‘sqinlik qilmaydi.
Xulosa qilib aytganda,qonunning kelishuv bitimini tartibga soluvchi normalarini
takomillashtirish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik tizimida qarzdor va kreditorlarning
manfaatlarini himoya qilish yana bir yangi bosqichga olib chiqiladi.Sud sanatsiyasi hamda
kelishuv bitimini tuzish bankrotlikka muqobil taomillar bo‘lib,sud sanatsiyasi orqali
qarzdorning iqtsodiy faoliyati saqlab qolinsa,kelishuv bitimi qarzdorni bankrot deb topilish
asosida kelib chiquvchi kelgusi oqibatlardan himoya qiladi,ahamiyatli jihati shundaki ushbu
tartib-taomillarning to‘g‘ri qo‘llanilib,tashkil etilishi kreditorlarning ham manfaatlari uchun
xizmat qiladi.
References:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni // lex.uz.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida“gi Qonuni // lex.uz.
3.
Xudaybergenov B.B.Toʻlovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning oʻziga xos
xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik:yur.fan.dok.diss.Toshkent,2023.-390.
4.
https://www.contractscounsel.com/t/us/debt-agreement#
5.
https://www.iiiglobal.org/uncitral/
6.
https://www.afsa.gov.au/i-cant-pay-my-debts/debt-agreement/what-debtagreement