Авторы

  • Zarena Mamatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46137

Аннотация

Yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo‘ladi: ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg‘unligi; hamkorlik jarayoni subyektlarini teng huquqliligi va yuksak mas‘uliyati; faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro‘li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, yosh onalar va otalar maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

116

BOSHLANG'ICH TA'LIM SHAROITIDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING

O'ZARO TA'SIRINI MODELLASHTIRISH

Mamatova Zarena Abdujalilovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912782

Yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga,

xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko‘zlangan maqsadga
erishib bo‘lmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga
amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo‘ladi: ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik
jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning
uyg‘unligi; hamkorlik jarayoni subyektlarini teng huquqliligi va yuksak mas‘uliyati; faoliyat
jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash.
Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu
masalalarga tibbiyot xodimlari, obro‘li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, yosh onalar va
otalar maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.

Farzandning maktabgacha bo‘lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma‘naviy rivojlanishini

ta‘minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harf
tanish, qo‘shiq aytish va raqs tushish, turli o‘yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini
singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga
tayyorlash guruhlari, ―yakshanbalik maktablar ishini tashkil qilish.

Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy

shakllanishini ta‘minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o‘z xatti-
harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish,
atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, do‘stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini
shakllantirish.

O‘smirlarni (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql-zakovatini hisobga olgan

holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo‘lishini ta‘minlash, maishiy mehnat
faoliyati orqali turli kasblarga yo‘naltirish, o‘smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o‘z
o‘rnini topa olishiga ko‘maklashish, o‘z xatti-harakatlari uchun jamiyat,, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga
keltirish.

Yoshlarni (16 va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari,

mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta‘minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta‘lim
olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta‘minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil
bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish, Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqaroli burchlarini ado
etishga javobgarlik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash. O‘zaro
hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o‘z tarkibiga mahallar faollari, obro‘li ota-
onalardan, o‘quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi
jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o‘z zimmasiga olgan
vazifalardan kelib chiqib, o‘z tarkibida turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadigan kichik
tashabbuskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma‘lum bir muddatga
mo‘ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla yig‘inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur
bo‘ladi. Qayd etilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga
qaratilgan kengash va majlislardan, anjumanlardan, oqsoqollar kengashlaridan , mahalla
yig‘inlaridan, mahalla ahlini birlashtiruvchi, ularni sog‘lom turmush tarziga yetaklovchi ko‘rik-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

117

tanlovlar, musobaqala, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag‘ishlangan anjuman va
tantanalardan iborat bo‘lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o‘z faoliyati
to‘g‘risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi.

Zarurat tug‘ilganda o‘quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida

joylashgan tashkilot, korxona va idoralarni ta‘lim-tarbiya yuzasidan olib borayotgan ishlari
to‘g‘risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.Hamkorlik kengashi mahalla hududida istiqomat
qilayotgan o‘z farzandalari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv
idoralari,huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma‘muriy choralarni
qo‘llashi mumkin. Hamkorlik kengashi mahalla hududida o‘zbek milliy tarbiya an‘analarini
tiklash, turli madaniy tadbirlar o‘tkazish, bolalar va kattalarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish
borasida maktablar, o‘yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o‘smirlar klublari,
maktabgacha tarbiya va makatabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi. Hamkorlik
kenagshi o‘tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu
tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi. Hamkorlik kengashi yosh avlodni
tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarini
mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlar va idoralari ishi rejalashtirilishi va
amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatliligini ta‘minlaydi. Ta‘lim-tarbiya
sohasiga e‘tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiztomonidan qabul qilingan qonun va
hujjatlarni, ma‘muriy ko‘rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab
hamkorligifaoliyati o‘ziga xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur.

O‘tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga

mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko‘rgazmali,
ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo‘nda, estetik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi
kerak.Maktab, oila va mahalla hamkorligida olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha
yoshdagi va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga mos
bo‘lishi lozim.

Maktab, oila va mahalla hamkorligida tashkil etiladigan tadbirlar Sog‘lom avlod uchun,

Ota-onangga rahmat, Odobingga balli, Sog‘ tanda – sog‘lom aql, Mehr chashmasi, Qizlar ibosi,Bir
yigitga qirqhunar oz, O‘g‘lim - posbonim,

Hayot-ustoz, xalq muallim, O‘zbekiston – Vatanim manim!, Milliy burch va mas‘uliyat, Oila

saboqlari,Oila etikasi,Oila tinch – mahalla tinch, Mustaqil hayot bo‘sag‘asida, Askarlik – yigitlik
maktabi, Oila baxti – Vatan baxti, Sportchi oila, Oilamiz ohanglari, Vatan ostonadan boshlanadi,
Biz kimmiz? kabi mavzulardan iborat bo‘lishi mumkin.

Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va tarixini o‘rganish,

o‘quvchi yoshlarda vatanparvarlik g‘ururini hisobga olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan
tadbirlar kattalar va yoshlar xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik
tashkiliy ishlar samarasini oshiradi.

Mahalla hududida o‘tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar yoshlarning intilish va

imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur o‘rganish imoniyatini beradi.

Yuqoridagi tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro,

oila, mahalla va maktab o‘zining shart-sharoiti, atrof-muhitini tahlil qilib:-o‘quvchi-o‘qituvchi-
ota-ona; ―maktab-oila-mahalla-jamoatchilik;―oila-mahalla-bog‘cha-makatb yo‘nalishlarida
amaliy – tarbiyaviy ishlarni hayotga tatbiq etadi va shu kun talabi darajasida targ‘ibotqiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

118

Shu tariqa yoshlarni tarbiyalashda mutafakkir Abdulla Avloniyning: ”Tarbiya biz uchun yo
hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yosaodat – yo falokat masalasidir” iborasi oila, mahalla
va maktabningish tamoyiliga aylanishiga erishiladi.

Bugungi kunda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilmoqda. Ayniqsa,

mahallalar, kelajak ovozi va boshqa turli - tuman jamoat tashkilotlari maktabga hamda oilaga
bolalar tarbiyasida juda katta yordam ko‘rsatmoqdalar. Jamoatchilikni o‘quvchilar tarbiyasiga
jalb etishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisining roli kattadir. Tashkilotchi
maktabning o‘ziga qarashli tumanida bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishini tashkil etuvchi
markaz bo‘lib qolmog‘i uchun chora-tadbirlar ko‘radi, shu maqsadda u o‘quvchilar ota-onalari
ishlaydigan korxona va muassasalar jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatadi,
maktabga homiylik qilayotgan tashkilotlar bilan bolalarning yashash joylarida ular bilan
tarbiyaviy ishlar olib borish to‘g‘risida suhabtlashadi. Jamoatchilikning bolalar tarbiyasi
borasida olib boradigan eng muhim yo‘nalishlari: o‘qishdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar
xulq-atvorini kuzatib borish, ularni xilma-xil ijtimoiy foydali ish-faoliyatiga jalb etish,
o‘quvchilarning uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida ularga alohida-alohida yordam
uyushtirish, oilalarga o‘quvchilarning pedagogik jihatdan qarovsizligiga olib keladigan
sabablarni bartaraf qilishda yordam ko‘rsatish, tarbiyasi qiyin o‘smisrlarni tarbiyalash va qayta
tarbiyalashda yordam berish, bolalar bilan ularning yashash joylarida sport va madaniy-
ommaviy ishlar olib borishdan iboratdir. Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam
aloqada bo‘lib, ularga mumkin qadar ko‘proq yordam berishlari va qo‘llab-quvvatlashlari
uchun ularga murojaat qilib turmog‘i zarur. Eng avvalo ota-onalar qo‘mitasi bilan, mahalla
faollari bilan doimiy aloqa o‘rnatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashkilotlar bolalar
tarbiyasida nihoyatda katta yordam ko‘rsatadilar. Jamoat tashkilotlari ayniqsa maktabdan
tashqari kattalar qarovida qolmaydigan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri
foydalanishlariga, ularning qarovsizligini bartaraf etishga juda katta yordam ko‘rsatishlari
mumkin. Sinf rahbari jamoatchilikning ko‘magi bilan sayohatlar va boshqa tadbirlar tashkil
etishi va o‘tkazishi, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va boshqa tashkilotlar binosida uy vazifasini
tayyorlash xonalarini jihozlashi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.Har bir umumiy
o‘rta ta‘lim muassasasida ota-onalar qo‘mitasi bo‘lib, u ―Maktab nizomi bo‘yicha tashkil etiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi ishining vazifalari va mazmuni, uning huquqlari,hisoboti va ish yuritishi
ham ―Ota-onalar qo‘mitasi haqidagi nizomdaaks ettirilgan.Bu qo‘mita ota-omnalarning
umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi,
ular orasidan rais vakotib saylanadi.Qo‘mitani saylashda saylanayotgan ota-onaning ma‘naviy
qiyofasi, bo‘shvaqti bor-yo‘qligi, ishbilarmonligi, obro‘si, bola tarbiyasiga qiziqishi va
hokazolarni hisobga olish kerak.Umumiy o‘rta ta‘lim muassasasi rahbari va pedagogik jamoa
ota-onalar qo‘mitasiga faol,harakatchan, tarbiya masalalaridan uzoq bo‘lmagan kishilar
saylanishi tarafdoridir. Sinf rahbarlari u yoki bu oila qanday, ota – onalar qo‘mitasiga a‘zo
bo‘lgandan so‘ng maktabga qanday yordam berishi mumkin, ular jamoat tarbiyasi hayoti bilan
qiziqishadimi, maktabda bo‘lishi kerakligi haqidagi, mashg‘ulotlarni, tartibni kuzatish, sayr
qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi? Degan savollarga javob
berishlari kerak. Ota-onalar qo‘mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash
mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar. Ota-onalar faoliyati
samarali bo‘lishi uchun uning a‘zolarining pedagogik mafaniyatini oshirish doimo diqqat-
e‘tiborda bo‘lishi zarur. Shu maqsadda rejali o‘qishning turli xil shakllari o‘tkaziladi. Ota-onalar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

119

qo‘mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga avval qabul qilingan
qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi. Ota-onalar qo‘mitasi ishida faol
qatnashmaydigan a‘zolari, ota-onalar qo‘mitasining taklifi bilan qo‘mitani qayta saylash
muddatlari kelgunga qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o‘rniga boshqalar saylanadi.
Ota-onalar qo‘mitasi a‘zolarining makatab bilan aloqasi pedagoglardan o‘ziga va ishiga nisbatan
yanada talabchan bo‘lishni talab qiladi. Sinf rahbarlari mahalla faollari va ota-onalar qo‘mitasi
bilan mustahkam aloqada bo‘lib, ularning faoliyatlarini faollashtirishga harakat qilishlari zarur.
Ular ota – onalar qo‘mitasiga bolalar o‘rtasida yashash joylarida ommaviy tarbiyaviy ishlar
o‘tkazishda, badiiy havaskorlik to‘garaklari tashkil etishda, kitobxonlar konferensiyalari,
suhbatlar, ekskursiyalar o‘tkazishda yordam beradilar. Ular bolalarning faol ishtirokida hovli
maydonlari, sport maydonchalari qilishlari mumkin. Ushbu fikrning o’ziyoq xalqning
ma‘naviyatini mensimaslik, ― ommaviy madaniyatni keng yoyish qanchalik ayanchli
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini isbotlaydi.

References:

1.

Yo‘ldoshev.H.Q.―Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

konsepsiyasi. T.: 2004.
2.

O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. T.:

―O‘qituvchi, 1998.
3.

Musurmonova O. «Oila ma‘naviyat-milliy g‘urur». – Toshkent:O‘qituvchi. 1999, – 200 b.

4.

Uzoqov X., G‘ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi.T.: ―O‘qituvchi. 1992.

5.

Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O‘qituvchi, 1994.

6.

Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: ―O‘qituvchi. 1994.

Библиографические ссылки

Yo‘ldoshev.H.Q.―Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. T.: 2004.

O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. T.: ―O‘qituvchi, 1998.

Musurmonova O. «Oila ma‘naviyat-milliy g‘urur». – Toshkent:O‘qituvchi. 1999, – 200 b.

Uzoqov X., G‘ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi.T.: ―O‘qituvchi. 1992.

Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O‘qituvchi, 1994.

Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: ―O‘qituvchi. 1994.