ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
113
XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING
YANGI O’ZBEKISTONDA IQTISODIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDAGI
O’RNI
Xudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin qizi
Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi,
iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD
E-mail: shin-set-sunan@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.13912773
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
xizmat ko’rsatish sohasining iqtisodiyotda tutgan o‘rni,
xizmatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalari, xizmat ko’rsatish korxonalarida
innovatsiya faoliyatini samarali yo’lga qo’yish zaruriyati tahlil qilingan. Shuningdek,
mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar va ularni
samarasi alohida ta’kidlangan.
Kalit so’zlar:
Xizmatlar sohasi, xizmatlar raqobatbardoshligi, innovatsiya jarayoni,
xizmatlar sifati.
РОЛЬ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ В ОБЕСПЕЧЕНИИ
ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА
Худайбердиева Наргиза Низомиддин кизи
Старший преподаватель
Наманганского государственного университета,
Доктор философии по экономике, PhD
E-mail:
Абстракт.
В данной статье анализируется роль сферы услуг в экономике,
экономические, социальные и экологические функции сферы услуг, необходимость
эффективных инноваций на предприятиях сферы услуг. Также были освещены меры,
направленные на развитие сферы услуг в нашей стране и их эффективность.
Ключевые слова:
Сфера услуг, конкурентоспособность услуг, инновационный
процесс, качество услуг.
THE ROLE OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF THE SERVICE SECTOR IN
ENSURING ECONOMIC DEVELOPMENT IN NEW UZBEKISTAN
Khudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin qizi
Senior Teacher of Namangan State University
E-mail: shin-set-sunan@mail.ru
Abstract.
This article analyzes the role of the service sector in the economy, the economic,
social and ecological functions of services, the need for effective innovation in service
enterprises. Also, measures aimed at the development of the service sector in our country and
their effectiveness were highlighted.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
114
Key words:
Service industry, service competitiveness, innovation process, service
quality.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion jarayon xaridor extiyojlarini va innovatsiya
imkoniyatlarini aniqlash, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, innovatsion axborot va
ko‘nikmalar bilan ishlash, innovatsiyani realizatsiya qilish va muvaffaqiyati to‘g‘risida
ma’lumot berishni o‘z ichiga oladi. Demak, aynan shu jarayonlarni samarali boshqarishni
tashkil etish ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar xizmat ko‘rsatish korxonalari
raqobatbardoshligi uchun muhim hisoblanadi.
Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xizmatlar iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ayrim xizmatlarning roli ishlab chiqarish, taqsimot
jarayonlari, ayirboshlash va takror ishlab chiqarish tizimini uzilishlarsiz ta’minlovchi moddiy
ishlab chiqarish mahsulotlarini iste’mol qilish sohalari bilan bog‘liqdir. Boshqa xizmatlar esa
ishchi kuchining rivojlanishini ta’minlash, ta’lim va madaniy-texnologik darajani oshirish,
sog‘likni mustahkamlash va mehnat qobiliyatini rivojlantirish, hordiq chiqarishni ta’minlash
bilan bog‘liq.
Xizmat ko‘rsatish sohasi yalpi talabni oshishiga xizmat qiladi, shunday xizmatlar borki,
ular aholi iste’mol savatchasiga kiritilgan, masalan, tibbiy xizmatlar, transport xizmatlari va
kommunal xizmatlar. Ushbu xizmatlarni iste’mol qilish, ayniqsa inqiroz davomida, yalpi talabni
oshishiga olib keladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi qishloq xo‘jaligi va sanoatga nisbatan ko‘proq
investitsion jozibadorlikka ega,chunki xizmat ko‘rsatish sohasida biznesni boshlash uchun
katta kapital talab qilinmaydi hamda iqtisodiy risk nisbatan kam. Bundan tashqari, xizmatlar
sohasining rivoji yashirin iqtisodiyotning ulushi kamayishiga sabab bo‘ladi, chunki xizmatlar
sanoati rivojlanishi raqamli tehnologiyalardan foydalanishni ommalashtiradi hamda savdo va
xizmat ko‘rsatish korxonalarida terminallar, naqt pulni ro‘yhatdan o‘tkazish tehnologiyalari
ishlatiladi va pul aylanishining qonuniyligi oshadi. Shu sababdan, raqamli tehnologiyalar
yashirin iqtisodiyotni kamaytirishda va xatto iqtisodiyotda uning yo‘qolishidamuhim
ahamiyatga ega. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish sohasi aholi uchun yangi ish o‘rinlarini
yaratishda, ishsizlikni bartaraf etishda ham muhim rolo‘ynaydi. Aynan ta’lim xizmatlari
tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarga kadr tayyorlash orqali ham aholini ish bilan ta’minlanish
jarayonini yengillashtiradi. Ushbu soha bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar xarajatlarini
qisqartirish orqali ishlash sharoitlarini yengillashtiradi, samaradorlikni oshiradi. Shuningdek,
xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyot va davlat xavfsizligini ta’minlaydi. Bu vazifani aynan
raqamli xavfsizlik xizmatlari bajaradi hamda ular tahdidlarni bartaraf qiladi. Xizmatlar sohasi
atrof muhitni himoya qilishda ham muhim ro‘l o‘ynaydi, bu atrof-muhit xizmatlarini
ko‘rsatilishi orqali, jamiyatda atrof-muhitni asrab-avaylashga qaratilgan turli tadbirlar orqali,
tabiyatga yetkaziladigan zararni kamaytirishga mo‘ljallangan tehnologiyalarni tanishtirilishi
orqali hamda xizmat ko‘rsatish sohasi yordamida tabiiy resurslardan besamara foydalanishni
bartaraf etish va ularni qayta joylashtirishni ta’minlash orqali amalga oshadi.
Rivojlangan davlatlarda aholi turmush darajasining yuqoriligi, ishlash sharoitlarining
qulayligi, ta’lim va meditsina xizmatlarining sifatliligi xizmat ko‘rsatish sohasining rivoji bilan
bog‘liq bo‘lib, bu sohadagi ilmiy izlanishlarning ijobiy natijalarini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar
natijasida ishlab chiqilgan xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish modellari amaliyotga tadbiq
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
qilingani ko‘plab davlatlarning YaIMida soha ulushining oshishiga sabab bo‘lgani bunga yaqqol
misol bo‘la oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmatlar sohasining o‘rni kundan kunga oshib borayotgan
bir vaqtda soha rivojining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri yaratilayotgan xizmatning
raqobatbardoshligi bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri har bir xizmat ko‘rsatish korxonasidagi
innovatsion faoliyat darajasiga bog‘liq. Oxirgi yillarda ishlab chiqarish korxonalarida
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va boshqarish borasidagi xarakatlarni ulardagi
marketing faoliyatini kengayishi, iste’molchilar xoxishlarini o‘rganish, ishchilarni innovatsion
loyihalar ishlab chiqishga jalb etish, eng so‘nggi fan texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy
etish harakatlarida ko‘rish mumkin.Ammo hizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion
faoliyatni tashkil etish va samarali boshqarish masalasida boshqa rivojlanayotgan
mamlakatlardagi kabi nisbatan sust bo‘lib qolmoqda.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion jarayon xaridor extiyojlarini va innovatsiya
imkoniyatlarini aniqlash, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, innovatsion axborot va
ko‘nikmalar bilan ishlash, innovatsiyani realizatsiya qilish va muvaffaqiyati to‘g‘risida
ma’lumot berishni o‘z ichiga oladi. Demak, aynan shu jarayonlarni samarali boshqarishni
tashkil etish ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar xizmat ko‘rsatish korxonalari
raqobatbardoshligi uchun muhim hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5113-sonli qaroriga asosan, 2023-yilgacha
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish hamda
xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari ushbu qarorga
muvofiq:
- aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etish, ularni kasbga o‘qitishdan tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar”
ko‘rsatishni tashkil etish;
- respublikada xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tizimini joriy etish orqali davlat
organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini oshirish va mansabdor
shaxslarning ma’suliyatini kuchaytirish;
- xizmatlar sohasida ortiqcha burokratik to‘siqlarni bartaraf etish, har bir hududning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib xizmatlar turlarini kengaytirish, hududlarda, ayniqsa qishloq
joylarda transport, moliyaviy, shuningdek, bank, turizm hamda savdo xizmatlari qamrovini
kengaytirish;
- respublikaning barcha hududlarida mavjud ta’lim va sog‘likni saqlash xizmatlari salohiyatini
oshirish, ularning sifatini yaxshilash, bunda xususiy sektorni jalb qilish uchun qulay iqtisodiy
va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish Respublikamizda xizmatlar sohasini rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan ko‘rib shuni aniq aytish mumkinki, mamlakatimizda
xizmatlar sohasi rivojiga berilayotgan katta e’tibor, ajratilayotgan mablag‘lar, yaratilayotgan
qulayliklar va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq etilishi bu
sohaning iqtisodiyotda yetakchi bo‘lishiga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatimiz aholisi
turmushini yanada farovon bo‘lishiga xizmat qiladi.