ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTON O’LKASIDA OLIB BORGAN
MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI VA UNGA QARSHI MILLIY OZODLIK
KURASHINING YUZAGA KELISHI
Shaymurzayev Jafar Isanmurot oʻgʻli
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Jahon tarixi” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13912646
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasiga nisbatan
jabr-zulm va adolatsizliklarning tobora ortib borishi natijasida o’lkada yuzaga kelgan milliy
ozodlik qo’zg’olonlari va ularning natijalari yoritib beriladi.
Kalit so’zlar:
istehkom,graf, harbiy gubernator, yasovulboshi, moliyaviy siyosat,
metropoliya, kapitalist, musulmonlar qurultoyi, dvoryan-pomeshchiklar, rus burjuaziyasi,
to`qimachilik sanoati, chorizm.
THE COLONIAL POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE COUNTRY OF
TURKEY AND THE EMERGENCE OF THE NATIONAL LIBERATION STRUGGLE
AGAINST IT
Shaymurzayev Jafar Isanmurot ugli
Independent researcher of the Department of "World History" of Tashkent State
Pedagogical University named after Nizomi
ANNOTATION
In this article, the national liberation uprisings and their results, which occurred in the
country as a result of the growing oppression and injustice of the Russian Empire in Turkestan
at the beginning of the 20th century, are highlighted.
Key words
: fortification, count, military governor, Yasovulbashi, financial policy,
metropolis, capitalist, Muslim congress, noble-landlords, Russian bourgeoisie, textile industry,
tsarism.
КОЛОНИАЛЬНАЯ ПОЛИТИКА РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ В СТРАНЕ
ТУРЦИЯ И ВОЗНИКНОВЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНО-ОСВОБОДИТЕЛЬНОЙ
БОРЬБЫ ПРОТИВНЕЙ
Шаймурзаев Джафар Исанмурат угли
Независимый научный сотрудник кафедры «Всемирной истории» Ташкентского
государственного педагогического университета имени Низоми
АННОТАЦИЯ
В данной статье освещены национально-освободительные восстания и их
результаты, произошедшие в стране в результате растущего гнета и несправедливости
Российской империи в Туркестане в начале XX века.
Ключевые слова:
фортификация, граф, военный губернатор, Ясовулбаши,
финансовая политика, метрополия, капиталист, мусульманский конгресс, дворяне-
помещики, российская буржуазия, текстильная промышленность, царизм.
KIRISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini buysundirish maqsadida Rossiya
olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko`zlagan rejalariga jiddiy xavf
solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo`llar bilan O`rta Osiyodagi davlatlarni Rossiyaga qarshi
otlantirish payiga tushadi. 1831-1833-yillarda Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr
Berne Hindistondan Afg`onistonga, undan Buxoroga sayyoh sifatida keladi. Bu «sayohat»
natijasida yig`ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar «Buxoroga sayohat» deb nomlangan uch
jildlik kitobga asos bo`ldi. Bu o`rinda A.Bernsning o`zbek xalqi xususida bildirgan fikrlari
diqqatga sazovordir: «O`zbeklar muomalada kamtar va samimiy. Ular mening kim ekanimni
bilmaganliklaridan, barcha narsalar xususida, hukmdorlari va syyosatdan tortib, bozordagi
ahvol haqida ham tortinmay so`zlashdilar».
Angliya o`z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg`oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va
Qo`qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu maqsadda
fors va turk tillarini yaxshi bilgan Konolli, Berne, Archi Todd, Abbot va Shekspir kabi zobitlarni
o`zbek xonliklariga yubordilar. Angliya Turkiya bilan hamkorlikda. O`rta Osiyo davlatlarining
harbiy ittifoqini vujudga keltirishga ko`p urindi, Ayniqsa, Krim urushida (1853-1856) Angliya
O`rta Osiyo xonliklariga, Afg`oniston va Eronga o`z odamlarini yuborib, bu mamlakatlarni
Rossiyaga qarshi otlantirish harakatini kuchaytirdi. Ammo Turkiya ham, Angliya ham Rossiya
xurujiga qarshi o`zbek xonlari birligini vujudga keltirishni ta`minlashning uddasidan chiqa
olmadi.
Chunki xonliklar O`rtasida o`zaro nifoq-nizolar kuchli bo`lib, ularning ildizi chuqur ketgan
edi. Buning ustiga, Rossiya diplomatiyasi Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarini bir-biriga qarshi
gijgijlab, o`zining ig`vogarona siyosatini izchillik bilan yuritar edi. Rossiya bu yo`lda sobit turib,
To`rg`ay viloyatini, 1846-yilning kuziga kelib, Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan yeridagi
Qozolini ishg`ol etdi va 1847-yilda Raim, 1848-yilda Kazalinsk istehkomlarini qurdi. Bu ahvol
Xivani tashvishga soldi. Hon o`z noroziligini bildirib, elchilarini Peterburgga jo`natdi. Xiva
elchilarini rus amaldorlari bu istehkomlar savdoni yo`lga qo`yish va cho`lda tinchlik o`rnatish
uchun qurildi, deb aldadilar. Xiva honi bu istehkomlarni yo`q, qilishga harakat qildi, lekin
Sirdaryo va Orolbo`yidagi rus istehkomlaridagi qo`shinlarni yo`qotish xususidagi Xiva
hukumatining maslahatlariga quloq solmadilar. Rossiyaning urushqoq doiralari Orenburg va
Sibir orasidagi yerlarning «himoyasini mustahkamlash uchun» Irgiz va To`rg`ay daryolarining
bo`yida istehkomlar qurishni jadallashtirdilar. Ular o`zbek xonliklarini asta-sekin bosib olish
uchun, birinchi navbatda, Qo`qon xonligining muhim strategik nuqtalarini egallashga diqqatni
karatdi. Oqmachit qal`asiga hujum shu tariqa boshlandi. 1852-yilning 16-aprelida shijoatli
lashkarboshi Yoqubbek rahbarligidagi Oqmachit qal`asi himoyachilari dushmanga qarshi
qahramonona jang qilib, rus askarlarini Orenburgga chekinishga majbur etishdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez,
mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Orenburg general-gubernatori graf V. Perovskiy 1853-yilda tashabbusni o`z qo`liga olib,
yana hujumga tayyorlandi. Perovskiy Oqmachit himoyachilariga maktub yo`llab, taslim
bo`lishni taklif kildi: «Garchand sizlar qal`a ichida turgan bo`lsalaringiz ham Oqmachit olingan
deb hisoblayvering. Men shu yerda turiboq barchangizni bitta qo`ymay kirib tashlashim
mumkin. Ammo, men bunday qilmayman, chunki, biz bu yerga bir yoki ikki kunga emas, balki
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
abadul-abad keldik, endi orqaga qaytmaymiz». Qal`a mudofaachilari bu maktubga «biz bir
tomchi qon va ko`chada bir dona kesak qolguncha, hamma qurollarimiz sinib bitguncha
kurashaveramiz», deb javob berishdi. Yordamchi kuchlar olib kelish uchun ketgan
Yokubbekning kechikishidan foydalangan ruslar yigirma ikki kunlik qurshovdan so`ng
mudofaa ahamiyati juda katta bo`lgan Oqmachit qal`asini zabt etdilar. Rossiya davlatining
hukmron doiralarida esa bu paytga kelib Qo`qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga nisbatan
istilochilik ruhi ustun kelib, Aleksandr II (1855- 1881) hukumatining tashqi siyosatida jangari
generallar mavqei kuchaydi. General- ad`yutant graf D. Milyutinning harbiy vazir lavozimiga,
graf N. Ignatyevning esa Bosh shtab Osiyo bo`limi rahbarligiga tayinlanishi Rossiyaning O`rta
Osiyodagi siyosatida keskin o`zgarishlar bo`lishidan darak berardi. Rossiya matbuotida esa
Hindistondek boy o`lkani mustamlakaga aylantirgan Angliyadan o`rnak olib, Osiyoda faol
harakatga chorlovchi maqolalar paydo bo`la boshlaydi. Imperiya harbiy vazirligida o`zbek
xonliklarining iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid josuslik ma`lumotlari yetarlicha to`plangan edi.
General unvoniga ko`tarilgan graf N. Ignatyevning o`zbek xonliklarining haqiqiy ahvoli va
ularni Rossiya nazoratiga olishni qay yusinda amalga oshirish haqidagi axborotlari bu
ma`lumotlar orasida alohida ajralib turardi. Graf Ignatyev birinchi galdagi vazifa sifatida
Qo`qon xonligiga qarshi bevosita harbiy harakatlar boshlashni taklif qilgan. Ana shu taklifga
ko`ra, Rossiya 1860-yilda Qo`qon xonligiga qarshi e`lon qilinmagan urush boshladi. 1864-
yilning 2-oktabrida ertalabdan boshlab har ikki tomon o`rtasida to`plardan o`qlar uzildi. Bu
vaqtda Eshonquli dodhox madrasasi mullavachchalari, xususan, eshon Sharifxo`ja Ofoqxo`ja
o`g`li, eshon Xojixon Malikxoji yuzboshi o`g`li Sa`id Ahrorxo`ja Sotiboldixo`ja o`g`li, pichoqchi
usta Sodiq Hazar, o`ratepalik Xidirnazar zargarning ukasi va boshqa ziyoli vakillari «g`azotni va
bu sharafli urushni Qur`on, tafsir va hadislardan olingan so`zlar bilan isbotlab, hammani
g`azotga va urushga chorladi. Ularning o`zlari ham Qo`qon darvozasiga borib, to`pchilarga
qo`shilib o`q joylashda va otishda qatnashdilar». Toshkent devori to`plardan o`qqa tutilgandan
keyin podpolkovnik Obux 2 rota askari va 4 to`pi bilan hujumga o`tib, devorning bir qismini
teshishga erishdi. Shundan keyin rus askarlari podpolkovniklar Obux va Lerx qo`mondonligida
shu joydan shaharga bostirib kirish uchun zovurni kechib o`tishga harakat qilganlar.
Muhammad Solihning guvohligiga ko`ra, «uruslar olo`a chopib zovurga o`zlarini otdilar;
ularning ikkinchi guruhi yordamga kelmokda edi. Shu onda devor ustidagi shertabiat va
dovyuraklar o`zlarini pastga tashlab, zovur ichida uruslar bilan yoqama-yoqa ushlashib bir-
birlarini xanjar bilan o`ldira boshladilar. Hatto ba`zi kishilar ko`rqib ketayotgan dushman
orqasidan quvib va ushlab, xanjar va qilich bilan jang qildilar.
Bundan 104 yil muqaddam – 1916-yilning iyul oyida o‘sha payti Rossiya imperiyasiga
tegishli bo‘lgan Turkiston o‘lkasi tarixidagi eng yirik qo‘zg‘olon ro‘y berdi. “Mardikorlar
qo‘zg‘oloni” nomini olgan bu voqea Markaziy Osiyo davlatlari yangi tarixidagi muhim va shu
bilan birga yaxshi o‘rganilmagan, e’tiborsiz qolib ketayotgan voqealardan biri hisoblanadi.1
Yer yuzidagi 1,5 milliard aholini, 38 davlatni qamrab olgan Birinchi jahon urushi insoniyat
boshiga katta talafot yetkazdi. Bu davrda Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilgan
Turkiston o‘lkasida ham urush ta’sirida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat nihoyatda keskinlashib ketdi.
Urush boshlanishi bilan rasmiy doiralarda bo‘lib o‘tgan uzoq muhokamalarda “Turkiston
aholisiga qurol berish xavfli, bu qurol hukumatning o‘ziga qarshi qaratilishi mumkin”, degan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
xavf-xatar bois mahalliy aholini frontga jalb etmaslikka qaror qabul qilindi. Ammo imperiya
hukumati aynan shu bahona bilan o‘lkaning butun moddiy resurslarini front ehtiyojlari uchun
ayamay jalb etishga kirishdi. O‘lkadan frontga yordam tariqasida beto‘xtov mablag‘, oziq-ovqat
va boshqa mahsulotlar olib ketila boshlandi.Turli soliq va yig‘inlarning hajmi ham ko‘tarilib,
ommaning ahvoli nihoyatda og‘irlashdi.
Qo‘zg‘olon 1916-yil 4-iyulida Xo‘jand shahrida boshlandi. Bu yerda to‘plangan 6—7
minglik olomon politsiya idorasini qurshab olib, mardikorlikka bormasliklarini shovqin-suron
bilan izhor qildilar. Olomonning oldingi saflarida Abdumadaminov, Dadaboy Masharipov,
Yahyoxon Qori Olimxonov, Eshonxon Mirza O‘rinov singari kishilar turdilar.
2
Ko‘tarilgan omma
orasida ayollar va bolalar ham bor edi. Politsiya hamda askarlarning qo‘zg‘olonchilarga qarata
o‘q otishlari natijasida ulardan uch kishi o‘ldirildi, 4 kishi yarador qilindi. Odamlar askarlar
qurolini tortib olishga urindi. Bu voqeadan keyin aholi Samarqand viloyatining ayrim joylarida
ham birin-ketin bosh ko‘tarib, bir necha oqsoqollarni kaltakladi, mardikorlik ro‘yxatlarini yirtib
tashladi. 7 iyulda Dahbed qishlog‘ida qo‘zg‘olonchilar bo‘lis boshqaruvchisining mirzasi
Qobulovni o‘ldirishdi. Unga mulla Usmon Abdurasulov, Gadoy Abduqodirov, Xolmo‘min
Xolmurodov, Azizqul Murodov, Muxtor Hafizov singari kishilar boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olon
qatnashchilaridan 24 kishi hibsga olindi. 21 iyulda Jumabozor qishlog‘ida 4 ming kishidan
iborat olomon to‘planib, mardikor olinishiga qarshi norozilik bildirdi. O‘sha kuni Samarqand
shahrining Registon maydoniga to‘plangan minglab odamlar podshoh farmoni bekor qilinishini
talab etdi. Ayrim odamlar mardikorga borishdan bosh tortib, guruh-guruh bo‘lib boshqa
joylarga qocha boshladilar. Masalan, 12-iyulda Dovul va Chashmay bo‘lislaridan odamlar
Buxoro xonligiga o‘tib ketadilar. 11-12-iyul kunlari Yem, Zomin va Yangiqo‘rg‘on qishloqlari
aholisi ayrim oqsoqollarni o‘ldirdi va mardikorlikka bormasliklarini izhor qildilar.
Xalq qo‘zg‘oloni, ayniqsa Jizzax shahrida nihoyatda kuchli o‘tdi. Bu yerda 13-iyul kuni
Nazar Xo‘ja, mulla Mahamat Rahim boshchiligidagi olomon chor hukumati hukmronligiga va
mardikor olinishiga qarshi bosh ko‘tardi. Prokurorning aybnomasida ko‘rsatilishicha, nayza,
so‘yil, bolta, pichoq, qilich va to‘pponchalar bilan qurollangan) olomon 13-17-iyul kunlari
shahar va uning atrof joylarida harbiy qismlarga, ma’muriyat vakillariga qarshi hujum
uyushtirganlar. Ular ko‘p joylarda temiryo‘l izlarini ko‘chirganlar, ko‘prik va uylarni
yondirganlar, telefon simlarini uzganlar, temiryo‘l kazarmalari va qurilishlarni ostin-ustin
qilganlar. Shuningdek, qo‘zg‘olonchilar Jizzax uezdi boshlig‘i polkovnik Rukinni, politsiya
shtabs-kapitani Zotoglovni, uezd boshqarmasining tarjimoni Mirzahamdam Zakirjonovni,
Jizzax shahrining katta oqsoqoli Komil Jumaboevni, oqsoqol Mirzayor Xudoyorov va rus askari
F. Grishenkoni o‘ldirdilar.
15-iyulda Kattaqo‘rg‘on uezdining Chimboy va Kalqo‘rg‘on bo‘lislarida ham g‘alayon
ko‘tarilib, qozi Toshg‘oyib Nazarov o‘ldiriladi, ikki oqsoqol toshbo‘ron qilinadi. 18-21-iyul
kunlari g‘alayonlar Samarqand viloyatining Mingariq, Gadoytopmas va Serg‘osh bo‘lislarida
yuzaga keldi. 20-iyulda Kattaqo‘rg‘on shahridagi qo‘zg‘olonda harbiy komandaning o‘q uzishi
natijasida 5 kishi o‘lib, ko‘p kishilar jarohatlandi.
Chor ma’muriyati Jizzax qo‘zg‘oloni qatnashchilarini vahshiylarcha jazoladi. Shahar va bir
nechta qishloqlar yer bilan yakson qilindi. Shahar aholisi issiq jaziramada cho‘lga haydab
yuborildi. Bu yerda ko‘p ayollar, bolalar va keksalar misli ko‘rilmagan azob-uqubatlarni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
boshidan kechirdilar. Hatto Jizzax fojiasi Peterburgda Duma yig‘ilishida muhokama etildi.
Duma bu masalani, umuman 1916-yilgi qo‘zg‘olonni bostirishda chor ma’muriyati tomonidan
yo‘l qo‘yilgan shafqatsizlikni tekshirish uchun Duma a’zosi A. F. Kerenskiy boshchiligida maxsus
komissiya jo‘natadi. A. F. Kerenskiy ahvolni tekshirib, tub aholi g‘alayonlarini bostirish uchun
belgilangan jazo ekspeditsiyasi o‘ta shafqatsizlik qilib, nafaqat erkaklarni, balki ayollar va
bolalarni ham qirib tashlagan; aholi turar-joylarini shu qadar buzib, yakson qilganlarki,
bunaqasi urush maydonlarida ham yuz bergan emas (masalan, Jizzax shahri butunlay yakson
qilingan), deb topadi.
XULOSA
O'zbek xalqi o'zining ko'p asrlik tarixi davomida xorijiy davlatlarning tajovuz va
hukmronligiga qarshi kurashib keldi. Uning mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan qonli
janglari tarix sahifalarida oltin harflar bilan bitilgan. Bunday kurashlar chor Rossiyasi o'zbek
xonliklarini bosib olgandan keyin ham sodir bo'ldi. 1916-yilgi xalq qo'zg'oloni bir shahar yoki
viloyatdagina emas, balki butun O'rta Osiyo va Qozog'istonni qamrab oldi. Unda o'zbeklar,
tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar va uyg'urlar faol qatnashdilar. Hatto
o'lkaning ba'zi joylarida ruslar ham ishtirok etganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Uning aks
sadosi butun Rossiya imperiyasi bo'ylab taraldi. Qo'zg'olon chor hukumatining
mustamlakachilik va milliy zulmi avj olgan vaqtda ko'tarildi.
References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.
– T.:O‘zbekiston, 2017.
2.
Haydarov X., Jizzax viloyati tarixi, Toshkent, 1996-yil.
3.
Choriyev 3., Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (1916—
1917), Toshkent, 1999-yil.
4.
Ziyayeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, Toshkent, 2000-yil.
5.
Ziyoyev H., Turkistonda mustaqillik uchun kurashlar tarixi, Toshkent, 2001-yil.
6.
Ганин А. В. Последняя полуденная экспедиция Императорской России:
Русская армия на подавлении туркестанского мятежа 1916—1917 гг. // Русский
сборник. Исследования по истории России. Ред.-сост. О. Р. Айрапетов, Мирослав
Йованович, М. А. Колеров, Брюс Меннинг. М., 2008. С. 152—214.
7.
Булдаков В., Леонтьева Т. Война, породившая революцию: Россия, 1914 1917 гг.. —
Москва, 2015.
8.
The Revolt of 1916 in Russian Central Asia, Edward Dennis Sokol, 1954, 2016