Авторы

  • Toxirjon Xudayberdiev
    t.f.n., dotsent.
  • Shohsanam G’offorova
    izlanuvchi, (Namangan muhandislik-texnologiya instituti)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46145

Ключевые слова:

mevalar quritish usullari quritgich texnologiya quritish davomiyligi havo harorati namlik tahlil.

Аннотация

Ushbu maqolada mevalarni quritish usullari bo’yicha aniq ishlab chiqarish sharoitiga tanlash uchun tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

90

MEVALARNI QURITISH USULLARI TAHLILI

Xudayberdiev Toxirjon Latifovich

t.f.n., dotsent.

G’offorova Shohsanam Abdumannob qizi

izlanuvchi, (Namangan muhandislik-texnologiya instituti)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912634

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mevalarni quritish usullari bo’yicha aniq ishlab chiqarish

sharoitiga tanlash uchun tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.

Tayanch so’zlar:

mevalar; quritish usullari; quritgich; texnologiya; quritish davomiyligi;

havo harorati; namlik; tahlil.

ОБЗОР ПО СУШКЕ ПЛОДОВЫХ

Аннотация:

В статье приведены обзорная информация и анализ по способам

сушки фруктов для выбора в конкретных условиях производства.

Ключевые

слова:

фрукты;

способы

сушки;

сушилка;

технология;

продолжительность сушки; температура воздуха; влажность; анализ.

REVIEW ON FRUIT DRYING

Abstract:

The article provides overview information and analysis on fruit drying methods

for selection under specific production conditions.

Key words:

fruit; drying methods; Dryer; technology; drying duration; air temperature;

humidity; analysis.

Kirish.

Hozirgi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlaridan quritilgan mahsulotlar ishlab

chiqarish borgan sari keng ommalashmoqda. SHu boisdan serquyosh O’zbekistonda
yetishtirilayotgan meva mahsulotlarini nes-nobut qilmasdan tezda yig’ishtirib olish chora
tadbirlari muhim ahamiyatga egadir, sababi mevalar kun issiq davrda pishib yetiladi, shuni
inobatga olgan holda mahsulotlar qayta ishlash sanoatiga va jumladan quritish tsexlariga
yuboriladi. Mamlakatimizda meva– sabzavotlarni quritishga katta e’tibor qaratilmoqda va
shuning natijasida kichik xajmga ega bo’lgan mini quritish tsexlari jadal suratlarda rivojlanib
bormoqda va mevalarni tezda isrof qilmasdan intensiv quritish jarayonlarni
takomilashtirilmoqda.

Quritishning asosiy yaxshi texnologiyasini tanlashda chiqqan mahsulotning sifati bosh

ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Quritish vositalarining ko’pligi, agregatlar xillarining turli-
tumanligi ular ichidagi eng muqobil quritish texnologiyasini tanlash imkoniyatini beradi.

Muammo:

Quritish texnologik vositalarini va usullarini tanlashda quritishning umumiy

texnologik zanjirida mahsulotning tannarhi va quritilayotgan mahsulotning xususiyatlariga
bog’liq. Quritish jarayonidagi eng muhim omillardan biri texnologik rejimni
intentsifikatsiyalash hisoblanadi. Jadallashtirish uch bosqichda bo’lib, quritish jarayoni
tezlashadi. Harorat dastlabki bosqichda 110-120

0

C bo’lib, uni so’nggi bosqichda 70-80

o

C gacha

pasaytiriladi.

NamMTI olimlari tomonidan meva–sabzavot mahsulotlarini tezkor va sifatli quritish

ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqolada meva-sabzavotlarni quritish
usullari bo’yicha aniq ishlab chiqarish sharoitiga tanlash uchun tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

91

Quritish texnologiyalari tahlili.

Inson qadim zamondan boshlab mahsulotlarni quritib

saqlashni kashf etgan. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarini quritishning ikki turi mavjud:
issiqlik yordamida va past haroratlarda quritish bo’lib, bu sublimatsion yoki molekulyar
quritish deb ham aytiladi.

Sanoatda turli xildagi issiqlik yordamida quritish usullari mavjud bo’lib, bu konvektiv,

radiatsion, konduktiv usullarga bo’linadi.

Konvektiv quritishning asosiy mohiyati quritilayotgan mahsulotga issiqlikni gaz

yordamida yetkazish va issiqlik uzatuvchi yordamida mahsulotlardan namlikni chiqarishdir.
Issiqlik uzatuvchi sifatida qizdirilgan havodan foydalaniladi. Konduktiv quritish usuli mahsulot
qatlamini issiq sathga joylash, masalan quritish qurilmasini valetslariga qo’yishdan iborat.

Bunda quritilayotgan mahsulot qizdirilgan metall valetslariga tegib, qiziydi. Materialdan

chiqqan namlik quritish qurilmasidan ventilyatsiya yordamida chiqarib yuboriladi.

Nurlar yordamida quritish uslubi mahsulotga issiqlikni nurlanish manbalari orqali

uzatishga asoslangan. Issiqlikni uzatuvchi sifatida qizdirilgan metall sathi yoki boshqa bir
material (qora nur tarqatuvchi) yoki infraqizil nurlanish lampalari (yorug’ nur tarqatuvchi)
qo’llaniladi.

Quritish jarayonining kinetika va dinamikasi ichki va tashqi issiqlik o’tkazishi va

og’irlikning o’zgarishi, hamda kechayotgan jarayonlarda normal bo’lmagan sharoitda issiqlik
almashinuvi, ya’ni quritish eltkichi va mahsulotning uzluksiz xarakatlarining o’zgarishiga
bog’liq bo’ladi.

Quritilayotgan mahsulotlarda quruq va namlik orasidagi bog’ni jismni energiya

kattaligiga qarab to’rt xil shakli mavjud.

Quritilayotgan mahsulotlar kimyoviy bog’langan bo’lsa, mahsulot molekulasidagi

bog’ning energiyasi juda yuqori bo’lib, uni parchalamay chiqarib bo’lmaydi.

Kolloid bog’langanda, mahsulot ichki va tashqi sathida sirt tortishuv kuchi bilan nafis

plyonka shaklida ushlab turiladigan adsorbtsion namlik bo’ladi. Adsorbtsion bog’langan
namlikni chiqarish uchun uzoq quritish talab qilinadi.

Osmotik bog’lanishda, namlik mahsulot bilan fizik-kimyoviy bog’ orqali oson yoki bo’sh

bog’langan bo’lib, tarkibidagi namlikni chiqarib yuborish oson bo’ladi.

Kapillyar bog’lanishda, mahsulot namligi quruq modda bilan mexanik bog’langan bo’ladi.

Quritishda mahsulotdagi namlikni atrof muhit bilan o’zaro ta’siri xarakterlanadi. Buda esa
erkin, gigroskopik va muvozanat namlik kabilarga bo’linadi.

Erkin namlik - bu mahsulot sathidan bug’lanayotgan namlikni jadalligi hisoblanadi.

Ma’lumki, erkin sathdan bug’lanayotgan namlik miqdori davomiyligi, bug’lanayotgan suyuqlik
sathi va bug’lanish koeffitsientiga to’g’ri proportsional bo’lib, havo harakati tezligiga bog’liq.
Agar, havo harakati tezligi 0 bo’lsa, bug’lanish yuz bermaydi. Havo harakatining tezligi ortishi
bilan bug’lanish koeffitsienti oshib boradi. Ammo havo harakatining tezligi o’ta yuqori bo’lsa,
uni bug’lanishga ta’siri kam seziladi. SHuni ham nazarda tutish kerakki, namlikdan chiqayotgan
bug’ havodan yengil va erkin sathdan bug’lansa konvektiv oqim hosil bo’lib, bug’ molekulasini
olib chiqib, bug’lanish jadallashadi. Erkin namlik miqdori mahsulotning dastlabki namligi bilan
gigroskopik namlik orasidagi farq asosida topiladi.

Gigroskopik namlik - bu mahsulotning namligi, uning sathidagi namlikdan chiqayotgan

bug’lar elastikligi erkin bug’lanuvchi namlik sathidan past bo’lishidir. Bunda mahsulotdan
namlikni chiqarish sekinroq kechib, erkin sathdagi bug’lanish jadallashadi. Erkin va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

92

gigroskopik namlikning o’zaro nisbati mahsulotning kolloid xossalariga bog’liqdir. Mahsulotda
qanchalik erkin namlik yuqori bo’lsa, u shunchalik tez quriydi.

Muvozanatli namlik - bu mahsulotda yuzaga keladigan namlik bo’lib, bunda mahsulot va

quritish eltkichi orasida tenglik yuzaga keladi. Bunday muvozanatli namlik haroratda, havo
nisbiy namligiga bog’liq va ularning o’zgarishi bilan boradi.

Xulosa.

Quritish jarayoni mahsulotdan namlikni muvozanatli namlikkacha chiqarishni

nazarda tutadi. Quritish amaliyotida muvozanatli namlikning ahamiyati katta bo’lib, uning
qiymatiga qarab havoni quritish eltkichi sifatidagi potentsial imkoniyati, namlikni mahsulot
bilan bog’langanligi, quritilgan mahsulotning sathi shart-sharoitlari, uni qadoqlash uchun
idishlar turini aniqlaydi. Quritish jarayonining borishiga materialni namlik o’tkazuvchanlik,
namlik berish xususiyatlarining ahamiyati kattadir.

Xulosa qilib aytganda, “AFRUZ KAMOL NABI” xususiy korxonasida konvektiv quritgichlar

yordamida mevalarni quritish usulini tanladik. Kelgusida ushbu xususiy korxonasidagi
jihozlarni takomillashtirish va optimal rejimlarini aniqlash bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari
davom ettirilmoqda.

References:

1.

Xudayberdiyev T.L., Mamatov T.B.. Kichik korxonalarda sabzavotlarni konvektiv usulda

quritish texnologiyasini asoslash. Monografiya. Toshkent, ”Navruz”nashriyoti, 2019 y.102 bet.
2.

Худайбердиев Т., Тожибоев Г., Дехканова Ш. Факторы влияющие на процесс сушки

плодов и овощей. “Озиқ-овқат маҳсулотлари ҳавфсизлиги, ресурс, энергия тежамкор ва
инновацион технологиялар самарадорлиги” мавзусида Ҳалқаро миқёсида илмий-
техник конференция материллари тўплами. Наманган, НамМҚИ, 28-30 ноябр 2019 йил.
278-281бетлар.
3.

Dexkanova SH., Xudayberdiyev T. Olmani quritish usullari va quritish texnologiyasi.

International scientific conference ”Global science and innovations 2019: Sentral Asia“.
Nursultan,Kazak’stan, may-2019.
4.

Xudayberdiyev T.L., Jamalov A.B. Olma va sabzini lentali quritgichda quritish

texnologiyasi va quyosh kollektoridan foydalanishni asoslash. Monografiya. Toshkent,
”Navro’z”nashriyoti, 2020 y.102 bet.

Библиографические ссылки

Xudayberdiyev T.L., Mamatov T.B.. Kichik korxonalarda sabzavotlarni konvektiv usulda quritish texnologiyasini asoslash. Monografiya. Toshkent, ”Navruz”nashriyoti, 2019 y.102 bet.

Худайбердиев Т., Тожибоев Г., Дехканова Ш. Факторы влияющие на процесс сушки плодов и овощей. “Озиқ-овқат маҳсулотлари ҳавфсизлиги, ресурс, энергия тежамкор ва инновацион технологиялар самарадорлиги” мавзусида Ҳалқаро миқёсида илмий-техник конференция материллари тўплами. Наманган, НамМҚИ, 28-30 ноябр 2019 йил. 278-281бетлар.

Dexkanova SH., Xudayberdiyev T. Olmani quritish usullari va quritish texnologiyasi. International scientific conference ”Global science and innovations 2019: Sentral Asia“. Nursultan,Kazak’stan, may-2019.

Xudayberdiyev T.L., Jamalov A.B. Olma va sabzini lentali quritgichda quritish texnologiyasi va quyosh kollektoridan foydalanishni asoslash. Monografiya. Toshkent, ”Navro’z”nashriyoti, 2020 y.102 bet.