ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
68
KARTOSHKANING BAKTERIAL VA ZAMBURUG’LI KASALLIKLARI
Erkayeva Nurxon Xaydarali qizi
“Qishloq xo’jaligi mahsulotlari saqlash va dastlabki qayta ishlash”
kafedrasi mustaqil tadqiqotchi doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13911585
Annotatsiya.
Kartoshka muhim qishloq xo’jaligi o’simliklaridan biri oziq-ovqat va
dorivor va yem-xashak sifatida muhim ahamiyatga ega. Kartoshka vegetatsiya va saqlanish
davrida turli xil kasalliklarga uchraydi misol uchun makrosporioz, so‘lish, qora son, fitoftoroz
zamburug‘lar taʻsirida quruq, bakteriyalar taʻsirida esa ho‘l chirish yuzaga keladi. Quyidagi
maqolada keng tarqalgan kartoshka kasalliklari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Ho’l cherish, quruq cherish, fuzarioz, makrosporioz, mozaika virus,
solanium virus.
Abstract.
Potatoes are one of the most important agricultural plants, they are important
as food and medicine and fodder. Potatoes suffer from various diseases during the growing
season and during storage, for example, macrosporiosis, wilting, black spot, phytophthora, dry
rot caused by fungi, and wet rot caused by bacteria. The following article provides information
on common potato diseases and measures to combat them.
Key words:
Wet rot, dry rot, fusarium, macrosporiosis, mosaic virus, solanium virus.
Halqali cherish
. – Corynebacterium sepedonicum bakteriyasi qo‘zg‘atadi. Bu kasallik uch
xil ko‘rinishda bo‘ladi: 1) so‘lish: 2) halqali chirish: 3) botiq chirish. O‘simliklarda so‘lish formasi
vujudga kelganda, ularning barglari sarg‘ayib, so‘lib qoladi, ayrim hollarda esa o‘simlikning
bitta poyasidagi barglar so‘liydi. Kartoshkaning kasallangan tuganagi hujayralari dastlab
yumshab, och-sariq rangga kiradi. So‘ngra bu joylar o‘zaro tutashib, qo‘ng‘ir rangli yaxlit halqa
shaklini oladi. Kesib ko‘rilganda bunday dog‘lar ko‘zga tashlanib turadi. Tuganaklarning botiq
chirishi, avval ular sarg‘ish, moysimon bo‘lib, terisi ostida aylana dog‘larni vujudga keltiradi. Bu
botiq shakldagi dog‘larni faqatgina kartoshkani tozalaganda ko‘rish mumkin. Kasallik
qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar zararlangan tugunaklarda qishlaydi.
Fitoftoroz
– Phytophtora infestans zamburug‘i keltirib chiqaradi. Bu kasallik o‘simlikni
ikki xil shaklda, yaʻni barglarni va tuganaklarni zararlash bilan namoyon bo‘ladi. Zararlangan
barglarning chetlarida yoyilgan qo‘ng‘ir dog‘larni ko‘rish mumkin. Bargning orqa qismidagi
dog‘larning ustida oqish g‘uborlarni ko‘rish mumkin. Zararlangan tuganaklarning ustki qismida
turli shakldagi qo‘ng‘ir dog‘larni kuzatish mumkin. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar o‘lik o‘simlik
qoldiqlarida oosporalar holida saqlanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
69
1-rasm kartoshkaning fitoftoro’z kasalligi
Virus kasalliklari. Barglarning bujmayishi
Solanum virus
. Bu kasallik bilan
kartoshkaning barglari zararlanadi. Zararlangan barglar noziklashib, terisimon bo‘lib, chetlari
tepaga qarab bujmayib qoladi. Barg floemasi va poyalarida, hamda tuganaklarida xarakterli
nekrozlar hosil bo‘ladi. Bu kasallik ko‘chatlar va so‘ruvchi hasharotlar orqali tarqaladi. 8)
Mozaika – Virus
Y. Kartoshkaning avval pastki, keyin yuqori barglarining atrofida turli
rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan barglar ingichkalashadi, qorayib quriydi va
to‘kilib ketadi. Virus hasharotlar orqali tarqaladi. Kartoshka tuganaklarida qishlaydi.
Makrosporioz kasalligini
. Macrosporium solani zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik bilan
barglar, kam hollarda poya va tuganaklar zararlanadi. Zararlangan barg yuzasida aylana
shakldagi quruq qo‘ng‘ir rangli dog‘lar hosil bo‘lib, keyinchalik butunlay bargning ustki qismini
egallaydi. Dog‘lar ustida esa qoramtir g‘uborlar, yaʻni parazit konidiyalar hosil bo‘ladi. Kasallik
qo‘zg‘atuvchilari o‘simlik qoldiqlarida konidiya holida qishlaydi.
2-rasm kartoshkaning makrosporioz kasalligi
References:
1.
O’zbekistonning o’simliklar dunyosi. Toshkent, o’qituvchi, 1997 y.
2.
Yoziyev L. H. Botanika.Qarshi, 2003 y.
3.
Sahobiddinov S. S. o’simliklar sistematikasi. T., 1976 y.
4.
To’xtaev A., Hamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T., 1994 y.
5.
Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., 2005 y.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
70
6.
Hamdamov I. H., Abilova S. A. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. T., 2007 y.
7.
Haydarov Q., Nishonov S. Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-
tabiat bilan tanishtirish. T. 1992 y.
8.
Аlisher O‘lmasovich Mahmatmurodov, Norjigit Turobovich Nishonov, Mavluda
Qodiraliyevna Eshmurodova, Kamolidin Faxridinovich Sharifov “Fitopatologiya” (o’quv
qo’llanma) Samarqand 2021-yil.