ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
10
METAFORIK BIRLIKLARNING TARJIMA JARAYONIDA YUZ BERADIGAN
MUAMMO VA YECHIMLAR
Muminov Sidikjon Mirsobirovich
professor, filologiya fanlari doktori,
Farg‘ona davlat universiteti,
Farg‘ona, O‘zbekiston
Mahfuza Nishonboyeva,
Farg‘ona, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.13906804
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniluvchi ko’chim
turlarida biri bo’lmish metafora hamda uni o’rganish, qo’llash va tarjima jarayonida duch
kelinadigan muammolar o’rganiladi va ularga yechim berishga bag’ishlanadi. Muammolar tahlil
jarayonida ingliz va o’zbek tillaridan umumiy misol hamda ko’p uchratiladigan muammolar
tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Metafora, o’xshatish, simile, sinekdoxa, kontekst, istiora, tashbeh,
ko’makchilar.
Tarjima jarayonida tarjimon o‘z tilida uchramagan yoki ekvivalentligi mavjuda bo‘lmagan
tarjima qilinayotga til madaniyatiga xos bo‘lmagan so‘z birikmalariga duch kelishi ham
mumkin. Bunday holatda undan ana shu ishlatilgan so‘zning o‘rnini bosuvchi birlik topish va
asar mazmuni va ekspressivligini yo‘qolib ketmasligini ta’minlashi kerak. Albatta, boshqa
tildagi metaforik atamalarni, birliklarni tushunish yoki tavsif qilish oson ish emas ammo
tarjimada muammo kelib chiqmasligi muhimdir.
Undan tashqari yana qator olimlar tilshunoslar ham metaforik birliklarni tarjima
jarayonida nimalarga e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tkanlar. Ularning til bilvosita ma’noga ega
semiotik tizim ekanligini, tarjimonlar manba matnidagi metaforalarni maqsadli tillarga va turli
madaniyatlardan tarjima qilganda muammolarga duch kelishlari mumkin ekanligini isbotlay
olishgan.
Nima sababdabdan tarjimashunislik murakkab jarayon ekanliguga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, tarjimondan nafaqat til yoki dunyoviy bilimi kuchli bo‘lishi balki, diniy taraflama ham
yetarli saviyaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Dunyodagi barcha diniy kitoblar: Qur’oni Karim, Tavrot, Injil kitoblarida metaforlardan
keng foydalanilgan o‘rinlarni ko‘rishimiz minkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu ko‘chim turi
insonning tili shakllanishidan ancha avvalroq paydo bo‘lgan ekan,
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, diniy kitoblarda qo‘llanilgan metaforalarni o;z ma’nosi va
ta’sirchanligini saqlagan holda tarjima qilish mihim ahamiyat kasb etadi. Sababi, tarjimonnong
kichik bir xatosi oqibatida ulkan xatoliklar kelib chiqishi mumkin. Shu nuqtai nazardan,
metaforalarni tahlil qilish va uni qaysi ma’noda qo‘llanilganligini aniqlash tarjimonning eng
muhim tashvishi hisoblanadi
Metaforalarni tarjima qilishdagi muammolar
Metaforlarning tarjimashunoslikdagi ahamiyatini tahlil qilgan Dobrzinskiy uni shunchaki
“aqlbovar qilmas mashhur” ko‘chim turi ekanligini ta’kidlaydi. Menakr ham metaforlarning
tilshunoslikdagi va tarjimashunoslikdagi ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab, uning “oldindan
aytib” bo‘lmas yashirin ma’no mazmuni uning eng asosiy qiyin tarafi ekanligini ta’riflaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
Sababi, bunday holatda siz metaforalarning qo‘llanilish tarixi, ikki til madaniyati va shu kabi
ko‘zga ko‘rinmas detallarni ham inobatga olishingiz zarur.
Nyumark, Tabakovskiy hamda Turi o‘z izlanishlarida shuni aniqlashdiki, metafora
tarjimon uchun tarjima qilinayotgan har qanday manbaning har qanday nazariyasi uchun
yakuniy sinov hisoblanadi.
Metafora haqidagi qarashlar turli tomonlarga og‘ib ketar ekan, olimlar ushbu qarashlarni
uchta qismga bo‘lishni ma’qul deb topdilar:
a)
Metaforalarni tarjima qilib bo‘lmaydi (Nida, Vinay va Darbelnet, Dagut shu g‘oya
tarafdorlari)
b)
Metafora boshqa tarjima qilinadigan manbalar kabi to‘liq tarjima qilinish xususiyatiga ega
(Klyopfer, Meyson va Kurt bu g‘oyaa tarafdorlari
c)
Metaforik birliklar tarjima qilinishi mumkin, lekin asli kabi bir xil ma‟no anglatmasligi
mumkin. (Den Broyk, Alvares, Turi, Nyumark, Snell-Xornbi, Raydman va Diges, Shaffner va
Alilar shunday deya ta’kidlashgan)
Yuqoridagi uch yo‘nalishdagi fikrlar aynan metaforlarni tarjima qilish jarayonida kelib
chiqqan muammolar asosida paydo bo‘lgan. Bundan tashqari lingvistik metaforlar bir tildan
ikkinchi bir tilga tarjima qilinganda umuman boshqa bir kommunikativ vaziyat kelib chiqishi
haqida to‘xtalgan olim Dobrzinska edi. Uning munozarasi ham quyidagicha edi, metafora turli
muhit yoki konteks orqali umuman boshqa so‘zga aylanishi, boshqa ma’no anglatishi ham
mumkin ekanligini isbotlab berdi.
Dastlabki muammo- tarjimada jarayonida kelib chiqar ekan. Hozirgi kunda chet tilida
yozilgan asarlarni o‘z tiliga tarjima qilayotgan tarjimonlar badiiy asardagi qo‘llanilgan
metaforik ko‘chimlarni tarjima qilishga bir qancha muammolarga duch kelmoqdalar.
Avval, metafora nima ekanligini aniqlashtirib olsak. Konseptual metafora nazariyasiga
ko‘ra, ikki majoziy ma’nodagi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimaga ega bo‘lmagan, o‘z ma’nosini
yo‘qotgan so‘zlarning yangi ma’no hosil qilishi metaforadir. Masalan, kompyuter virusi
tibbiyotga xos tushuncha bo‘lib, keyinchalik kompyuter sohasiga kirib kelgan.
Tarjima qilish deganda, faqatgina grammatik qoidalarga rioya qilib, so‘z qurilishiga
e’tibor qartish degani emas, balki ana shu so‘zlarni qachon va qayerda, nima uchun qo‘llash kabi
savollarga javob bera olishdir. Bu nizom deb ham yuritiladi. Ya’ni, siz hech qachon ustozingizga
“Hey” yoki “Oshna” deb murojat qilmaganingizdek, o‘rtog‘ingizni ismi-sharifini aytib
chaqirmaysiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, ikki so‘zni shunchaki bir-biriga bog‘lab so‘z birikmasi
tuzish hech narsani anglatmaydi, agar kontekst ham vaziyat mos bo‘lmasa. Kontekstga ko‘ra
ikki turli tushunchalar birlashib yangi ma’no hosil qila oladi. Bular idiomatic birliklar deb
yuritiladi.
Muammo, til aslida idiomatikdir. Uni biz vaziyat yoki konteksga qarab o‘zgartirib
ketaveramiz. “Men sizga chiday olmayman, toqat qila olmayman” kabi fe’lli metaforaga
yetarlicha tushunish uchun bu gapdan oldingi suxbat jarayonidan xabardor bo‘lishimiz kerak.
So‘ngra tarjima jarayonidan yozuvchi va o‘quvchi orasidagi ko‘prik bo‘la olamiz.
Ma’lumki, so‘z va uning ishlatilishi har bir tilda turlichadir. Masalan, ingliz tilida “don’t eat
like a pig”- “cho‘chqadek yema” metaforik birikmani inglizlar ko‘p ovqat yema deb tushunsa,
Chexiya aholisi ovqatni tartibsiz yema deb tushinishar ekan.
Demak metaforani qo‘llashda
yoki metaforik biliklarni tarjima qilishda o‘sha xalq madaniyatini chuqurroq o‘rganish
talab etiladi, sababi yuqorida keltirilganidek, madaniyat tilda aks etadi. Shundan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
12
keyingina tarjima qilinayotgan birliklarga tarjima, agar iloji bo‘lmasa, o‘z xalqiga mos
keluvchi ekvivalent topa olish tarjimonga qiyinchilik keltirib chiqarmaydi.
References:
1.
What is A Metaphor? —Definition and Examples | Grammarly www.grammarly.com › blog
2.
Сайфуллаева Р. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2006.
3.
Qilichov E. Matnning lingvistik tahlili. – Buxoro, 2000.
4.
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаэв Ш. Ҳозирги оʼзбек адабий тили. – Тошкент,
1992.
5.
Vyvyan Evans and Melanie Green.’’ Cognitive Linguistics An Introduction’’ EDINBURGH
UNIVERSITY PRESS.
6.
Mo‘minov, Sh.S. (2022). Memuar, bag‘ishlov va marsiyalarda rahbar muloqot xulqiga xos
qirralarning namoyon bo‘lishi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 1(9), 689-694.
7.
Mўминов, Ш.С. (2022). Раҳбар нутқининг таъсир ўтказиш усуллари. Central Asian
Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS), 418-426.
8.
Mo'minov, S. (2022). Alisher Navoi-about the State and its Governance.
EUROPEAN
MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF MODERN SCIENCE
.
9.
Муминов, С. М., & Мўминов, Ш. С. (2022). ШАХС МАЪНАВИЯТИНИ ЎСТИРИШДА
РАҒБАТНИНГ ЎРНИ ВА УНИНГ РАҲБАР МУЛОҚОТ ХУЛҚИДА НАМОЁН БЎЛИШИ. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 689-696.
10.
Mo'minov, S. (2022). Мулоқот ва замонавий раҳбар маънавияти. Scienceweb academic
papers collection.
11.
Deignan,
A.,
Gabrys,
D.,
&
Solska,
A.
Teaching
English
metaphors
using cross linguistic awareness-raising activities // ELT Journal. – 1997. -51(4). – p. 352-360.
12.
Lakoff, G. Metaphors We Live by / G. Lakoff, M. John-son. —Chicago, 1980. — 242 p. —
Text: unmediated.
13.
Mandelblit N. The cognitive view of metaphor and its implications for translation theory.
Translation and Meaning, Part 3. – Maastricht: Universitaire Press, 1995. – p. 483-495.
14.
Newmark P. A. Textbook of translation. – L.; N.Y.: Prentice Hall,1988.
– p. 292.