ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
ZAMONAVIY DOLZARB FIQHIY MASALALARINING SA’DUDDIN
TAFATAZONIYNING “SHARH FIQH AL-KAYDONIY” ASARIDAGI TALQINI
Anarbayeva Jamila Fayyoz qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13903932
Annotatsiya:
Mazkur tezisda Lutfulloh Nasafiyning “Fiqhi Kaydoniy” asarining yozilish
tarixi, unda shar’iy ilmlar, zamonaviy fiqhiy masalalarga oid tamoyillar bilan bir qatorda
asarning batafsil tavsifi hamda uning tarkibiy qismi yoritilgandir. Islom huquqi sohasida
yozilgan jamlovchi asar hisoblangan ushbu kitob hozirga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagani
bilan ajralib turadi. Asarda nafaqat fiqhga doir sohalar, ibodat hamda muomalat masalalari
batafsil yoritib berilgan.
Tayanch soʻz va iboralar:
Temuriylar, Sa’duddin Taftazoniy, “Sharh al-aqoid an-nasafiy”,
Zamonaviy fiqhiy masalalar, Amir Temur, Sayyid Amir Kulol.
THE INTERPRETATION OF CONTEMPORARY FIQH ISSUES IN SA‘D AL-DĪN
TAFTĀZĀNĪ'S WORK " SHARḤ FIQH AL-KAIDANI"
Anarbayeva Jamila Fayyoz qizi
Abstract:
In this thesis, the history of the writing of Lutfullāh al-Nasafī's work "Fiqhi
Kaidani", in which the detailed description of the work and its components, along with the
principles of sharīʿah sciences, in particular, modern jurisprudence issues, are covered. This
book, which is considered a comprehensive work written in the field of Islāmic law, is
distinguished by the fact that it has not lost its importance until now. In the work, not only fiqh
areas, prayer and behavior issues are covered in detail.
Key words:
Timurids, Sa‘d al-Dīn Taftāzānī, " Sharḥ al-‘Aqā’id al-Nasafīyah", modern
jurisprudence issues , Amir Timur, Sayyid Amir Kulol.
Islom tinchlik dini bo‘lib, u mo‘min-musulmonlarni tinch-totuv, ahil-inoq bo‘lib yashashga
chaqiradi. Shuning barobarida tinchlikka rahna soluvchi har qanday narsalardan qaytaradi.
G‘uluvga ketish, mutaassiblik, ixtilof qilish, guruhbozlik kabi illatlar notinchlikka xizmat
qiluvchi eng katta xatarlardandir. Maʼlumki, Islomda ixtilof aqidaviy va fiqhiy yoʻnalishlarga xos
bo‘lib, aqidaviy ixtilof Alloh taologa eʼtiqod qilishda turli tumanlilik shaklda yuzaga kelib,
musulmonlar ichki birligining zaiflashuvi, turli toifalarga boʻlinib ketishdek salbiy oqibatlarga
olib kelgan. Buning natijasida xorijiy, moʻtaziliy, qadariy, jabariy va murjiiy kabi koʻplab toifalar
vujudga kelishiga zamin yaratilgan
1
.
Fiqhiy ixtiloflar esa, umuman boshqa mazmunga ega boʻlib, mazhablarning ibodat,
ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarga turlicha yondashuvning natijasi oʻlaroq vujudga
kelgan. Bunday holat aslo nuqson yoki ixtilof manbai sifatida talqin etilishi mumkin emas.
Aksincha, islom shariatining zamon va makonga moslashuvchanligi va musulmonlar uchun
keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi. Ammo hozirgi kunda insonlar orasida
ibodatlardagi kichik amallarga oid ixtiloflar kelib chiqib, adashishga, ba’zi o‘rinlarda fitnalarga
ham sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, rof’ul yadayn, Fotiha surasidan so‘ng “omin”ni jahriy aytish,
barmoqni namozda qirsillatish, ishorai sabboba va yana bir qancha shunga o‘xshash masalalar.
1
Shayx Nuriddin Xoliqnazar. Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi. – Toshkent: Matbaachi, 2024. – B. 89.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
Tadqiqot jarayonida shu kabi zamonaviy fiqhiy masalalarni “Sharh fiqh al-Kaydoniy” talqini
asosida ko‘rib chiqildi.
Sa’duddin Ma’sud ibn Umar Taftazoniy (712-793h) XV asrda temuriylar saltanatidagi eng
buyuk va eng taniqli allomalardan biri hisoblanadi. Sa’duddin Taftazoniy islomiy ilmlar rivojida
fiqh ilmiga ham munosib hissa qo‘shgan bo‘lib “Sharh fiqh al-Kaydoniy” asarida o‘z aksini
topgan
2
.
Sa’duddin Taftazoniyning Lutfulloh Nasafiyning “Fiqh al-Kaydoniy” asariga yozgan
sharhining mazmun-mohiyati bu islom fiqhi asoslarini chuqur tahlil qilish, tushuntirish va
talqin etishdadir. Alloma Taftazoniy mantiqiy tahlil va boshqa huquq maktablari bilan
qiyoslagan holda islom ilohiyoti va fiqhi nuqtai nazaridan matn tushunchasini taqdim etishga
harakat qiladi. Uning sharhlari o‘quvchilarga namozdagi fiqhiy qoidalarni kundalik hayotda
yaxshiroq tushunish va qo‘llashga yordam berish uchun argumentlarning mantiqiy oqimi va
tarixiy kontekstga qaratilgan. Uning asarlarining islom fiqhi va ilohiyotiga ta’siri katta bo‘lib,
ularning zamonaviy islomni o‘rganishdagi ahamiyati va dolzarbligini ko‘rsatib beradi.
Fiqh al-Kaydoniyda 24-makruh amal
3
– rukuʼda barmoqlarni qirsillatish deb keltiriladi.
Alloma Taftazoniy sharhlarida barmoqlarni qirsillatish namozni buzuvchi amallardan
hisoblangan. Sharh fiqh al-Kaydoniyda
4
shunday keltiriladi: “yaʼni, qirsillash bu – barmoq qisib,
yozilganda tovush chiqarishdir. Barmoqlar oyoq yoki qoʻlniki boʻlishidan qatʼiy nazar ularni
qirsillatish “abas”dan hisoblanadi. Bu oʻrindagi qirsillatishdan murod bu – qirsillatish bir qoʻl
bilan qilinganidir. Chunki, baʼzi olimlar nazdida, agar ikki qoʻl bilan qirsillatilsa, namoz
buziladi”. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham bu borasida Ali (r.a.)ga marhamat qilib: “Ey Ali
panjalaringni tortib ovoz qildirma”, deganlar. Shunga ko‘ra hozirda ham “zikr ahlidan so‘rang”
hay’atidan ushbu savol berib so‘ralganda ham, “namozda barmoqlarni qirsillatish makruh
amallardandir” deb javob berishgan.
Faqat bir tomonga salom berish 11-harom amallardan sanalgan
5
. Alloma Taftazoniy
sharhida Imom Molik (r.a.) nazdida yuz qibladan burilmagan holda bir tomonga salom beriladi,
deyilgan. Shamsuddin Ko‘histoniy sharhida esa “Muhit”dan keltirilib ikki tomonga salom berish
sunnat deyiladi. “Fathul qodir” kitobidan keltirilib ikki yoniga salom berishni vojib amallardan
sanaganlar. “Muxtasarul viqoya”da ikki tomonga salom berish sunnat amallardan sanalgan,
namozdagi sunnat bo‘lgan ruknlarni qasddan tark etish esa makruh deyilgan
6
.
Lutfulloh Nasafiyning «Fiqh al-Kaydoniy» nomli asari ayniqsa O‘rta Osiyoda mashhur
bo‘lib, madrasalar o‘quv dasturlariga darslik sifatida kiritilgan. Maqolada namozga oid
masalalarni umumiy maʼnoda koʻrib chiqadigan bu asar “Fiqhul Kaydoniy”, “Bustanus-solat”,
“al-Muqaddimatus-solat”, “Mutalibul-musolli”, “al-Mashru’” kabi turli nomlar bilan atalgan.
Fiqh al-Kaydoniyning ikki yuzga yaqin matn va sharhlari mavjud. Turkiya kutubxonalarida
ro‘yxatdan o‘tgan. Xuddi shunday asarning roʻyxatdan oʻtgan yuzlab nusxalarini Markaziy Osiyo
mamlakatlarida, xususan, Oʻzbekistonda uchratish mumkin. Ularning qatorida tadqiqotning
ob’yekti bo‘lgan Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh fiqh al-Kaydoniy” asari misol bo‘la oladi.
2
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Samarqandning sara ulamolari. – Toshkent: Hilol Nashr, 2013. – B. 102.
3
Lutfulloh Nasafiy. Fiqh al-Kaydoniy. //Tarjimon. N.Nasrullayev. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2010. –
B.71.
4
Sa’duddin Taftazoniy. Sharh fiqhi al-Kaydoniy. – Toshkent: O‘zXIA Manbalar xazinasi. – Qo‘lyozma. № 72/1.
5
Lutfulloh Nasafiy. Fiqh al-Kaydoniy. Tarjimon. N.Nasrullayev. – Toshkent: “Toshkent Islom Universiteti”, 2010. –
B.65.
6
Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasar al-Viqoya. – Qozon: Lito tipografiya, 1911. – B.28-29.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
Ushbu asarda namozga doir masalalarga atroflicha yondashilib, ixtilofli bo‘lgan hukmlarga o‘z
qarashlarini hanafiy mazhabi asosida keltirib o‘tgan
Ma’lumki, islomning ustunlaridan bo‘lgan namoz ibodati ming yillar davomida
musulmonlar tomonidan ado etib kelinadi. Bir kunda 5 mahal ado etilgan bu kunlik ibodatning
muhimligini birgina tahorat bobi uchun yozilgan kitoblardan ham bilish mumkin. Vaholanki,
tahorat namoz o‘qimoq uchun shart ibodatdir, namozning ichidagi amal emas. Musulmonlar
namoz ibodatlarini komil bajarishlari uchun ulamolarimiz namozning har bir amali qanday
bajarilishida ta’lim beruvchi kitoblarni Qur’on va sunnatga, jumhur ulamolarning ijtiodlariga
asoslanib yozib qoldirgan. Shu bilan birgalikda namozni ado etishda ikkilanishlar bo‘lmasligi
uchun musulmonlarni parishon qiluvchi namoz bobidagi ixtiloflarga ham alohida to‘xtalib o‘tib
ularga asosli dalillar bilan raddiyalar ham berib borishgan. Bu yo‘lda esa yashab o‘tgan ulug‘
ulamolarimizdan bo‘lgan muhtaram asarlari bilan ularga katta ko‘mak bo‘lib xizmat qilgan
Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh fiqh al-Kaydoniy” asari mo‘tabar manba xisobalanadi. Ushbu
asar yordamida “Fiqh al-Kaydoniy” dagi dolzarb va ixtilofli masalalarni tushunish osonlashadi.
Shu sabab yuqoridagi rejalar asosida undagi ba’zi masalalarni va ularning ustida chiqarilgan
hukmlarni atroflicha o‘rganib chiqdik va hozirgi paytdagi fatvo va xulosalar bilan solishtirdik.