ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
89
XALQ OG‘ZAKI IJODI – YOSHLARNI KAMOLOTGA YETAKLOVCHI TARBIYA
MANBAYI
ATAJONOVA SHOHISTA
Magistr
https://doi.org/10.5281/zenodo.13683306
Annotatsiya:
Maqolada xalq dostonlarining yoshlarni tarbiyalash jarayonidagi ijobiy
ahamiyati, milliyligimizni aks ettirishda ko‘zgu ekanligi misollar yordamida tahlil qilingan.
Аннотация:
В статье на примерах анализируется положительное значение
народных эпосов в процессе воспитания молодежи, то, что они являются зеркалом в
отражении нашей народности.
Annotation:
The article analyzes the positive importance of folk epics in the process of
educating young people, the fact that they are a mirror in reflecting our nationality, using
examples.
Kalit so‘zlar:
Folklor, doston, obraz, ijobiy va salbiy obraz, milliy g‘urur, fidoyilik.
Ключевые слова:
фольклор, эпос, образ, положительный и отрицательный образ,
национальная гордость, самоотверженность.
Key words:
Folklore, epic, image, positive and negative image, national pride,
selflessness.
Xalq pedagogikasining negizi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodining yana bir asosiy tarmog‘i
xalq dostonlaridir. Xalq dostonlarida hamma davrlarda, ayniqsa, hozirgi kunda tarbiyaning
eng dolzarb mavzularidan biri — vatanparvarlik va milliy g‘urur, milliy iftixor, erk, ozodlik
uchun kurash tuyg‘ularini tarannum etish asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda yosh
avlodni tarbiyalashdagi asosiy va eng muhim maqsad va vazifa — milliy istiqlol mafkurasini
ular ongiga singdirishdir. Milliy istiqlol mafkurasining negizini esa aynan — Vatanga
muhabbat, sadoqat, milliy g‘urur, iftixor, Vatan ozodligi va erkinligi uchun kurash g‘oyalari
tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, hamma davrlarda, ayniqsa, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini
qo‘lga kiritgan bugungi kunda xalq dostonlarini bolalarga o‘qitish, aytib berish, o‘rgatish,
muhokama qilish nafaqat tarbiyaviy ahamiyat, balki siyosiy ahamiyat ham kasb etadi. Milliy
istiqlol mafkurasini yoshlar ongi va qalbiga jo aylash uchun, avvalo, ularda Vatanga muhabbat,
fidoyilik, milliy g‘urur va milliy iftixor hislarini tarbiyalamoq lozim, Onani, yaqinlarini, o‘z
oilasini sevmay turib, Vatanni sevmoq mumkin emas. Vatanni sevmay turib, unga sadoqatli va
fidoyi bo‘lish mumkin emas. Oddiy insoniy g‘ururni tarbiyalamay turib, milliy g‘urur va milliy
iftixorni tarbiyalamoq mumkin emasdir. Bolalarda mardlik, jasorat, shijoat, botirlik
fazilatlarini tarbiyalamay turib, Vatanga fidoyilikni, kerak bo‘lganda Vatan uchun o’zini
baxshida eta oladigan yoshlarni tarbiyalash mumkin emas, aslo. Demak, hozirgi kunda, eng
avvalo, yoshlarda ana shu xislatlar, tuyg‘ularni tarbiyalamog‘imiz kerak ekan. Bunday
mas’uliyatli va nihoyatda nozik vazifani hal etishda hozir ham biz eng ta’sirchan va samarali
vosita — xalq dostonlaridan o‘rinli va salmoqli foydalanmog‘imiz lozim.
Masalan, “Alpomish” dostonida shunday bir lavha bor: Qalmoq elidan Barchinoy
Hakimbekka xat yuboradi. U to‘qson alpdan qirq kun ruxsat olib, shu qirq kunda
Alpomishning yetib kelishiga umid bog‘laganini izhor etadi. Lekin xat Hakimbekning qo‘liga
tegmaydi, uni otasi Boybo‘ri bekitib qo‘yadi. Chunki u o‘g‘lining begona yurtga — Qalmoq
eliga borishini xohlamaydi. Xatni Hakimbekning singlisi Qaldirg’ochoyim topib, akasiga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
90
beradi. Hakimbek xatni oladi-yu, indamaydi. Qaldirg‘och javobini so‘raganida “Bir xotinni deb,
qalmoqlar bilan talashib yuramanmi”, — deydi. Shunda shaddod qiz akasining yigitlik
hamiyatiga tegadi. Hakimbekning hamiyati qo‘zg‘ab, mudroq g‘ururi junbushga keladi va
otasining man etishiga qaramay, Qalmoqqa yo‘l oladi. Endi Barchinga qaytaylik, Barchin
Qorajondan Hakimbekning kelganini eshitib, “Alpomish kelsa kelibdi-da, nima qilay. Alpomish
keldi deb etagiga osilib ketaveraymi, kelgan bo‘lsa yaxshi. Men to‘qson alpga va’da
berganman. Alpomishga ham, ularga ham shartim bor. Kim shu shartlarimni bajarsa, shunga
tegaman”, - deya javob beradi. Ana o‘zbek qizining mardligi va jasorati, g‘ururi! Yigitlarga
bergusiz mardlik, tantilik va g‘urur bu! Bunday g‘ururning mo‘jizaviy ko‘rinishini
dostonlardan tashqari yana qayerda ko‘rsa bo‘ladi? Albatta, dostonlarda, xalq og‘zaki ijodi-da!
Xalqimiz, ajdodlarimiz avlodlarining, farzandlarining sog‘lom, baquvvat, pahlavon bo‘lishlarini
azaldan orzu qilib kelgan. O‘zbek xalqi o‘zining Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Kuntug‘mish, Ravshan,
Avaz, Hasan kabi afsonaviy pahdavonlariga ega. Xalqning qahramonlik va mardlik haqidagi
orzulari, sodiq do‘st, vafoli yor, jonkuyar og‘a-ini to‘g‘risidagi umid-istaklari ana shu
qahramonlar timsolida tasvirlangan. Xalq ularni o‘z dushmanlariga qarshi kurashda har ishga
qodir jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk qahramonlar qilib ta’riflagan. Masalan, Hakimbek
yoshligidanoq bahodir, har ishga qodir bo‘lib o‘sadi. U yetti yoshidayoq bobosi Alpinbiydan
qolgan o‘n to‘rt botmonli yoydan otib, Asqar tog‘ining cho‘qqisini uchirib yuborgani uchun
Alpomish nomini oladi va to‘qson alpning biri bo‘lib qoladi.
Alpomish faqat kuchli, jasur bo‘libgina qolmay, adolatli, jonkuyar, bechoralarga
madadkor, do‘stga sodiq, yorga vafodor, ota-onasi va Vataniga mehrli, fidoyi yigit. “Alpomish”
dostoni xususida qariyb bir asrdan buyon turli darajada fikr-mulohazalar bildirilib
kelinmoqda. Ularda dostonning har xil jihatlari atroflicha tadqiqqa tortilgan. Jahon
ma’naviyati va madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan, o‘tmishi yuqori saviyada o‘tgan xalqlar
og’zaki ijodiga butun dunyo folklorshunos olimlari muttasil o‘rganayotgan asarlar bor.
Forsaytlar haqidagi sagalar, “Manas” shular jumlasidandir. “Alpomish” ham ana shunday
asarlar qatorida munosib o‘ringa ega. Shuning uchun ham folklorshunoslikda “Alpomish”ning
xalq qahramonlik eposi sifatidagi tarixiy ahamiyatini atroflicha o‘rganganlar. Haqiqatdan ham
bu doston ilmga ma’lum bo‘lgandan buyon olimlar diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Doston
haqida B.Sarimsoqovning “Alpomish” eposi haqida uch etyud” hamda “Alpomish” klassik epos
namunasi” maqolalarida qayd etildi.[1,B.-3-9] Xususan, bu maqolada, avvalo, turkiy xalqlar,
jumladan, o‘zbek xalqining mustaqil xalq sifatidagi o‘zi xos belgilari birinchi navbatda
qahramonlik eposida aks etishi qonuniyati kashf etildi. Natijada olimlar tomonidan doston
o‘rganilar ekan, “Alpomish” o‘zbek xalqi tarixining badiiy ifodasi san’atda aks etgan va og‘zaki
ijodda muhrlangan hujjat ekani to‘liq isbotlandi. Asar qissadan hissa chiqarish uchun emas,
balki «qissa»ning o‘zi ko‘lamli, miqyos, yirik, ta’sirli bo‘lgani uchun aytilgan. Chunki doston
qahramonlariga xos tuyg‘ular, sezimlar, kechinmalar buyuk turkiylarning tomirida, qonida
azaldan mavjud edi.[2, B.-28]
Biz yoshlarni tarbiya qilish jarayonida dostondagi Barchinoy obrazidan ham ko‘plab
ijobiy xislatlarni o‘rganishimiz mumkin. Dostonda Barchin ruhiyati g‘oyat teran aks ettirilgan.
Masalan:
Juda ham gangidi, boy ota, boshing,
Maslahat berdi-ku qavmi-qardoshing,
Ko‘p yig‘lama, jonim otam,darvishim,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
Eshitmagin qarindoshlar so‘zini,
Qarindoshlar bera qolsin qizini!
...Xafa qilma, ota, menday qizingdi,
Qo‘ya ber alplarga mening o‘zimdi...[3,B.-38]
Bu o‘rinda Oybarchin otasini hammadan aziz ko‘ruvchi, uning qiynalishiga toqat
qilolmaydigan mehribon va oqila farzand sifatida namoyon bo‘ladi.
Xalqimiz milliy istiqlolni qo‘lga kiritganidan keyingi dastlabki kunlardanoq ajdodlarimiz
tomonidan yaratilgan ma’naviy qadriyatlar silsilasini o‘rganish va uning qadimiy an’analarini
qayta tiklashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ko‘ra ham ortdi. Folklor merosini targ’ib va
tadqiq etish ham ana shu ezgu ishlarning ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston istiqlolining
ma’naviy asoslarini mustahkamlash va xalqimizning oydin kelajagiga zamin hozirlashdek
ulug‘vor maqsadlar yo‘lida bajarilayotgan ulug’vor ishlarda ma’naviy qadriyatlarni
o‘rganishning ahamiyati juda kattadir. Mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanish va
o‘zgarishlar adabiyot va san’at ahli oldiga bir qator muhim talab va vazifalar qo‘ymoqda. Zero,
ma’naviyat
borasida
olib
borilayotgan
ezgu
ishlarning
yechimi
bevosita
zamondoshlarimizning ma’naviy olamini tubdan yangilash, boyitish va ularni komil insonlar
qilib tarbiyalashdek dolzarb masalalar bilan chambarchas bog’langandir. Folklor asarlarida
o‘z ifodasini topgan milliy qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama kuchli, ma’naviy jihatdan
yetuk va barkamol qilib tarbiyalashning muhim omillaridan biridir. Qadimiy epik an’analarni
o‘zida mujassam etgan dostonlar xalqimizning mifologik tasavvurlari, e’tiqodiy qarashlari,
turmush tarzi va ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirganligi uchun yosh avlodga kuchli
badiiy-estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega. Ularni tadqiq va targ’ib qilish orqali millatimiz
ma’naviyati va madaniyati tarixiga oid ko‘pgina ma’lumotlarni bilib olish mumkin. Folklor
asarlarining asosiy xususiyatlarini belgilovchi yetakchi estetik xossalaridan biri uning xalq
hayoti bilan bevosita bog‘liqligidir.
References:
1.
Sarimsoqov B. “Alpomish” klassik epos namunasi. // O’zbek tili va adabiyoti jurnali. 4/
1999. 3-9-betlar.
2.
Yo’ldoshev Qozoqboy. “Alpomish ”talqinlari. Toshkent, “Ma’naviyat”,2002. 28-bet.
3.
Alpomish (O’zbek xalq qahramonlik dostoni) . Sharq NMAK Bosh tahririyati, Toshkent-
2010 yil. 38-bet.