ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
XORAZM VILOYATIDAGI GIDRONIMLARNING MORFOLOGIK TUZILISHI
Atajonova Shohista
https://doi.org/10.5281/zenodo.13364458
Annotatsiya:
Maqolada Xorazm viloyatidagi ayrim gidronimlarning morfologik tuzilishi,
sodda yasama va qoʻshma tarkibli gidronimlar, gidronimik indikatorlar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
gidronimika, toponimika, gidronim, indikator, sodda gidronimlar,
murakkab gidronimlar, affiksatsiya, kompozitsiya.
Gidronimlar xalq tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ular milliy tilning, xalq hayoti va
madaniyatining o‘ziga xos qirralarini ifoda etuvchi buyuk xazinadir. Gidronimlar xuddi joy
nomlari kabi ajdodlarimizdan bugungi kunga qadar yetib kelgan qadriyatlarning bebaho
namunasidir. Shu sababli toponimshunoslar gidronimlarni eng qadimiy nomlar deya
baholaydilar. Darhaqiqat, S. Qorayev ta’kidlaganidek, Amudaryo va Sirdaryoning qadimiy
nomlari har qanday osoriatiqalar bilan bellasha oladi
1
.[1. B-38]. Hamma yurtlardagi kabi
O‘zbekistonda ham suv va suv obyektlari muqaddas bilingan hamda qadrlangan.
Shunisi ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida gidronimika toponimikaning bir bo‘limi
sifatida o‘rganiladi. Toponimikaga oid ilmiy manbalarda gidronimlarning har xil tarkibli
turlari qayd etiladi.
Toponimlarning, jumladan, gidronimlarning tuzilishiga ko‘ra turlari toponimik
tadqiqotlar doirasida O.Bozorov, N.Oxunov, Z.Do‘simov, T.Nafasov, L.G.Karimovalarning
ishlarida tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqotlarda toponimlar, jumladan, gidronimlarning
morfologik tuzilishiga ko‘ra turlari talqini borasida bir necha xil qarashlar kuzatiladi.
Turkiy tillarga oid toponimlarning grammatik xususiyatlari, xususan, tuzilishiga ko‘ra
tip va turlari birinchi marta G.E.Karnilov, G.I.Donidzelar tomonidan o‘rganilgan. Yetakchi
tilshunoslarning tasniflariga ijodiy yondashgan holda, o‘zbek tili gidronimlarini tarkibiy
tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.
Sodda tarkibli gidronimlar.
2.
Qo‘shma tarkibli gidronimlar.
3.
Murakkab tarkibli gidronimlar.
4.
Qisqartma shaklli gidronimlar.
Gidronimlarning tarkib jihatdan turlarini Xorazm viloyati hududidagi suv havzalari
nomlari misolida ko‘rib chiqish mumkin. Xorazm viloyati hududida ham kanallar, zaxkashlar,
ko‘llarni ko‘plab uchratamiz. Ularning nomlarini tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga
ajratishimiz mumkin:
1. Sodda tarkibli gidronimlar
Tarkibi birgina lug‘aviy asosdan iborat suv obyekti nomlari
sodda tarkibli
gidronimlardir.
Masalan,
Shovot, Do‘stlik, Daryoliq, Yoshlik, Tinchlik, Deynak, Sapcha,
Varaxzon, Xonqa, Do‘rman, G‘azovot, Baliqchi, Qoramazi, Qoramon, Kenagas, G‘ovuk
kabi
gidrоnimlar.
Sodda tarkibli gidronimlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1)
sodda tub gidronimlar;
2)
sodda yasama gidronimlar.
Sodda tub gidronimlar
. Bularga Qoramon (zaxkashi), Kenagas (zaxkashi) kabilar
kiritishimiz mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
12
Sodda yasama gidronimlar.
O‘zbek tili gidronimiyasida sodda tarkibli yasama
nomlarni ham uchratishimiz mumkin. Ularning tarkibi lug‘aviy asos va yasovchi affiksdan
iborat bo‘ladi. Masalan, Do‘stlik (kanali), Paxtakor (kanali), Daryoliq (kanali), Tinchlik
(zaxkashi), Yoshlar (ko‘li), Baliqchi (ko‘li) kabi gidronimlar bunga misol bo‘la oladi. Sodda
yasama gidronimlar affiksatsiya usuli bilan turli so‘z turkumlariga mansub so‘zlardan
yasaladi, biroq o‘zbek tili gidronimiyasida ularning miqdori kamroq.
Qo‘shma tarkibli gidronimlar
. Tarkibi birdan ortiq lug‘aviy asosdan iborat suv obyekti
nomlari qo‘shma gidronimlardir.
Qo‘shma tarkibli gidronimlar kompozitsiya usuli bilan hosil
bo‘ladi.
Qo‘shma tarkibli gidronimlarning yasalishida
ko‘l, soy, ariq, daryo, buloq, jo‘y, quduq,
arna, yop
kabi apellyativ gidronimik indikatorlar faol qo‘llanadi. Ular qo‘shma, shuningdek,
murakkab toponimlarning ma’no tomonini aniqlovchi qismlardir.
O‘zbek tili gidronimlarining salmoqli qismi qo‘shma tarkibli gidronimlardir. Bu
gidronimlar yasashda, yaratishda aniqlik va mantiqiylikka intilish mahsulidir. Qo‘shma
tarkibli gidronimlarning morfologik tarkibida ikkinchi komponent sifatida, asosan, gidronimik
indikatorlar qo‘llanadi:
Oqko‘l, Gazko‘l, Qirg‘izyop, Ulliyop, Issiyop, Laylakyop, Olonko‘l,
Qumyop, Eshonko‘l, Chekkayop, Ulug‘yormish, Dovudko‘l, Kichikyormish, Bo‘zqal’a
kabi
gidronimlar
.
O‘zbek tili qo‘shma tarkibli gidronimlarini morfologik asosi va shakllanish
modeliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
I.Ot
+
ot:
1)toponim + gidronimik indikator:
Bo‘zqal’a zaxkashi
kabi;
2)antroponim + gidronimik indikator:
Eshonko‘l
ko‘li,
Dovudko‘l
zaxkashi
3)etnonim + gidronimik indikator:
Qirg‘izyop kanali, Osyop kanali
kabi;
II.Sifat + ot:
Oqko‘l ko‘li, Ulliyop kanali, Issiyop kanali, Chekkayop kanali, Ulug‘yormish,
Kichikyormish yormishlari kabi;
O‘zbek tili gidronimlarining bir qismini
murakkab tarkibli gidronimlar
tashkil etadi.
N.Begaliyev bunday gidronimlarni sostavli (tarkibli) gidronimlar
deb ataydi. U bunday
nomlarning asosiy qismini ikki komponentli nomlar, ba’zida uch va undan ortiq komponentli
nomlar tashkil etishini ko‘rsatadi.
So‘z birikmasi va gap shaklidagi suv obyekti nomlari murakkab tarkibli gidronimlar
hisoblanadi. Masalan,
Qiyotqo‘ng‘irot kanali , Qalandar Do‘rman kanali, Qilichniyozboy
kanali, G‘azovot-Davron ko‘li, Birinchi Do‘rman ko‘li, Ikkinchi Do‘rman ko‘li, Polvon G‘azovot
kanali, Katta sho‘r ko‘li
kabi.
O‘zbek tilida birikma shaklidagi murakkab tarkibli gidronimlar aniqlovchi-aniqlanmish
xarakteriga ega bo‘lib, morfologik jihatdan quyidagi tarkibiy tuzilishiga ega:
a)
atoqli ot (antroponim) + turdosh ot (gidronimik indikator):
Qilichniyozboy kanali
kabi;
b)
atoqli ot (toponim) + turdosh ot (gidronimik indikator):
Qiyotqo‘ng‘irot kanali,
G‘azovot-Davron ko‘li kabi;
c)
sifat + atoqli ot + turdosh ot (gidronimik indikator):
Qalandar Do‘rman kanali,
Polvon G‘azovot kanali
kabi;
d)
sifat + sifat + turdosh ot(gidronimik indikator):
Katta sho‘r ko‘li
kabi;
e)
son + atoqli ot + turdosh ot (gidronimik indikator):
Birinchi Do‘rman ko‘li, Ikkinchi
Do‘rman ko‘li kabi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
Demak, toponimlar tizimida gidronimlar uning tarkibiy qismi sifatida alohida
ajralib turadi. Gidronimika keng ma’nodagi tabiiy suv obyektlari va suv inshooti
nomlarini tadqiq etadi. Sun’iy va tabiiy, yirik va kichik suv obyektlari hamda suv
inshootlarining atoqli otlari tarkib jihatidan turlicha bo‘ladi. Masalan, sodda tarkibli
gidronimlar, qo‘shma tarkibli gidronimlar, murakkab tarkibli gidronimlar kabi. Xorazm
viloyati hududida ham gidronimlarning bu kabi turlarini uchratish mumkin ekan.
Bundan tashqari, o‘zbek tilida suv obyektlarini nomlashda suv va suv obyektiga xos
tabiiy, geografik, o‘zbek xalqiga xos tarixiy, ijtimoiy-siyosiy xususiyatlar va boshqa
omillar e’tiborga olinganligini ko‘rishimiz mumkin.
References:
1.
Qorayev S. Toponimika - Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.
2006. B-38.
2.
Дўсимов 3. Хоразм топонимлари. - Тошкент: Фан, 1985.
3.
Каримова Г.Г. Топонимларнинг морфологик тузилиши (Шимолий ўзбек шевалари
материали асосида) // Ўзбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1969.
4.
Мирзаев Э.М. Апеллятивы в топонимах Средней Азии // Ономастика Средней
Азии. - Фрунзе: Илм, 1980.
5.
Нафасов Т. Сон+от конструкцияли топонимлар // Қарши Давлат педагогика
институти профессор-укитувчилари илмий конференциясининг тезислари. - Карши,
1967.
6.
Охунов Н. Кўкон группа районлари топонимиясининг баъзи грамматик
хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. - Тошкент: Фан, 1971.
7.
Бозоров О. Кўшма топонимлар // Адабиётшунослик ва тилшунослик масалалари. -
Тошкент, 1975.