Авторы

  • Akobir Ergashev
    Tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46476

Ключевые слова:

paxta yakkahokimligi xom ashyo ekin maydonlari paxtachilik meliorasiya irrigasiya mineral o‘g‘it.

Аннотация

Maqolada respublika paxtakorlarining 1941 – 1945 yillarda paxta yetishtirish uchun olib borgan mashaqqatli mehnatlari fashizmni tor-mor keltirishga qo‘shgan beqiyos hissalari ekani ochib berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

O‘ZBEKISTON PAXTA YAKKAHOKIMLIGI II JAHON URUSHI YILLARIDA

(1941-1945)

Ergashev Akobir

Tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12742893

Annotatsiya:

Maqolada respublika paxtakorlarining 1941 – 1945 yillarda paxta

yetishtirish uchun olib borgan mashaqqatli mehnatlari fashizmni tor-mor keltirishga qo‘shgan
beqiyos hissalari ekani ochib berilgan.

Kalit so‘zlar

: paxta yakkahokimligi, xom ashyo, ekin maydonlari, paxtachilik, meliorasiya,

irrigasiya, mineral o‘g‘it.

Аннотация:

В статье показано, что тяжелый труд узбекских дехкан по

выращиванию хлопка-сырца в 1941 – 1945 годах является неоценимым вкладом в
победу над фашизмом.

Ключевые слова:

хлопковая монополия, сырье, посевная площадь, хлопководство,

мелиорация, ирригация, минеральные удобрения

Absract:

The article highlights the hard work of the Uzbek cotton growers for the

cultivation of raw cotton in 1941- 1945 as invaluable contribution to the victory over fascism.

Key words:

cotton monopoly, raw materials, sown areas, agricultural crops, cotton

growing, melioration, irrigation, mineral fertilizers, MTS, rural population.


Urush faqat rus, ukrain, belorus va boshqa front chizig‘i o‘tgan xalqlar tarixidagina emas,

balki o‘sha vaqtda sobiq sovetlar mamlakati tarkibiga kirgan boshqa xalqlar, millatlar tarixida
ham o‘chmas iz qoldirgan. Boshqacha aytganda, bu urushda hamma barobar, teng ravishda
zarar ko‘rdi, qurbonlar berdi. Bundan O‘zbekiston ham istisno emas, chunki u urushning barcha
qiyinchiliklari, ofat-talofatlarini boshqa xalqlar bilan birga tortdi. Fashizmni tor-mor keltirish
uchun olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek qishloq xo‘jalik mehnatkashlarining munosib
hissasi bor. Urush boshlanishi bilan respublika qishloq xo‘jaligi oldiga frontdagi va mamlakat
ichkarisidagi aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash
vazifasi qo‘yildi. Buning ustiga qisqa vaqt ichida agrar ishlab chiqarishni harbiy izga o‘tkazish,
don, kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat va texnik ekinlar yetishtirishni ko‘paytirish lozim edi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi bu vazifalarni hal etish uchun bir qator ziddiyatli omillar paydo
bo‘la boshladi. Asosan paxta yetishtirishga moslashgan O‘zbekistonda g‘alla, qand lavlagi,
kunjut va boshqa texnika ekinlarini yetishtirish uchun zarur mutaxassislar, texnika vositalari
yetishmas edi. Markaz respublika oldiga “oziq-ovqat bilan o‘z-o‘zini ta'minlash” vazifasini
qo‘yar ekan, mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan paxta xom ashyosini aslo kamaytirmaslikni
asosiy masala qilib qo‘ydi. Urush boshlanganiga qaramasdan, paxtakorlarning fidokorona
mehnati tufayli 1941 yilda gektaridan o‘rtacha 17.7 sentnerdan hosil yig‘ib olinib, davlatga
1646 ming tonna paxta xom ashyosi topshirildi va davlat rejasi 106 %ga bajarildi [1.96]. Ammo
respublika bo‘yicha paxta rejasi bajarilgan bo‘lsa-da, Andijon, Namangan viloyatlarida bu ish
cho‘zib yuborildi. Samarqand va Buxoro viloyatlarida davlat rejasi bajarilmadi. 1941 yilda paxta
hosili ko‘paydi. Masalan, 1940 yilga nisbatan Qoraqalpog‘istonda paxta hosili 3.53 s.ga,
Xorazmda 3.1s.ga, Jizzax, Kosonsoy, Narpay, Shovot, Qarshi kabi tumanlarda bu ko‘rsatkich 1.5
– 2 s.dan ortiq bajarildi [2.134]. 1942 yil respublika paxtakorlari uchun g‘oyat og‘ir o‘zgarishlar
yili bo‘ldi. Biz yuqorida urush tufayli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimida keskin o‘zgarishlar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

ro‘y bergani, paxta bilan birga don ekinlarini ko‘paytirish, eng avvalo, bug‘doy ekishga e'tibor
berilganini ta'kidlab o‘tdik. Agar 1941 yilda respublika hammasi bo‘lib 5.5 mln sentner don
yetishtirgan bo‘lsa, 1942 yilda buni 15 mln. sentnerga yetkazish, asosiy ekin bo‘lgan paxtani
14.5 foizga oshirish belgilandi. Urushdagi og‘ir vaziyatga qaramasdan, yer maydoni 346.6 ming
gektarga ko‘payib, asosan g‘alla va boshqa ekinlar, jumladan, qand lavlagi ekildi [3.195].
Hukumat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga har qancha harakat qilmasin, urush o‘zining salbiy
ta'sirini ko‘rsatdi. Paxta ekin maydoni 1941 yildagidek saqlab qolinsa ham, hosildorlik keskin
kamayib, 1942 yilda gektaridan 9.3 sentnerni tashkil etdi (1941 yilda 17.1 sentner edi) va 876
ming tonna paxta xom ashyosi terib olinib, reja 68.3% bajarildi. 1941 yilga nisbatan davlatga
641 ming tonna hosil kam topshirildi [4.22]. Paxtaning yalpi hosili Toshkent viloyatida 50.3 %
ga, Andijon viloyatida 53.5 % ga kamaytirib yuborildi. 1943 yil respublika paxtakorlari uchun
eng qiyin yil bo‘ldi. Buning asosiy sabablaridan biri ekin maydonlarida oziq-ovqat ekinlari
salmog‘ining ko‘payishi bilan O‘zbekiston bo‘yicha paxta maydonlari 1943 yilda 932 ming
gektardan 732 ming gektarga kamaydi. 1943 yilda hammasi bo‘lib 520 ming tonna paxta
topshirilib, yillik reja 57.5%ga bajarildi. Hosildorlik esa gektaridan o‘rtacha 7.1 sentnerga
tushib ketdi [4.24]. 1942 – 1943 yillarda paxta yetishtirishning keskin orqaga ketishining o‘ziga
xos obьektiv sabablari bor edi: - birinchidan, yuqorida ta'kidlanganidek, boshoqli ekinlarning
ko‘paygani, aholini g‘alla bilan ta'minlash masalasining keskin qo‘yilishi bir qator
qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. 1942 yilning o‘zida 1941 yilga nisbatan 503.8 ming gektar
ko‘p g‘alla ekildi va davlatga rejadagidan 152 ming tonna ortiq g‘alla topshirildi. Bundan
tashqari respublikada 62 ming gektardan ortiq yerga qand lavlagi ham ekildi [2.137]; -
ikkinchidan, 1942 – 1943 yillarda tajribali xodimlar, mutaxassislar, jamoa raislari, brigadir va
zveno boshliqlarining frontga va front ortidagi sanoat korxonalariga yuborilishi vaziyatni
yanada og‘irlashtirdi. O‘sha yillarda mehnatga layoqatli aholi soni 651 ming yoki 20 % ga, 1944
yilda esa 30 % ga qisqardi, 155 ming kishi mehnat frontiga jalb etildi [5.446]; - uchinchidan,
qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi ham kuchsizlanib qoldi. Respulikaga yangi texnika
yetkazib berish to‘xtab qoldi, sanoat korxonalarining harbiy izga o‘tkazilishi bois texnika uchun
zarur ehtiyot qismlari ishlab chiqarish ham kamaydi. 1941 – 1943 yillarda O‘zbekistonda
traktorlar 19028 tadan 17681 taga tushib qoldi, mexanizator-kombaynchilar soni 27888 nafar
bo‘lgan bo‘lsa, 1942 yil oxiriga borib 2775 nafarni tashkil etdi. Urush yillarida traktorlar soni
15 %, quvvati 18% kamaydi [3.198]. Qolgan traktorlar ham juda eskirgan, ehtiyot qismlari
kamligi tufayli ishga yaroqsiz holga kelgan edi. Masalan, 1943 yil bahorgi haydov mavsumida
3497 traktor ishga chiqmadi [1.97]. 1942 yilda Qoraqalpog‘istonda 19% yerga traktorlar bilan
ishlov berildi, xolos; - to‘rtinchidan, ekinlar hosildorligini ko‘paytirishda muhim ahamiyatga
ega mineral o‘g‘itlar keltirilishi keskin kamaydi. Jumladan, 1941 yilda 484.8 ming tonna o‘g‘it
keltirilgan bo‘lsa, 1942 yilda 147 ming tonna, 1943 yilda esa 14.7 ming tonnani tashkil etdi.
Paxtakorlar 1941 yilda gektariga 110 kg turli o‘g‘it solgan bo‘lsalar, 1943 yilda bu ko‘rsatkich 6
kg ni tashkil qildi, xolos [2.136]. Masalan, 1942 yilda ekin ekiladigan maydonlardan 52 ming
gektar yer o‘g‘itlanmadi [3.198]; - beshinchidan, paxta yetishtirish kamayib ketishining
omillaridan yana biri front va harbiy sanoat uchun safarbarlikdan tashqari 1942 – 1943 yillarda
qishloq mehnatkashlarini kanallar, suv omborlari va irrigasiya inshootlari qurilishiga ko‘plab
jalb etish bo‘ldi. 1942 yildagi xalq irrigasiya qurilishlari natijasida respublikada 242 ming
gektar yangi yer o‘zlashtirildi. 1941 – 1945 yillar mobaynida yangi o‘zlashtirilgan yerlar 547.8
ming gektarni tashkil etdi [6.32]; - oltinchidan, paxta yetishtirishning kamayish sabablaridan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

yana biri kuzgi-qishki sho‘r yuvish ishlarining yaxshi tashkil etilmaganidir. 1942 – 1943 yillarda
yerlarning sho‘rini yuvish 48 % bajarildi, yerlar to‘liq haydalmagani sababli bahorgi ishlar
cho‘zib yuborildi. 1942 yilda xalqning yordami bilan barpo etilgan So‘x-Shohimardon, Yuqori
Uchqo‘rg‘on, Shimoliy Toshkent, Kosonsoy-Chust kabi kanallar, shuningdek, Farxod GESi va
Kattaqo‘rg‘on suv ombori qurilishlaridagi ishlarni bajarish uchun ko‘p minglab qishloq ahli
safarbar etilgan. Masalan, 1942 yil 15 yanvarda boshlangan Yuqori Uchqo‘rg‘on kanali (uzunligi
16.5km) qurilishida 10000 nafargacha, qurilishi 1942 yil 25 fevralda boshlangan So‘x-
Shohimardon kanalida har kuni 24000 dan 26000 nafargacha hasharchi ishlagan [7.35]; -
yettinchidan, urushgacha 1 ga yerdan olinadigan daromad 1940 yildagi 2840 so‘mdan 1942
yilda 1050 so‘m, 1943 yilda 760 so‘mga tushib, kolxozchilarning eng kam ish kuni 60 – 100
kundan 150 – 200 kunga yetkazildi [1.84]. Shunga qaramay, 1942 – 1943 yillarda
paxtachilikdan tashqari boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rejasi katta qiyinchilik, og‘ir
mehnat evaziga bajarildi. 1944 yil 6 martda bo‘lib o‘tgan VKP(b) MQ byurosi respublikadagi
haqiqiy ahvolni anglab yetishni istamay, O‘zbekiston rahbariyatini paxta ekin maydonlarini
asossiz qisqartirganlikda ÒÀÐÈÕ èæòèìîèé-ãóìàíèòàð ôàíëàð 68 Ilmiy xabarnoma, ADU, №3
2017 yil ayblab, qattiq hayfsan e'lon qildi va maxsus qarorda paxtachilikni urushdan oldingi
darajaga yetkazish masalasini qo‘ydi. O‘zbekiston KP(b) MQ IX (1944 yil yanvarь), X (1944 yil
aprelь) plenumlari va respublika paxtakorlarining 1 qurultoyida (1944 yil yanvarь) ham eng
muhim vazifa paxtachilikni tiklash deb belgilandi [1.98]. 1944 yil 13 sentyabrida VKP(b) MQ
O‘z KP(b) “Andijon viloyati ishi to‘g‘risida” masalani ko‘rib chiqib asossiz ravishda
paxtakorlarga nisbatan “majburlash” usulini qo‘lladi [8.23]. VKP(b) Markaziy komiteti o‘z
qarorida shu narsani alohida ta'kidlab o‘tdiki, Andijon viloyat partiya komiteti keyingi ikki yil
ichida paxta hosildorligining keskin sur'atda kamayib ketishiga yo‘l qo‘ygan. Ana shu davr
ichida paxta maydonlari 19 prosentga qisqarib ketgan. Yalpi hosil 1941 yildagi 297 ming
tonnadan 1943 yilga kelib 80.7 ming tonnaga tushib qolgan. VKP(b) Markaziy Komiteti bunday
ahvol qoniqarsiz rahbarlik qilingani, mahalliy partiya tashkilotlari tomonidan paxtaga yetarli
baho berilmagani, chigit ekish davrida texnika darajasining keskin kamayib ketishi, suv
xo‘jaligining og‘ir ahvolga tushib qolishi va traktor parki faoliyati o‘z holiga tashlab qo‘yilishi
natijasida yuz bergan, deb hisobladi. 1944 yilda chigit ekish muddati haddan tashqari cho‘zib
yuborildi.

References:

1.

Узбекистан в годы Великой Отечественной войны (1941-1945). (Отв. ред. чл.-корр.

АН УзССР Р.Х.Аминова и д-р ист. наук Т.Д. Джураев). - Т.: Фан, 1966. – 208 с.
2.

Абдуллаев А. Ўзбекистонда пахта якка ҳокимлиги ва унинг оқибатлари (1917 –

1991 йй.). Тар. фан. докт. … дис.- Т., 2009. – 291 б.
3.

Раззақов А. Ўзбекистон пахтачилиги тарихи.- Т., 1994. – 290 б.

4.

Хлопководство Узбекистана за 50 лет.- Т., 1967. – 460 с.

5.

Ўзбекистоннинг янги тарихи (Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида). 2-

китоб. - Т.: Шарқ, 2000. – 688 б.
6.

ЎзР МДА, 2483-фонд, 9-рўйхат, 373-жилд, 32-варақ.

7.

Қосимов И. Улуғ Ватан уруши йилларида Ўзбекистон халқларининг сув учун

кураши тарихидан.- Т.- 1983.– 103 б.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

105

8.

Пўлатов И. Буюк ғалабада Ўзбекистон ҳиссаси.- Т., 1974. – 110 б. 9. Ризаев Г.

Сельское

Библиографические ссылки

Узбекистан в годы Великой Отечественной войны (1941-1945). (Отв. ред. чл.-корр. АН УзССР Р.Х.Аминова и д-р ист. наук Т.Д. Джураев). - Т.: Фан, 1966. – 208 с.

Абдуллаев А. Ўзбекистонда пахта якка ҳокимлиги ва унинг оқибатлари (1917 – 1991 йй.). Тар. фан. докт. … дис.- Т., 2009. – 291 б.

Раззақов А. Ўзбекистон пахтачилиги тарихи.- Т., 1994. – 290 б.

Хлопководство Узбекистана за 50 лет.- Т., 1967. – 460 с.

Ўзбекистоннинг янги тарихи (Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида). 2-китоб. - Т.: Шарқ, 2000. – 688 б.

ЎзР МДА, 2483-фонд, 9-рўйхат, 373-жилд, 32-варақ.

Қосимов И. Улуғ Ватан уруши йилларида Ўзбекистон халқларининг сув учун кураши тарихидан.- Т.- 1983.– 103 б.

Пўлатов И. Буюк ғалабада Ўзбекистон ҳиссаси.- Т., 1974. – 110 б. 9. Ризаев Г. Сельское