Авторы

  • Akobir Ergashev
    Tadqiqotchi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46504

Ключевые слова:

Paxta yakkahokimligi SSSR iqtisodiyot qishloq xo’jaligi kolxoz irrigatsiya va melioratsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada XX asrning 40-80-yillarida mamlakatimizda o’rnatilgan paxta yakkahokimligi va uning oqibatlari to’g’risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Paxta yakkahokimligining Surxon vohasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ko’rsatgan salbiy oqibatlari dalillar asosida tahlil qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

XX ASRNING 40-80-YILLARIDA PAXTA YAKKA HOKIMLIGI VA UNING

OQIBATLARI

Tadqiqotchi:

Ergashev Akobir

https://doi.org/10.5281/zenodo.12623669

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XX asrning 40-80-yillarida mamlakatimizda o’rnatilgan

paxta yakkahokimligi va uning oqibatlari to’g’risida fikr-mulohazalar keltirilgan.
Paxta yakkahokimligining Surxon vohasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ko’rsatgan
salbiy oqibatlari dalillar asosida tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Paxta yakkahokimligi, SSSR, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, kolxoz,

irrigatsiya va melioratsiya.

ABSTRACT

This article presents opinions about the cotton monopoly established in our

country in the 1940s and 1980s and its consequences. The negative consequences of the cotton
monopoly on the socio-economic life of the Surkhan oasis are analyzed
based on the evidence.

Key words:

Cotton monopoly, USSR, economy, agriculture, collective farm,

irrigation and land reclamation.

KIRISH

Ma’lumki, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda xalq

xo‘jaligini qayta tiklash ishlari boshlandi. Butun iqtisodiyotni, shu jumladan,
paxtachilik sohasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun zaruriy
choralar ko‘rildi. Bu borada 1946-yil 2-fevralda SSSR XKS tomonidan qabul
qilingan «1946-1953 yillarda O‘zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada
yuksaltirish rejasi va tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim rol o‘ynadi. Negaki, bu
qaror O‘zbekistonda paxta yakka hokimligini shakllantirishga qaratilgan edi. Qarorda
O‘zbekistonda 1946-1953 yillarda davlatga paxta sotishni ikki baravar ko‘paytirish belgilandi.
Bu vazifani bajarish uchun oziq-ovqat yetishtirish uchun mo‘ljallangan yerlarning kattagina
qismini paxtaga ajratish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini
yaxshilash, qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizatsiyalash lozim edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ikkinchi

jahon

urushidan

keyingi

yillarda

o‘tkazilgan

iqtisodiy

tahlil

respublika kolxozlarining ko‘pchiligi norentabel xo‘jaliklar ekanligini ko‘rsatdi.
Negaki, ko‘plab mayda kolxozlarning mavjudligi qishloqda ishlab chiqaruvchi
kuchlar taraqqiyotiga yo‘l bermas, texnika va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini qo‘llay
olmas edi. Natijada 1950-yilning bahorida SSSR Ministrlar Sovetining qarori bilan kolxozlarni
yiriklashtirish boshlandi. 1950-yil avgustiga qadar O‘zbekistonda 1770 ta kolxoz o‘rniga 752 ta
kolxoz tashkil etildi. Yiriklashtirilgunga qadar har bir kolxozda o‘rtacha 104 xo‘jalik bo‘lgan
bo‘lsa, tadbirdan so‘ng 231 taga yetdi. 1954-yilda Surxondaryo viloyatidagi kolxozlar soni
1940-yilga nisbatan qariyb 8 baravar kamaydi, har bir xo‘jalikda g‘o‘zaga ajratilgan maydonlar
o‘rtacha 138 gektardan 1367 gektarga ko‘paydi. Kolxozlarning yiriklashtirilishi ayrim joylarda
o‘zining samarasini berdi. 1951-yilning o‘zidayoq, kolxozlar yiriklashtirilgandan so‘ng, 131 ta
kolxoz 25-30 sentnerdan, 169 ta kolxoz 30-35 sentnerdan, 40 ta kolxoz 35-40 sentnerdan paxta
hosili oldilar. Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlari 1952-yilgi paxta


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

tayyorlash rejasini anchagina oshirib bajardilar. Lekin yiriklashtirish jarayonining shoshilinch
tarzda o‘tkazilishi paxtachilikka salbiy ta’sir qildi. Kadrlar masalasidagi muammolarni hal etish,
xo‘jaliklararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, yiriklashtirilgan kolxozlar ishini tashkil qilish va
yangi sharoitlarga ko‘nikish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ldi. Respublika kolxozlari ana
shunday muammolar girdobiga qolganligi bois 1952-yilgi paxta tayyorlash rejasini bajara
olmadilar.

Paxta hosildorligi ham pastligicha qolaverdi. 1952-1953 yillarda olingan hosil gektariga

21,1 sentnerni tashkil etdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1954-1958 yillarda 3 milliard 199 million so‘m
ajratildi. O‘zbekiston tarixida o‘tgan 23-yil ichida bu sohaga sarflangan jami mablag‘larning
hammasiga teng keladigan ushbu ulkan mablag‘ respublika tarixida ilk marotoba qishloq
xo‘jaligiga berilayotgan edi.

Bularning barchasi respublikada keng ko‘lamda yangi yerlarni o‘zlashtirish,

irrigatsiya-melioratsiya ishlarini bajarishga sarflandi. O‘zbekistonda paxta xarid narxlarining
oshirilishi paxtachilikni taraqqiy etishida muhim rol o‘ynadi. Qishloq xo‘jaligida kompleks
mexanizatsiyalash ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi tufayli 1958-1965 yillar oralig‘ida O‘zbekiston
kolxozlarida mehnat unumdorligi 30% ga, sovxozlarda 49 % ga o‘sdi. 1 sentner paxta xom
ashyosiga sarflangan mehnat xarajatlari 6,8 dan 4,6 kishi soatga qadar qisqardi.
1954-yildayoq Surxondaryo kolxozlari 767,3 mln so‘m (eski pul hisobida)206 sof
daromad olishgan bo‘lib, shuning 700,6 mln. so‘mi ekinzorlar hisobiga to‘g‘ri kelgan edi. 1965-
yilda dehqonchilikning o‘zidan 176, 2 mln so‘m, 1973-yilda 271,3 mln so‘m daromad qilindi.
Viloyat bo‘yicha 1958-yilda kolxozchining bir mehnat kuniga Ingichka tolali paxtadan yuqori
hosil olish 21 so‘m 52 tiyin to‘landi va kolxozchining yillik o‘rta daromadi 5655 so‘mni tashkil
qildi. Bu sohada eng yuqori ko‘rsatkich Jarqo‘rg‘on va Angor tumanlariga to‘g‘ri
keldi. Bu tumanlarda kolxozchining bir mehnat kuniga 31 so‘m 10 tiyindan to‘landi.

1958-yilda viloyat kolxozlarining daromadi 15 mln so‘mni tashkil qildi.

Daromadning o‘sishi millioner-kolxozlarning vujudga kelishida namoyon bo‘ldi.
Ular orasida eng ilg‘orlari Uzun tumanidagi «Kommunizm”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mehnat-
Rohat” va Angor tumanidagi «Qizil Yulduz” kolxozlari edi. 1950-yili Uzun tumanidagi 32 ta
mayda kolxozlar (sobiq 54 qishloq xo‘jalik arteli) birlashtirilib: «Kommunizm” kolxozi tashkil
qilindi. Uning raisligiga B.Omonov saylandi va 1978- yilgacha ana shu lavozimda ishladi.
«Kommunizm” kolxozi 1974-yilda 84216 gektar maydonga, shu jumladan 5647 gektar ekinzor
va 30603 gektar yaylovga ega edi.

Paxtachilik xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmog‘ini tashkil etgan. Har yili 3600

gektar maydonda paxta yetishtirilgan. Kolxozda 65 ishlab chiqarish brigadasining 56 tasi
paxtachilik bilan shug‘ullangan. Agar 1929-yilda Surxondarodagi barcha dehqonlar hammasi
bo‘lib 7—8 ming tonna paxta yetishtirgan bo‘lsalar, birgina Bobomurod Omonov raislik qilgan
xo‘jalik 1956-yilda 14 ming tonna paxta yetishtirdi. Bunday katta yutuqlari uchun 1957-yili
Bobomurod Omonovga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berildi. 1962-1972 yillar
davomida paxta hosildorligi 33 sentnerdan 42 sentnerga ko‘tarildi. Hosildorlik 1962- yilgi 11
ming tonnadan 1970-yili 13400, 1972-yilda 15000 tonnaga ko‘tarildi. 1974- yilda kolxozda 60
ta paxta terim mashinasi ishlatilgan3.

«Kommunizm” kolxozi yangi yerlarni o‘zlashtirish va undan dehqonchilikda

foydalanish uchun 550 ming so‘m sarfladi. 1972-yilning o‘zida bir yarim million


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

52

so‘m (1961 yilgi qiymat bo‘yicha) sof daromad oldi. Xo‘jalik a’zolarining daromadi ham ortdi.
Kolxozchilarga har oyiga o‘rta hisobda 180 so‘mdan, mexanizatorlarga 240 so‘mdan pul to‘lab
borildi. Kolxoz daromadlari hisobidan maktablar, sport inshootlari, klublar qurildi. Bu o‘sha
davrda nafaqat respublika, balki Ittifoq bo‘yicha ham juda yaxshi ko‘rsatkich edi. 1954-yilda
Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Mehnat-Rohat” kolxozida 1015 gektar yerga paxta ekilib, gektaridan
27,3 sentnerdan hosil olingan. Yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga 1958-yilda 1900 gektar
yerga paxta ekildi va 5706 tonna hosil olindi, hosildorlik gektariga 30 sentnerni tashkil qildi.
Daromad 35 million so‘mni tashkil qildi. 1950-yilda Angor tumanida «Qizil Karvon”, «Qizil
Yulduz”, «Oktabr 25-yilligi”, «Dehqon birlashuv” kolxozlari birlashib, ularga Mamatqul Azizov
(1908-1985) boshchilik qiladi. Birlashgan xo‘jalikka «Qizil Yulduz” nomi beriladi. 1953-yilda
1490 gektar yerga ingichka tolali paxta ekilib, gektaridan 35 sentnerdan hosil olinadi. Kolxoz
M.Azizov raisligida 1952-yilda 13 mln. so‘m, 1957-yilda esa, 28 mln. so‘m daromad qildi. 1957-
yil 11-yanvarda kolxoz raisi M.Azizovga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berildi. KPSS
Markaziy Komitetining 1953-yil sentabr plenumida kelajakda yangi yerlarni o‘zlashtirish 109
ming gektarga, paxta hosilini esa 329 ming tonnaga oshirish belgilandi. Ushbu qaror bo‘yicha
1953-yil 23-24 noyabrda O‘zbekiston KP Surxondaryo viloyati qo‘mitasining plenumi bo‘lib
o‘tdi. Plenum 1954-yildan paxta ekin maydonlarini 66800 gektargacha, hosildorlikni esa
167900 tonnaga yetkazishni maqsad qilib qo‘ydi. Belgilangan rejani bajarish uchun Sherobod
dashtining Tallimaron va Beshqo‘ton massivlaridagi yangi yerlarni o‘zlashtirishga jiddiy
kirishildi. Beshqo‘tonda paxta ekish uchun ilk harakat 1932-yilda boshlangan edi. O‘shanda
Beshqo‘tonda kolxoz tashkil etilib, sho‘rhok yerlarning 40 gektariga paxta ekilgan edi. Lekin
ekinning hammasi nobud bo‘ldi. 1933-yilda 52 gektar yerga paxta ekildi. Shundan 15
gektaridan hosil olindi. Afsuski, hosil yaxshi bo‘lmadi.

Ko‘saklar kichkina va mo‘rt edi. Shundan so‘ng bu yerlar tashlab qo‘yildi va bahor faslida

chorvani o‘tlatish maqsadida foydalanildi. Markaz olib borgan paxta yakkahokimligi siyosati
natijasida O‘zbekiston, jumladan Surxon-Sherobod vohasi ham SSSRning xom-ashyo bazasiga
aylanib qoldi.

Surxondaryo bo‘yicha jami sug‘oriladigan yerlar 1985-yilda 285,6 ming gektarga yetdi. Bu

ko‘rsatkich 1971-yilda 196,3 ming gektar edi. Yerning sho‘rlanishi natijasida 1985-yilda 280,8
ming gektar yerga dehqonchilik qilindi. Ana shu maydonlarning 240,3 ming gektari 1985-
yilning hosili uchun band qilingan edi. Shundan g‘allaga 37,3 ming (bahorgi va kuzgi bug‘doy
uchun 16,3 ming, makkajo‘xori doni uchun 8,1 ming, sholi uchun 8,2 ming), g‘o‘zaga 154,9 ming,
kartoshka, sabzavot va poliz ekinlariga 5,4 ming beda uchun 42,4 ming gektar yer ajratildi.
Garchi hosildorlik oshgan bo‘lsa-da, ajratilgan yerlar aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlash uchun yetarli emas edi. Aksincha, bug‘doy va sholi yetishtirish kamaydi.
Yaylovlarning ko‘p qismi paxta ekiladigan maydonlarga aylantirilishi chorva mollari sonining
qisqarishiga, aholining go‘sht, sut va sut mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlari
qondirilmasligiga sababchi bo‘ldi. 1975- yilda viloyatda 28,9 ming tonna sut olish
rejalashtirilgan edi, amalda 9,2 ming tonna bo‘ldi. Viloyatning yirik chorvachilik markazi
bo‘lgan Boysun tumani faqat 1990- yildagina davlatga go‘sht topshirish rejasini bajara olgan.
Ungacha 15-yil davomida rejani bajarish imkoni bo‘lmagan. Sut esa 84 foiz ado qilingan. Lekin
1989-yilga nisbatan 115 tonna ko‘p bo‘ldi. 1990-yilda tuman bo‘yicha atigi 2 ming tonna g‘alla
yetishtirilgan. Viloyat bo‘yicha 1986-1989 yillarda ko‘pgina xo‘jaliklarda go‘sht va sut
topshirish rejalari barbod bo‘ldi. Ushbu sabablarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati o‘z aholisini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

53

oziq-ovqat bilan ta’minlay olmay, chetdan olib kelishga majbur bo‘lgan. Faqat 1987-1989
yillarda olma – Polshadan, sariyog‘ – Fransiyadan, quyultirilgan sut va shakar – Ukraina va
Rossiyadan, go‘sht – Mo‘g‘ulistondan, un va kartoshka – Rossiyadan, konserva
mahsulotlari Vengriyadan keltirildi. Sifatli shokolad mahsulotlari, mandarin, apelsin,
banan singari tropik va subtropik mevalar kamdan-kam hollardagina kelib qolar,
ham tanish-bilish orqali sotilar edi. Odamlarning non va sut uchun turnaqator
navbatlarda turishi 1970-1980 yillarning umumiy manzarasi edi. Surxon-Sherobod
vohasi iqtisodiyoti orqaga ketib, jamiyat hayotining barcha sohalarida «og‘riqli
nuqtalar” paydo bo‘ldi. Viloyatda tovar tanqisligi kuchaydi.

XULOSA

Surxon vohasida paxta monopoliyasining o’rnatilishi bir qator jiddiy muammolarni

yuzaga keltirdi. Bularga ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligi, sanoatning sust
rivojlanishi va boshqalarni kiritish mumkin. Qishloq xo‘jaligida zaharli kimoviy vositalarning
haddan ortiq ko‘p qo‘llanilishi ekologik vaziyatni yomonlashtirib yubordi. Yuqumli kasalliklar,
onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘limi ko‘paydi. Qolaversa, Markaz tomonidan belgilangan rejani
bajarish uchun odamlar qahraton sovuqda paxta terishga chiqartirildi. Bu esa, ularning
sog‘liqlariga putur yetkazdi. Shunga qaramay, Markaz paxtakorlar mehnatiga kam haq berardi.
Bu ham yetmagandek, yanada ko‘proq paxta yetkazib berish majburiyatini yukladi. Rejani
bajara olmaganliklari uchun mahalliy rahbarlarimiz qo‘shib yozishga majbur bo‘lishdi. Ittifoq
tomonidan mahalliy sharoitlar hisobga olinmay, bir qolipdagi yo‘lyo‘riqlar berilavergani
qishloqdagi barcha ishlarningorqaga ketishiga olib keldi.

References:

1.

F-1-fond, O‘zPA Surxondaryo viloyati hokimligi filiali arxivi.

2.

Jo‘raqulov B., Abdurahimov N., Normurodov B. Ingichka tolali paxtadan yuqori

hosil olish agrotexnikasi. –Toshkent: Fan. 1994. – B. 26.
3.

Кабулов Э.А.Развитие хлопководства в Сурханской долине // Вопросы

науки и образования. 2019 год. –№ 32 (82). Издательство Олимп (Иваново). –С.
14-23.
4.

Моложавенко В. Жаркое солнце Сурхана. –Москва: Мысль, 1982. – С. 190.

Библиографические ссылки

F-1-fond, O‘zPA Surxondaryo viloyati hokimligi filiali arxivi.

Jo‘raqulov B., Abdurahimov N., Normurodov B. Ingichka tolali paxtadan yuqori

hosil olish agrotexnikasi. –Toshkent: Fan. 1994. – B. 26.

Кабулов Э.А.Развитие хлопководства в Сурханской долине // Вопросы

науки и образования. 2019 год. –№ 32 (82). Издательство Олимп (Иваново). –С.

-23.

Моложавенко В. Жаркое солнце Сурхана. –Москва: Мысль, 1982. – С. 190.