ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
DELPHI DASTURLASH MUHITIDA TUZILGAN DASTURDAN FOYDALANIB
MICROSOFT WORD XUJJATLARIDA KO’P QATORLI MATNLI TEST
VARIANTLARINI BILAN ISHLASH AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Mahkamov Azizbek Shuhratbek o’g’li
Andijon davlat universiteti, Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi.
darsalgoritm@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12591035
ANNOTATSIYA
Bu maqolada Microsoft Word xujjatlarida ko’p qatorlari matnli test savollarini
aralashtirish va test variant tuzish masalasi ko‘rib chiqiladi. Ko’p qatorli matnli test savollarini
Delphi dasturlash muhitida tuzilgan dasturdan foydalanib test variantiga o’tkazish afzallik va
kamchiliklari ko’rib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
Microsoft Word, Delphi, matnli qatorlar.
Talabalar bilimini nazorat qilishda test savollaridan keng foydalaniladi. Bunday test
savollari ko’pincha 4 variantdan birini tanlashga asoslanadi. Test savollari ko’p hollarda
onlayn saytlarda matnli holatlarda kiritilishi talab qilinadi. Misol uchun moodle tizimida Aiken
format hemis tizimida ham matnli format talab qilinadi. Biroq test savollari faqat onlayn
ishlatish uchun emas bosib chiqarib foydalanish uchun ham ishlatiladi. Agar savollar bloknot
kabi muharrirlarda tuzib chiqish zarur. Bundan tashqari savollar qaysi manbadan olingani
necha qator ekanligi qattiy belgilangan bo’ladi. Lekin Microsoft Word dasturida quyidagi
namuna asosida testlar shakllantirilsa test savollar bankini saqlashga qulay va Delphi
dasturlash muhitida tuzilgan dasturdan foydalanib test variantiga o’tkazish imkoniyati ham
bo’ladi. Har bir variantda savoldan so’ng to’g’ri javob berilgan.
Namuna savollar bankidan
№1. Fan bobi – 1; Dars – 2; Qiyinlik darajasi - 1;
Tasvirlarni sifatli nashr qilinishi uchun 300 dpi(DPI – 1 dyum kvadratdagi piksel
yoki nuqtalar soni) zichlikda bo’lishi kerak.2.54 sm kvadratda 300 ta nuqta
joylashadi.300 dpi zichlikdagi 1,27 sm kvadrat tasvirda nechta nuqta joylashadi.?
1 dyum 2,54 sm.
150
300
200
100
Dastur interfeysi
1-rasm. Dastur interfeysi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
2-rasm.Savollar banki yuklangandan keying oyna
Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan maydonlar to’g’ri to’ldirilgandan so’ng Ma’lumotlarni
tasdiqlash buyrug’i tanlanadi. Shundan so’ng tayyor aralashtirilgan test variantlarini
tayyorlash uchun Testni tayyorlash tugmasi bosiladi. Natijada ushbu savollar asosida test
variantlari tayyor holda bo’ladi.
Tayyor variantdan namuna
1-variant
1.Tasvirlarni sifatli nashr qilinishi uchun 300 dpi(DPI – 1 dyum kvadratdagi piksel yoki
nuqtalar soni) zichlikda bo’lishi kerak.2.54 sm kvadratda 300 ta nuqta joylashadi.300 dpi
zichlikdagi 1,27 sm kvadrat tasvirda nechta nuqta joylashadi.? 1 dyum 2,54 sm.
100
150
300
200
Muayyan shartlar
-
Savollar bankida to’g’ri javob savoldan so’ng birinchi qatorda kelishi kerak.
-
Savollar bo’sh qatorlarsiz rasmlar qatnashmagan tarzda tuziladi.
Afzalliklari
-
Savollarni tayyorlash oson internet saytlarida ko’rsatiladigan xizmatlarga qaraganda.
-
Ko’p qatorli savol va javoblarni qo’llab quvvatlaydi.
-
Windows operatsion tizimi va ixtiyoriy MS Word versiyasi bo’lsa ham bas.
Kamchiligi
-
Faqat Windows operatsion tizimi va ixtiyoriy MS Word versiyasi bo’lgan kompyuterda
ishlaydi.
-
MS Wordni APIsidan foydalanilgani bois ishlash tezligi kompyuter tezligi va MS Word
tezligiga bog’liq.
-
Rasmlar qatnashga savollar ishlatib bo’lmaydi.Faqat matnli testlar uchun ishlaydi.
Berilgan shablonga qattiy amal qilish zarur.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
Ushbu dastur savollarni aralashtirish bilan bog’liq muammolarga qisman yechim bo’la
oladi.Ko’pchilik pedagoglar tomonidan MS Wordda ishlash o’nikmalari mavjudligi bois dastur
tuzishda shu jihatlarga etibor berildi.
References:
1.
https://lex.uz/docs/-6221502 - Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
2.
https://hemis.uz/yoriqnoma/fan-resurs.php– Hemis test formati haqida ma’lumot
3.
https://www.embarcadero.com/ru/product
s/delphi - Delphi muhiti haqida rasmiy
ma’lumot